«tasdiqlayman» Navoiy davlat pedagogika instituti rektori B. B. Sobirov 2022-yil “ ”
Download 0.78 Mb.
|
Mediasavodxnlik majmua 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Biz hech narsani bilmaymiz; Biz hech narsani bilmasligimizni (hatto) bilmaymiz."
- “Tahdid tushunchasi: nazariya va amaliyot“ risolasida tahdidlarni shartli ravishda bir necha turlarga ajratib ko`rsatadi: iqtisodiy, sotsial, siyosiy, harbiy, tabiiy – iqlimiy.
- «Faqat ma’rifat insonni kamolga, jamiyatni taraqqiyotga yetaklaydi»
Diogenes Laertius ko'plab faylasuflarni skeptisizmning kashshoflari deb hisoblaydi: Archilochus, Evripid, Ksenofan, Zena Elea, Demokrit, Geraklit va Gippokrat va hatto "o'z bayonotlarida hech qachon ba'zi dogmalar bermaydigan" Gomerni eslatib, bir xil joylarda gaplashmoqda. bir xil emas Sitseron ushbu ro'yxatga Empedokl, Anaksagor, Parmenid, Platon, Sokrat va Xiosning Metrodoruslarini qo'shib qo'ydi, ular «Biz hech narsani bilmaymiz; Biz hech narsani bilmasligimizni (hatto) bilmaymiz."
Sitseronning o'zi skeptik bo'lmagan, ammo "bilimlar nazariyasida Tsitseron O'rta akademiyaga qo'shiladi, chunki u eng oddiy, eng izchil va shu bilan birga falsafiylashtirishning eng nafis usuli" (Vindelband). Tsitseron o'z ishida epikurean, stoik va skeptik-akademik Guy Avrelius Kotta o'rtasidagi suhbatni tasvirlab, ikkinchisiga aniq hamdardlik ko'rsatmoqda . Aflotun ham skeptik emas edi, lekin aynan u fikrlar va bilimlar ehtimoli tushunchasini mulohazaga kiritgan. Timeyda u bir necha bor uning fikri ehtimoli borligini ta'kidlaydi, chunki odamlar mutlaq bilimga ega bo'lolmaydilar va faqat ozmi-ko'pmi mumkin bo'lgan xulosalarga qodir. Shuning uchun har qanday izlanishlar va mulohazalar ishonchliligini oshirish (eng katta ehtimollik) yo'nalishi bo'yicha ketishi kerak . Bugun insoniyat taraqqiyoti turli tahdidlar ta`sirida kechmoqda. Insoniyatning xavfsizlik va barqarorligiga rahna solishga, hatto uning hayotini izdan chiqarishga qaratilgan tahdidlar kundan – kunga kuchayib bormoqda. Ushbu tahdidlar dunyoning turli buzg`unchi kuchlari tamonidan shunday ustakorlik bilan tarqatilmoqdaki, u o`zining jozibali ta’sir kuchi orqali ko`plab insonlarni kundan – kunga o`z domiga tortib bormoqda. Sh. Faxrutdinov o`zining “Tahdid tushunchasi: nazariya va amaliyot“ risolasida tahdidlarni shartli ravishda bir necha turlarga ajratib ko`rsatadi: iqtisodiy, sotsial, siyosiy, harbiy, tabiiy – iqlimiy. Uning fikricha, “tahdid” deganda inson hayotiy faoliyati, umuman, yashashni chigallashtiruvchi hamda aniq tarixiy davr davomida aniq maqsad uchun yo`naltirilgan ijtimoiy strukturani, to`g`rirog`i, davlatning siyosiy asosini zaiflashtiruvchi, qolaversa, emirishga qaratilgan mahalliy, hududiy, mintaqaviy va nihoyat, umumsayyoraviy salbiy omillarning “ kirib kelishi “ tufayli yuz beruvchi makon va zamonda muayyan salbiy siyosiy, ijtimoiy va tarixiy vaziyatni tushunish mumkin. G`oyalar to`g`risidagi bilimlarga insoniyat tarixining eng qadimiy davrlaridan boshlab katta e’tibor berilgan. Bu atamaning mazmun-mohiyati G`arb mamlakatlarida “ideya” tushunchasi orqali ifodalanadi. “Ideya” grek tilidagi “idea” so`zidan olingan bo`lib, qadmigi u “obraz”, “tashqi ko`rinish” degan ma’nolarni anglatar edi. Lekin bu tushunchaning mazmun-mohiyatlarni anglatar edi. Lekin bu tushunchaning mazmun-mohiyati taraqqiyot davomida o`zgarib borgan va falsafa tarixida xilma-xil ma’nolarda ishlatilgan. Masalan, qadimgi yunonistonlik faylasuf Platon “G`oyalar dunyosi va soyalar dunyosi” to`g`risidagi ta’limotini asolar ekan, g`oyalarni dunyoning yaratuvchisi, asosi deb atagan va ularni ob’ektiv reallik sifatida talqin qilgan. Yana bir yunon allomasi Demokrit esa olam tarkibidagi eng amyda va bo`linmas zarra – atomlarni ideyalar deb atagan. Mashhur nemis faylasufi Gegelning fikricha, ideya – barcha narsalarning ijodkori, dunyoga keltiruvchisi va asosiy mohiyatidir. G’oyalarning «hayoti» ularning paydo bo’lishi, rivojlanishi, boshqa g’oyalar bilan o’zaro munosabati, kurashi va nihoyat, eskirgan g’oyalarning yangilari bilan almashinishi, ayniqsa, ilmiy g’oyalar misolida yaqqol namoyon bo’ladi. Qadimgi yunon faylasuflari tabiiy jismlarning eng kichik, bo’linmaydigan zarrasi, deb «atom» tushunchasini kiritgan edilar. Ptolemey-Aristoteldan tortib, o’rta asr Ulug’bek astronomiyasigacha dunyoning markazi yer deb hisoblab kelganlar; yevklid geometriyasi, Nyuton mexanikasi, Darvin ta’limoti ham o’z davrining eng ilg’or ilmiy g’oyalariga asoslangan edi. Ilm-fan taraqqiyoti atomning bo’linishini, koinot markazi yer emasligini ham ishonchli dalillar bilan isbotladi; kvant mexanikasi, irsiyat nazariyasi va boshqa ko’plab kashfiyotlar qilindi. Dunyoga A.Eynshteyn, N.Bor, F.Rezerford, M.S.Kyuri va boshqalarning nomlarini mashhur qilgan yadro fizikasi sohasidagi kashfiyotlar ham ilmiy g’oyalar asosiga qurilgan. XX asrda insoniyat nihoyatda ko’p ilmiy g’oyalarni amaliyotga aylantirdi. Kosmik raketalar, kompyuter va uyali telefonlar, televideniye va boshqa sohalardagi yutuqlar bunga yorqin misol bo’ladi. Fan taraqqiyoti uzluksiz va cheksizdir. Bu jarayonda amaliyot tasdiq-lanmagan, eskirgan qarashlar yangi ilmiy g’oyalar bilan o’rin almashaveradi. Buzg’unchilik g’oyalari esa xalqlar boshiga so’ngsiz kulfatlar keltiradi. Bunga olis va yaqin tarixdan ko’plab misollar keltirish mumkin. O’rta asrlardagi salib yurishlari, diniy fanatizm va ateizm, fashizm va bolshevizmga asos bo’lgan g’ayriinsoniy g’oyalar shular jumlasidandir. Yovuz g’oya va mafkuralarning eng ko’p tarqalgan shakli: aqidaparastlikdir. Bunday mafkuralar muayyan davrlarda G`arbda ham, Sharqda ham hukmronlik qilgan. Bu ijtimoiy illat insoniyat XXI asrga qadam qo’ygan hozirgi davrda ham dunyodagi tinchlik va taraqqiyotga tahdid solmoqda. Milliy g’oya xalqning tub manfaatlarini ifoda etadigan, uni o’z oldiga qo’ygan maqsadlari sari birlashtiradigan va safarbar etadigan g’oyadir. Hozirgi globallashuv sharoitida dunyoda insoniyatni tashvishga solayotgan salbiy oqibatlardan biri diniy mutaassiblik asosida kelib chiquvchi ziddiyatlar sifatida namoyon bo’lmoqda. Bunday vaziyatda yosh avlodning qiziqish doiraci, faoliyati, dunyoqarashini diniy ma’rifat bilangina bartaraf etish mumkin. Yoshlar ongida diniy ma’rifatni jamiyatdagi mavjud axloq va odob an’analariga mos va xos qilib tarbiyalash globallashgan dunyoda eng muhim vazifa hisoblanadi. Jahonning qator mamlakatlarida yoshlarning har tomonlama rivojlanishi, xususan, jismonan hamda ma’nan yetuk bo’lishida taraqqiyotning eng muhim omili barkamol avlodni tarbiyalash, zamonaviy bilim va kasb egasi bo’lishi ekanligini ko’rsatmoqda. Diniy ma’rifat sohasiga oid tadqiqotlarda hodisalarni tarixiy, diniy, falsafiy, sotsiologik va psixologik jihatlarini o’rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zamonaviy siyosiy jarayonlarda o’ziga xos fenomenal holat kasb etayotgan vaziyat din omilining geostrategik tarixini tizimli tahlil qilish orqali yangicha yondashuv, zamonaviy metodologik asos hamda milliy, umuminsoniy, ijtimoiy taraqqiyot qiziqishlarini o’z ichiga olgan pragmatik rivoj va darajada o’rganish borasidagi tadqiqotlarni kun tartibiga dolzarb ilmiy vazifa sifatida qo’ymoqda. O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng yoshlarga e’tibor va g’amxo’rik ko’rsatish, ularning jamiyat ijtimoiy-madaniy hayotidagi faolligini oshirish borasida muhim shart-sharoitlar yaratildi. «Mamlakatimiz aholisining qariyb yarmini tashkil etadigan yoshlar bilan ishlash masalasi bundan buyon ham eng asosiy vazifalarimizdan biri bo’lib qoladi». Shu nuqtai nazardan, O’zbekiston yoshlari ijtimoiy-madaniy hayotida diniy ma’rifatning o’rnini ilmiy-falsafiy jihatdan tadqiq etish hamda ilmiy-nazariy ahamiyatga ega bo’lgan xulosalar ishlab chiqish dolzarb vazifa hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasining 2016 yil 14 sentyabrdagi «Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida»gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son «O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida»gi, 2017 yil 19 maydagi PF-5046-sonli «Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi farmonlari, 2018 yil 16 apreldagi PF-5416-sonli «Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoni, BMT Bosh Assambleyasining 2018 yil 12 dekabrdagi yalpi sessiyasida qabul qilingan «Ma’rifat va diniy bag’rikenglik» to’g’risidagi maxsus rezolyutsiyasi, 2019 yil 8 apreldagi «O’zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida milliy g’oyani rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishga doir chora-tadbirlar to’g’risida»gi F-5465-sonli Farmoyishi va mavzuga oid boshqa me’yoriyhuquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur dissertatsiya muayyan darajada xizmat qiladi. Ilmiy adabiyotlarda “jamiyat ijtimoiy-madaniy hayoti” va “diniy ma’rifat” tushunchalariga ta’riflar mavjud, ammo ularda mazkur tushunchalarni anglashda yakdillik yo’q. Ularning o’zagini “ijtimoiymadaniy bilim” va “diniy bilim” tushunchalari tashkil etadi va belgilari amaliyotda ko’zga tashlanadi. Ammo aynan bu tushunchalarning diniyfalsafiy mohiyati yetarli darajada tadqiq etilmagan. Hatto “jamiyat ijtimoiy-madaniy hayoti” va “diniy ma’rifat” tushunchalari aksariyat lug’atlarda mavjud emas. Ayniqsa, “diniy ma’rifat” tushunchasi insonning ma’rifatparvarlik faoliyatini yetarli darajada o’rganilmaganligi, bu borada atamalarning bir ma’noli talqini mavjud emasligi unga aniqlik kiritish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Har qanday jamiyatning ijtimoiy-madaniy hayoti, ayniqsa, diniy ma’rifat darajasi o’zining fundamental va eksperimental asoslarini metodologik jihatdan ta’minlagan holdagina ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo’ladi. Shu nuqtai nazardan jamiyat ijtimoiy-madaniy hayotida diniy ma’rifatni yuksaltirishning nazariy, praksiologik yo’nalishlarini, metodologik asoslarini konkretlashtirish zaruriyati dolzarb ilmiyfalsafiy muammo hisoblanadi. Har qanday jamiyatning ijtimoiy-madaniy hayoti, diniy ma’rifat darajasini tizimli-tuzilmali, majmuaviy-falsafiy tahlil qilish diniy dunyoqarash bilan bog’liq. Tadqiq qilinayotgan ob’ekt va predmetning kategorial apparatini, tushunchalari mazmunini konkretlashtirish nazariy metodologik vazifa bo’lib, muammoning ilmiy-amaliy yechimini topishning zaruriy sharti. Darhaqiqat, hozircha, jamiyat hayotida diniy ma’rifatning ijtimoiy-madaniy muammolarini tadqiq qilishda qo’llanilayotgan tushunchalarga nisbatan yakdil, qat’iy munosabat shakllanmagan. Bu esa ilmiy-nazariy xulosalarning, amaliy tavsiyalarning turli-tumanligini, xatto, ularning qarama-qarshiligini keltirib chiqarmoqda. Ma’rifat haqida fikr yuritganda, avval, uning lug’aviy ma’nosiga to’xtalib o’tamiz. Ma’rifat so’zi “bilim berish”, “xabardor qilish”, “o’rgatish” ma’nolarini anglatadi. Ma’rifatning ikkinchi ma’nosi “inson ongi, qalbi, hayot tarzini ijobiy tomonga o’zgartirib, yaxshilik qilish, savob ishlarini amalga oshirishga undaydigan kuch sifatida namoyon bo’ladi” deb ta’riflangan. Ongning o’ziga xos shakli sifatida din e’tiqod, ishonch va bilish mexanizmlari (hayot tajribasi)ga tayanadi. Diniy e’tiqod refleksiya bilan qo’llab-quvvatlanadi, shaxsning fojeaviy tajribasi (o’lim xavfi yoki yaqinlarini yo’qotishi)ni anglab yetish orqali yuzaga keladi yoki mustahkamlanadi, bu tajriba shaxsni o’z hayoti va tafakkur tarzini tubdan o’zgartirishga da’vat etadi. Diniy ma’rifat –dinning haqiqiy qadriyatlarini odamlarga oddiy, sodda tilda tushuntirish. Diniy ma’rifat, mohiyatiga ko’ra, tinchlik, hamkorlik va bag’rikenglik tamoyillarini o’zida ifoda etish, din uchun inson dilini ranjitish, johillik, ayirmachilik va vayronagarchilik yot ekanini aholiga, xususan, yosh avlod vakillariga anglatish, ularni ekstremizm va aqidaparastlik g’oyalaridan muhofaza qilishni nazarda tutadi. Islom dini nafaqat bizning mintaqada, balki butun dunyoda millionlab insonlarni ma’naviy va oilaviy-maishiy, turli ijtimoiy doiralariga katta ta’sir ko’rsatadi. Axloqiy-ruhiy islom ustunlarini anglash avloddan-avlodga o’tib, nafaqat mintaqa xalqlarining tarixiymadaniy o’ziga xosligini mustahkamlashga imkon yaratadi, balki ruhiyaxloqiy ijtimoiy shartlar xalqlar o’rtasida o’zaro qo’llab-quvvatlash xissini kuchaytirish, barqarorlik va tinchlikni saqlashga yo’naltirilgan. Markaziy Osiyo, xususan, O’zbekiston hududi qadim zamonlardan boshlab turli madaniyat, til, urf-odat, xilma-xil turmush tarzi va dinlarga amal qilgan etnoslar, xalqlar va millatlar yashab kelgan o’lka hisoblanadi. O’zbekistonda madaniy, diniy va milliy xilma-xillikning tabiiy holat va insoniy boylik ekanligi ijtimoiy ongda ustuvor mavqe kasb etadi. Shuning uchun ham milliy va diniy mansubligidan qat’i nazar, har bir inson o’zini O’zbekiston fuqarosi deb bilib, jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotida bir xil teng imkoniyatlarga egadir. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida bu holat aniq va ifodali qilib bitib qo’yilgan. Unga ko’ra, «O’zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar qonun oldida tengdirlar». BMT Bosh Assambleyasining qaroriga muvofiq 1997 yil 16 noyabrdan boshlab butun dunyoda «Xalqaro bag’rikenglik» kuni nishonlanadi. Bag’rikenglik prinsiplari deklaratsiyasida: «Bag’rikenglik – bu bizning dunyomizni, bizning o’zimizni ifodalash shakllarimizni va inson individualligi namoyon bo’lish usullarini hurmat qilish, qabul qilish», – deyiladi. Ayni paytda, Respublikamizda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, jumladan, uzluksiz ta’lim tizimida etnik, gender va diniy bag’rikenglik haqida ma’lumot beruvchi darslarning kiritilishi, fuqarolarda bag’rikenglik madaniyatini kamol toptirish sohasidagi ustuvor vazifalar tadqiq qilib borildi. O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasining ustuvor yo’nalishlaridan biri etib, «Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat» belgilangan. Demokratik islohotlar davrida mamlakatimizning ijtimoiy-ma’naviy barqarorligini tahdid tug’diradigan salbiy g’oyalar ta’siridan himoyalash uchun «ma’rifat» tushunchasining mazmun-mohiyati, namoyon bo’lish shakllari, jamiyat ijtimoiy tuzilmasidagi o’rni, fan va ta’lim tizimi bilan munosabatlarini o’rganish hamda tahlil qilish zaruriyati kuchaymoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, «Faqat ma’rifat insonni kamolga, jamiyatni taraqqiyotga yetaklaydi». Shu nuqtai nazardan yondashganda ma’rifatning ijtimoiy taraqqiyotdagi o’rni, uning mohiyatini belgilovchi omillarni aniqlash, ijtimoiy ma’naviy yuksalishda o’zaro uyg’unlikni ta’minlash jarayonlari bilan bog’liq muammolarning optimal yechimini topishga oid ilmiy-amaliy xulosalarni ishlab chiqish dolzarb vazifa hisoblanadi. Axloq hech qachon diniy ma’rifatni inkor etmagan yoki dinni go’zal axloq ekanligini unutmagan. Shu boisdan ham axloq va din inson tafakkuri va hayot tarzining bir butun ijtimoiy-madaniy ifodasi sifatida qaror topgan. Shuning uchun ham bu ikki ijtimoiy-madaniy qadriyatlar uyg’unligi shaxs, millat va jamiyat hayotida o’ziga xos o’rin tutadi. Bunday ma’naviy uyg’unlik barkamol avlod tarbiyasida katta ahamiyat kasb etadi. Ma’naviyatga bo`layotgan tahdidlarning xavfli tamoni shundaki, buzg`unchi kuchlar o`zlariga nishon qilib, avvalombor, barchamizning eng aziz, eng katta boyligimiz, ko`zimiz qorasi bo`lmish yoshlarimizni tanlashmoqda, turli niqoblar, birinchi galda so`z va fikr erkinligi, inson va jamiyat erkinligi deb atalgan niqoblar bilan ularning fikrini chalg`itishga, zamonaviy usul va vositalar orqali ularning hali murg`ak qalblarini egallashga intilmoqdalar. Dunyoviy davlat va din munosabatlarini belgilab beruvchi boshqa bir tamoyilning mazmuni din sohasida kuchayayotgan o’zgarishlarni xolis va ilmiy o’rganish, shundan kelib chiqib, ijobiy jarayonlar rivojiga yanada kengroq imkoniyat yaratish, salbiy holatlarning oldini olishda namoyon bo’ladi. Davlatning dinga bo’lgan munosabatini ifodalovchi boshqa bir tamoyil shundan iboratki, dinni xalq ma’naviyatining uzviy qismi sifatida tan oladi. Shundan kelib chiqib, uning rivoji uchun tegishli shart-sharoit yaratishga harakat qiladi. Xulosa qilib aytganda, global tarmoqning chegara bilmasligi foydali axborotlar bilan bir qatorda, o‘sib kelayotgan yosh avlodning ma’naviy tarbiyasiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan nosog‘lom mazmundagi axborotlarning ham tarqalishining oldini olish hozirgi kunning dolzarb masalasidir. Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi tashabbusi bilan Internet tarmog‘ida axborot xavfsizligi muammolari tadqiqotlari asosida tayyorlangan ushbu qo‘llanmaning mazmuni aynan ushbu masalani hal etish masalalariga yo‘naltirilgan bo‘lib, tavsiyaviy mazmunga ega hamda voyaga etmaganlar va ularning ota-onalariga mo‘ljallangan. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling