16. Inson qobiliyatiga to‘g‘ri tavsif berilgan javob?
Qobiliyat – shaxsning muayyan faoliyat yuzasidan layoqati va uning ishni muvaffaqiyatli bajarishdagi subyektiv shart-sharoitini ifodalovchi individual psixik sifatlar yig‘indisidir.
Qobiliyat – o‘qituvchi o‘z pedagogik faoliyatini mukammal rejalashtira olishi demakdir.
Qobiliyat – odamlarning yuksak psixik holatini tushunish va kasbiy jarayonda muvaffaqiyatlarga erishishi.
Qobiliyat – o‘qituvchining pedagogik faoliyati jarayonida paydo bo‘ladigan mahoratidir.
17. Oliy ta’lim necha bosqichdan iborat?
6 bosqichdan.
5 bosqichdan.
3 bosqichdan.
2 bosqichdan.
18. Pedagogik qobiliyatning asosiy sifatlarini belgilang?
O‘z kasbiga muhabbat, o‘quvchilarni seva olish, mutaxassisligi bo‘yicha puxta bilimga ega bo‘lishi.
Pedagogik takt va pedagogik nazokatga ega bo‘lish, pedagogik texnikani qo‘llay olish.
O‘quvchilar jamoasiga singib keta olishi, o‘z mehnatiga ijobiy yondashishi.
Barchasi to‘g‘ri
19. O‘qituvchining jonli muloqotini tashkil etuvchi omillar?
a. Nutqning jozibadorligi, bilim saviyasi, tafakkurning kengligi, yuksak pedagogik madaniyati.
b. O‘tkir dunyoqarashi, ma’naviy madaniyat darajasining yuksakligi,
pedagogik qobiliyati.
c. Ta’lim-tarbiyada pedagogik jihatdan belgilangan maqsadni to‘g‘ri
yo‘naltira olishi.
d. Barcha javoblar to‘g‘ri.
20. O‘qituvchi pedagogik qobiliyatini namoyon etuvchi yordamchi
xususiyatlarni belgilang?
Aql-idrokning muayyan turlari: hozirjavoblik, sobitqadamlik.
O‘qituvchining nutqi: notiqlik san’ati, so‘z boyligi.
Aktyorlik xususiyati: mimika va pantomimika, xayoliy fantaziya.
Barcha javoblar to‘g‘ri.
Do'stlaringiz bilan baham: |