Tasdiqlayman «Navoiyazot» aj boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari O. J. Mavlonov
Download 333.24 Kb.
|
BMB-UZ-54
3.4.1 Kirish yo‘l-yo‘rig‘i
Mehnat xavfsizligi bo‘yicha kirish yo‘l-yo‘rig‘i ma'lumotidan, mansabidan, ushbu kasb bo‘yicha ish stajiga ega bo‘lishidan qat’iy nazar barcha ishga qabul qilinganlarga o‘tiladi. Korxonadagi ish xususiyatlari, ishlab chiqarish va mehnat intizomi, yong‘in xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va xavfsizlik texnikasining asosiy qoidalari bilan ishchilarni tanishtirish maqsadida kirish yo‘l-yo‘rig‘i o‘tkaziladi. Kirish yo‘l-yo‘rig‘i ishlab chiqarish sharoitlariga mos holdagi o‘quv materiallarini o‘z ichiga olgan qo‘llanma va adabiyotlardan, o‘qitishning zamonaviy texnik vositalaridan foydalangan holda mehnatni muhofaza qilish bo‘limida olib boriladi. Korxonada kirish yo‘l-yo‘rig‘i xavfsizlik texnikasi va mehnatni muhofaza qilish bo‘limi xodimlari yoki korxona buyrug‘iga asosan o‘tkazish majburiyati yuklangan shaxslar tomonidan o‘tkaziladi. Kirish yo‘l-yo‘rig‘ining alohida bo‘limlarini o‘tkazish uchun korxona yong‘in xavfsizligi xizmati, gazdan qutqarish xizmati hamda tibbiy-sanitariya qismining mutaxassislari jalb qilinishi mumkin. Kirish yo‘l-yo‘rig‘i ishlab chiqarishning xususiyatlari, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnoma va me'yorlar, qoidalar, xavfsizlik talablarini hisobga olgan holda mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi xizmati (bo‘limi, byurosi muhandislari) tomonidan ishlab chiqilgan, korxona boshqaruv raisining ishlab chiqarish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari tasdiqlagan dastur bo‘yicha o‘tkaziladi. Kirish yo‘l-yo‘rig‘i alohida ishchilar bilan o‘tkazilgani singari, bir guruh ishchilar bilan ham o‘tkazilishi mumkin. Kirish yo‘l-yo‘rig‘idan o‘tganlik haqidagi yozuvlar ishga qabul qilinganlik to‘g‘risidagi hujjatga va mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha kirish yo‘l-yo‘rig‘ini qayd qilish jurnaliga yoziladi. Metanol ishlab chiqaruvchi yoki qo‘llaniladigan korxona hududiga kirishga ruxsat etiladigan barcha shaxslar metanol-ning inson hayoti va sog‘ligi uchun xavfli ekanligi, hamda korxona hududiga gugurt, o‘t oldirgich olib kirish ta'qiqlanganligi to‘g‘risida yo‘l-yo‘riq oladilar. Ushbu yo‘l-yo‘riqni olgan barcha shaxslar o‘rnatilgan shaklda (tartibda) tilxat beradilar. Download 333.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling