O'zbek tili evfemizmlarining qisqacha izohli lug'ati a agent


Download 25.59 Kb.
bet8/11
Sana18.12.2022
Hajmi25.59 Kb.
#1029671
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Lug\'at

Uzatmoq - fe'l. Turmushga chiqarmoq, erga bermoq.
Kelin qilsang, yo'qdan qil, qiz uzatsang, borga qil (Qanoatli so'zlar).
- V -
Vasiyat - ot. Marhumning o'z yaqinlariga aytib yoki yozib qoldirgan topshirig'i, istagi, nasihati.
Afandi o'g'liga vasiyat qildi: Men o'lsam eski narsalardan kafan qilib go'rga qo'yinglar ("Latifalar")
Vakansiya - ot. Bo'sh o'rin, band qilinmagan vazifa.
Vakansiya yo'q. Vakansiyani egallamoq.
- X -
Xizmatchi - ot. Ko'cha-ko'y, hovliva bog'larga suv sepib, supurib-sidirib yuruvchi xizmatkor; qorovul.
O'nlab xizmatchilar hafsala bilan yer supurgan, meshkobchilar etaklarini belbog'ga qistirib, suv sepgan (S.Siyoyev, Avaz).
Xo'jayin - ot. Er, oila boshlig'i, umr yo'ldoshi.
Xo'jaynim vafot etkanlaridan so'ng farzandlar tarbiyasi, ro'zg'or tashvishi zimmamga tushdi (Oila va jamiyat, 1998-y. 19-yanvar).
- Y -
Yalangoyoq - sifat. Qashshoq, o'ta kambag'al, yalang'och odam.
Egnida bir yengi tirsakdan, bir bari tamomanyo'q ilma teshik bo'z yaktak, yalangoyoq cholni ko'rib G'ulomjonning yuragi ezilib ketti (M.Ismoiliy, Farg'onada tong otguncha).
Yaltirbosh - sifat. Kal, kalbosh.
Xayr, mayli, - dedi boshqa bir ishchi, - ularning yaltirboshlarini miltiq dorisi bilan davolaymiz (S.Ayniy, Qullar).
Yanglishmoq - fe'l. Haqiqatga yoki biror qonun-qoidaga xilof ish tutmoq; xato qilmoq, adashmoq.
Yakka qolgan Saodat qadrining poymol etilganidan, yanglishganidan to'yib-to'yib yig'ladi (Saodat).
Yengil bo'lmoq - fe'l. Homiladorlik muddati nihoyasiga yetmoq, tug'moq. Bo'shanmoq.
Endigina yengil bo'lgan onalar o'zlarini uzoq muddat ehtiyot qilishlari kerak (Saodat, 2009).
Yetuk gavda - sifat. Semiz, o'ir vazndagi kishi.
Uning yetuk gavdasi harakatlariga halal berardi (Buxoronoma, 2018-y. 26-sentyabr).
Yollanma ishchi - ot. ma'lum shartlar asosida ishlaydigan, yollangan xizmatchi. O'z istagi bilan xizmatkor.
Shirkat vakili yollanma ishchilarni ikkiga ajratadi (S.Siyoyev, Yorug'lik)
Yolg'iz ayol - sifat. Ersiz, eri o'lgan yoki eridan ajrashgan xotin.
Ayniqsa, yolg'iz ayol jamiyatga moslasha oladimi? (Hurriyat, 2018-y. 26-sentyabr).

Download 25.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling