«tasdiqlayman» O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


III. Fanni o‘qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot


Download 1.52 Mb.
bet40/43
Sana18.02.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1212026
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
Bog'liq
122024 TARBIYA majmua (3)

III. Fanni o‘qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot
va pedagogik texnologiyalar
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan elektron doska- Hitachi, LCD – monitor, elektron ko‘rsatkich, video, audiomagnitafon, kompyuter, proektor, DVD – diskovodlarni qo‘llash orqali ma’ruza, seminar mashg‘ulotlarida talabalarning nazariy hamda amaliy bilimlarni egallash samaradorligini oshirish mumkin. Shu boisdan, dars mashg‘ulotlarini tashkil etishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishni keng yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
Fanni o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash orqali ta’limda pedagog-talaba hamkorligini kuchaytirish hamda ta’lim samaradorligini oshirish mumkin. Shu boisdan, Tarbiya fanidan dars mashg‘ulotlarini tashkil etishda ilmiy asoslangan pedagogik texnologiyalardan, ya’ni “Aqliy xujum”, “Klaster” metodi, “Bumerang”, “T-jadvali”, “Tarozi”, “Yelpig‘ich”, “FSMU”, “Baliq skeleti” texnologiyasi va “Qanday?”, “Nima uchun?”, “Venn” diagrammalaridan keng foydalanish ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, pedagogik jarayon natijalarini xolisona baholash uchun test usuli, reyting tizimi, talabaning bilim va ko‘nikmalarini egallash jarayonini nazorat etish usullaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
IV. Amaliy mashg‘ulotlar mavzulari
3-jadval



Seminar mavzulari
VII - semestr

Dars soatlari hajmi

1.

O‘zbekiston Respublikasida tarbiya jarayonining hozirgi bosqich muammolari

2

2.

Milliy tarbiya konsepsiyasi

2

3.

Jahon tarbiyaviy konsepsiyalari namunalarining qiyosiy-pedagogik tahlili

2

4.

Ilg‘or xorijiy tajribalar asosida tarbiya jarayonini samaradorligini oshirish

2

5.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida muvaffaqiyatga erishishga intilish motivini shaxsning ustuvor xususiyati sifatida

2

6.

O‘quvchilarida ijtimoiy kompetensiyalarni shakllantirishda ta’lim texnologiyalaridan foydalanish. (1-4-sinflar)

2

7.

O‘quvchilarda ijobiy fazilatlarni shakllantirish

2

8.

Ta’lim-tarbiya jarayonida milliy qadriyatlarning o‘rni

2

9.

“Oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligi” Konsepsiyasi

2

10.

YuNISEF xalqaro tashkiloti faoliyatida yoshlarni xuquqiy himoya qilish masalalari

2




Jami

20


“BOSHLANG’ICH TA’LIMDA TARBIYA” fani bo‘yicha nazariyada olgan bilim, malaka va ko‘nikmalarini amaliy mashg`ulotlarda umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf maktablaridagi amaliyotda takomillashtiradilar. Nazariy bilimlarini hayotga tatbiq etish ko‘nikmalari hosil qilinadi. Shuning uchun ushbu fan tanlov fani hisoblanadi, boshlang‘ich ta’limga kadrlarni tayyorlash jarayonida muhim ahamiyatga egadir.



Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling