Tasdiqlayman” Obodonlashtirish boshqarmasi boshligi Sh. B. Ruziyev
Download 57.01 Kb.
|
Vazifalar taqsimoti (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- HAYDOVCHI, TRAKTORCHI
- IT OVLOVCHILAR
- QABRISTON NAZORATCHISI
TEXNIK NAZORATCHI- Obodonlashtirish boshqarmasiga qarashli barcha bino va inshoatlar, yo‘l va ko‘priklar, piyodalar yo‘laklari hamda avtotransport vositalarini texnik nazoratdan o‘tkazadi, ishga chiqadigan avtotransport vositalarining texnik xolatini ko‘zdan kechirish, nosoz xoldagi avtotransport vositalarini ishga chiqarmaslikni yuborilgan joylarda avtotransport vositalarining ishlash ishlamasligini nazorat qiladi, raxbariyat tomonidan berilgan buyruk va topshiriqlarni o‘z vaqtida bajaradi va ichki mexnat tartib qoidalariga qat’iy rioya qiladi.
HAYDOVCHI, TRAKTORCHI – o‘ziga biriktirilgan avtotransport vositalari, traktorni doimiy ishlashini ta’minlash, texnik holati, undan foydalanish, yoqilg‘i moylash materiallari haqida ma’lumot tayyorlash va uni bosh mexanikga etkazish, olingan yo‘l varaqalarini to‘liq va to‘g‘ri to‘ldirilishini ta’minlab dispetcherga topshirish raxbariyatga qilingan ishlar yuzasidan xisobot berish raxbariyat tomonidan berilgan toshiriqlarni o‘z vaqtida bajaradi va ichki mexnat tartib qoidalariga qat’iy rioya qiladi. IT OVLOVCHILAR – nazoratsiz, shu jumladan egasiz itlar, mushuklar va yirtqich hayvonlarni veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya qilgan holda tutish va davlat veterinariya bo‘limlariga olib kelish ko‘chalar va boshqa joylarda tutilgan nazoratsiz, shu jumladan egasiz itlar, mushuklar va yirtqich hayvonlarni vaqtinchalik saqlash uchun maxsus joylar tashkil etish, odamlar va hayvonlarga jarohat etkazgan yoxud ularga kutilmaganda xujum qilgan hayvonlarni keyinchalik karantin qilish uchun davlat veterinariya bo‘limlariga topshirish, hayvonlarning quturishi sodir bo‘lgan taqdirda tegishli davlat veterinariya bo‘limlari bilan birgalikdagi ishlarni tashkil etish, shuningdek nobud bo‘lgan hayvonlarni veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya etgan holda zararsizlantirish, Berilagan topshiriklar arizalar asosida it ovlovchilarni ish quroli bilan ishga jo‘natish, egasiz xayvonlar to‘p bo‘lgan joylarni aniqlash xisobotlarni tayyorlash va taqdim etish, texnika xavfsizligi qoidalariga amal kilish xamda barcha o‘ziga tegishli ishlar bo‘yicha obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘iga va raxbariyatga o‘z vaqtida xisobot berib boradi. Amaldagi texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilagan xolda nazoratsiz, shu jumladan egasiz itlar, mushuklar va yirtqich hayvonlarni veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya qilgan holda tutish va davlat veterinariya bo‘limlariga olib kelish ko‘chalar va boshqa joylarda tutilgan nazoratsiz, shu jumladan egasiz itlar, mushuklar va yirtqich hayvonlarni vaqtinchalik saqlash joyiga olib kelish, odamlar va hayvonlarga jarohat etkazgan yoxud ularga kutilmaganda xujum qilgan hayvonlarni keyinchalik karantin qilish uchun davlat veterinariya bo‘limlariga topshirish shuningdek nobud bo‘lgan hayvonlarni veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya etgan holda zararsizlantiradi va ichki mexnat tartib qoidalariga qat’iy rioya qiladi. QABRISTON NAZORATCHISI – Obodonlashtirish boshqarmasiga qarashli qabristonlar hududida zarur tartib va tozalikni ta’minlash, fuqarolarga (tashkilotlarga) ularning buyurtmanomalariga binoan dafn etish uchastkalarini bepul taqdim etish, vafot etganlarni qabrlarni qazish norma va qoidalariga rioya etgan holda dafn etish, fuqarolarning qabristonda ko‘rsatiladigan xizmatlarga buyurtmalarini bajarish, ekologiya me’yorlariga, sanitariya, shaharsozlik me’yorlari va qoidalariga hamda boshqa me’yorlar va qoidalarga muvofiq dafn etish joylari (qabristonlar) va qabr ustiga o‘rnatilgan yodgorliklarni saqlash va ulardan foydalanish, qabristonlarga dafn etilayotgan shaxslarning boshliq tasdiqlagan xujjatlar asosida dafn etishni tashkil qilish, normaga zid bo‘lgan dabdabali qabr ustiga toshlarni o‘rnatishga yul kuymaslik, qabristonni xashar yordamida begona o‘tlardan tozalash, zarur ma’lumotlarni yozib borishni nazorat qilish, go‘r kovlash ishlarini texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilgan xolda tashkil etishni nazoratga oladi qabristonlarni saqlash uchastkasida ishlovchi ishchi xodimlarni nazorat qiladi uchastkadagi muammo va takliflar bo‘yicha obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘iga domiy ravishda xisobot berib boradi.. Qabristonlarga dafn etilayotgan shaxslarning boshliq tasdiqlagan xujjatlar asosida dafn etishni tashkil qilish, normaga zid bo‘lgan dabdabali qabr ustiga toshlarni o‘rnatishga yul kuymaslik, qabristonni xashar yordamida begona o‘tlardan tozalash, zarur ma’lumotlarni yozib borish, go‘r kovlash ishlarini texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilgan xolda tashkil etishni nazoratga olish raxbariyat tomonidan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajaradi va ichki mexnat tartib qoidalariga qat’iy rioya qiladi. Download 57.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling