Tasdiqlayman” Nizomiy nomidagi tdpu rektori A. K. Kirgizbayev


Download 0.51 Mb.
bet4/11
Sana19.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1624245
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
9.01.23. 2022-23 DAK dastur Tarix 22 (2)

fanining mazmuni


Umumiy psixologiya: umumiy psixologiyaning obyekti, vazifalari. Psixologiya tabiiy va ijtimoiy fan sifatida. Psixika haqida tushuncha, psixikaning oriyentirovka qiluvchanlik va boshqaruvchanlik vazifasi. Bosh miya va psixika. Psixika va ong. Psixologiya va falsafa. Sharq mutafakkirlarining psixologik qarashlari. Psixika va ongni tahlil qilish prinsiplari. Hozirgi zamon psixologiyasining tuzilmasi va uning prinsiplari. Psixologiyaning sohalari. Psixologiyaning metodlari va uning tahlili. Faoliyatniig psixologik tahlili. Motivlar va faoliyat. Psixikaning taraqqiyoti.Motivatsiya va emotsiya psixologiyasi. Iroda psixologiyasi. Shaxs psixologiyasi. Shaxs, individ, individuallik tushunchalari. Frustratsiya va shaxsning istiqbol rejalari. Konformizm. Dunyoqarash va e’tiqod. Muloqot psixologiyasi va nutq. Diqqat va uning turlari. Sezgi va idrok. Xotira va xayol. Tafakkur. Muammoli vaziyat va uni hal qilish. Temperament, uning о‘ziga xos xususiyatlari.
Yosh va pedagogik psixologiya: yosh va pedagogik psixologiyaning predmeti, uning rivojlanish tarixi, Sharq mutafakkirlarining qarashlari. Yosh psixologiyasidagi maktablar. Yosh psixologiyasini о‘rganish metodlari. Ta’lim mazmuni va psixik taraqqiyot. Yoshiing umumiy xarakteristikasi. Yosh tarakqiyotiii davrlashtirish.
Maktabgacha yosh davri xarakteristikasi. Kichik maktab yoshi davri psixologiyasi. О‘smir psixologiyasi, о‘spirin psixologiyasi. Ta’limni va bilimlarni о‘zlashtirishni boshqarish psixologiyasi. Ta’lim va aqliy taraqqiyot. Tarbiya metodlari va formalari. Bо‘lgusi о‘qituvchi shaxsi sifatlari. Pedagogik qobiliyat: nazariya va amaliyot.
“Umumiy psixologiya” fanidan Davlat attestatsiya sinovining asosiy savollari



  1. Psixologiya fanining maqsad va vazifalari.

  2. Psixologiyani fan sifatida shakllanishi.

  3. Miya va psixika.

  4. Psixikaning aks ettirish va boshqaruvchanlik vazifalari.

  5. Ong haqida tushuncha va uning xossalari.

  6. Ong va ongsizlik.

  7. Hozirgi zamon psixologiyasi fanining tamoyillari.

  8. Hozirgi zamon psixologiyasining tuzilishi.

  9. Aniq faoliyatni o’rganuvchi psixologiya sohalari.

  10. Rivojlanishning yosh xususiyatlarini o’rganuvchi psixologiya sohalari.

  11. Shaxs va jamiyat munosabatlarni o’rganuvchi psixologiya sohalari.

  12. Maxsus psixologiya yoki anomal taraqqiyotni o’rganuvchi psixologiya sohalari.

  13. Hozirgi zamon psixologiyasining tadqiqot metodlari.

  14. Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o’rni.

  15. Psixikaning filogenetik taraqqiyoti.

  16. Seskanuvchanlik va sezuvchanlik.

  17. Tropizmlarning mohiyati.

  18. Hayvonlarning hatti-harakat tiplari.

  19. Sensor bosqich va uning xarakterli xususiyati.

  20. Pertseptiv bosqich va uning xarakterli xususiyati.

  21. Intellektual bosqich va uning xarakterli xususiyati.

  22. A.N.Leontev bo’yicha psixikaning rivojanish bosqichlari.

  23. Instinkt tushunchasining mazmuni.

  24. Ko’nikma va malakalar.

  25. Psixikaning muhit va a`zolar tuzilishiga bog`liqligi.

  26. Faoliyat haqida tushuncha.

  27. Faoliyatning tuzilishi.

  28. Faoliyatning interiorizatsiyasi va eksteriorizatsiyasi.

  29. Faoliyatning o’zlashtirilishi va malakalarni egallash.

  30. Faoliyatning asosiy turlari.

  31. Motiv va motivatsiya tushunchasining mazmuni.

  32. Xorij psixologiyasida motiv va motivatsiya muammosi.

  33. Shaxs shakllanishida motivatsiyaning roli.

  34. Muloqot haqida tushuncha.

  35. Muloqot turlari.

  36. Muloqotning verbal, noverbal vositalari.

  37. Pedagogik faoliyatda muloqot.

  38. Muloqotning kommunikativ, interaktiv, pertseptiv tomonlari.

  39. Shaxs haqida tushuncha.

  40. Individ, shaxs, individuallik tushunchalari.

  41. Shaxs shakllanishiga tasir etuvchi omillar.

  42. Shaxsning malaka va odatlari.

  43. Endopsxika va ekzopsixika haqida tushuncha.

  44. Chet el psixologiyasida shaxs nazariyalari.

  45. Biogenetik nazariya va sotsiogenetik nazariyasining mazmun mohiyati.

  46. Diqqat haqida tushuncha.

  47. Diqqatning nerv-fiziologik asoslari.

  48. Diqqat turlari, ixtiyorsiz diqqat, ixtiyoriy diqqat, ixtiyoriydan so’nggi diqqat.

  49. Diqqatning xususiyatlari, diqqat kuchi va bo’linishi, diqqat ko’lami, diqqat taqsimlanishi.

  50. Shaxsda diqqat rivojlanishi.

  51. Sezgilar haqida umumiy tushuncha.

  52. Sezgilarning nerv-fiziologik asoslari.

  53. Sezgilarning tasnifi.

  54. Sezgilarning turlari, ekstroretseptiv sezgilar, introretseptiv sezgilar, proproretseptiv sezgilar.

  55. Analizator va uning tuzilishi.

  56. Sezgi sohasidagi qonuniyatlar.

  57. Idrok haqida tushuncha.

  58. Idrokning xossalari.

  59. Idrokda illyuziya va gallyutsinatsiya.

  60. Vaqt, harakat va fazoni idrok qilish.

  61. Xotira haqida tushuncha.

  62. Xotiraning nerv-fiziologik asosi.

  63. Xotira turlari, faoliyatiga ko’ra, maqsadiga ko’ra, muddatiga ko’ra xotira turlari.

  64. Xotira jarayonlari, esda olib qolish, esga tushirish, esda saqlash, unutish.

  65. Xotira tiplari.

  66. Xayol haqida tushuncha.

  67. Xayol jarayonlari.

  68. Xayol turlari: tasavvur xayoli, ijodiy xayol, ixtiyorsiz va ixtiyoriy xayol.

  69. Xayol sifatlari: xayolning kengligi va torligi, xayolning chuqurligi va realligi, xayolning mazmundorligi va kuchi.

  70. Hayolning rivojlanishi.

  71. Tafakkur xaqida tushuncha.

  72. Tafakkur operatsiyalari.

  73. Tafakkur shakllari, hukm, xulosa chiqarish, tushuncha.

  74. Tafakkur sifatlari

  75. Hissiyot haqida tushuncha.

  76. His-tuyg`ularning vazifalari.

  77. Hissiy holatlarning nerv-fiziologik asoslari.

  78. Insoniy emotsiyalar va hayvonlardagi emotsiyalar.

  79. Hissiy holatlarning ifodalanishi.

  80. Hislarni kechirish shakllari (yuksak hislar, hissiy ton, affekt, stress, praksik hislar, axloqiy hislar, estetik hislar, intellektual hislar…).

  81. Iroda haqida tushuncha.

  82. Irodaviy faoliyatning umumiy xususiyatlari

  83. Iroda borasidagi nazariyalari.

  84. Irodaviy akt va uning tuzilishi.

  85. Shaxsning irodaviy sifatlari.

  86. Irodani tarbiyalash.

  87. Irodaning individual xususiyatlari.

  88. Temperament haqida tushuncha.

  89. Oliy nerv faoliyati tipi va temperament.

  90. Temperament xususiyatlari.

  91. Temperament tiplari.

  92. Faoliyatning indvidual uslubi va temperament.

  93. temperamentni rivojlanishi tarixi,.

  94. Xarakter haqida tushuncha.

  95. Xarakterning nerv-fiziologik asoslari.

  96. Xarakter tipologiyasi.

  97. Xarakter aktsentuatsiyasi.

  98. Xarakter tarkibi va uning tuzilishi

  99. Xarakter borasidagi talimotlar.

  100. Qobiliyatlar haqida tushuncha.

  101. Qobiliyatlarning sifati va miqdor tavsifi.

  102. Qobiliyatlar tuzilishi.

  103. Talantning paydo bo’lishi va tuzilishi.

  104. Qobiliyat va talantlarning tabiiy shartlari.

  105. Qobiliyat borasidagi nazariyalar.

  106. Qobiliyatlarning tabiiy asoslari.

  107. Psixologiya fanini fanlar tizimidagi о‘rni qaysi qatorda kо‘rsatilgan?

  108. Yosh va pedagogik psixologiya fanlarining predmeti, maqsad va vazifalari.

  109. Yosh va pedagogik psixologiya fanlarining asosiy muammolari.

  110. Yosh va pedagogik psixologiya fanlariga oid ilmiy bilimlarning vujudga kelish tarixi.

  111. Yosh va pedagogik psixologiya fanlarining tadqiqot metodlari.

  112. Yosh va pedagogik psixologiya fanlarining asosiy sohalari.

  113. Yosh va pedagogik psixologiya fanlarining boshqa fanlar bilan aloqasi

  114. Psixik rivojlanish haqida tushuncha, uning o`ziga xos xususiyatlari.

  115. Psixik rivojlanishning asosiy qonuniyatlari.

  116. Psixik rivojlanishning asosiy omillari.

  117. Yosh tushunchasi.

  118. Psixik rivojlanishni davrlashtirish muammosi (qadimiy va zamonaviy tasniflar).

  119. Yosh davrlarining genetik epistimologiya nazariyasidagi tasnifi haqida.

  120. Yosh davrlarining psixoanaliz nazariyasidagi tasnifi haqida

  121. Sotsiogenetik yondashuvda yosh davrlari tasnifi haqida

  122. Yosh davrlarining etakchi faoliyat nuqtai nazaridan tasniflanishi haqida

  123. Psixik rivojlanishda yosh davri inqirozi

  124. Perinatal va chaqaloqlik davrida psixofiziologik rivojlanishga xos xususiyatlar haqida umumiy tushuncha.

  125. Tug`ilish davri inqirozi.

  126. «Tirilish kompleksi» haqida.

  127. Gudaklik davrida psixik rivojlanishda kattalar bilan emotsional muloqotning ahamiyati (emotsional deprivatsiyaning salbiy oqibatlari).

  128. Bir yosh inqirozi haqida.

  129. Ilk bolalik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari.

  130. Ilk bolalik davrida nutqning rivojlanish xususiyatlari.

  131. Ilk bolalik davrida o`z-o`zini anglashning rivojlanishi va 3 yosh inqirozi

  132. Maktabgacha yosh davrida psixofiziologik taraqqiyotning umumiy tavsifi.

  133. O`yin maktabgacha yoshdagi bolaning etakchi faoliyati sifatida (o`yin faoliyatining mohiyati, turlari, bilish jarayonlari va shaxs taraqqiyotiga ta`sir ko`rsatish mexanizmlari, o`yinchoqning bola psixik rivojlanishiga ta`siri muammosi).

  134. Maktabgacha yosh davrida bilish jarayonlari va nutqning rivojlanishiga xos xususiyatlar.

  135. J.Piaje fenomenlari haqida tushuncha.

  136. Maktabgacha yosh davrida tafakkur egotsentrizmi muammosi.

  137. Maktabgacha yosh davrida emotsional-irodaviy sifatlarning rivojlanish xususiyatlari.

  138. Maktabgacha yosh davrida ijtimoiy emotsiyalarning shakllanishi.

  139. Maktabgacha yosh davrida motivatsion sohadagi o`zgarishlar va shaxsning «birinchi tug`ilishi»

  140. 7 yosh inqirozi, uning sabablari va alomatlari.

  141. Maktabga psixologik tayyorlik muammosi yuzasidan nazariy hamda amaliy bilimlarni shakllantirish.

  142. Kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanishning umumiy tavsifi.

  143. Kichik maktab yoshidagi bolaning maktabga moslashishi muammosi.

  144. Kichik maktab yoshi davrida kognitiv - affektiv sohalardagi rivojlanish xususiyatlari.

  145. Kichik maktab yoshi davrida motivatsion sohadagi rivojlanish xususiyatlari (o`quv faoliyati, shaxslararo munosabatlarning motivatsion asoslari).

  146. Kichik maktab yoshi davrida bolaning o`zi haqidagi tasavvurlari va xulq-atvori.

  147. Pedagogik baho va kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanish aloqasining psixologik mexanizmlari.

  148. Kichik maktab yoshida bola shaxsining rivojlanish xususiyatlari

  149. O`smirlik davridagi psixik rivojlanishning umumiy tavsifi

  150. O`smirlik davri inqirozi va uning psixologik, psixofiziologik sabablari.

  151. O`smirlik davrida intellektual va emotsional rivojlanish xususiyatlari.

  152. O`smirlik davrida motivatsion sohadagi rivojlanish xususiyatlari

  153. O`smirlik davrida o`z-o`ziga baho berish tizimining rivojlanish xususiyatlari.

  154. O`smirlik davrida xarakter aktsentuatsiyasi muammosi borasidagi tasavvurlarni hosil qilish.

  155. Ilk o`spirinlik davri psixologiyasiga umumiy tavsif

  156. Ilk o`spirinlik davrida intellektual va emotsional rivojlanish xususiyatlari.

  157. Ilk o`spirinlik davrida do`stlashish muammosining psixologik xususiyatlari.

  158. lk o`spirinlik davrida muhabbat.

  159. Ilk o`spirinlik davrida o`zini-o`zi anglashning rivojlanishi (o`zini-o`zi baholash, hurmat qilish, shaxsiy va ijtimoiy identifikatsiya muammolari).

  160. Ilk o`spirinlik davrida o`quv-kasbiy faoliyatning etakchi faoliyatga aylanishi va kasb tanlash muammosi.

  161. Gerontopsixologiya yosh psixologiyasi fanining qanday sohasi bо‘lib hisoblanadi?

  162. Ta’lim va tarbiya jarayonlarining psixologik qonuniyatlaridan tashqari pedagogik psixologiya yana nimani о‘rganadi?

  163. Akmeologiya yosh psixologiyasining qanday sohasi sanaladi?

  164. “Bola ruhiyati” asarining muallifi hamda zamonaviy yosh psixologiyasi fanining asoschisi bо‘lib hisoblanadigan olim kim?

  165. Qaysi davrgacha yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyaga oid bilimlar asosan falsafa va tibbiyotga doir asarlarda bayon etilgan?

  166. A.Navoiyning qaysi asarida inson umrini yosh davrlariga ajratishning о‘ziga xos tasnifi keltirilgan?

  167. V.Preyerning “Bola ruhiyati” asari qachon va qayerda nashr etilgan?

  168. Quyidagi olimlarning qaysi biri “Odam tarbiya predmeti sifatida” asarining muallifidir?

  169. Quyidagi olimlardan kimning psixik rivojlanish haqidagi ilmiy qarashlari kognitiv yondashuvga asoslangan?

  170. Rekapitulyatsiya nazariyasida 4 yoshdan 12 yoshgacha psixik rivojlanish davri insoniyat tarixidagi qanday davrga о‘hshatiladi?

  171. V.Shtern tomonidan ilgari surilgan psixik rivojlanish haqidagi ta’limotning bosh g‘oyasi qanday?

  172. Bola psixik taraqqiyotining yetakchi omili sifatida L.I.Bojovich qanday ehtiyojni ta’riflaydi?

  173. Yetakchi faoliyat haqidagi ta’limot qaysi olimning ilmiy qarashlariga asoslanadi?

  174. Quyidagi ilmiy nazariyalardan qaysi birida psixik rivojlanish biologik va ijtimoiy omillar konfrontatsiyasi (о‘zaro tо‘qnashuvi) natijasi sifatida tushuniladi?

  175. Quyidagi ilmiy nazariyalardan qaysi birining ishlab chiqilishi P.Y.Galperin nomi bilan bog‘liq?

  176. Taraqqiyotning eng yaqin zonasi bola amalga oshiradigan qanday amallardan tashkil topadi?

  177. Taraqqiyotning eng yaqin zonasi haqidagi g‘oya qaysi ta’limot doirasida ilgari surilgan?

  178. L.Kolbergning ahloqiy rivojlanish nazariyasiga kо‘ra konvensional ahloq bosqichi taxminan qaysi yoshga tо‘g‘ri keladi?

  179. D.B.Elkoninning yetakchi faoliyat haqidagi nazariyasiga muvofiq “odam-buyum” munosabat tizimi kо‘proq qaysi yosh davrlari uchun xos bо‘ladi?

  180. Psixik rivojlanishning qaysi bosqichi psixoanaliz ta’limotiga kо‘ra psixologik va jinsiy rivojlanishning oxirgi tо‘rtinchi bosqichi hisoblanadi?

  181. Ontogenezni filogenezning qisqa va siqiq shaklda takrorlanishi deb tushuntiradigan ta’limot qaysi?

  182. E.Erikson tomonidan ilgari surilgan nazariyaga kо‘ra inson psixik rivojlanishi davomida qaysi yosh davrida rollarning chalkashuvi xavfi kuchayadi?

  183. J.Piajening intellektual faoliyat taraqqiyoti haqidagi nazariyasida “ramziy (simvolik) intellekt” aqliy rivojlanishning qaysi bosqichiga xos deb hisoblanadi?

  184. E.Erikson tomonidan ilgari surilgan ta’limotda psixik rivojlanish davomida yuzaga keladigan nechta inqirozli davr ajratib kо‘rsatiladi?

  185. J.Piaje tomonidan ilgari surilgan ta’limotga kо‘ra mavhum tushunchalar bilan mulohaza yurita olish qobiliyati qaysi bosqichda rivoj topadi?

  186. J.Piajening inson intellekti taraqqiyotini tushuntirib beruvchi ta’limotiga kо‘ra sensomotor intellekt bosqichi yosh davrlarining ana’naviy tasnifiga kо‘ra qaysi davrga tо‘g‘ri keladi?

  187. Insonning shakl о‘zgarishi bilan miqdorning saqlanib qolishini tushunish qobiliyatini nomlash uchun J.Piaje qanday atamani taklif etgan?

  188. Quyidagi yosh davrlarining qaysilarida boshqa odamlar bilan bо‘lgan muloqot yetakchi faoliyat sifatida gavdalanadi?

  189. Psixik rivojlanishning kompensatsiya qonuniyati mazmuni nimadan iborat?

  190. Hozirda fanda ma’lum yosh inqirozlaridan adabiyotlarda dastlab qaysi inqiroz davri keng yoritilgan?

  191. Psixik rivojlanishning muayyan davri ma’lum psixik funksiyalar rivojlanishi uchun qulay davr bо‘lishi psixik rivojlanishning qanday qonuniyat asosida rо‘y berishini isbotlaydi?

  192. Predmetli-manipulyativ faoliyat qaysi yosh davrida yetakchi faoliyat bо‘lib hisoblanadi?

  193. Embrional rivojlanishning qaysi bosqichida homila tashqi taktil ta’sirga nisbatan faol harakat bilan javob qaytara boshlaydi?

  194. Yangi tug‘ilgan chaqaloqning sensor tizimlari orasida qaysilari nisbatan yaxshi rivojlangan bо‘ladi?

  195. Rang ajrata olish qobilyati bola tug‘ilgach taxminan necha oydan keyin shakllanadi?

  196. Tovush idrok etish bilan bog‘liq quyidagi xususiyatlarning qaysi biri gо‘daklik davrining 3-4 oylarida paydo bо‘ladi?

  197. Bola yuzida shaklan tabassumga о‘xshash harakatlar qaysi davrdan kuzatiladi?

  198. Qaysi davrdan boshlab odatda bolalar narsa buyumlarni о‘z vazifasiga muvofiq qо‘llay boshlaydi?

  199. Bolalar kо‘zguda о‘z aksini kattalar yordamisiz tanishni boshlashi taxminan qaysi davrga tо‘g‘ri keladi?

Jahon tarixi


fanining mazmuni

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling