5.4 Yong‘in-portlashga xavfli moddalar va materiallarni saqlash tartibi va me’yorlari
Yong‘in-portlashga xavfli moddalarni saqlashda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak:
- yong‘in-portlashga xavfli moddalarni faqat metall yoki shisha idishlarda saqlashga ruxsat beriladi, idishlar esa metall shkaflar yoki qutilarda saqlanishi kerak;
- binoda qum solingan quti va KO‘ o‘t o‘chirgichi bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak;
- ishlab chiqarish binolarida yong‘in-portlashga xavli moddalarni saqlash kunlik talabdan oshmasligi kerak;
- yong‘in-portlashga xavfli moddasi bo‘lgan har bir idishda saqlanadigan suyuqlik nomi yozilgan yozuv bo‘lishi kerak;
- yong‘in-portlashga xavfli moddalarni ochiq yoki nosoz idish yoki qutilarda saqlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
5.5 Chekish va ochiq olovdan foydalanish taqiqlangan joylar, shuningdek chekishga ruxsat etilgan joylar
Korxona hududida va sexlarda chekish va ochiq olovdan foydalanishga faqat maxsus ajratilgan joylarda ruxsat etiladi.
Chekish joylari chiqindi qutisi, qum to‘ldirilgan quti, 12V kuchlanishli elektr o‘t oldirgich va “Chekish joyi” belgisi bilan jihozlangan.
Sex ishchi binolari va korxona hududida qo‘shimcha yoritish yoki boshqa maqsadlarda gugurtdan foydalanish taqiqlanadi. Ish joyining yetarli darajada yoritilmagan taqdirda, me-xanikdan elektr yoritgichidagi nosozlikni bartaraf etishni talab qilish kerak.
5.6 Binolarni, qo‘shni hududni, o‘tish joylarini, yo‘laklarni saqlashga qo‘yiladigan talablar
5.6.1 Ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, saqlash va yordamchi binolar har doim toza va tartibli bo‘lishi kerak.
5.6.2 Ishchi binolari, mexanik ustaxonalar va omborlarda evakuatsiya chiqish joylari, yo‘laklar, dahliz, zinapoyalar, ishlab chiqarish jihozlari, materiallar, o‘t o‘chirish vositalari, aloqa va yong‘in signalizatsiyasi atrofi doim bo‘sh bo‘lishi kerak. Evakuatsiya yo‘llaridagi eshiklar binodan chiqish yo‘nalishi bo‘yicha erkin ochilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |