O'zbek tili evfemizmlarining qisqacha izohli lug'ati a agent
Download 25.59 Kb.
|
Lug\'at
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jonidan jon bunyod etmoq
- Kozi yorimoq
- Lombozdek
Ilonning yog'ini yalagan - sifat. Juda ayyor, mug'ombir, quv, shum.
Ey, qanaqa go'l odam bo'lmasang o'zing. Bektemirov ilonning yog'ini yalagan odam (S.Ahmad, Hukm). - J - Jon bermoq - fe'l. O'lmoq, vafot etmoq, yorug' dunyodan ketmoq; nafasdan to'xtamoq. Vafot qildi jonkashim, dardkashim. Hozir qo'limda jon berdi (Oybek, Tanlangan asarlar). Jonidan jon bunyod etmoq - fe'l. Hayot hadya etmoq; dunyoga keltirmoq; tug'moq. Biz - ayollar shifokorining o'zimiznikilardan tashqari ham doimiy bir yaqinimiz borki, bu - jondan jon bunyod etadigan ayol (Saodat, 2009). Jufti halol - ot. Qonuniy yoki shar'iy nikohdagi er-xotin. - K - Kamko'rk - sifat. Ko'rinishi yoqimsiz, chiroyli emas; xunuk, ko'rimsiz. - Nima balo, kuyoving kamko'rkmi? (A.Qodiriy, O'tkan kunlar) Keksa - sifat. Uzoq yashab, katta yoshga yetgan, umrining so'ngi bosqichini yashayotkan; qari, qariya. Keksalar esa bunday issiq o'ttiz yil burun bo'lganini, o'shanda ham shahar tovaday qizib, odamlar atrof chorbog'larda jon saqlashganini eslashardi (Mirmuhsin, Umid). Ko'zi ojiz - sifat. Jismonan zaif, ko'r, so'qir odam. Mobil telefonlarga maxsus programmalarni o'rnatish orqali ko'zi ojiz kishilar obyektni aniqlay olishi mumkin. Ko'zi yorimoq - fe'l. Bo'shanmoq, tug'moq. - L - Loqayd - ravish. Ahamiyat, e'tibor bermay; beparvolik bilan, qiziqmay, befarq. Qizining ichki maqsadidan bexabar ona loqayd javob berdi (Oybek, Qutlug' qon). Luqma - ot. Bir chaynam, bir yutum, bir og'iz ovqat. O'zining javob berishi lozimliginisezgan Usmonpolvon og'zidagi luqmani tez-tez yutib oldi (A.Qodiriy, Obid ketmon). Lo'mbozdek - sifat. Beso'naqay, katta, qo'pol. Shaloq darvozga lo'mbozday qulf osig'liq edi (Oybek, O.v. shabadalar). Lo'ppi - sifat. Do'boq, semiz. Ko'm-ko'k ko'zli lo'ppi qo'g'irchoqning lo'ppi yuzi olmadek qip-qizil edi (A.Muxtor, Opa-singillar). Download 25.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling