Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, professor Teshaev O. R


Download 6.32 Mb.
bet47/111
Sana15.10.2023
Hajmi6.32 Mb.
#1704051
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   111
Bog'liq
Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, professor Teshae

13.Motivatsiya
Hazm a'zolari, modda almashinuvi buzilishi kasalliklari va bo‘g‘im kasalliklari ko‘p tarqalgan, ular surinkali retsidivlangan kechishi va rivojlanib borishi natijasida asoratlar kelib chiqishi bilan xarakterlanadi, ko‘pincha vaqtinchali yoki turg‘un mehnatga layoqatsizlik sababi bo‘ladi (nogironlik). Barchaga ma'lum hazm a'zolari, modda almashinuvi buzilishi kasalliklari va bo‘g‘im kasalliklarini davolashda va profilaktikasida jismoniy omillarning tutgan o‘rni katta. Jismoniy omillarni qo‘llash neyro-endokrin boshqaruvni normallashtirishga yordam beradi, zararlangan to‘qimalarning trofikasini yaxshilaydi, dori vositalariga organizmning sezgirligini oshiradi, bemorning ruhiy holatiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Jismoniy omillarni yaxshi bilish va ularni komplesk davolashda to‘g‘ri qo‘llash har bir umumiy amaliyot vrachi uchun kerak.
Qandli diabet (QD) tibbiyotning yetakchi muammolaridan biri. Hozirgi kunda tibbiy-ijtimoiy ahamiyati jihatidan bevosita qon-tomir va onkologik kasalliklardan keyin turadi. JSST bo‘yicha butun dunyoda 50 mln. aholi qandli diabet bilan kasallangan. QDning tibbiy-ijtimoiy ahamiyati uning faqat keng tarqalganligi bilan emas, balki surunkali kasallik sifatida jamiyatga yetkazayotgan zarari bilan ham belgilanadi (o‘lim darajasini 2-3 marta, yurak ishemik kasalligi va insultlar sonini 2-3 marta oshiradi, QD bilan og‘rigan bemorlar orasida ko‘rlik umumiy aholiga nisbatan 10 marta, gangrena va oyoq qo‘l amputatsiyasi 20 marta ko‘p, QD buyraklarning o‘limga olib keladigan darajada shikastlanishi sababi bo‘yicha 2-o‘ringa va h.k.) va nihoyat QD kutilayotgan hayot davomiyligini 2-12%ga oshiradi (turli mamlakatlarda turlicha).


14. Tashqi va ichki fanlararo bog‘liqlik:
DJT fani bo‘yicha ta'lim berish vertikal integratsiya bo‘yicha normal anatomiya, normal va patologik fiziologiya, ichki kasalliklar propedevtikasi, gorizontal integratsiya bo‘yicha bioximiya, fakultativ terapiya, travmatologiya va ortopediya, jismoniy tarbiya va shifokor nazorati fanlari bilan uzviy bog‘langan.

Download 6.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling