Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, professor Teshaev O. R


Download 6.32 Mb.
bet51/111
Sana15.10.2023
Hajmi6.32 Mb.
#1704051
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   111
Bog'liq
Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, professor Teshae

DJTga qarshi ko‘rsatmalar:

  • umumiy og‘ir ahvol;

  • diabetning og‘ir turlari;

  • giperglikemik koma;

  • gipoglikemik koma;

  • asoratlangan og‘ir diabet.



Vazifalari:

  • ichak va to‘qima metabolizmini stimulyasiya qilish;

  • tana vaznini kamaytirish va hazm jarayonini yaxshilash;

  • progressiyalanuvchi aterosklerozning profilaktikasi;

  • qon aylanishni va nafas olishni yaxshilash;

  • emotsional holatni yaxshilash.

Jismoniy mashqlar kasallikning birinchi kunidan boshlanadi. DJT da ertalabki mashqlar, sayr qilish, me'yorlangan suzish, chang‘i, mehnat terapiyasi qo‘llaniladi.
Jismoniy yuklamadan so‘ng artish, dush, qisqa muddatli cho‘milish, umumiy va mahalliy uqalash.
Jismoniy mashqlar har doim bemorning yoshi, umumiy ahvoli, yurak qon tomir tizimi faoliyatini hisobga olgan holatda me'yorlanadi.
Semirish – bu organizmda yog‘ to‘qimasining ortiqcha to‘planishi bilan xarakter-lanadi. (Erkaklarda 20%dan kam emas,ayollarda 25% umumiy odam organizmida bo‘ladi). Ekonomik rivojlangan davlatlarda 25-30 % aholi kasallanadi. Alimentar faktor asosiy bo‘lib hisoblanadi, kolloriyali ovqat ist'emol qilish, asosan yog‘ va uglevodlar hisobiga (birlamchi semizlik), harakatning kamligi asosiy o‘rinni egallaydi.
Semirishning 3 shaklga ajratiladi:
1.Alimentar –konstitutsiyal. 2.Endokrin. 3.Markaziy.
Alimentar – konstitutsiyal formasida organizmning fizik-jismoniy harakatining kamligi hisobiga uglevod to‘planadi.
Semirishning endokrin formasi, endokrin sistemasi bezlari funksiyasining buzilishi bilan bog‘liq.
Semirishning markaziy formasining kelib chiqishida yog‘ almashinuvining markaziy boshqarilishining buzilishi yotadi, bu po‘stloq-diensefal soha funksiyasining jarohati va infeksiya bilan zararlanishidan keyin kelib chiqadi.
Birlamchi semirish 4 bosqichga bo‘linadi:

Download 6.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling