13-MAVZU: VIRTUAL O`YINLARNING YOSHLAR ONGIGA TA`SIRI.
Reja:
1. Kompyutrga toblikning 4 bosqichi moslashish, odatlanish, shaxsiy omillarga ta`siri inson hayotining ajralmasi bo`lagi sifatida.
2. Internet va kompyutr o`yinlarining paydo bo`lishi.
3. Virtual tanishuvlar.
Mohiyatan farq qiluvchi ikki turli yo’nalishlarni ajratish zarur: mediata’lim (media education) vamediani o’rganish (media studies). Media masalalarini boshqa fanlarning o’quv rejalari vadasturlariga integratsiya qilish, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, OKVning (ommaviy kommunikatsiya vositalarining) madaniy rolini yoritish hamda turmush sifatini yaxshilash uchun media bilan samarali hamkorlik qilish ko’nikmalarini singdirish — bu mediata’lim sohasidir. Nazariy va konseptual jihatlar — bu medianing o’rganish sohasidir. Umuman, mediata’limida quyidagi bilimlarni egallash zarur: axborotni izlash, uni tahlil qilish, to’g’ri baho bera olish va ishlab chiqarish. Ushbu layoqatlarning barchasi faqat insonning OKV bilan o’zaro hamkorligini yaxshilab qolmasdan, muammolarni anglashga, tanqidiy fikrlashga va ularni samarali hal qilishga, hayotiy vaziyatlarni hal etishga ko’maklashadi.
Media bilan hamkorlik qilish davomida hozirgi zamonaviy o’quvchi doimiy ravishda axborotga jalb qilinadi va u bilan bo’lishadi, yangi onlayn-madaniyatga kirishadi. Bu o’rinda so’z hatto o’ziga xos raqamli etiket haqida bormoqda. Raqamli muhit foydalanuvchidan turli simulyatsiyalarga jalb qilish layoqatini talab qiladi, bu esa uni tarmoqdagi turli hamjamiyatlar ishtirokchisiga aylantiradi. Axborot makonida harakatlana olish layoqati zarur ko’nikmaga aylanmoqda.
OAV va jurnalistika MAS sohasidagi ikkita yo’nalish bo’yicha yonma-yon harakatlanmoqda: • birinchisi — bu jurnalistlarning MAS bo’yicha kompetensiyasini oshirish uchun resurslarni rivojlantirishga yo’naltirilgan faol choralar, loyihalarni amalga oshirish; • ikkinchisi — bu OAV vositasida MASni ommalashtirish, auditoriyani axborotni iste’mol qilishda tahlil va tanqidiy fikrlashdan xabardor etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |