«tasdiqlayman» Navoiy davlat pedagogika instituti rektori B. B. Sobirov 2022-yil “ ”
-MAVZU: VERTUAL O`YINLARNING YOSHLAR ONGIGA TA`SIRI
Download 0.78 Mb.
|
Mediasavodxnlik majmua 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mir” telekanali
14-MAVZU: VERTUAL O`YINLARNING YOSHLAR ONGIGA TA`SIRI.
Reja: 1. Vertual olam va manipuliyatsiya. 2. Kompyutr o`yinlarining ruhiy va jismoniy xatarlari. 3. Zo`ravonlik, faxsh va shafqatsizlikka undovchi o`yinlar. Medialarning qudrati turli stereotip(qolip va andoza)larni, masalan, jinslarning jamiyatdagi an’anaviy rolini taqdim etish va singdirishda ham ko’rinadi. Odatda, ko’ngilochar filmlarda bosh qahramon erkak kishi bo’lib, ayol timsoli doim uning panasida talqin etiladi. Garchi ko’ngilochar dasturlar qiziqarli va beozor tuyulsa-da, ular orqali inson yangi qadriyat va qarashlar bilan tanishadi yoxud ilgari olingan tasavvurlarini mustahkamlaydi. Tomoshabin ma’lum bir yo’nalishda shaxsiy tajribaga ega bo’lmagan holatda OAVning ta’sir kuchi yanada ortadi. Ammo inson o’ziga tanish bo’lgan mavzular bo’yicha ham o’z ongida muayyan stereotiplarni shakllantiradi. Masalan, yuqorida qayd etilgan gender stereotiplari aksariyat hollarda OAV kontenti orqali shakllanadi. “Mir” telekanali orqali bir necha yildan beri o’zbek kinochilari tomonidan suratga olingan “Superkelinchak” filmi takror-takror namoyish etiladi. Bir qarashda, filmda o’zbek oilasi uchun noodatiy bo’lgan holat tasvirlangandek, ya’ni oilaga boshqa millat qizi kelin bo’lib tushadi. Ammo turmush tarzi, an’analar, uni jamiyatda ustuvor bo’lgan gender stereotiplari bilan kelishishga undaydi. U o’zi uchun yangi bo’lgan oilaning turmush tarziga kirishib ketishi, o’ziga nisbatan bu oilaning boshqa a’zolari hurmat bilan munosabatda bo’lishi uchun ko’p zahmat chekishiga to’g’ri keladi. Stereotiplar har doim ham salbiy bo’lmaydi, ular ko’pincha atrof-olamni anglab yetishimizda yordam beradi. Salbiy stereotiplarni yengib o’tish uchun shaxsiy tajriba, tahlilning yangi doirasi va mazkur mazmundagi boshqa OAVda taqdim etilgan axborot zarur bo’ladi. Zotan, mediamahsulotlari kundalik hayotimizda mavjud bo’lgani bois, ularda aks etgan nuqtai nazarlar tabiiy qabul qilinishi va bizning fikr, qarash va qadriyatlarimizga ta’sir ko’rsatishi mumkin. YAngiliklar voqelikni aks ettirishda holis ekanini da’vo qiladi. Ko’ngilochar dasturlar esa aksincha, ko’ngilxushliklar borasidagi bizning tajribamizga tayanadi. OAVning hayotimizga ta’sirini anglab yetish uchun bizga har kuni amalda sinab boriladigan ko’nikmalar zarur bo’ladi. Yoshlar mediamahsulotlarni eng ko’p «qabul qiladigan» segment. Demak, har bir zamonaviy yigitqiz media bozorning «ich»ini bilib o’sishi kerak. Bu intellektual axborot asrining talabi, zamonaviylikning sharti. SHuning uchun ham YUNESKO mediata’limni XXI asrda madaniy ta’limning ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida belgilagan. “Media ma’naviy mahsulotlarning virtual bozori. Bu bozorda hech kim “molim yomon”, demaydi. Buzg’unchi, jinoyatchi, johillar ham o’z g’oyamahsulotini “eng yaxshi buyum”, deydi. Virtual olamda bunyodkorlik, taraqqiyot uchun zarur manbalar ham ko’p. Gap odamning ana shu bozor taklif etayotgan mahsulotlarni xarid qilishda adashmasligiga borib taqaladi. Bugungi tilda aytganda, gap mediamadaniyatni to’g’ri egallashida. Demak, yoshlar mediamatnlarni o’qiyotgan, mediamahsulotni tomosha qilayotganda ularni qabul etish, tahlil qilish, baholash va yaratish, zamonaviy jamiyatda mediamahsulotlarning ijtimoiy, ma’naviy, mafkuraviy, madaniy kontekstini tushunishlari kerak. Bu esa odamning mediamadaniyati qandayligiga bog’liq. Ukrainalik pedagog olima S.M.Sterdenko mediamadaniyati yuqori kishini mana shunday tasvirlaydi: “Uning mediabog’lanishlari soni va davomiyligi rejalashtirilgan bo’ladi. O’ziga kerakli axborotni to’g’ri tanlay oladi. Axborotga tanqidiy yondashadi, chunki u medianing zararli ta’sirlarini biladi, qarshisida ochilgan mediamatnni o’z filtridan o’tkazib, keyin qabul qiladi. Mediamahsulotdan foydalanishda axloq me’yorlariga amal qiladi. Mediamahsulot yarata oladi». Mediamadaniyat turli media asarlarni tahlil qilish, baholash, yaratish uchun zarur bo’ladigan bilim, ko’nikma va malakalar yig’indisi. Aqlli yigitqizlarning o’z himoya qobig’i, “zirh”i bo’ladi. Ular media mahsulotlarni o’z «ma’naviy filtr”I (mafkuraviy immuniteti) orqali ko’ra olishadi, o’qib, tomosha qilishadi. Mediamatnlardagi targ’ibottashviqotni, biryoqlamalikni va buning sabablarini, ma’lumot tarqatuvchining niyatlarini ko’rib turishadi. Bunday mediamadaniyat mediamahsulotlarga tanqidiy yondashuvni belgilab beradi, aldanishlardan asraydi. Nemis olimlari ushbu qonuniyatga tayanib muhim kashfiyot yaratishdi. «Muhim ma’lumotga ega bo’lish hokimiyatga ega bo’lish; keraklisini keraksizidan ajratish yanada ko’proq hokimiyatga ega bo’lish; kerakli ma’lumotni o’z rejissurasiga asoslanib tarqatish yoki ushlab turish ikki karra hokimiyatga ega bo’lish demakdir. Odamlarga axborot orqali psixologik ta’sir ko’rsatishning imkoniyatlari ana shunday», deyiladi Germaniyaning asosiy politologiya darsliklaridan birida. Media deb ommaviy axborot vositalariga (OAV) aytiladi. OAVning bir qator muhim xususiyatlari borki, ularni e’tiborga olmasdan OAV faoliyatiga to’g’ri baho berib va uni tashkil etib bo’lmaydi. Fikrimizcha, bu xususiyatlarning ichida eng muhimini taniqli kanadalik olim Maklyuen tushuntirib bergan: media – bu inson hissiyotlarining davomidir. Mazkur g’oya muallifning kitobida yaxshi tushuntirib berilganligi sababli, biz bu masalaga to’xtalmaymiz. Kitobning asosiy xulosasi sifatida shuni aytish zarurki, media, odamning aqlidan ko’ra, hissiyotlariga ko’proq ta’sir qiladi. Maklyuenning mashhur ta’biri – vositaning o’zi axborotdir – aynan shu g’oyani tasdiqlovchi ibora. Zamonaviy ommaviy axborot vositalari turli xil formatlarda, jumladan bosma ommaviy axborot vositalari (kitoblar, jurnallar, gazetalar), televizor, filmlar, video o’yinlar, musiqa, mobil telefonlar, turli xil dasturiy ta’minot va Internetni o’z ichiga oladi. Har bir media turi tarkibni, shuningdek, ushbu kontent yetkazib beriladigan qurilma yoki ob’ektni o’z ichiga oladi. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling