Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, professor Teshaev O. R
Download 6.32 Mb.
|
Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, professor Teshae
Qandli diabet – eng keng tarqalgan endokrin kasallik bo‘lib, qonda va siydikda qand miqdorining turg‘un va noadekvat yuqori ko‘rsatkichlarda uzoq vaqt bo‘lishi bilan xarakterlanadi.
QD – organizmda insulinning mutloq yoki nisbiy yetishmovchiligi bilan kelib chiqadigan kasallik bo‘lib, uglevodlar almashinuvi chuqur buzilishi giperglikemiya va glyukozuriya bilan xarakterlanadi. To‘qimalar tomonidan glyukoza o‘zlashtirilishining qiyinlashishi MNS, yurak qon-tomir tizimi, jigar, mushak to‘qimalari funksiyasi buzilishiga, natijada ish qobiliyati kamayishiga olib keladi. Yog‘ almashinuvining buzilishi yog‘larning oksidlanishi tezlashishi va keton tanachalar hosil bo‘lishi, qonda ko‘payishi natijasida MNSga toksik ta'sir etadi. Diabetda oqsil sintezi ham buzilib energetik almashinuv darajasi kamayadi. QD bilan og‘rigan bemorlarda energetik almashinuv buzilishi mushak faoliyatining susayishi bilan bevosita bog‘liq. Shunday qilib QD faqat uglevod almashinuvi buzilishi bilan emas, balki oqsil, yog‘, mineral va modda almashinuvining boshqa turlari buzilishi bilan xarakterlanadi. Insulin yetishmovchiligi fonida bemorlarda turli asoratlar va yondosh kasalliklar rivojlanadi. Tahminan 70% bemorlarda yurak qon-tomir tizimi shikastlanib, diabetik mikroangiopatiya hamda yurak, bosh miya, oyoq tomirlarida ateroskleroz rivojlanishi bilan makroangiopatiya sifatida namoyon bo‘ladi. QDda tishlarning paradontoz, karies, gingivit, stomatit sifatida erta shikastlanishi kuzatiladi. Bular bilan bir qatorda gastrit, enterokolit, diabetik gepatodistrofiya, xoletsistit paydo bo‘ladi. QD uchun teri qoplami shikastlanishi xarakterli: kurishi, qichishish, dermatitga moyillik, furunkulez, ekzema. Nerv sistemasining patologiyasi nevrasteniya, nevralgiya, nevrit, polinevrit sifatida namoyon bo‘ladi. Shunday qilib, QD turli patologik ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. QDni davolash ko‘p qirrali bo‘lib asosiy kasallikni, hamda uning kechishini og‘irlashtiruvchi asoratlarni yoqotishga qaratish kerak. Bunda kompleks terapiya va DJT qo‘llash muhim ahamiyatga ega. Download 6.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling