Tasdiqlayman” Olmaliq shahar kasb – hunar maktabi direktori


Download 6.05 Mb.
bet1/118
Sana17.10.2023
Hajmi6.05 Mb.
#1707038
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118
Bog'liq
2- kurs to\'plam


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM , FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
Toshkent viloyati oliy ta’lim ,fan va innovatsiyalar boshqarmasi
Olmaliq shahar kasb – hunar maktabi

Tasdiqlayman”


Olmaliq shahar kasb – hunar
maktabi direktori
_________B.I.Dusimbetov
-------“------2023yil


ONA TILI VA ADABIYOT


FANIDAN O’QITISH


MATERIALLARI

Olmaliq shahar kasb- hunar maktabining 2023- yil “_31__” _08__-dagi Pedagogik


kengashida muhokama qilindi va ma’qullandi. Bayonnoma № _1___


O’qituvchi ; Abdullayeva Nargiza ________

Kafedra mudiri : Abdullayeva Nargiza _______


To’plamning muallifi to’g’risida ma’lumot
O’qituvchi :Abdullayeva Nargiza Nasillayevna.
Ma’lumoti : Oliy
Mutaxasssiligi : filolog ,o’zbek tili va adabiyot fani o’qituvchisi
Pedagogik ish staji : 19 yil
Ish joyi : Olmaliq shahar kasb –hunar maktabi
Elektron pochta manzili :
Telefon raqami : + 99893-478 97 10

Mundarija:
1.Ona tili va adabiyot fanidan taqvim-mavzular rejasi
2.Fanning ta’lim texnologiyasi
3.Mavzular to`plami
4.Baholash vositalari
5.Vizual –didaktik resurslar


Annotatsiya

Ushbu majmuada kasb-hunar maktablarining barcha yo`nalishlari bo`yicha ta`lim oladigan I va II kurs ta`lim oluvchilari uchun “Ona tili va adabiyot” fani bo`yicha dastur bajarilishining taqvim rejasi, fanning ta`lim texnologiyasi, mavzular to`plami,amaliy va mustaqil ishlarni bajarish bo`yicha uslubiy ko`rsatmalar,baholash mezonlari,vizual didaktik resurslar va boshqa materiallar keltirilgan bo`lib, o`qituvchilar ta`lim oluvchilarga ushbu to`plamdan foydalanib bilim va ko`nikmalar berar ekan ,uni o`zlashtirish davomida ular o`zlari uchun zarur nazariy ma`lumotlarni oladilar va amaliy ko`nikmalarga ega bo`ladilar. Shu bilan birga mustaqil ishlash malakasiga ham ega bo`ladilar. Fan o`qituvchilari esa o`qitish sifatini oshiradilar.


Kirish
Kasb-hunar maktablarining o`quvchilariga dars berish uchun mo`ljallangan ushbu to`plam namunaviy o`quv dasturi asosida yaratildi. To`plamda o`qituvchi uchun barcha kerakli hujjatlar mavjud. Ma`lumki, zamonaviy mutaxassis o`z sohasining mohir ustasi bo`lishi bilan birga, nutq savodxonligi va madaniyatini, xususan, yozma nutq ko`nikmalarini puxta egallagan bo`lishi lozim. Har bir kishi fikri va tuyg`ularini og`zaki shaklda lo`nda va ravon ifodalash bilan birga to`g`ri va mantiqli yozishni ham uddalay olsagina xalq e`tiboriga tushadi. “Ona tili va adabiyot” fani o`qituvchisining o`quvchilarni xalq e`tiboridagi inson qilib tarbiyalashda o`rni katta. Shu maqsadda ona tili va adabiyotdan berilgan materiallar o`quvchining yozma va og`zaki nutqini o`stirish, nutq maqsadi va sharoitiga mos ravishda mustaqil fikrlay olishga, so`z ustida ishlay bilish, xususan, tanlagan kasbga oid ijodiy matn yaratishga, ilmiy va badiiy ko`nikmalarini shakllantirishga qaratildi. Bunda har bir nutqiy malaka turi bir butun bo`limga uyg`unlashtirilgan tarzda havola etildi. Dars jarayonida mavzular izchilligi va uzviyligi ta`minlanishi, har bir bo`limdan so`ng ijodiy yozma ishlar o`tkazilib, egallangan bilimlarni amalda qo`llash va mustahkamlash mashqlari bajarilmog`i maqsadga muvofiqdir .
Inson kamolotida adabiyotning o`rni beqiyosdir. U inson qalbi va ruhidagi nozik tovlanish va ohanglarni ilg`ashga, ularni so`z vositasida aks ettirishga intiladi. Eng oliy daraja, yuksak pog`onalarga chiqa oladigan badiiy adabiyot namunalari insoniyatni to`lqinlantiradigan, hayajonga soladigan o`y-fikrlar, kechinmalar, orzu-umidlarni ifodalaydi. Dunyoda insonlar bir-birlariga o`xshamaganlaridek, ularning qalb kechinmalari ham takrorlanmasdir. O`qituvchilarning vazifasi esa dunyoqarashi keng, mustaqil fikrli kasb egalarini tarbiyalashdir




Download 6.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling