Tasdiqlayman” Nizomiy nomidagi tdpu rektori A. K. Kirgizbayev


Download 0.51 Mb.
bet7/11
Sana19.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1624245
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
9.01.23. 2022-23 DAK dastur Tarix 22 (2)

O’zbekiston tarixi
fanining mazmuni
Fanni o‘qitishdan maqsadi: O‘zbekiston tarixining eng qadimgi, qadimgi, o‘rta asrlar, rivojlangan bosqichi davrlari hamda mustaqillik davring o’ziga xos xususiyatlari. siyosiy, iqtisodiy, madaniy jihatdan rivojlanish jarayonlarini yoritib, ta’lim tizimida faoliyat ko’rsatuvchi bo‘lajak tarixchi mutaxassislarga Vatanimiz, xalqimiz tarixiga oid bo‘lgan zamon talabi darajasidagi chuqur tahlilga asoslangan fundamental ishlarni shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifasi: Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalami nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar tarixiy hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.


O‘zbekiston tarixi
fanidan Davlat attestatsiya savollari:



  1. “Avesto” va unda jamiyat ijtimoiy tarkibining aks etishi.

  2. Ilk davlatchilikning shakllanish omillari

  3. O’rta Osiyo Eron Ahamoniylari imperiyasi tarkibida.

  4. Aleksandr Makedonskiy O‘rta Osiyoga istilochilik yurishlarining oqibatlari

  5. Qang‘ davlatining o‘rganilish tarixi.

  6. Kushon davlatining tashkil topishi.

  7. Xioniylar va Kidariylar davlatining tashkil topishi.

  8. Eftaliylar davrida ijtimoiy – iqtisodiy va madaniy hayoti.

  9. Turk xoqonligining tashkil topishi.

  10. Arab xalifaligining tashkil topishi, O‘rta Osiyoga arablar bosqinining boshlanishi

  11. Toxiriylar, Safforiylar davlatining tashkil topishi.

  12. Somoniylar davlatining tashkil topishi. Somoniylar davlat boshqaruvi va iqtisodiyoti

  13. Qoraxoniylar davlatining tashkil topishi. Qoraxoniylar davlatining ijtimoiy- iqtisodiy hayoti

  14. G‘aznaviylar davlatining tarixining o‘rganilishi

  15. G‘aznaviylar davlatining boshqaruv tizimi va ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy ahvoli. G‘aznaviylar davlatining tarixining o‘rganilishi

  16. Saljuqiylar davlatining boshqaruv tizimi va ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy ahvoli

  17. Xorazmshoxlar davlatining tashkil topishi va boshqaruv tizimi

  18. Xorazmshoxlar davlatining madaniy hayoti

  19. Ma’mun akademiyasi va unda faoliyat yuritgan olimlar.

  20. IX – XII asrlarda Movarounnaxrda tabiiy va ijtimoiy-gumanitar fanlar rivoji.

  21. IX – XIII asrlarda yashagan O’rta Osiyoning buyuk allomalari.

  22. So’fiylik ta’limoti

  23. Mo’g’ullarning O’rta Osiyoga bostirib kirishi. Mo’g’ullarga qarshi ozodlik harakatlari.

  24. Amir Temur davlatining tashkil topishi.

  25. XIV asrning 50-60-yillarida Movarounnaxrdagi siyosiy, iqtisodiy ahvol.

  26. Temuriylar davrida Movarounnaxrda ijtimoiy siyosiy hayot

  27. O‘rta Osiyo va Xurosonda mustaqil davlatlarning tashkil topishi.

  28. XIV – XV asrlarda fan va madaniyat.

  29. Amir Temur va Temuriylar davrida me’morchilik, naqqoshlik, tasviriy san’at

31. XV asr oxiri XVI asr boshlarida Movarounnahr va Xurosondagi siyosiy vaziyat.
32. Ko’chmanchi o’zbeklar davlatining tashkil topishi. Muhammad Shayboniyxon.
33.“O’zbek” atamasining kelib chiqishi va O’rta Osiyoda keng yoyilishi.
34.Shayboniylar sulolasining hukmronligi davrida Movarounnahr.
35.Shayboniylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot.
36. Shayboniylar davrida fan va madaniyat.
37. Ashtarxoniylar sulolasi hukmronligining o’rnatilishi.
38. Ashtarxoniylar davrida ijtimoiy-siyosiy parokandalik va uning oqibatlari.
39. Buxoro amirligining vujudga kelishi.
40. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Buxoro amirligida ijtimoiy-siyosiy hayot.
41. Buxoro amirligida madaniy hayot va jadidchilikning vujudga kelishi.
42. Mang’itlar sulolasi hukmronligi davrida Buxoro amirligi.
43. XVI - asr boshlarida Xorazmdagi siyosiy vaziyat.
44. Xiva xonligining vujudga kelishi.
45. Qo’ng’irotlar sulolasi hukmronligi davrida Xiva xonligi.
46. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Xiva xonligida ijtimoiy – siyosiy hayot.
47. Xiva xonligida me’morchilik va qurilish.
48. XIX asrning II-yarmida Xiva xonligida ijtimoiy- madaniy hayot.
49. Qo’qon xonligining tashkil topishi va siyosiy jarayonlar.
50. Qo’qon xonligida еr egaligi va soliqlar.
51. Qo’qon xonligida ijtimoiy hayot va madaniyat.
52. XIX - asrning birinchi yarmida Qo’qon-Buxoro munosabatlari.
53. O‘zbek xonliklari davrida O‘rta Osiyodagi siyosiy tarqoqlik.
54. O’rta Osiyo xonliklarining davlat boshqaruv tizimi.
55. XVII-XVIII asrlarda o‘zbek xonliklarining o‘zaro munosabatlari.
56. XIX - asrning birinchi yarmida O‘rta Osiyoda madaniy hayot.
57. XVIII-XIX asrlarda o‘zbek xonliklarining Rossiya bilan o‘zaro savdo- iqtisodiy aloqalari.
58. Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoga uyushtirilgan harbiy ekspeditsiyalari (Bekovich Cherkasskiy, F. Beneveni va boshqalar)
59. XIX - asrda Buyuk Britaniyaning o‘zbek xonliklariga amalga oshirgan diplomatik missiyalari.
60. XVIII - asr va XIX - asrning birinchi yarmida Rossiya imperiyasining o‘zbek xonliklari bilan o’zaro munosabatlari.
61. Rossiya va Angliyaning O’rta Osiyo uchun olib borgan o’zaro kurashi.
62. Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoni bosib olish uchun amalga oshirgan harbiy harakatlari.
63. Rossiya imperiyasi tomonidan Toshkentning bosib olinishi.
64. Rossiya imperiyasi tomonidan Qo‘qon xonligining tugatilishi.
65. Turkiston general-gubernatorligining tashkil etilishi.
66. Turkiston general-gubernatorligining ma’muriy boshqaruv tizimi.
67. Rossiya imperiyasi tomonidan Samarqandning bosib olinishi.
68. Rossiya imperiyasining Buxoro amirligi ustidan o‘z xukmronligini o‘rnatishi.
69. Rossiya imperiyasi tomonidan Xiva xonligining bosib olinishi.
70. 1917 yilgi fevral burjua inqilobining Turkiston xalqlari taqdiriga ta’siri.
71. Turkiston Muxtoriyatining tashkil etilishi.
72. Istiqlolchilik harakati, uning maqsadi va vazifalari.
73. Buxoro amirligining tugatilishi.
74. Xorazm xalq respublikasiining tashkil etilishi.
75. Yangi iqtisodiy siyosat (NEP) va uning natijalari.
76. XX asrning 20-30-yillarida madaniy-ma’rifiy muassalarning shakllanishi.
77. O‘zbekistondagi 1920-30-yillarda qatag‘onliklar.
78. Ikkinchi jahon urushida O‘zbekistonning ishtiroki.
80. Ikkinchi jahon urushida davrida O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli
81. O‘zbekistonda “Paxta ishi” deb nom olgan jarayonlar.
82. Turkiston muxtoriyatining faoliyati va unga bolsheviklar hokimiyatining munosabati.
83. Turkiston Muxtoriyati va jadidlar.
84. Turkiston kompartiyasining tashkil topishi.
85. Osipov isyoni - mazmun va mohiyati.
86. Milliy ozodlik kurashining etakchilari: Kichik Ergash faoliyati.
87. Istiqlol uchun kurashganlarga umumiy avf e’lon qilinish sabablari.
88. XX asrning 20-30-yillarida Qoraqolpog‘iston.
89. O‘zbekistonliklarning front ortidagi jasoratlari.
90. O‘zbekistonliklarning urush jangohlaridagi jasorati.
91. XX asrning 40-yillar II-yarmida 50-yillar boshida siyosiy qatag‘onlar va uning oqibatlari
91. XX asrning 50-60-yillarida qo‘riq va bo‘z yerlarning o‘zlashtirilishi.
92. Barkamol shaxsni tarbiyalashda uzluksiz ta’limning o‘rni.
93. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning asosiy tamoyillari.
94. Bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida boshqaruvdagi islohotlar.
95. O‘zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati.
96. Demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati asoslarining barpo etilishi.
97. O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi.
98. Mustaqillik yillarida iqtisodiy sohadagi mustaqillik.
99. Mustaqillik yillarida tarixiy-me’moriy obidalarning ta’mirlanishi.
100. Mustaqillik yillarida Oliy ta’limdagi islohotlar.
5110600 – Tarix o’qitish metodikasi ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi talabalari uchun umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan Davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi va baholash mezoni

Umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan davlat imtihoni test shaklida o‘tkaziladi. Har bir variant 50 ta savoldan iborat bo‘lib, bunda “Umumiy pedagogika”, “Umumiy psixologiya”, “Jahon tarixi”, “Tarix o’qitish metodikasi”, “O’zbekiston tarixi” fanlari bo’yicha 10 tadan test savollari ajratiladi.


Umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan Davlat imtihoni topshirish uchun har bir talabaga 100 daqiqa vaqt beriladi.
Umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan Davlat imtihoni bo‘yicha umumiy o‘zlashtirish ko‘rsatkichi toʻgʻri javoblar soniga koʻra baholanadi. Agar toʻgʻri javoblar soni 43-50 ta oraligʻida boʻlsa 5 baho (a’lo), 36-42 ta oraligʻida boʻlsa 4 baho (yaxshi), 28-35 ta oraligʻida boʻlsa 3 baho (qoniqarli), 0-27 ta oraligʻida boʻlsa 2 baho (qoniqarsiz) bilan baholanadi.


ESLATMA: Yakuniy Davlat attestatsiya jarayonida qo‘yilgan bahodan norozi bo‘lgan bitiruvchilar yakuniy Davlat attestatsiyasi baholar e’lon qilingan kundan e’tiboran uch kun muddat ichida apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilishga haqli. Yakuniy Davlat attestatsiya komissiyasi va talaba o‘rtasida baholash bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar maxsus apellyatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi hamda DAK raisi bilan kelishilgan holda xulosa qilinadi.





Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling