Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, professor Teshaev O. R


Download 6.32 Mb.
bet48/111
Sana15.10.2023
Hajmi6.32 Mb.
#1704051
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   111
Bog'liq
Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, professor Teshae

15. Mashg‘ulot mazmuni
15.1. Nazariy kismi
Gasrit – me'da devori shilliq pardasi, gohida chuqur qavatlarining yallig‘lanishi. O‘tkir va surunkali turlari tafovut qilinadi.
DJT qo‘llashga qarshi ko‘rsatma:

  • umumiy og‘ir ahvol;

  • yaqqol og‘riq sindromi;

  • ko‘p qusish, ko‘ngil aynash.

Vazifalari:

Qorin old devori, diafragma va oraliq mushaklarini mustahkamlashga qaratilgan mashqlar qo‘llaniladi.
Dastlabki holat yotgan, o‘tirgan, turgan. Snaryadlar, uskunalar, murakkablashtirilgan yurish keng qo‘llaniladi. Muolaja davomiyligi 30 – 40 min.
Sanatoriya sharoitida DJT hajmi kengayadi, yuklama va uning intensivligi oshiriladi. Bundan tashqari siklik yuklamalar va turli o‘yinlar qo‘llaniladi.
Gastritning barcha turlarida ko‘krak va bel umurtqalarining uqalanishi yaxshi ta'sir qiladi.
Oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi - qaytalanib turuvchi va jadallashishga moyil kasallik bo‘lib me'da va o‘n ikki barmoq ichakda yara illati sodir bo‘lishi bilan ifodalanadi.
DJT qo‘llashga qarshi ko‘rsatma:

  • umumiy og‘ir ahvol;

  • yaqqol og‘riq sindromi;

  • ko‘p martali qusish, ko‘ngil aynash.

Vazifalari:

  • umumiy ahvolni yaxshilash;

  • hazm jarayonini neyrogumoral boshqarish;

  • hazm traktining motor va sekretor faoliyatini boshqarish;

  • qorin bo‘shlig‘ida qon aylanishini yaxshilash, dimlanishning oldini olish;

  • yaraning bitishini tezlashtirish;

  • qorin devori va oraliq mushaklarini mustahkamlash;

  • nafas faoliyatini yaxshilash;

  • emotsional holatni yaxshilash.

DJT mashqlarni qo‘llash kasallikning simptomlari kamayganda, ya'ni 5-10 kunga to‘g‘ri keladi. Oddiy mashqlar qorin old devori, diafragma va oraliq mushaklarini mustahkamlashga qaratilgan bo‘lishi kerak. Dastlabki holat yotgan, o‘tirgan, turgan. Snaryadlar, uskunalar, murakkablashtirilgan yurish keng qo‘llaniladi. Muolaja davomiyligi 10 – 25 min. O‘tkir jarayon to‘la so‘nganda yuklamalarning umumiy hajmi oshiriladi. Muolaja davomiyligi 30 – 40 minutgacha oshiriladi. Undan keyin 30 – 40 minut davomida dush, suzish, me'yorli yurish tavsiya etiladi. Sanatoriya sharoitida DJT hajmi kengayadi, yuklama va uning intensivligi oshiriladi. Bundan tashqari siklik yuklamalar va turli o‘yinlar qo‘llaniladi. Yara kasalligida ko‘krak va bel umurtqalarining uqalanishi, balchiq bilan davolash yaxshi ta'sir qiladi.
Enterokolit - bu ingichka va yo‘g‘on ichak shilliq pardasining yallig‘lanishi va distrofik o‘zgarishlari bilan hamda atrofiya bilan yakunlanadigan kasallik.

Download 6.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling