Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari 201 yil “ ” avgust “Iqtisodiyot asoslari”


Download 224.5 Kb.
bet1/5
Sana02.01.2022
Hajmi224.5 Kb.
#199374
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Iqtisodiyot-asoslari-ishchi-dastur







Tasdiqlayman”




O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari

__________ _____________


201__ yil ___ avgust




Iqtisodiyot asoslari” fani bo`yicha

ISHCHI O`QUV DASTURI


 

Kurs va semestr

Umumiy yuklama, soat

Jami ajratilgan soat

Darslar turi bo’yicha soatlar taqsimoti

Mustaqil ish

Jami

Nazariy

Amaliy

Laboratoriya

Seminar

Kurs ishi

 

1-kurs 1-semestr

58

40

18

22

0

0

0

18

 




























 

Xammasi

58

40

18

22

0

0

0

18






Mazkur dastur fan kafedra yig'ilishida

ko'rib chiqildi va ma'qullandi

Majlis bayoni №_______________

“___” 20 yil

Fan kafedra mudiri(asi):

_____________ ____________________.




Tuzuvchilar:

N.Qudbiev- Farg`ona tuman ijtimoiy-iqtisodiyot kolleji “Iqtisodiyot” kafedrasi katta o’qtuvchisi.

Taqrizchi:

Mamajonov A – Farg`ona Politexnika instituti «Buxgalteriya va Audit kafedrasi katta o`qituvchisi


Ishchi o`quv dasturi Farg`ona tuman ijtimoiy-iqtisodiyot kollejining ilmiy pedagogik kengashi tomonidan ko`rib chiqilgan va tavsiya etilgan.

20__-20___ o’quv yildagi ___-sonli majlis bayoni bilan tasdiqqa tavsiya etilgan.

Ishchi o`quv dasturi Farg`ona tuman ijtimoiy-iqtisodiyot kollejining “Iqtisodiyot” kafedrasi yig’ilishida ko`rib chiqilgan va tavsiya etilgan.

20__-20___ o’quv yildagi ___-sonli majlis bayoni bilan tasdiqqa tavsiya etilgan.

1. UMUMIY QOIDALAR

Kirish.

Respublikamizda amalga oshirilayotgan ta’lim sohasidagi tub islohotlar mamlakatimiz taraqqiyotining ta’lim olish hisoblanadi «Ta’lim to’g’risida»gi va «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi to’g’risida»gi qonun asosida litsey va kasb-hunar kollejlarining tashkil etilganligi zamon talablariga javob bera oladigan o’quv dasturlari, o’quv qo’llanmalari va darsliklar yaratishni talab qiladi.

Dasturni tuzishdan maqsad o’quvchilarning iqtisodiy fikrlay olish qobiliyatini shakllantirish hamda rivojlantirishdan iborat.

Iqtisodiyot asoslari fanining mavzusi, vazifalari iqtisodiy hodisalarni bilish jarayoni, unda qo’llaniladigan uslublar, iqtisodiyot asoslari fanining vazifalari, mohiyatini ochib beradi.

SHuningdek, ishlab chiqarish jarayoni va uning asosiy uch omillari, iqtisodiy mazmuni, iqtisodiy tizimining elementlari va turlari, uning negizini tashkil etuvchi munosabatlar, ularning shakl va turlari, tovar-pul munosabatlari, mulkchilik munosabatlari va xususiylashtirish va boshqalarni ko’rib chiqiladi.

Hozirgi davrda dunyo mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti o’zining ma’no-mazmuni jihatidan oldingi bosqichlardan keskin farq qiladi. Bunda eng asosiy va muxim jihat – milliy iqtisodiyotlarning tobora integratsiyalashuvi va globallashuvining kuchayib borishidir. Ayni paytda bu jarayonlar xalqaro maydondagi raqobatning ham keskinlashuviga, har bir mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi o’z mavqeini mustahkamlash uchun kurashining kuchayishiga ham ta’sir ko’rsatadi.

Biroq, o’z o’rnida takidlash lozimki, jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv va globallashuvning ijobiy tomonlari bilan bir qatorda malum ziddiyatli jihatlari ham mavjud. Jumladan, turli mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanishning bir tekisda bormasligi, dunyo mamlakatlari o’rtasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jihatidan tafovutning, ekologik taxdidlarning kuchayib borishi, turli mamlakatlarda aholi soni o’zgarishining keskin farqlanishi kabi xolatlar jahon xo’jaligining yaxlit tizim sifatida barqaror rivojlanishiga to’sqinlik qiladi. SHuningdek, mazkur jarayonlarning yana bir xususiyatli jihati - jahonning bir mamlakatida ro’y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy larzalarning muqarrar ravishda boshqa mamlakatlarga ham o’z ta’sirini o’tkazish hisoblanadi. So’nggi paytlarda dunyoning qator mamlakatlari boshidan kechirayotgan tarmoqlararo va tarmoqlar ichida sodir bo’layotgan inqirozlar ham aynan shu manoda globallashuv jarayonlarining salbiy oqibati sifatida namoyon bo’ladi. Tabiiyki, bunday inqirozlar ta’siri jahon hamjamiyatining a’zosi sifatida respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotini ham chetlab o’tmaydi.

Prezident Islom Karimovning “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimizdir” va “Asosiy vazifamiz – vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir” ma’ruzalarida mamlakatni rivojlantirish, yangilash, modernizatsiya qilishning to’g’ri tanlangan strategiyasi, qabul qilingan 2009-2012 yillarga mo’ljallangan Inqirozga qarshi choralar dasturini bajarish borasida 2009 yilda kuch va imkoniyatlarning safarbar qilinishi tufayli global inqirozning oqibatlari va tahdidlariga nafaqat bardosh berishga, balki iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning barqaror sur’atlarini, xalq bardamligi va farovonligini oshirishni ta’minlashga muvaffaq bo’linganligini qayd etish ahamiyatlidir.

Mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishida ijobiy natijalarga erishish, uning samaradorligini oshirish bir qator omillarga, xususan: mamlakatimizning raqobatdoshligini oshirishni ta’minlash uchun iqtisodiyotni tarkibiy o’zgartirish jarayonlarini chuqurlashtirish siyosatini davom ettirish; asosiy yetakchi sohalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, transport va infratuzilma kommunikatsiyalarini rivojlantirishga qaratilgan strategik ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun faol investitsiya siyosatini olib borish; korxona va tashkilotlarda ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va boshqarish faoliyatini zamonaviy talablar asosida tashkil etilishiga bevosita bog’liq.

SHuningdek, mazkur dasturda kiritilgan mavzularda tadbirkorlik, xususiylashtirish, uni tashkil etish shakllari, extiyojni qondirish vositasi va uni qondirish uchun noz-ne’matlarni ishlab chiqarish, buning uchun iqtisodiy o’sishning zarurligi va maqsadi, omillari, modellari va shu kabi iqtisodiy dolzarb masalalar har tomonlama o’rganiladi.

SHuningdek, dasturda iqtisodiy bilimlar, ularning xususiyatlari va turlanishi. Miniiqtisod, mikroiqtisod, makroiqtisod va megaiqtisod iqtisodiyot asoslari-iqtisodiy bilimlar majmuasi ekanligi. Iqtisodiy hodisalar va voqeliklar, ularni o’rganish zarurligi. Iqtisodiy tafakkur. Iqtisodiyotni o’rganishning ilmiy va amaliy ahamiyati va uni hozirgi davrda kuchayib borishi. Iqtisodiyotni o’rganishda qo’llaniladigan ilmiy tushunchalar (kategoriyalar), iqtisodiyotda amal qiluvchi qonunlar, qoidalar, qonuniyatlar (tendentsiyalar). Ularni bilish zarurligi. Iqtisodiyotni idrok etish usullari. Iqtisodiyotni o’rganishda sifatli va miqdoriy tahlil usullari, iqtisodiy modellar, noiqtisodiy omillarni iqtisodiyotga ta’sirini hisobga olish zarurligi kabi mavzular o’rin egallagan.


Download 224.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling