Tasdiqlayman «Navoiyazot» aj boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari O. J. Mavlonov


Download 333.24 Kb.
bet4/27
Sana18.06.2023
Hajmi333.24 Kb.
#1586228
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
BMB-UZ-54

3.4.2 Dastlabki yo‘l-yo‘riq
Ish joyidagi dastlabki yo‘l-yo‘riq korxonaga ishga qabul qilingan yoki bir tarkibiy tuzilmadan boshqasiga o‘tkazilgan barcha shaxslarga ish faoliyatini boshlagunga qadar o‘tkaziladi. Ish joyida dastlabki yo‘l-yo‘riq o‘tkazish sex boshlig‘i yoki u tomonidan tayinlangan mutaxassis zimmasiga yuklanadi. Zarurat tug‘ilganda bu yo‘riqnoma kerakli mutaxassislarni (mexanik, energetik, texnologlar va boshqalar) ni jalb qilgan holda o‘tkaziladi. Ish joyida dastlabki yo‘l-yo‘riq korxona boshqaruv raisining ishlab chiqarish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari tasdiqlagan dastlabki yo‘l-yo‘riq dasturiga asosan bilim darajasini tekshirish va ichki mehnat tartib qoidalari va sexda xavfsizlik talablariga amal qilish haqida shaxsiy yo‘l-yo‘riq varaqasiga qayd qilish orqali chilangar-ta'mirlovchilarni tanishtirish maqsadida o‘tiladi.
Ish joyida dastlabki yo‘l-yo‘riq har bir ishchi bilan yakka tartibda o‘tkaziladi. Umumiy ish joyida bir xil turdagi uskunalarga xizmat ko‘rsatuvchi shaxslar guruhi bilan o‘tkazilishi ham mumkin. Ish joyidagi dastlabki yo‘l-yo‘riq ishchiga mustaqil ishlash huquqini bermaydi.
3.4.3 Davriy (takroriy) yo‘l-yo‘riq
Davriy (takroriy) yo‘l-yo‘riq yakka tartibda yoki bitta kasbdagi bir guruh ishchilar uchun xavfsizlik texnikasi bo‘yicha bilimini oshirish va shu kasb uchun zaruriy yo‘riqnomalar hajmida korxona (sex) rahbariyati tomonidan o‘tkaziladi va shaxsiy yo‘l-yo‘riq varaqasiga qayd etiladi.
Ba’zi bir sabablarga ko‘ra (ta’til, xastalik, mehnat safari va boshqa) chilangar-ta'mirlovchilar belgilangan vaqtda yo‘l-yo‘riqdan o‘tmagan bo‘lsa , ishga chiqqan kunidan ularga yo‘l-yo‘riq o‘tilishi shart. Davriy (takroriy) yo‘l-yo‘riqning o‘tish davri bilimi tekshirilgandan so‘ng uch oydan keyin bevosita rahbar tomonidan o‘tiladi. Davriy (takroriy) yo‘l-yo‘riqdan o‘tganlik haqidagi yozuvlar SHYV (shaxsiy yo‘l-yo‘riq varaqasiga) yoziladi.
3.4.4 Navbatdan (rejadan) tashqari yo‘l-yo‘riq
Navbatdan tashqari yo‘l-yo‘riq tarkibi korxona (sex) rahbariyati tomonidan belgilanadigan ishchilar bilan quyidagi hollarda o‘tkaziladi:
-texnologik jarayonlar va sxemalar o‘zgarganda, bir uskuna boshqasiga almashtirilishi natijasida mehnat sharoitlari o‘zgarganda va boshqalar;
-ishlarni xavfsiz bajarilishi bo‘yicha qayta ishlab chiqilgan yoki yangi yo‘riqnomalarning amalga kiritilishi tufayli ishchilarga qo‘shimcha talablarni yetkazish zarur bo‘lganda;
- ko‘rilgan ta'sir choralaridan qat’iy nazar, xavfsizlik texnikasi qoidalari va ishni xavfsiz bajarish bo‘yicha yo‘riqnomalar, ishlab chiqarish intizomi talablari buzilishi aniqlanganda;
-ishchilar tomonidan xavfsizlik texnikasi qoidalari buzilishi oqibatida sex yoki korxonada sodir bo‘lgan noxush hodisa va avariyalardan keyin;
-ishchilarning xavfsizlik texnikasi va ish joyi yo‘riqnomalari bo‘yicha bilimi past ekanligi faktlar bilan aiqlanganda;
-korxonaga turdosh korxonalarda sodir bo‘lgan noxush hodisa va avariyalar haqida axborot materiallari kelganda;
-ishda 60 kalendar kunidan ortiq tanaffus bo‘lganda;
-yuqori tashkilotlar yoki inspeksiya organlari talabiga binoan o‘tkaziladi.
Navbatdan tashqari yo‘l-yo‘riq axborot olingan kundan boshlab 10 kun ichida qo‘l ostidagi ishchilarga bevosita rahbar tomonidan o‘tkaziladi. Navbatdan tashqari yo‘l-yo‘riq yakka holda yoki bir kasbda ishlovchilar guruhi bilan o‘tkaziladi.
Navbatdan tashqari yo‘l-yo‘riq hajmi va matni uni o‘tkazish zarurati tug‘ilganda belgilanadi.
Navbatdan tashqari yo‘l-yo‘riq o‘tilganligi haqida o‘tkazishga asos bo‘ladigan sabablarni ko‘rsatgan holda shaxsiy yo‘l-yo‘riq varaqasiga qayd etiladi.

Download 333.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling