Tasdiqlayman” Obodonlashtirish boshqarmasi boshligi Sh. B. Ruziyev


Download 57.01 Kb.
bet6/11
Sana19.04.2023
Hajmi57.01 Kb.
#1362773
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Vazifalar taqsimoti (2)

BINO QOROVULI – Obodonlashtirish boshqarmasi balansida bo‘lgan bino, undagi xonalar, tovar moddiy boyliklar, asosiy vositalar va inventarlarni qo‘riqlash, ularning o‘g‘irlanmasligiga, shikastlanmasligiga, zarar etmasligiga javob beradi va ichki mehnat tartib-qoidalariga qat’iy rioya qiladi.


BINO FARROSHI – Obodonlashtirish boshqarmasi balansdagi bino tozaligi va ozodaligiga javob berish, boshqarmada ish boshlanishidan oldin barcha xonalarni, bino hovlisini supurib, xodimlar va fuqarolarning
toza-ozoda joyda ishlashini ta’minlab beradi va ichki mehnat tartib-qoidalariga qat’iy rioya qiladi.

OBODONLASHTIRISH OB’EKTLARINI SAQLASH BO‘LIMI BOSHLIG‘I – SHaharsozlik hamda sanitariya me’yorlari va qoidalariga muvofiq obodonlashtirish ob’ektlarini saqlash va ulardan foydalanish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish shahar ko‘chalari, skverlar, xiyobonlar, yodgorlik majmualari va umumiy foydalaniladigan boshqa ko‘kalamzor zonalarni ko‘kalamzorlashtirish, dov-daraxtlarni parvarish qilish bo‘yicha agrotexnika tadbirlarini o‘tkazish, ularning zarar kunandalari va kasalliklariga qarshi kurashish ko‘kalamzorlashtiriladigan maydonlarni aniqlash bo‘yicha takliflar kiritish, tashkil etish va ijrosini taminlashni nazorat qilish, obodonlashtirish ob’ektlarining muddatidan oldin eskirishi va buzilishining oldini olish xamda ularni shu xolatida saqlash bo‘yicha proflaktika tadbirlarini tashkil etish, eskirgan, qurigan daraxtlar, shox shabbalar va barglarni yo‘qotish ishlari bo‘yicha kompleks ishlarni amalga oshirish xamda barcha o‘ziga tegishli ishlar bo‘yicha obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i va raxbariyatga o‘z vaqtida xisobot berib boradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, viloyat va shaxar xokimi qaror va farmoishlarini raxbariyat tomonidan berilgan buyruk va topshiriqlarni o‘z vaqtida bajaradi va ichki mexnat tartib qoidalariga qat’iy rioya qiladi.



AGRANOM – SHahar ko‘chalar, skverlar, xiyobonlar, yodgorlik majmualari va umumiy foydalaniladigan boshqa shahar xududida ko‘kalamzorlashtiriladigan maydonlarni aniqlash, ularga xos bo‘lgan gul va ko‘chatlarni tanlash va ekishni tashkil qilish, ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha joriy va uzoq muddatli rejalar tuzish va bajarilishini nazorat qilish, ularni sug‘orish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarning bajarilishini nazorat qilish, kasallangan va qurigan gul va daraxtlarni dalolatnoma asosida xisobdan chiqarish, zamonaviy usulda ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha yangi tartiblarni ishlab chiqish va uni joriy qilish, lozim bo‘lgan gul va daraxt ko‘chatlarini etishtirishni nazorat qilish, ko‘kalamzorlashtirish ishlariga ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishini nazorat qilish, moddiy boyliklarning saqlanishini va bu soxadagi o‘zgarishlarning rasmiylashtirilishini nazorat qiladi. Boshqarma ko‘kalamzorlashtiruvchi va xududni qo‘lda supuruvchi xodimlariga kunlik topshiriq va vazifalarni beradi. Kun yakunida bajarilgan ishlari boshqarma ma’muriyatiga ma’lumot taqdim qiladi. Xodimlarning ishga kelib –ketishlarini kunlik monitoring qilib boradi. Oy oxirida monitoring yuzasidan oylik ish haqi uchun tabelni boshqarma ma’muriyatiga o‘z vaqtida qonuniy ravishda taqdim etadi. Boshqarma agronomi barcha o‘ziga tegishli ishlar bo‘yicha obodonlashtirish boshqarmasi raxbariyatiga o‘z vaqtida xisobot berib borish vakolatiga kiradigan ishlarni bajaradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, viloyat va shaxar xokimi qaror va farmoishlarini raxbariyat tomonidan berilgan buyruk va topshiriqlarni o‘z vaqtida bajaradi va ichki mexnat tartib qoidalariga qat’iy rioya qiladi.


Download 57.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling