1-mavzu. “Inson huquqlari” fanining mavzusi, tizimi, usullari va


Download 26.35 Kb.
Sana03.02.2023
Hajmi26.35 Kb.
#1156113
Bog'liq
1 mavzu


INSON HUQUQLARI ASOSLARI 

1-mavzu. “Inson huquqlari” fanining mavzusi, tizimi, usullari va 

ahamiyati
1. Mustaqillik va inson huquqlari.
2. “Inson huquqlari” fani tushunchasi, obyekti, predmeti, maqsadi va 
vazifalari.
3. “Inson huquqlari” fanini o'rganish metodologiyasi.
4. “Inson huquqlari” fanining ijtimoiy-gumanitar va huquqiy fanlar 
tizimida tutgan o'm i
5. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va inson huquqlari.
6. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlarida “Inson huquqlari” 
fanining g'oyaviy-nazariy asoslari.


1. Mustaqillik va inson huquqlari
O'zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi, ko'p sohalarda 
bo'lgani kabi, O'zbekistonda yuridik ta’limning ko'plab yangi tarmoqlari 
vujudga kelishiga hamda ulaming rivojlanishiga ham imkoniyatlar yaratib 
berdi. Yangi ijtimoiy munosabatlar parlament huquqi, bank huquqi, soliq huqu­
qi, sug'urta huquqi, inson huquqlari kabi ko'plab yangi huquqiy fanlaming 
shakllanishiga olib keldi. Bu fanlar mustaqillikdan oldin O'zbekistonda 
umuman o'qitilmas, qolaversa, esga ham olinmas edi. Masalan, inson huquqlari 
o'quv kursi XX asming 90-yillarigacha ilg'or xorijiy mamlakatlarda yuridik 
mutaxassisliklar tayyorlovchi o'quv yurtlarining asosiy o'quv kurslaridan 
hisoblangani holda, sovet tuzumi o'quv yurtlarida esa, yuridik ta’limda bunday 
o'quv kursi borligini mutaxassislar ham bilmas edi.
Chunki, sovet tuzumi inson huquqlarini alohida o'quv kursi, fan tarmog'i 
sifatida butunlay inkor etar edi. Inson huquqlari qo'pol va tizimli ravishda 
buziladigan ushbu davlatda, uning mafkurasiga ko'ra, davlat tomonidan inson 
huquqlarining buzilishi holatlari umuman inkor etilib kelingan hamda alohida 
individlaming huquq va manfaatlari davlat manfaatidan keyingi o'rinda, ya’ni 
oxirgi o'rinda deb hisoblangan. Birinchi o'rinda - davlat, keyin esa - jamiyat 
va eng oxirida shaxs manfaati turar edi. Davlat manfaati yo'lida jamiyat va 
shaxs manfaatlari poymol etilishi oddiy qonuniy holat hisoblangan, tabiiy 
huquqlar degan tushuncha esa, umuman inkor etilib kelingan.
8

Inson huquqlari deganda, davlat yoki mansabdor shaxslar tomonidan 


muayyan shaxsning yoki shaxslaming qonuniy huquq va erkinliklariga rioya 
etilishi va buni ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan davlat va individ o'rtasidagi 
o'zaro huquqiy munosabatlar tushuniladi. Bunday munosabatlaming buzi­
lishi, ya’ni inson huquqlariga daxldor bo'lgan mavjud qonunlarga rioya 
qilmaslik, fuqarolaming o'z huquqlarini amalga oshirishlariga mansabdor 
shaxslar tomonidan to'sqinlik qilinishi, yoki bo'lmasa, davlat tomonidan 
o'zining xalqaro majburiyatlarining bajarilmasligi, xalqaro standartlaming 
milliy qonunchilikka yetarli darajada implementatsiya qilinmasligi va ularga 
amaliyotda yetarli darajada rioya etilmasligi kabi holatlar mamlakatdagi in­
son huquqlarining buzilishi holatlariga olib keladi.
Mansabdor shaxslar, ayniqsa, sud va huquqni muhofaza qilish 
organlarining vakillari odil sudlovni yoki huquqni qo'llashni amalga oshi­
rish vaqtida, ba’zan o 'z vazifalarini suiiste’mol qiladilar yoki o 'z vakolat 
doiralaridan chetga chiqadilar va oqibatda muayyan shaxslar yoki shaxslar 
guruhining huquqlari va erkinliklarini poymol etadilar.
Sobiq sho'rolar tuzumi davrida bu organlarga faqat jazolovchi organ 
sifatida qaralgan bo'lib, ulaming faoliyati orqali minglab fuqarolarimiz 
nohaq qamalib, repressiyaga duchor bo'lishgan edi. Masalan, mustabid 
davr sudlari faqat jazolovchi organ sifatida namoyon bo'lib, mustaqil 
holatda faoliyat yurita olmaganliklari va faqat siyosiy partiya hamda yuqori 
lavozimdagi amaldorlar tazyiqi ostidagina ish olib borganliklari, buning 
oqibatida inson huquqlari poymol bo'lib kelganligiga misollar juda ham 
ko'p. Hatto, nosudlov organlari tomonidan ham insonlarga jazo berilish 
holatlari yuz bergan. Buning yaqqol isboti sifatida 1930-1950-yillarni olib 
qarasak, sobiq SSSR davrida nosudlov organlari tomonidan 3778234 shaxs 
asossiz jinoiy javobgarlikka tortilib, shundan, 786098 nafari hatto o'lim 
jazosiga mahkum etilgan1. Shuningdek, O'zbekiston SSRning sobiq SSSR 
prokuraturasi tergovchilari, Gdlyan va Ivanovlar guruhining qonunsizlik 
va o'zboshimchaliklariga yetarlicha qarshilik ko'rsata olmaganligi sabab, 
1983-89-yillarda “Paxta ishi” bo'yicha 4,5 ming kishi javobgarlikka tortilgan 
va keyinchalik, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 3,5 ming 
kishi oqlangan2.
Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, “bizga zarba bo'lib tushgan eng og'ir 
tanglik iqtisodiy emas, balki ma’naviy tanglikdir. Asrlar mobaynida qaror 
topgan axloqiy-ma’naviy qadriyatlami g'oyaviy qarashlarga qurbon qilish 
oqibatlarini bartaraf etish iqtisodiyotni tartibga keltirishdan ko'ra ancha
mashaqqatli bo'ladi. Axir, yaqindagina emasmidi, kommunist, ayniqsa, u 
yuqoriroq lavozimda bo'lsa, o'z yaqin kishilari bilan oxirgi marta vidolashish 
uchun qabristonga ham borolmasdi. Dafn marosimida ishtirok etish eng katta 
ayb sanalib, bunday odamni partiyadan o'chirib, ishdan bo'shatishardi. Vijdon 
azobidan sal bo'lsa-da, qutulish, ayni paytda yillar bo'yi mehnat qilib erishgan 
imtiyozlardan mahrum bo'lmaslik uchun odamlar qarindosh-urug'lari, 
hatto, ota-onasi vafot etganda kasalxonaga yotib olishar yoki “shoshilinch 
komandirovka”ga ketib qolishar edi. Ana shundan keyin ham biz, odamlar 
hech nimaga ishonmay qo'yishgan, ularda hech qanday muqaddas narsa 
yo'q, deb aytishga qanday tilimiz borar edi?”1.
Iqtisodiy muammolar demografik holatlarda yuzaga kelgan ahvol 
bilan qo'shilib, ijtimoiy masalalami hal etishni g'oyat dolzarb qilib qo'ydi. 
O'zbekistonda aholining turmush darajasi sobiq Ittifoqdagi respublikalar 
ichida eng past bo'lib qoldi. Ma’lumotlarga qaraganda, 1990-yilda respublika 
aholisi 70 foiziga yaqinining jami daromadi tirikchilik o'tkazish uchun zarur 
bo'lgan eng quyi darajadan ham past edi. Ayni paytda Rossiya va Ukrainada 
aholining 30 foizga yaqinigina shunday ahvolda kun kechirgandi. Mehnatga 
layoqatli aholini ish bilan ta’minlash ham murakkab muammo bo'lib qoldi2.
Mustabid tuzumning bunday oqibatlaridan to'g'ri xulosa chiqargan 
O'zbekiston Respublikasi rahbariyati, mustaqillikning dastlabki kunlari- 
danoq, mamlakatda demokratik, huquqiy davlat va kuchli fuqarolik 
jamiyatini qurishga, inson va fuqaroning huquq va erkinliklarini hamda qo­
nuniy manfaatlarini ta’minlab berishga, bu sohadagi islohotlarga katta e’tibor 
qaratdi. Mustaqillik sari qo'yilgan eng muhim siyosiy, huquqiy qadamlardan 
biri - bu 1990-yil 20-iyundagi O'zbekiston SSR Oliy Sovetining ikkinchi 
sessiyasida qabul qilingan Mustaqillik deklaratsiyasining qabul qilinishi bo'ldi. 
Yana bir muhim hujjat 1991-yil 14-iyunda qabul qilingan “Vijdon erkinligi 
va diniy tashkilotlar to'g'risida”gi Qonun davlat bilan din o'rtasidagi o'zaro 
munosabatlarda qonuniy prinsiplarini to'la tikladi.
Mustaqillikning birinchi kunlaridanoq, mamlakatimizda inson manfaat­
lariga, uning huquq va asosiy erkinliklariga oliy qadriyat sifatida yondashila 
boshlandi. Bunga, 1991-yilning 30-sentabrida O'zbekistonning Inson 
huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga a’zo bo'lishining o'ziyoq yaqqol mi- 
sol bo'la oladi. Chunki, mustaqilligining birinchi kunlaridanoq erkin bozor 
iqtisodiyotiga asoslangan demokratik, huquqiy davlat qurishni o 'z oldiga 
maqsad qilib qo'ygan O'zbekiston bu yo'lda jahon hamjamiyati tomonidan

e’tirof etib kelingan umuminsoniy qadriyatlaming ustuvorligini e ’tirof etgan 


edi. Bunday maqsadni e’lon qilgandan so‘ng ikkinchi qadam - respub- 
likamizning 1992-yil 8-dekabrda o 'z Konstitutsiyasini e’lon qilishi bo'ldi. 
Konstitutsiyada Deklaratsiyaning barcha qoidalari mustahkamlab qo'yilishi 
O'zbekistonning demokratik, huquqiy davlat qurishga bo'lgan maqsadining 
konstitutsiyaviy poydevori bo'ldi.
Mamlakat Konstitutsiyasida hokimiyat vakolatlarining bo'linish 
tamoyili asosida qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatining 
vakolatlari aniq belgilab olindi.
Qonun chiqaruvchi hokimiyatning doimiy ravishda isloh qilinishi 
natijasida, mamlakatda professional parlament, ya’ni ikki palatali - Senat va 
Qonunchilik palatasidan iborat Oliy Majlis shakllantirildi. Mazkur parlament 
tomonidan mustaqillik yillarida 600 dan ortiq qonunlar qabul qilindi va 
ular doimiy ravishda takomillashtirib borilmoqda. Ulaming 120 dan ortig'i 
bevosita inson huquqlariga taalluqlidir. O'zbekiston bugungi kunda inson 
huquqlariga oid 70 dan ortiq xalqaro huquqiy hujjatlarga qo'shilgan.
Mamlakatda sud hokimiyati va boshqa huquqni muhofaza qilish organlari 
tubdan, demokratik tamoyillar asosida o 'z faoliyatini qaytadan tashkil etdilar. 
Ushbu organlaming aw algi jazolovchi organ sifatidagi mohiyati o'zgarib 
bormoqda va ulaming oldiga endi birinchi darajali vazifa sifatida inson 
huquqlari va erkinliklarini himoya qilish vazifasi qo'yilmoqda. Sud-huquq 
sohasida tubdan islohotlar o'tkazilmoqda. Sud tizimini takomillashtirish 
bo'yicha islohotlar, birinchidan, sudlaming professionalligini oshirishga 
qaratilgan bo'lsa, ikkinchidan esa, sud hokimiyatining mustaqilligini to'la 
ta’minlashga qaratildi. Sud tizimi ixtisoslashtirildi. 2008-yilga kelib, qamoqqa 
olishga sanksiya berish sudlarga o'tkazilishi bilan sudlaming mustaqilligi 
va odil sudlov faqat sudlar orqali amalga oshirilishi kerak, degan tamoyil 
ta’minlandi, desak adashmaymiz. Jinoyat qonunchiligi liberallashtirildi. 
Endi jinoyat qonunchiligida repressiv jazolar nafaqat kamaytirildi, balki 
jazolaming tarbiyaviy ahamiyatiga e ’tibor kuchaytirildi, ular yanada 
insonparvarlashtirilib borilmoqda. Bu sohadagi yana bir eng katta yutuq -
2008-yilning 1-yanvaridan boshlab o'lim jazosining jinoyat qonunchiligidan 
chiqarib tashlanganligi bo'ldi.
Inson huquqlarini himoya qilishda sud va huquqni muhofaza qilish 
organlari faoliyatini yanada takomillashtirish bilan bir qatorda, mamlakatda 
inson huquqlarini himoya qilishning suddan tashqari tizimi shakllantirildi. 
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili 
(Ombudsman), O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi 
qonun hujjatlari monitoringi instituti, Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston 
Respublikasi Milliy markazi kabi demokratik davlatlar uchun xos bo'lgan in-
11

son huquqlari bo'yicha milliy institutlar tizimi shakllantirildi. O'zbekiston Res­


publikasi Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura tizimlarida 
inson huquqlari bilan shug'ullanuvchi maxsus tuzilmalar shakllantirildi.
Mamlakatda fuqarolik jamiyati institutlari rivojlanib bormoqda. Bugun­
gi kunda mamlakatda 6 mingdan ortiq nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyat 
ko'rsatmoqda. O'zbek jamiyati uchun xos bo'lgan mahalla instituti o'zining 
huquqiy maqomini topdi. To'rtinchi hokimiyat hisoblangan ommaviy axborot 
vositalari ham inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash va himoya qilish 
sohasida o'zining mustaqil o'mini topa boshladi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, mustaqillik yillarida inson huquqlari va 
asosiy erkinliklarini ta’minlash va himoya qilishning huquqiy asoslari hamda 
samarali mexanizmlarini yaratish, ulami doimiy ravishda takomillashtirib 
borish davlat siyosatining bosh maqsadiga aylandi. Inson huquqlari va 
erkinliklari oliy qadriyatga aylandi.
Download 26.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling