Tasdiqlayman” Olmaliq shahar kasb – hunar maktabi direktori


-ilova.Matnda maqollarni aniqlang


Download 6.05 Mb.
bet48/118
Sana17.10.2023
Hajmi6.05 Mb.
#1707038
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   118
Bog'liq
2- kurs to\'plam

4-ilova.Matnda maqollarni aniqlang
O‘rtoq direktor, menga tuhmat qilyaptilar. Sakkiz yildan beri shu idorada ishlayman. Shu sakkiz yil ichida uch direktor o‘zgardi. Hammasi bilan juda totuv ishladik, birortasi menga na ogohlantirish, na vigovor bergan! Odamning olasi ichida bo‘ladi, deb shuni aytishgan-da. Direktorga qilgan yordamlarimning birortasini boshqa odamga qilganimda, itining tuvagi oltindan bo‘lib ketar edi. Bu kishi yaxshiligimni bilmayaptilar. Uyalish kerak, o‘rtoq direktor, menday, musichaday beozor kishini ranjitgani qanday ko‘nglingiz bo‘ldi? (S. Ahmad) II. Ha, endi aqlim kirgan, endi hamma narsaga tushungan edim. Muhabbat – muqaddas tuyg‘u. U soflikni talab etadi. Muqaddas mening o‘zimni ham, sevgimni ham tark etib, ko‘zimni ochgan edi. Xalqning „Insofli odam oshini yer, insofsiz – boshini“ degan maqolida mujassamlangan hayotning eng ulug‘ qonunlaridan biri menga o‘zining shafqatsiz, lekin adolatli kuchini ko‘rsatgan edilar.
5-ilova
Uyga vazifa. 1. Nutq jarayonida maqollar va hikmatli so‘zlarni qo‘llash qanday ahamiyat kasb etadi? Ular nutq vaziyatini yumshatishga qay darajada xizmat qiladi? 2. Mumtoz adabiyotda maqol qo‘llash bilan bog‘liq qanday she’riy san’at yaratiladi? Misollar keltiring. 3. Berilgan parchani o‘qing. Undagi maqollarning izohini tayyorlang. – „Ro‘zg‘or – g‘or“, – degan eskilar. Yangi uyga borib olib, rul o‘zimga tegdi deb, tag‘in har tomonga yo‘rg‘alamang, – dedi qaynanam ko‘chishimizdan oldin. – „Ro‘zg‘or tushdi boshga – qo‘l tegmadi oshga“. Tong sahardan bilib-bilib ishingizni qiling. „Erta turganga rizq qo‘sha, erta turmasang, barmog‘ingni osha!“ Qaynanam o‘g‘liga yuzlandi: – „Hovli olma, qo‘shni ol“, – deyishgan. Senga ming tayinladim, qo‘shnilaringni surishtirdingmi? Qo‘shning yaxshi bo‘lsa, bir umr xotirjam yashaysan. „Gilam sotsang, qo‘shniga sot: bir chetida o‘zing o‘tirasan“. Endi qaynanamning maslahatlari kunda kerak bo‘lyapti. „Qari bilganni pari bilmas“ deganlari rost chiqdi. („Ibratli hikoyatlar“dan)

“Tasdiqlayman”


O’quv ishlari bo’yicha

direktor o’rinbosari:________ B.Jumayev





Guruh

01-20

02-20

03-20

04-20

05-20

06-20

07-20

sana























Download 6.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling