O'zbek tili evfemizmlarining qisqacha izohli lug'ati a agent


Download 25.59 Kb.
bet1/11
Sana18.12.2022
Hajmi25.59 Kb.
#1029671
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Lug\'at


O'ZBEK TILI EVFEMIZMLARINING QISQACHA IZOHLI LUG'ATI

- A -
Agent - ot. Josus, voqeanavis, ayg'oqchi.
Lekin g'oyat ehtiyotkorlik bilan ishlar, chunki agentlar va so'z ovlovchilar qishloqlarda oz emas (Oybek, Nur qidirib).
Ajal og'zi - ot. O'lim payti, qazo vaqti.
Jigarbandiga "rizqing uzilmasin, bolajonim" degan xavotir-hadikda non tishlatgan mushtipar onalar farzandini armiyaga emas, ajal og'ziga jo'natayotkanday jon hovuchlab qolardi (Xalq so'zi, 2013-yil 30-yanvar).
Asr vabosi - ot. Salbiy oqibatlarga olib keluvchi tojsimon virus.
Yildan-yilga asr vabosi kasalligiga chalinayotganlar soni ortib borishi xavotirli hol, albatta (Buxoronoma, 2011-yil iyun).
Ayol - ot. Xotin, rafiqa (erga nisbatan).
Uyda ayolimizga bor gapni aytib berdim. Ayolimiz oldin ishonmadi (T.Murod, Otamdan qolgan dalalar).
- B -
Begim - ot. Er. Oilaviy munosabatlarda xotinning erga bo'lgan murojaat shakli hisoblanadi.
Bekam - ot. 1. Xotin. Er xotiniga qo'llaydigan murojaat shakli.
2. Oilaga, xonadonga yoki xo'jalikka boshchilik qiluvchi ayol.
Bog'bonsiz bog' misli cho'l-yobon, Bekasiz uy - suvsiz tegirmon (Qanoatli so'zlar).
Beva - ot. Eri o'lgan yoki taloq qilingan xotin, tul, qoqbosh.
Nomardning xotini bo'lguncha, mardning bevasi bo'lgan yaxshi (Maqol).
Beg'am - sifat. Beparvo, parvoyi falak.
- D -
Dilband - ot. Bola, farzand.
Mushfiq ona ko'z oldida o'sib borar dilbandi (E.Rahimov).
Do'mboq - sifat. To'ladan kelgan.
Orifning baxti va davlati - go'zal xotiniyu, do'mboq qizi (X.Axrorova, Orifning davlati).
Dunyoga keltirmoq - fe'l. Tug'moq, ko'zi yorimoq, yengillashmoq.
- E -
Egasiga topshirmoq - erga bermoq.
"Ra'noni egasiga topshirmagunimizcha, - dedi Nigoroyim, - quyilmaydiganga o'xshaydi" (A.Qodiriy)
Enaga - ot. Qarovchi, boquvchi, tarbiyachi.
Ikki enga sarpolarni ko'tarib kirib keldilar (S.Abdulla, Toxir va Zuxra).

Download 25.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling