5. O‘quv mashg‘ulot pedagogik vazifalari :
- mavzu bo‘yicha kasalliklarda jismoniy mashqlarning ta'sir mexanizmini tushuntirish va DJTni qo‘llash uchun ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalarni to‘g‘ri aniqlashga o‘rgatish;
- hazm a'zolari va bo‘g‘im kasalliklarida, modda almashinuvi buzilishlarida DJTning vositalarini, vazifalarini aniq va to‘g‘ri tanlash haqida tushuncha berish;
-hazm a'zolari va bo‘g‘im kasalliklarida, modda almashinuvi buzilishlarida DJTning shakllari va vositalarini to‘g‘ri tanlashni o‘rgatish;
- bemorlarga tavsiya etiladigan gimnastik mashqlar kompleksini tuzishga o‘rgatish;
- qo‘llanilayotgan jismoniy mashqlarning samaradorligini baholashga o‘rgatish;
-kasallik tarixiga DJT tavsiyasini to‘g‘ri rasmiylashtirishni o‘rgatish.
|
6. O‘quv faoliyatini natijalari:
- bo‘g‘im destruktiv yallig‘lanish kasalliklarida, hazm a'zolari kasalliklarida va modda almashinuvi buzilishlarida jismoniy mashqlarning ta'sir mexanizmini, DJTni qo‘llash uchun ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalarni, DJT shakllarini, vositalari va uning turlarini aytib beradilar;
- DJT harakat tartiboti va vazifalarini aniq belgilashadi;
- DJT xonasini jihozlashni bilishadi;
- asosiy va yondosh kasalliklarni hisobga olgan holda davolash gimnastik mashqlar kompleksini tuzish prinsiplarini shakllantiradilar;
-DJT mashg‘ulotida qo‘llanilayotgan jismoniy yuklamalarning adekvatligini va samarador-ligini baholash usularini tartibli ravishda ochib beradilar;
-bo‘g‘im destruktiv yallig‘lanish kasalliklarida, hazm a'zolari kasalliklarida va modda almashinuvi buzilishlarida talabalar DJT kompleksini tuzishadi.
|