Tasdiqlayman” O’ibdo’ Shokirova T. Sh “ ” 2012 yil nazariy dars rejasi
Fuqaroviy-huquqiy munosabatlar ishtirokchilari
Download 1.06 Mb.
|
Ҳуқуқшунослик Дарс Ишланма
Fuqaroviy-huquqiy munosabatlar ishtirokchilari
Fuqarolar — fuqarolik huquqiy munosabatlarining subyektlari. Fuqarolik huquqi mulkiy hamda unga chambarchas bog'liq bo'lgan shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi. Mazkur muno-sabatlarning ishtirokchilari (subyektlari)dan biri fuqaro (jismoniy shaxs) hisoblanadi. Fuqarolarning fuqarolik huquqiga oid munosabatlarda ishtirok etishining eng dastlabki sharti ularning huquqiy layoqati, ya'ni fuqarolik huquqi hamda majburiyatlariga ega bo'lish qobiliyati hisoblanadi. Huquqiy layoqat inson tug'ilishi bilanoq vujudga keladi, biroq, ba'zi hollarda qonun hali tug'ilmagan inson huquqlarini ham himoyalaydi. Masalan, FKga binoan, jabrlanuvchining o'limi munosabati bilan zararning qoplanishini talab qilish huquqiga jabrlanuvchining oiimidan so'ng tug'ilgan farzandi ega bo'lishi mumkin. Fuqarolik huquqiy layoqati shaxsning o'limi bilan tugatiladi. Shu bilan birga, shaxsdan uzoq muddat davomida xabar olinmagan hamda uning tirikligi haqida hech qanday ma'lumotlar bo'lmagan taqdirda mazkur turdagi noaniqliklarni bartaraf qilish maqsadida qonunda nazarda tutilgan shartlar asosida shaxs bcdarak yo'qolgan yoki vafot etgan deb e'lon qilinishi mumkin. Shaxsni vafot etgan deb e'lon qilish uning huquqiy layoqati tugatilishiga olib keladi. Fuqaro o'z nomidan huquq va majburiyatlarni bajaradi, o'zganing nomidan huquq va majburiyatlarni bajarishga yoi qo'yilmaydi. Fuqarolik qonunlariga binoan, fuqaro egalik qilishi mumkin bo'lgan huquq va majburiyatlar majmui fuqarolik huquqiy layoqatini tashkil etadi. Fuqarolar yashash joyini tanlash huquqiga egadirlar. Balog'at yoshiga yetmagan, 14yoshga to'lmagan shaxslarning turar-joyi ota-onalari yoki qonuniy vakillarining yashash joylari hisoblanadi. Fuqarolar mulk huquqi asosida mol-mulkka egalik qilish, uni nieros sifatida olish yoki mcros qilib qoldirish. ishbilarmonlik hamda qonunda taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat bilan shug'ullanish; majburiyatlarda ishtirok etish; yuridik shaxslarni vujudga kellirish; fan, adabiyot va san'at asarlari, tadqiqotlar mnalliflari hamda qonun bilan muhofaza qilinadigan intellektual faoliyat natijalaridan foydalanish; mulkiy hamda shaxsiy nomulkiy ega boiishga haqlidirlar. FKda fuqarolarning fuqarolik huquqiy layoqati mazmunini tashkil etuvchi huquqlarining ro'yxati kellirilgan bo'lib, u hali nihoyasiga yetkazilmagan. Shu bilan birga, fuqarolarning fuqarolik muomalasi ishtirokchilariga zarar yetkazgan holda o'z huquqlarini suiiste'mol qilishlariga yoi qo'yilmaydi. Qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari, hcch kimning huquqiy layoqatini cheklashga yoi qo'yilmaydi. Shaxs fuqarolik huquqiy layoqatidan to'laligicha mahrum qilinishi mumkin emas. Fuqarolik huquqining subyektlari huquqiy layoqatdan tashqari muomala layoqatiga ham egadirlar. Muomala layoqati deganda, fuqarolarning o'z harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga ega bo'lish va ularni amalga oshirish huquqi, o'ziga fuqarolik majburiyatlarini olish hamda ularni bajarish qobiliyati tushuniladi. Muomala layoqati ana shunisi bilan huquqiy layoqatdan ajralib turadi. Chunonchi unga ko'ra, fuqarolar o'z huquq va maj-buriyatlariga boshqa shaxslar, masalan, ota-onalari orqali ega bo'ladilar. Bundan tashqari, fuqarolik muomala layoqati nafaqat qonuniy xatti-harakatlar qilish qobiliyalini, balki ular uchun javobgarlikka torlilish sharti (dclikt qobiliyaii)ni ham vujudga keltiradi. Shu bois, muomala layoqati shaxsning yoshi hamda ruhiy holatiga bog'liq, bo'ladi. Umumiy qoidaga ko'ra fuqarolik muomala layoqati to'laligicha 18 yoshdan boshlab yuzaga keladi. Shuningdek, 18 yoshgacha turmush ko'rgan shaxslar ham to'liq ravishda muomalaga layoqatli deb hisoblanadi. Bu ba'zi hollarda turmush qurish yoshining pasaytirilishidan kelib chiqadi. FKga voyaga yetmaganlarning emansipatsiyasi, ya'ni ularni to'laligicha muomalaga layoqatli deb hisoblash to'g'risidagi norma ham kiritilgan. Bu quyidagi shartlar bo'lgan taqdirda amalga oshirilishi mumkin: shaxsning 16 yoshga loiganligi; 2) ikkala ota-ona yoki qonuniy vakillarning roziligi bo'lgan taqdirda, basharti voyaga yetmagan shaxs mehnat shartnomasi yoki ishbilarmonlik faoliyati bilan shug'ullanayotgan bo'lsa. Mazkur qarorni vasiylik va homiylik organi, ota-ona va qonuniy vakillar norozi bo'lgan taqdirda sud qabul qilishi mumkin. Boshqa hollarda voyaga yetmaganlar qisman muomalaga layoqatli deb topiladi. Ular o'z xatti-harakatlari bilan har qanday emas, balki ba'zi huquq va majburiyatlarga ega bo'lish huquqiga egadirlar, ya'ni ularning muomala layoqati to'liq emas. Voyaga yetmagan shaxslar yetkazgan zarar uchun ularning ota-onalari yoki homiylari yoxud ularni nazorat qiluvchi o'quv, tarbiya yoki davolash muassasalari javobgar bo'ladilar. 14 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan voyaga yetmaganlar delikt qobiliyatiga ega bo'ladilar, ya'ni ular mustaqil ravishda hamda ota-onalarining roziligi bilan tuzgan barcha bitimlar hamda yetkazilgan zarar bo'yicha mustaqil mulkiy javobgarlikka tortiladilar. Voyaga yetmagan shaxslar oylik maosh yoki boshqa turdagi mustaqil daromadga ega boimagan taqdirda ota-onalar hamda qonuniy vakillar orqali to'liq yoki qisman javobgar bo'ladilar. Qonunda nazarda tutilgan muayyan shartlarning bo'lganligi bois, to'liq hamda qisman muomala layoqatiga ega bo'lgan shaxslar muomala layoqati yuzasidan cheklanishlari mumkin. Fuqaroning muomalaga layoqatli yoki layoqatsizligi haqidagi tegishli qarorni faqat sud, o'shanda ham uning oila a'zolari, vasiylik hamda homiylik organlari, prokuror hamda ruhiy kasalliklar shifoxonasining arizasi asosida chiqarishi mumkin. Muomalaga layoqatsiz shaxsga vasiy va homiy tayinlanadi. Shaxs sog'aygan hollarda sud uni muomalaga layoqatli deb topadi hamda tayinlangan vasiylik yoki homiylikni bekor qiladi. Bundan tashqari, to'liq muomala layoqatiga ega boimagan fuqarolar toifasi ham mavjud. Bunday shaxslar ruhiy holati natijasida o'z harakatlarining ahamiyatini anglab yctmaydilar. Ularni sud muomalaga layoqatsiz deb topadi. Fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatidagi ishtiroki. Tadbirkorlik faoliyati fuqarolar hamda birlashmalarning daromad olishga yo'naltirilgan tashabbuskor mustaqil faoliyati hisoblanadi. Fuqaro shaxsiy tadbirkor sifatida ro'yxatdan o'tgan vaqtdan boshlab, tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish huquqiga ega bo'ladi. Tadbirkorlik faoliyagi bo'yicha taqdim etilgan hujjatlar ulardagi maiumotlar tarkibining qonun talablariga nomuvofiqligi sababli ro'yxatdan o'tkazilmasligi mumkin. Mazkur holat bo'yicha xo'jalik sudiga shikoyat bilan murojaat etishga yoi qo'yiladi. Shuni nazarda tutish kerakki, alohida turdagi faoliyat bilan shaxsiy tadbirkorlar maxsus ruxsatnoma — litsenziya asosida shug'ullanishlari mumkin. Tadbirkorlik faoliyati tadbirkorlardan fuqarolik huquqiga oid turli bilimlarni mustaqil ravishda tuzishni nazarda tutganligi hamda tadbirkorning o'zi va uchinchi shaxslardan (ya'ni boshqalardan) tavakkalchilikni talab etganligi bois, tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanayotgan shaxs, shubhasiz, fuqarolik muomala layoqatiga ega bo'lishi shart. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling