“Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Shaxs psixologiyasi UMK
2. Kirish:
Birinchi bosqichda tinglovchilar bir-birlariga va muhokamaga qo’yilgan muammoga moslashishadi, ya’ni bu vaqtda o’rtaga tashlangan muammoning echimi yuzasidan muayyan yo’nalish shakllantiriladi. Buning uchun diskussiyani amalga oshiruvchi o’qituvchi oldiga quyida-gi vazifalar qo’yiladi: – diskussiya muammosi va maqsadini aniq ifodalab berish. Bu-ning uchun nima muhokama qilinadi va bu muhokama nima berishi shartligi tushuntiriladi; – zaruriy motivatsiyani vujudga keltirish, ya’ni muammo va uning ahamiyatini bayon qilish, undagi echilmagan va qarama-qarshi savollarni ko’rsatish, kutilayotgan natijani (yechimni) belgilab olish; – diskussiya vaqtini, aniqrog’i so’zga chiqish uchun vaqt chegara-sini belgilash; – diskussiyada ishtirok etish qoidalarini tushuntirish, shundan asosiysi — barcha so’zga chiqishi shart. Bundan tashqari, so’zga chiquvchini diqqat bilan tinglash, gapini bo’lmaslik, o’zining nuqtai nazarini dalillar bilan tasdiqlash, birovning fikrini takrorla-maslik, shaxsiy adovatga yo’l qo’ymaslik, xolislikni 132 saqlash, so’zga chiquvchining so’zini oxirigacha tinglamasdan va nuqtai nazarini bilmasdan unga baho bermaslik zarur; – do’stona muhitni vujudga keltirish. Bu erda tinglovchilarga shaxsiy murojaat qilish, jo’shqin suhbat olib borish, imo-ishoralardan foydalanish, va albatta, tabassum qilish o’qituvchiga yordam beradi. Har qanday aktiv o’qitishning asosi konfliktga bormaslik ekanini esda saqlash lozim; – atama, tushuncha va boshqalarning semantik bir xil tushunili-shiga erishish. Buning uchun savol va javoblar yordamida o’qitilayot-gan mavzuga oid ishchi ta’riflar va tushunchalar apparatini aniqlashtirib olish lozim. Tushunchalar apparatini muntazam ravishda aniqlashtirib olish tinglovchilarda faqatgina tushunarli bo’lgan iboralar bilan ishlash, yaxshi tushunib bo’lmaydigan so’zlardan foydalanmaslik, muntazam ravishda turli ma’lumotlar beradigan yordamchi adabiyotlardan foydalanish odatini shakllantiradi. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling