Tasdiqlayman” O’. I. B. D. O’. A. R. Isayev


VALEOLOGIYANING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI


Download 1.04 Mb.
bet8/9
Sana08.03.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1250840
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-mavzu

VALEOLOGIYANING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI
Salomatlik - inson kamolotining muhim tarkibiy qismlaridan biri bo'lib, inson
shaxsining hech kim daxl qila olmaydigan huquqi, samarali ijtimoiy va iqtisodiy
rivojlanishining asosiy shartidir. Har bir inson maktabda o'qib yurgan davridan boshlab
butun umri davomida ushbu qoidani yodda saqlashga harakat qilishi zarur: “Inson
salomatligi bu - hayotning bosh qadriyati”. Uni hech qanday pulga sotib olib bo'lmaydi,
shuning uchun yoshlikdanoq, bola hayotining birinchi kunidan uni saqlash, asrash va
mustahkamlab borish zarur.
Valeologiya - inson salomatligini saqlash, uni fiziologik, biologik, psixologik va
ijtimoiy-madaniy rivojlantirishni ta’minlab beruvchi, butun organizm va organizm
tizimlarining gigiyenik, psixofiziologik zaxiralariga oid kompleks fan yoki fanlararo
yo'nalishdir. Boshqa biror fan valeologiya singari inson fenomeni haqidagi
ma’lumotlami bunchalik har tomonlama qamrab ololmagan va ololmaydi ham. Inson,
uning biologiyasi, genetikasi, fiziologiyasi, psixologiyasi haqida, hayotiy faoliyatining
boshqa tomonlari, xususan, organizm holati, uning atrof-muhit bilan o‘zaro harakatini
boshqarish, bashorat va tashxis etish bo‘yicha integrallashgan bilimlarni yaratish uchun
ma’lumot yuqori darajada yetarli bo'lmaganligi uning (valeologiyaning - ta’kid bizniki)
vujudga kelishiga imkoniyat yaratdi.
Valeologiya fan sifatida barcha o‘ziga xos belgilari: predmeti, obyekti, maqsadi,
vazifalari va metodlariga ega. Shunga qaramay, eng awalo, salomatlik valeologiyaning
predmeti sifatida aks etganligi bois uning mustaqil fan (yoki ilmiy yo'nalish) sifatida
boshqa fanlar bilan o‘zaro munosabatlarining umumiy asoslarini aniqlab olish zarur.
Xususan, biologiya (umumiy biologiya, genetika, sitologiya va boshqalar) filogenezdagi
organizmlarning hayotiy faoliyati qonuniyatlarini tadqiq etadi, inson tabiatidagi
evolutsion nuqtai nazarni shakllantiradi, biologik olamning bir butun manzarasini
yaratadi.
Ekologiya tabiatdan oqilona foydalanishning ilmiy asoslarini ta’minlaydi, jamiyatinson-
muhitning o‘zaro munosabat xarakterini tadqiq etadi hamda mazkur o‘zaro
munosabatlaming qulay modelini ishlab chiqadi, salomatlikning atrof-muhit bilan bog'liq
tomonlari haqidagi bilimlarni shakllantiradi.
Tibbiyot (anatomiya, fiziologiya, gigiyena, sanologiya va boshqalar) salomatlikni
ta’minlashning mezonlari (normativ - belgilangan me’yori)ni ishlab chiqadi, sog’liqni
saqlash va mustahkamlash, kasalliklarni davolash va oldini olish bo‘yicha bilimlar va
amaliy faoliyat tizimini ta’minlaydi.


Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling