Tasdiqlayman” Obodonlashtirish boshqarmasi boshligi Sh. B. Ruziyev
KADRLAR BO‘YICHA BOSH MUTAXASSIS –
Download 57.01 Kb.
|
Vazifalar taqsimoti (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- BOSH XISOBCHI
KADRLAR BO‘YICHA BOSH MUTAXASSIS – Obodonlashtirish boshqarmasi bo‘yicha ishchi-xodimlarni ishga qabul qilish va ozod qilish bo‘yicha buyruqlarni rasmiylashtiradi.
SHuningdek: - Nomenklaturada turgan rahbar-xodimlar bo‘yicha ma’lumotlar tayyorlash, tasdiqlangan mehnat ta’tili grafigi shtat jadvallari asosida navbatdagi mehnat ta’tili berishni nazorat qilish, jamoa shartnomasi tuzilishi va ijrosini nazorat qilish; - Moddiy javobgar shaxslar bilan shartnoma tuzilishi va ijro etilishini bevosita nazorat qilish, belgilangan kun tartibida ishchi-xodimlarning ishga o‘z vaqtida kelishi-ketishini nazorat qilish; - Ishchi-xodimlar bo‘yicha yig‘ma jildlarni yuritish va ulardagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida rasmiylashtirishni nazorat qilish hamda kadrlar masalasi bo‘yicha barcha ishlar haqida Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘iga o‘z vaqtida hisobot berib borish; - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, viloyat va shahar hokimining qaror va farmoyishlarini, rahbariyat tomonidan berilgan buyruq va topshiriqlarni o‘z vaqtida bajaradi va ichki mehnat tartib qoidalariga qat’iy rioya qiladi. Obodonlashtirish boshqarmasiga kelib tushan viloyat va shahar hokimining farmoyish va qarorlari ijrosini nazoratga oladi, shuningdek yuqori va quyi tashkilotlardan hamda yuridik va jismoniy shaxslardan tushgan xat va arizalarni ro‘yxatga olib boradi. Boshqarma bo‘lim boshliqlaridan yillik ish rejasini yig‘ib boradi, boshqarma rahbar-xodimlarining qonuniy topshiriqlarini ishchi-xodimlar tomonidan bajarilishini nazorat qiladi, yuqori va quyi tashkilotlardan hamda jismoniy va yuridik shaxslardan tushgan murojaatlarni ijrosini nazorat qiladi. Ushbu murojaatlarning bajarilishiga ma’sul xodimlarning javob xatlarini yig‘ish va o‘z vaqtida jo‘natilishini hamda bajarilishini nazorat qiladi. Boshqarma boshlig‘iga hisobot berib boradi va ichki mehnat tartib-qoidalariga qat’iy rioya qiladi. BOSH XISOBCHI – tashkilot rahbari tasdiqlashi uchun xarajat-smetalarini va ularga ilova qilinadigan hisob-kitoblarni tuzish, shuningdek, xarajatlar-smetalarini (ilova hisob-kitoblari bilan birga) saqlanishini ta’minlash tasdiqlash va ijrosini nazorat qilish, statistika hisobotlarini o‘z vaqtida tegishli tashkilotlarga taqdim etadi. SHuningdek, - Obodonlashtirish ishlarini rivojlantirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha takliflar kiritish, chet el investitsiyalarini jalb etish bo‘yicha biznes rejalarini tuzish, shtatlar jadvalini tuzish va uni tasdiqlash, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanishni nazorat qilish va uning ijrosini tahlil qilish; - SHtatlardan unumli foydalanish, qo‘shimcha shtatlar bo‘yicha takliflar kiritish, yangi uchastkalar tashkil etish, xo‘jalik hisobidagi brigadalarini tashkil etish bo‘yicha takliflar kiritish hamda barcha o‘ziga tegishli ishlar bo‘yicha Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘iga o‘z vaqtida hisobot berib borish; - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, viloyat va shahar hokimining qaror va farmoyishlarini, rahbariyat tomonidan berilgan buyruq va topshiriqlarni o‘z vaqtida bajaradi va ichki mehnat tartib qoidalariga qat’iy rioya qiladi Download 57.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling