Tasdiqlayman” O’ibdo’ Shokirova T. Sh “ ” 2012 yil nazariy dars rejasi
Download 1.06 Mb.
|
Ҳуқуқшунослик Дарс Ишланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’qituvchi
O’qituvchi ______ Qo`ldashev M.G`. (imzo) (F.I.O) Reja: 1. Nikoh tushunchasi 2. Nikoh tuzish tartibi 3. Nikohning tugatilishi 4. Nikohdan ajralish uchun asoslar 1. Nikoh tushunchasi Nikoh oilaning vujudga kelishida birdan-bir asos bo’lgani bois u faqat axloq normalari bilan emas, balki maxsus qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Bu qoida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasi 2-qismida: “Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqligiga asoslanadi” – deb yozilgan. Fikrimizcha, “tomonlar” deyilganda biz ko’proq Fuqarolik huquqida majburiyat huquqini keltirib chiqaradigan asoslardan biri – shartnomani tuzgan shaxslarni tushunamiz. Agar unda: “Nikoh erkak bilan ayolning ixtiyoriy roziligiga va teng huquqligiga asoslanadi”, deb yozilsa to’g’ri bo’ladi, chunki nikoh mulkiy shartnoma xarakteridagi kelishish bo’lmay erkak bilan ayol o’rtasida tuziladigan, bir umrga mo’ljallangan shaxsiy ittifoq, ahdnomadir. SHunday ifoda “Inson huquqlari va erkinliklari Deklaratsiyasi”da ham berilgan. Nikoh orqali sha’riy yo’l bilan juft bo’lib yashashning bir qancha foydasi bor. Birinchidan, nikoh axloqiy va jismoniy poklikni talab qiladi. Nikoh ahdi insonlarga mas’uliyat yuklaydi. CHunki oilada erning ham, ayolning xam o’z vazifalari bor, ulardan har biri o’z vazifasini to’la ado etishga mas’uldir. Nikoh tufayli ota-ona o’zidan so’ng zurriyod qoldirib, inson nasli davom etishiga sabab bo’ladi. Rasululloh Muhammad alayhissalom musulmonlarni oila qurib, o’zlaridan so’ng zurriyod qoldirishga bejiz targ’ib etmaganlar. Respublikadagi iqtisodiy qiyinchiliklar, bozor iqtisodiyotiga o’tishga qaramay, nikohga o’tish, oila qurish boshqa mintaqalarga nisbatan barqaror bo’lib turibdi. 1991 yili 286208, 1992 yili 234105, 1993 yili 223003, 2005-2006 yillar mobaynida esa 535679 ta nikoh ro’yxatga olindi. YOshlarning nikohga ma’naviy tayyorlik darajasi oila mustaqilligining muhim garovidir. YOshlarni oilaviy turmushga tayyorlash muhim ijtimoiy ehtiyoj ekanligini unutmaslik, oilada va maktabda bu masalaga e’tiborni kuchaytirish kerak. YOshlar: ayollar 17 yoshdan, erkaklar 18 yoshdan 30 yoshgacha nikohga o’tib oila qurishlari maqsadga muvofiq, buning uchun ular avvalo 18 yoshgacha oila qurishga tayyor bo’lishlari, amaldagi er-xotinning huquq va majburiyatlarini belgilaydigan huquqiy qoidalar mazmunini o’zlashtirib, ularga qat’iy rioya qilishlari lozim, shundagina bular tuzgan oila mustahkam va barqaror bo’ladi. Qizlarning turmushga chiqishiga alohida e’tibor berilishi lozim. Ularni mehnatsevar, epli qilib tarbiyalash zarur. Oila qurishda eng zarur sifatlar: erga, qayin-bo’yinga muomala qilish, bola boqish (alla, erkalash, ovutmachoqlarni bilish), taom pishirish, saranjom-sarishtalik, mehmon kutish kabilarni qizlarimizga o’rgatib, shu yaxshi fazilatga ega qilib uzatish zarur. Yigit va qizning nikohgacha bir-birini yaxshi bilishi oila mustaqilligini ta’minlashda muhim rol o’ynaydi. Muhabbat tuyg’ulari strukturasini anglamaslik 38 protsent nikohning buzilib ketishiga olib keladi. Nikoh to’g’risidagi qoidalar Oila kodeksida atroflicha ifodalangan. Nikoh tushunchasi amaldagi oila qonunchiligida emas, faqat huquqiy adabiyotlarda berilgan. Nikoh tushunchasi musulmon huquq ilmida har taraflama ishlangan. Huquq ilmining vakillari nikohga har xil tushunchalar beradilar. Ammo bu tushunchalar shaklida farqlanib, mazmunida esa o’z ma’nosini saqlab qoladi. Bu ta’riflarda uni yuridik dalolatnoma deb hisoblab, birinchi navbatda oilaning tabiiy-biologik tomoniga e’tibor berilib, asosiy moddiy iqtisodiy vazifasi chetlab o’tiladi. Maxsus huquqiy adabiyotlarda huquqshunos olimlar tomonidan nikohga ta’rif berilgan. Bu ta’rif asosida o’sha davrda mavjud bo’lgan tuzum va mafkura g’oyalari yotadi. Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o’tilayotgan davrda va mustaqillik va milliy istiqlol mafkura g’oyalariga asoslanib biz ham nikohga yangicha ta’rif berishga harakat qildik: bu tushuncha, nikoh yoshiga yetgan, bir-birini sevadigan va qonunga muvofiq oila qurishni istagan erkak bilan ayolning ixtiyoriy roziligi va teng huquqligiga asoslangan, qonuniy rasmiylashtirilgan, o’zaro shaxsiy va mulkiy huquq va majburiyatlarni vujudga keltiradigan, oilaviy turmushda tug’ilgan bolalarni milliy istiqlol mafkurasi g’oyalari asosida munosib tarbiyalashga xizmat qiladigan, umuminsoniy qadriyatlar va sharqona an’analarga asoslangan mustahkam, bir umrga tuzilgan ittifoqi tushuniladi. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling