19. Uzluksiz ta’lim tizimi turlarini belgilang?
O‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, kadrlar malakasini oshirish.
Bolalar bog‘chasi, umumta’lim maktabi, institut, akademiya, malaka oshirish universitetlari.
Bog‘cha, maktab, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar, universitetlar, malaka oshirish institutlari.
Maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, maktabdan tashqari ta’lim.
20. Alisher Navoiyning qaysi asarida ustoz-murabbiy haqida fikrlar bayon etilgan?
«Qush tili» asari.
«Mahbub ul-qulub» asari.
«Xazoyinul maoniy» asari.
«Hayrat ul abror» asari.
21. “Ustoz shogirdlariga qattiq zulm ham, haddan tashqari ko‘ngilchanlik ham qilmasligi lozim”. Ushbu fikr qaysi allomaga tegishli?
Abu Rayhon Beruniy.
Alisher Navoiy.
Abu Nasr Forobiy.
Abu Ali ibn Sino.
22. O‘qituvchining nutqiy faoliyatida asosan nimalarga e’tibor beriladi?
Diapazon, tembr, nutq generatoriga.
So‘zlash, mutolaa qilish va eshitishga.
Energetik ovozning tembri va hajmiga.
Diapazon hajmi va nutq generatoriga.
23. K.D. Ushinskiyning asosiy psixologik-pedagogik asarini belgilang?
Pedagogik adabiyotning ahamiyati to‘g‘risida.
O‘qituvchilar seminariyasining loyihasi.
Ona tili.
Bolalar dunyosi.
24. Pedagogik faoliyatda mehnat malakasi deb nimaga aytiladi?
Bir xil tarzda, ishchining tanasi, oyog‘i, qo‘li, barmoqlari bilan predmetni ko‘chirish yoki ushlash uchun ketadigan jarayon.
Tanaffuzsiz bitta yoki bir nechta inson harakat organlarining ish bajarishi.
Egallagan bilimlarini o‘zlarining hayotiy va amaliy faoliyatlarida qo‘llay bilishi.
Kam vaqt va mehnatni sarf qilgan holda xatosiz, nazoratsiz operatsiyalarning bajarilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |