Tasdiqlayman” O’ibdo’ Shokirova T. Sh “ ” 2012 yil nazariy dars rejasi


Mulk huquqining asosiy tamoyillari


Download 1.06 Mb.
bet44/106
Sana05.05.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1429179
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   106
Bog'liq
Ҳуқуқшунослик Дарс Ишланма

3. Mulk huquqining asosiy tamoyillari
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida (36,53,54-moddalar), FK (164, 165, 172, 228, 231-moddalar) va boshqa qonunlarda mulk huquqi-ning quyidagi asosiy tamoyillari o`z ifodasini topgan:
1. O`zbekiston Respublikasida mulk daxlsiz, mukldorning mulkiy huquqi qonun bilan kafolatlanadi va mulkdor bu huquqlardan faqat qonun-da nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mahrum etilishi mumkin.
2. Iqtisodiyot samarali amal qilishiga va xalq farovonligining o`sishi-ga yordam beradigan har qanday shakldagi mulkchilik bo`lishiga ruxsat beriladi.
3. Mulkchilikning hamma shakllari himoya qilinishi qonun bilan kafolatlanadi va ularning teng rivojlanishiga sharoit yaratib beriladi.
4. Mulkdor o`z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo`lmagan har qanday xatti-harakatlarni o`z xohishiga ko`ra sodir etishga haqli.
5. Mulkiy huquqning amalga oshirilishi atrof-muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va davlat huquqlarini buzmasligi hamda qonun bilan qo`riqlanadigan manfaatlarga putur yetkazmasligi shart. 6. Har kim mulkdor bo`lishga haqli.
4. Mulk shakllari
Iqtisodiy ma'nodagi mulk shakllari deyilganda moddiy ne'matlarni o`zlashtirish usullarining yig`indisi tushuniladi. Bunday usullar yakka tartibda yoki jamoat bo`lib yoxud davlat tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Yuridik ma'nodagi mulk shakli – moddiy ne'matlarni muayyan subyektlarga tegishli bo`lishini (biriktirib qo`yishni) mustahkamlovchi va tegishli mulkning huquqiy rejimini belgilovchi huquqiy me'yorlar yig`in-disidan iborat.O`zbekiston Respublikasi FKning 167-moddasiga asosan O`zbekis-ton Respublikasida mulkchilikning quyidagi shakllari mavjud:
1. Xususiy mulk.
2. Ommaviy mulk.
Davlat mulk shakllarini rivojlantirish uchun zarur huquqlarning tengligini ta'minlaydi va uning himoya qilinishini kafolatlaydi. Mulk shakllarini bunday turkumlash uchun mulk subyekti maqomi va mol-mulk rejimining uzviy birligi asosiy mezon hisoblanadi. O`z navbatida, xususiy mulk shakli quyidagi ko`rinishlarda (turlarda) namoyon bo`ladi:
a) yakka shaxsga (individga) tegishli mulk (fuqarolar mulki);
b) nodavlat yuridik shaxslar mulki.
Ommaviy mulk tarkibiga quyidagilar kiradi:
a) O`zbekiston Respublikasi mulki;
b) ma'muriy-hududiy tuzilmalar mulki (munitsipal mulk).
Nazorat savollari.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling