Tasdiqlayman «Navoiyazot» aj boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari O. J. Mavlonov
Chilangar-ta'mirlovchi mustaqil ishlashiga ruxsat berish shartlari
Download 333.24 Kb.
|
BMB-UZ-54
3.3 Chilangar-ta'mirlovchi mustaqil ishlashiga ruxsat berish shartlari.
3.3.1 Ushbu ish joyiga mos keluvchi, kasbga ega bo‘lmagan, xususan boshqa sexdan yoki boshqa ish joyidan kelgan korxona ishchilari, nazariy va amaliy bilim olgandan so‘ng markazlashtirilgan, texnik o‘quv va kadrlarni tayyorlash bo‘limi malakaviy komissiyasidan ushbu ish joyi bo‘yicha bilimini tekshirishdan o‘tadi. 3.3.2 Chilangar-ta'mirlovchi kasbiga ega ishchilar, shu jumladan litsey va kollej bitiruvchilari ish joyida amaliyot o‘taydilar. Ushbu toifadagi xodimlarning mustaqil ishlashiga ruxsat berish uchun amaliyot va bilimlarni tekshirish muddatlari ish staji, ish tajribasi va xususiyati, ta'lim darajasiga va xodimning avvalgi malakasiga qarab, sex boshlig‘ining yozma farmoyishi bilan belgilanadi va qoidaga ko‘ra boshqa shartlar va qoidaga binoan agar boshqa muddatlar maxsus qoidalarda ko‘rsatilmagan bo‘lsa, kamida ikki hafta bo‘lishi kerak. Mustaqil ishlashga ruxsat olish davrida nazariy mashg‘ulotlardan o‘tgan yoki chilangar-ta'mirlovchi kasbiga ega bo‘lgan har bir ishchi sex boshlig‘ining yozma farmoyishi bilan mutaxassislardan biriga (ta'mirlash ustasi yoki sex mexanigiga) yoki ish joyida ishlab chiqarish ta'limi (amaliyot) va o‘quvchining XT qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish uchun malakali chilangar-ta'mirlovchiga biriktiriladi. Xuddi shu farmoyish bilan mustaqil ishlashga ruxsat berish uchun amaliyot va bilimlarni tekshirish muddatlari ish staji, ish tajribasi va xususiyati, ta'lim darajasiga va xodimning avvalgi malakasiga qarab belgilanadi. O‘quvchi mustaqil ishlashga ruxsat olishdan oldin o‘qish-o‘rganish vaqtida biror-bir ishni mustaqil bajarish huquqiga ega emas. O‘rgatayotgan shaxs o‘zi ishtirok etgan holda unga biror-bir ishni bajarishni topshirish huquqiga ega. 3.3.3 O‘quvchi nazariy va amaliy o‘qitishning to‘liq bosqichi tugaganidan keyin ushbu ish joyi bo‘yicha mustaqil ishlashiga ruxsat berilishi maqsadida ishlab chiqarish yoki sex malaka komissiyasi tomonidan bilimi tekshiriladi. Bilimlarni tekshirish korxona boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari tomonidan tasdiqlangan o‘quv dasturi hajmida amalga oshiriladi. Chilangar-ta'mirlovchi sex malaka komissiyasida bilimini tekshirish natijalari xavfsizlik texnikasi bo‘yicha bilimini tekshirish bayonnomasi va shaxsiy yo‘l-yo‘riq varaqasiga yoziladi. Bilimini tekshirishda qoniqarli natijaga ega bo‘lgan yangi tayyorlangan chilangar-ta'mirlovchi malaka komissiyasi mustaqil ishlashga ruxsat etilganligi to‘g‘risida o‘z xulosasini bildiradi va unga guvohnoma beriladi. Xavfsizlik texnikasi bo‘yicha bilimini tekshirish davri yiliga bir marotaba. 3.3.6 Malaka komissiyasining ijobiy xulosasi ushbu ish joyida mustaqil ishlashga ruxsat olish uchun zarur shartdir. Agar chilangar-ta'mirlovchining tekshiruv davomida bilimi qoniqarsiz baholansa unda u mustaqil ishlashga ruxsat etilmaydi. Sex boshlig‘ining sex bo‘yicha yozma farmoyishi bilan o‘qishning yangi muddati va bir oydan kechiktirmay takroriy bilimini tekshirish sanasini o‘rnatadi. Bilimlarni qayta tekshirishdan oldin, yangi ishchi mustaqil ishlash huquqiga ega emas. Chilangar-ta'mirlovchi takroriy bilimini tekshirishda bilimlarning qoniqarsiz bahosini olsa malaka komissiyasi uning ushbu ish joyida o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarishga yaroqsizligi to‘g‘risida xulosa chiqaradi. Bu boshqa ishga o‘tkazish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi (yangi ish joyidagi malaka komissiyasida tegishli bilim sinovi bilan) va agar u rozi bo‘lmasa, kasaba uyushma qo‘mitasi bilan kelishilgan holda amaldagi qonunchilikka muvofiq ishdan ozod etish uchun asos bo‘ladi. Yangi ishga qabul qilingan XT bo‘yicha bilim sinovidan o‘tgan chilangar-ta'mirlovchini mustaqil ishlashiga ruxsat berish sex bo‘yicha yozma farmoyish bilan amalga oshiriladi. Chilangar-ta'mirlovchining bilimini navbatdan tashqari tekshirish quyidagi hollarda amalga oshiriladi: - ishni xavfsiz bajarish bo‘yicha yangi yoki qayta ishlangan yo‘rqnomalar amalga kiritilganda; -ishchi boshqa ish joyiga o‘tkazilganda yoki boshqa lavozimga tayinlanganda mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha qo‘shimcha bilimini tekshirish talab qilinganda; -yangi jihozlar ishga tushirilganda yoki yangi texnologik jarayonlar kiritilganda; -avariya, portlash yong‘in yoki zaharlanishni yuzaga keltiruvchi noxush hodisalarga yo‘l qo‘yilganda; -davlat kuzatuv va nazorati organlari talablariga binoan; - chilangar-ta'mirlovchining ish joyi va XT yo‘riqnomalari bo‘yicha bilimi qoniqarsiz baholanganda. 3.4 “O‘zkimyosanoat” AJ tarkibidagi korxona va tashkilotlarda ishchi-xodimlarga mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to‘g‘risida” gi RH-003-21 muvofiq chilangar-ta'mirlovchi ishlab chiqarishning xavflilik darajasi va xususiyati, ish staji va mutaxassisligidan qat’iy nazar, ishga kirgan paytdan boshlab va keyinchalik ish jarayonida, belgilangan davriylikda quyidagi yo‘l-yo‘riq turlari, ta'lim olish va bilimlar tekshiruvidan o‘tishi shart; -kirish yo‘l- yo‘rig‘i; -dastlabki yo‘l-yo‘riq; -davriy (takroriy) yo‘l-yo‘riq; - navbatdan (rejadan) tashqari yo‘l-yo‘riq; - maqsadli yo‘l-yo‘riq. Download 333.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling