Tasdiqlayman” Obodonlashtirish boshqarmasi boshligi Sh. B. Ruziyev
Download 57.01 Kb.
|
Vazifalar taqsimoti (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- BOSH XISOBCHI
HISOBCHI – ish haqi va ular bilan bog‘liq bo‘lgan hisob-kitoblarni amalga oshirish, belgilangan muddatlarda hisobotlarni tayyorlash va tegishli tashkilotlarga topshirish, ishonchnomalar yozib tayyorlash va olib kelingan moddiy boyliklarni kirim qilish, ishchi-xodimlarga berilgan ish qurollari va ish kiyimlari muddati bo‘yicha hisob-kitoblarni yuritish, etkazilgan zararlarni qoplashni tashkil etish, tovar, moddiy boyliklar bo‘yicha hisobotlar tayyorlash va ularni topshirish, pudratchi tashkilotlar bilan shartnoma tuzish uchun zarur hujjatlarni tayyorlash, buxgalteriya uchyotini to‘g‘ri tashkil qilish, amaldagi yo‘riqnoma va qoidalarga amal qilish, moddiy javobgar shaxslardan hisobotlarni belgilangan tartibda va sanada qabul qilish hamda barcha o‘ziga tegishli ishlar bo‘yicha Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘iga va bosh hisobchiga o‘z vaqtida hisobot berib borish, vakolati doirasida boshqa ishlarni bajaradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, viloyat va shahar hokimining qaror va farmoyishlarini, rahbariyat tomonidan berilgan buyruq va topshiriqlarni o‘z vaqtida bajaradi va ichki mehnat tartib qoidalariga qat’iy rioya qiladi. BOSH XISOBCHI – tashkilot rahbari tasdiqlashi uchun xarajat-smetalarini va ularga ilova qilinadigan hisob-kitoblarni tuzish, shuningdek, xarajatlar-smetalarini (ilova hisob-kitoblari bilan birga) saqlanishini ta’minlash tasdiqlash va ijrosini nazorat qilish, statistika hisobotlarini o‘z vaqtida tegishli tashkilotlarga taqdim etadi. SHuningdek, - Obodonlashtirish ishlarini rivojlantirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha takliflar kiritish, chet el investitsiyalarini jalb etish bo‘yicha biznes rejalarini tuzish, shtatlar jadvalini tuzish va uni tasdiqlash, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanishni nazorat qilish va uning ijrosini tahlil qilish; - SHtatlardan unumli foydalanish, qo‘shimcha shtatlar bo‘yicha takliflar kiritish, yangi uchastkalar tashkil etish, xo‘jalik hisobidagi brigadalarini tashkil etish bo‘yicha takliflar kiritish hamda barcha o‘ziga tegishli ishlar bo‘yicha Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘iga o‘z vaqtida hisobot berib borish; - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, viloyat va shahar hokimining qaror va farmoyishlarini, rahbariyat tomonidan berilgan buyruq va topshiriqlarni o‘z vaqtida bajaradi va ichki mehnat tartib qoidalariga qat’iy rioya qiladi. Download 57.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling