Tasdiqlayman” O’. I. B. D. O’. A. R. Isayev
Kasallik -Bu tibbiy atama bo`lib, organizmda muayyan simptomlar bilan birga kechadigan patologik o`zgarishlarni tavsiflovchi holatni anglatadi. 2.6-ilova
Download 1.04 Mb.
|
1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- HAMKORLIKDA O‘QISH JARAYONI VA B/BX/B STRATEGIYASI
- 2.7-lova NAZARIY MASHG’ULOT BAYONI: Valeologiya asoslari» fanining maqsadi
Kasallik -Bu tibbiy atama bo`lib, organizmda muayyan simptomlar bilan birga kechadigan patologik o`zgarishlarni tavsiflovchi holatni anglatadi.
2.6-ilova Ta’lim oluvchilar bilimini faollashtirish maqsadida B/Bx/B usuli bilan ishlash qoidalarini tushuntiradi va topshiriq beradi. HAMKORLIKDA O‘QISH JARAYONI VA B/BX/B STRATEGIYASI
2.7-lova NAZARIY MASHG’ULOT BAYONI: Valeologiya asoslari» fanining maqsadi - talabalarning jismoniy, psixik salomatligini saqlash, ularda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini hosil qilish, yoshlarni organizmning reproduktiv funksiyalari bilan tanishtirish, bundan tashqari shaxs va millat salomatligini saqlash va mustahkamlashni nazarda tutish. Talabani inson salomatligiga konstruktiv yondashishga o‘rgatish orqali biz salomatlikni saqlash va mustahkamlashning faol strategiyasini shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Inson salomatligi - bu eng awalo, uzoq umr ko'rish davomida uning yuqori sur’atdagi ishchanlik qobiliyati va ijtimoiy faolligi, psixik va fiziologik sifatlarini saqlash va rivojlantirish demakdir. Aksariyat olimlarning fikricha, inson organizmining funksional imkoniyatlari va tashqi muhitning ijobiy omillariga nisbatan uning barqarorligi butun hayoti davomida o'zgarib boradi. Xuddi shu kabi organizmning sog’lomlik holati dinamik jarayon bo‘lib, u insonning yoshi, jinsi, kasbiy faoliyati, hayot tarzi bilan bog'liqlikda yaxshilanadi yoki yomonlashadi (salomatlikning zaiflashib ketishi va mustahkamlanishi). Shubhasiz, valeologiya “salomatlik”, “sog’lom bo‘lish” ma’nolarini bildirib, hozirgi vaqtda sog’lom avlodni tarbiyalash masalalarini hal etishda zarur o‘rin egallashi shart. Bu o‘rinda pedagoglarning vazifasi har bir ta’lim oluvchida o'zining va atrofidagilarning salomatligini saqlash va mustahkamlash ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat. Mazkur yondashuv aholining, shu jumladan, o‘sib kelayotgan yosh avlodning salomatligini himoya qilish borasida O‘zbekistonda olib borilayotgan ijtimoiy siyosatga mos keladi. Bizning tarbiyaviy tizimimiz (oila, ta’lim muassasalari) har bir bola, o‘smir, yigit-qiz hamda katta yoshli kishilarda salomatlikning asosiy tarkibiy qismlari hisoblangan faol harakat rejimi — chiniqish, jismoniy madaniyat va sport bilan shug’ullanishda ifodalangan sog'lom turmush tarzini tashkil etish ehtiyojini shakllantirishi va rivojlantirishi zarur. Ovqatlanish, mehnat va dam olish gigiyenasi, kundalik rejim, shaxsiy va jamoatchilik gigiyenasi talablariga rioya qilish, atrofimizdagi olam (ekologiya va salomatlik)ni asrash, yomon odatlarning oldini olish, psixogigiyena talablariga amal qilish tarbiyachi va tarbiyalanuvchila orasida optimal o‘zaro munosabatlar vujudga kelishi zaruriyatini taqozt etadi. Olimlarning fikricha, valeologiya - XXI asr fani. Sog Ion bo‘lish uchun inson valeologiya fanini albatta o‘rganishi zarur. Valeologiya fanining predmeti hayotning ustuvor kategoriyas sifatida insonning individual salomatligida aks etadi. Boshqa fanlardar farqli ravishda u insonning salomatligiga miqdor va sifat jihatdar ta’sir ko‘rsatib, turli darajalarda - fiziologik, psixologik va ijtimoi] bashorat qilinadigan mustaqil kategoriya sifatida qaraladi. Mazku fan bo'yicha bilimlarni o'zlashtirish natijasida talaba salomatlikning asosiy belgilovchi jihatlari: ijobiy motivatsiyaning rivojlanishi, sog'lon turmush tarzi tamoyillarini egallash orqali shaxsiy salomatlikni saqlasi va mustahkamlashni baholash imkoniyatiga ega bo'ladi, pedagogil mehnat bilan shug'ullanish jarayonida esa o‘quvchilarda o‘quv, mehna va dam olish davomida o'zlarining salomatliklarini saqlash va mustahkamlashga mas’uliyatli munosabat shakllanadi. Fanning salomatlikning jismoniy, psixik, jinsiy, ijtimoiy, bundan tashqari individual va jamoatchilikka oid jihatlariga e’tibor qaratadigan “Insor salomatligi” bo'limi zamonaviy muammo sifatida alohida qiziqisi uyg’otadi. Shuning uchun salomatlikning shunday jihatlari sifatidc genetik, bioximik, funksional, psixologik, ijtimoiy-ma’naviy, klinik jamoatchilik salomatligi ko‘rsatkichlari: tug’ilish, o‘lim, kasallanish hayotning davomiyligi, nogironlik ko'rib chiqiladi. Bunday masalalarg; e’tibor qaratish esa sog’lomlik darajasi va uni baholash metodlar haqida fikr yuritish imkonini beradi. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling