Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, professor Teshaev O. R
Download 6.32 Mb.
|
Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, professor Teshae
- Bu sahifa navigatsiya:
- DJTga qarshi ko‘rsatmalar
- Podagra
- Vazifalari
1-bosqich-Normadan 15-29% ortiqcha vazn
2-bosqich-30-49% 3-bosqich-50-100% 4-bosqich-100% dan ortiq bo‘ladi. Semirish oqibatida yurak -qon- tomir sistemasi o‘zgarishlarga uchraydi.(miokard distrofiyasi, karonar qon aylanishning buzilishi, miya va pastki qismlarda qon aylanishning buzilishi), nafas sistemasi (nafas harakatining kamayishi bu diafragmani harakati kamligi hisobiga), ovqat hazm qilish sistemasida (oshqozon sokining gipersekretsiyasi, giperxlorgidriya bilan birga), tayanch–harakat apparati (bo‘g‘imlarga yuklamaning oshishi va moddalar almashinuvi buzilishi hisobiga artroz). Suv-tuz almashinuvini buzilishi hisobiga shish kuzatiladi. Birlamchi semirish natijasida ichki sekretsiya bezlari funksiyasining buzilishi, ya'ni giperinsulinemiya, gipokortitsizm, samototrop gormoni funksiyasining susayishi va boshqalar. Ratsional davolash natijasida semirish kamayadi. Bemorni davolash prinsipida organizmda lipolizni kuchaytirish maqsadida manfiy energiya balansi vujudga keltiriladi. Bunda sut dietasi olib boriladi, organizmda uglevodni kamaytirish maqsadida, yana energiya sarfini ko‘paytirish yaxshi natija beradi. Dieta va harakatni oshirish, yani patogenezga tabiiy va jismoniy omillarning birgalikda olib borish organizmni qayta tiklash uchun muhim omildir. Jismoniy harakat bilan davolash natijasida kam kalloriyali dieta olib borishga yordam beradi va tana massasini kamayishiga yaxshi natija beradi, qayta tiklovchi yoki jismoniy harakatni stimulyasiya qiladi. DJTga qarshi ko‘rsatmalar: umumiy og‘ir ahvol; ikkilamchi diabetning og‘ir turlari; yurak yetishmovchiligi belgilari; nafas yetishmovchiligi. Vazifalari: ichak, hujayra va to‘qima metabolizmini stimulyasiya qilish; tana vaznini kamaytirish va hazm jarayonini yaxshilash; rrogressiyalanuvchi aterosklerozning profilaktikasi; qon aylanishni va nafas olishni yaxshilash; emotsional holatni yaxshilash. Jismoniy mashqlarni qo‘llash kasallikning birinchi kunidan boshlanadi. DJT da ertalabki mashqlar, sayr qilish, me'yorlangan suzish, chang‘i, mehnat terapiyasi qo‘llaniladi. Jismoniy yuklamadan so‘ng artish, dush, qisqa muddatli cho‘milish, umumiy va mahalliy uqalash. Jismoniy mashqlar har doim bemorning yoshi, umumiy ahvoli, yurak qon tomir tizimi faoliyatini hisobga olgan holatda me'yorlanadi. Podagra – purin almashinuvining buzilishi natijasida qonda siydik kislota miqdorining oshishi va bo‘g‘imlarda yig‘ilishi bilan xarakterlanadigan kasallik. DJTga qarshi ko‘rsatmalar: umumiy og‘ir ahvol; yaqqol og‘riq sindromi; huruj davri; uremik komi. Vazifalari: ichak, hujayra va to‘qima metabolizmini stimulyasiya qilish; tana vaznini kamaytirish va hazm jarayonini yaxshilash; progressiyalanuvchi siydik kislota to‘planishining profilaktikasi; qon aylanishni va nafas olishni yaxshilash; emotsional xolatni yaxshilash. Jismoniy mashqlarni qo‘llash kasallikning birinchi kunidan boshlanadi. DJT da ertalabki mashqlar, sayr qilish, me'yorlangan suzish, chang‘i, mehnat terapiyasi qo‘llaniladi. Jismoniy yuklamadan so‘ng artish, dush, qisqa muddatli cho‘milish, umumiy va mahalliy uqalash. Jismoniy mashqlar har doim bemorning yoshi, umumiy ahvoli, yurak qon tomir tizimi faoliyatini hisobga olgan holatda me'yorlanadi. Download 6.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling