Tasdiqlayman «Navoiyazot» aj boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari O. J. Mavlonov


Zudlik bilan jabrlanganga birinchi yordam ko‘rsatish va uni TSQ yetkazishni tashkillashtirish. 4.3.4


Download 333.24 Kb.
bet9/27
Sana18.06.2023
Hajmi333.24 Kb.
#1586228
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27
Bog'liq
BMB-UZ-54

4.3.3 Zudlik bilan jabrlanganga birinchi yordam ko‘rsatish va uni TSQ yetkazishni tashkillashtirish.
4.3.4 Chilangar-ta'mirlovchi sexdagi ishlarni bajarayotganda uskunada nosozliklar, binolar yoki yuk ko‘taruvchi tuzilmalarning qisman shikastlanishi, shuningdek, ishchilar uchun xavf tug‘diradigan zararli va xavfli mahsulotlar bilan gazlanganlik bo‘lsa, u o‘z boshlig‘ini, boshqa ishchilarni xavf-xatar haqida xabardor qilishi va avariyali hududni tark etishi kerak.
4.4 Ishni yakunlashdagi xavfsizlik talablari:
4.4.1 Ishlab chiqarish topshirig‘ini bajarishni tugatish;
4.4.2 Ish joyini tartibga solish, armatura, ehtiyot qismlar, materiallar, asboblar, moslamalar, uskunalar, himoya va saqlovchi vositalarini yig‘ishtirish;
4.4.3 Ish ikki yoki uch smenada bajarilsa smenani topshirish;
4.4.4 Bajarilgan ishlar to‘g‘risida brigada boshlig‘i (ta'mirlash bo‘yicha usta yoki sex mexanigi) ga hisobot berish va smenani topshirish;
5 YONG‘IN XAVFSIZLIGI

Yong‘in xavfsizligi talablari korxonaning har bir bo‘linmasining mehnatni muhofaza qilish, XT, ishlab chiqarish sanitariyasi va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha ishlab chiqarish-sex yo‘riqnomalarida keltirilgan.


5.1 Moddalarning yong‘in-portlashga xavfli xususiyatlari har bir bo‘linma bo‘yicha yo‘riqnomalarda belgilanadi.
5.2 Yong‘in sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlar
5.2.1 Yonuvchan suyuqliklar bilan ishlash qoidalarini buzish yong‘in o‘chog‘ining kengayishiga olib kelishi mumkin.
5.2.2 Ruxsat etilmagan joylarda chekish.
5.2.3 Nosoz elektr asboblari va ulovchi o‘tkazgichlarining izolyatsiyasi shikastlangan jihozlar bilan ishlash.
5.2.4 Elektr o‘tkazgich va elektr jihozlaridagi ortiqcha yuklanish, qisqa tutashuv, yuqori qarshilik, elektr yoyi yoki uchqun.
5.3 Yong‘in xavfsizligi choralari
“Navoiyazot” AJ hududida yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzgan holda saqlangan va ishlatilganda yong‘in yoki portlashga olib kelishi mumkin bo‘lgan yong‘in-portlashga xavfli moddalar (YAS) dan foydalaniladi.
Texnologik sexlarning binolari avtomatlashtirilgan o‘t o‘chirish tizimlariga ega va birlamchi o‘t o‘chirish vositalari bilan jihozlangan. Barcha birlamchi o‘t o‘chirish vositalari muntazam tekshirilishi va sinovdan o‘tkazilishi kerak.
“Navoiyazot” AJ BYXTTEB bilan kelishilmagan holda omborlar, sex binolarida ichki devorlarini qayta qurishga ruxsat etilmaydi.

Download 333.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling