14. Biror faoliyatning muvaffiyatli, mustaqil va mukammal bajarilishini ta’minlaydigan noyob qobiliyatlar birikmasi bu...?
a. Mohirlikdir.
b. Iste’doddir.
s. Mahoratdir.
d. Talantdir.
15. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning asosiy maqsadi
nimalardan iborat?
Shaxsni hayotga tayyorlash.
Ta’lim tizimini qayta isloh qilish.
Ta’lim sohasini yangilab, tubdan isloh qilish.
Mukammal bilimga ega kadrlarni tayyorlash.
16. Pedagogik mahoratni tashkil etuvchi asosiy komponentlarni
berilgan?
O‘qituvchining o‘z kasbiga sadoqati.
O‘z fanini o‘qitish metodikasini puxta bilishi.
Pedagogik qobiliyatlarini namoyish eta olishi.
Barchasi javoblar to‘g‘ri.
17. O‘quvchilar qalbiga yo‘l topa olish, ularga yondashish uchun mehrini qozonish, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilar bilan o‘zaro aloqa bog‘lashga qaratilgan o‘qituvchining pedagogik qobiliyati...?
a. O‘qituvchining kommunikativ qobiliyatidir.
b. O‘qituvchining pedagogik mahoratidir.
c. Pedagogik muloqot qila olish iqtidoridir.
d. Muomala madaniyatidir.
18. Ta’lim va tarbiya jarayonida pedagogik ta’sir ko‘rsatishning
asosiy usullari?
Talab; istiqbol; rag‘batlantirish va jazolash; jamoatchilik fikri.
Diqqat; hotira; fikrlashni va bilish qobiliyatlarini rivojlantirish.
O‘quvchining muayyan hislatlari; xarakter hususiyatlarini bilish; ishontirish.
Texnik fikrlash; mimika va pantomimika, notiqlik san’ati.
19. O‘qituvchining ta’lim jarayonini boshqarish bosqichlari?
O‘qitishga muammoviy-fanlararo yondashish, e’tiborni amaliyotga yoki qo‘llashga qaratilganligi.
Rejalashtirish, tashkil etish, o‘quv harakatlari, natijalarni baholash va tahlil qilish.
O‘qituvchi to‘g‘ri javobni formal holatda deb qabul qiladi, asosiy e’tibor o‘qitishning mazmuniga qaratilgan.
Holatlar «yuqoridan pastga» qaraladi, asosiy e’tibor nazariyaga qaratilgan, faoliyat produktiv shaklda.
Do'stlaringiz bilan baham: |