“Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari
MA’RUZA MASHG’ULOTI MAZMUNI
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Shaxs psixologiyasi UMK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
- Shaxs psixologiyasi
MA’RUZA MASHG’ULOTI MAZMUNI
1-mavzu: Shaxs psixologiyasining metodologik printsiplari Reja: 1. Shaxs psixologiyasining mavzu bahsi. 2. Shaxs ijtimoiy-psixologik fenomen to’g’risida. 3. Psixologiya tarixida shaxsning o’rni. 4. Shaxsni etnik va gender jihatdan o’rganish. 5. Shaxs muammosi va fanning metodologik darajalari. Tayanch tushunchalar: shaxs, shaxs psixologiyasi, maqsad, vazifa, predmet, obyekt, psixologiya fani metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot metodlari. Shaxs psixologiyasi muammosi qadimdan mavjud. Bu muammo Suqrot davrida ham hozirgidek dolzarb bo’lgan. Shaxs psixologiyasi barcha gumanitar sohalarning predmeti hisoblanadi. Bu muammolarga psixologiya sohasi o’zining bir qator yechimlarini taqdim etadi. Psixologiyaning har bir sohasi shaxsni o’rganishda o’z hissasini qo’shadi. Amalga oshirilgan ko’p sonli tadqiqotlar natijasida shaxs psixologiyasi rivojlanib bormoqda. Shaxs psixologiyasi – shaxs individualligini o’rganadigan psixologiyasining sohasi hisoblanadi. Psixologiyaning ushbu sohasi psixologik bilimlarni analitik prinsiplar asosida tushuntiradi. Analitik prinsiplarni qo’llash aniq ilmiy qiziqishlarning u yoki bu psixologik omillarini tahlil qilishni bildiridadi. Xuddi shunday, 5 psixologiyaga oid mustaqil fanlar sifatida hissiyot psixologiyasi, motivatsiya psixologiyasi, idrok psixologiyasi, tafakkur va boshqalar, shaxs psixologiyasiga ajratiladi. O’rganish predmetidan biri shaxs hisoblanadi. Shaxs nima? Bu so'z insoniyat madaniyatida taxminan 300 yil oldin paydo bo'lgan. J.Brunerning fikricha, XVIII asrga borib taqaladigan "o’z-o'zi" tushunchasidan foydalanishni "shaxs" tushunchasining kelib chiqishining belgisi deb hisoblash mumkin. Ayni paytda, ispan faylasufi Baltazar, 17 asrda "shaxs" tushunchasini butunlay zamonaviy ma'noda ishlatadi. Psixologiyada shaxsning ko'plab ta'riflari mavjud. Bu ta'riflarning ko'pchiligi uyg’unlik, belgilar tizimi, birlik, barqarorlik, ijtimoiylik, identiklik, individuallik (yaxlitlik, o'ziga xoslik), ichki Men (avtonomiya, ijodkorlik) kabi xususiyatlarni o'z ichiga oladi. Ko'pincha shaxs ong va o'zini anglash orqali namoyon bo’ladi. Shveytsariyalik olim Rishar Meyli: “Shaxs deganda, har bir insonni tasniflaydigan psixologik xususiyatlarning yig’indisini tushunamiz. Kengroq ma’noda, shaxs termini xarakter, temperament, qobiliyatni o’z ichiga oladi”. Lekin shaxs – bu faqatgina xususiyatlarning yig’indisi emas. Gap quyidagi xususiyatlar o'zaro ta'sirda o'ziga xos psixologik markazni, psixikaning o'ziga xos sifati, menlik, o'z individual xususiyatlarini anglashni yoki A.Maslou, E.Erikson va boshqa psixologlar tasdiqlagan xususiyatlar haqida bormoqda. Bundan kelib chiqib, SHAXS deb o’zining menligiga ega bo’lgan, o’z irodasi orqali o’zini boshqara oladigan va hatti-harakatini nazorat qila oladigan odamga aytiladi. 20 asrning boshlarida rus psixiatri P.P.Viktorov shaxs tushunchasini o’z- o’zini anglash va ong (anglash) bilan bog’ladi: “Shaxs, individuallik, Men psixologlarda tananing ichki muhitga munosabatni his qilish hamda tashqi muhitga nisbatan munosabatni his qilish”. Psixolog F.Barron: “Inson shaxsining farqli jihati fikrlashga va masalalarni hal qilishga qodir ongning mavjudligidir”. Sotsiolog Ya.Shepanskiy: Ijtimoiylashuv jarayonida individ o’zining shaxsiy ongini va shaxsiy Menini yaratadi. Har bir inson oilada, kasbiy faoliyatida, do’stlar davrasida va h.k. da bajariladigan ijtimoiy rollarning miqdorini his qiladi. Har bir inson o’z-o’zini tahlil qiladi, xuddi boshqalarga murojaat qilgani kabi o’ziga murojaat qiladi. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling