Tasdiqlayman” O‘quv amaliyoti rahbari


Amaliyot davrida o‘quvchi-talabalarning mehnatini tashkil etish


Download 55.35 Kb.
bet5/9
Sana14.12.2022
Hajmi55.35 Kb.
#1002012
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Maxmud Maxmudov. O\'quv amaliyoti daftari.

Amaliyot davrida o‘quvchi-talabalarning mehnatini tashkil etish
1. O‘quvchi-talabalar mehnatidan foydalanilganda ularning sog‘lig‘i, xavfsizligi va tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi mehnat sharoiti bo‘lgan ishlarga jalb qilish taqiqlanadi.
2. O‘quvchi-talabalarni ish vaqtidan tashqari hamda tungi ishlarga jalb qilish taqiqlanadi.
3. Ta’lim muassasalaridagi o‘quvchi-talabalarni o‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish amaliyoti sanitariya-gigiyenik va texnika xavfsizligi talablariga javob beradigan ustaxonalarida olib borilishi lozim.
4. O‘quvchi-talabalarning ish joylari zararli faktorlardan ajratilgan holda tashkil qilinishi kerak.
5. Yuklarni tashish bilan bog‘liq ishlar o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar ko‘tarishlari va tashishlari mumkin bo‘lgan og‘ir yuk normalarining chegarasini belgilash to‘g‘risida nizomga (ro‘yxat raqami 1954, 2009-yil 12-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 19-20-son, 242-modda) muvofiq olib borilishi kerak.
6. O‘quvchi-talabalarning jarohatlanishlarini oldini olish maqsadida o‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish amaliyotlari mehnat va texnika xavfsizligi talablariga muvofiq tashkil qilingan bo‘lishi lozim.
7. O‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonalarida, laboratoriyalarda, issiqlik, chang, kimyoviy moddalar ta’siri kuchli bo‘lgan (charxlovchi, o‘yuvchi, silliqlovchi, elektropayvand ishlari va boshqalar) joylarda SanQvaM 0145-03 “Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini joylashuvi, tuzilishi va o‘qish jarayonini tashkillashtirishga oid sanitariya qoidalar” talablariga asosan havo almashinishi bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
8. O‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonalarida qo‘llarni yuvish uchun issiq va sovuq suv, sovun, maxsus eritmalar hamda qo‘llarini quritishi uchun sochiq yoki elektr quritgich bo‘lishi lozim.






3

Axborotlarni tarmoqlangan usulda qayta ishlashni amalga oshirishda ko'p kompyuterli birlashmalardan — kompyuter tarmoqlaridan foydalaniladi.
Kompyuterlararo ma'lumotlar almashinuvini ta'minlash uchun lokal tarmoqlardan foydalaniladi. Aynan ana shu kompyuter tarmoqlarining vujudga kelishi axborotlashgan tizimlarni shakllanishiga asos bo’ldi.
Lokal tarmoq — foydalanuvchilarga ommaviy ravishda kompyuterlarda ishlash va ma'lumot almashish, dasturlarni ishlatish, ommaviy ravishda modem, printer va boshqa qurilmalarni ishlatish imkonini beradi. Lokal tarmoqqa kompyuterlarni birlashtirish uchun har xil kompyuterga ulanuvchi tarmoqli adapter (plata), kerakli miqdorda maxsus shtikkerli sim (kabel) lozim. Shunga ko’ra kompyuter tarmoqlari bir necha ko’rinishda tashkil qilinadi va ularni umumiy nom bilan tarmoq topologiyalari deb ataladi.

Download 55.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling