Rp.: Decocti folii Uvae Ursi ex 18,0 – 180 ml
D.S. 1 osh qoshiqdan ichilsin.
EMULSIYA
Emulsiya bosh kelishik birlik sonda - Emulsum, qaratqich kelishik birlik sonda - Emulsi.
Emulsiya suyuq dori shakli bo’lib bir-birida erimaydigan yoki kam eriydigan va aralashmaydigan 2 fazali suyuqlik sistemasidir. Birinchi fazasi suv, ikkinchisi esa unda erimaydigan moddadan (efir moylari, yog’lar, balzamlar) tashkil topgan. Tashqi ko’rinishi jihatidan emulsiyalar sutni eslatadi. Tayyorlanishiga qarab emulsiyalar 2 ga bo’linadi:
1. Moyli emulsiyalar – Emulsa oleosa
2. Mag’izli emulsiyalar – Emulsa seminalia
Mag’izli emulsiyalar bodom urug’idan (semina Amygdali dulcis), oshqovoq urug’idan (semina Cucurbitae) va boshqalardan tayyorlanadi va nisbatan kam ishlatiladi.
Mag’izli emulsiyalarni qisqartirilgan holda yozish. Rp.: dan so’ngra dori vositasining (эмульсия - Emulsi), mag’izning (seminum) va o’simlikning nomi (qaratqich kelishigi, birlikda), mag’izning og’irligi va emulsiyaning hajmi ko’rastiladi. So’ngra farmasevtga murojaat: Da. Signa, va qo’llash usuli yoritiladi.
Misol: 20 g bodom urug’idan tayyorlangan 200 ml emulsiya yozib, 1 osh qoshiqdan har soatda ichish buyurilsin.
Rp.: Emulsi semina Amygdali dulcis ex 20,0 – 200 ml
D.S. 1 osh qoshiqdan har soatda ichilsin.
Mag’izli emulsiyalarni kengaytirilgan holda yozish. Avval mag’iz va o’simlikning nomi (qaratqich kelishigi, birikda), unung miqdori, erituvchining hajmi va farmasevtga ko’rsatma va qo’llash usuli batafsil yoziladi.
Misol: 20 g bodom urug’idan tayyorlangan 200 ml emulsiya yozib, 1 osh qoshiqdan har soatda ichish buyurilsin.
Rp.: Seminum Amygdali dulcis 20,0
Aquae purificatae ad 200 ml
M. f. emulsum
D.S. 1 osh qosiqdan kuniga 3 mahal ichilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |