Yil:
|
2022-2023
|
Semestr:
|
1-2
|
Ta’lim shakli:
|
kunduzgi
|
Mashg‘ulotlar shakli va semestrga ajratilgan soatlar:
|
120
|
Jami auditoriya mashg’ulot soati:
|
60
|
Ma’ruza
|
30
|
Seminar mashg‘ulotlar
|
30
|
Laboratoriya mashg‘ulotlari
|
|
Mustaqil ta’lim
|
60
|
Kredit miqdori:
|
4
|
Baholash shakli:
|
Sinov va imtixon
|
Kurs tili:
|
o‘zbek
|
Fan/modulning maqsadi (MM)
|
F/MM1
|
“Falsafa” fani TDPUning ta’lim muassasalari bakalavriat barcha ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejalarining gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar blokiga kiritilib, o‘quv yilining 1-kurs tinglovchilariga o‘qitilishi rejalashtirilgan.
“Falsafa” fani insonning dunyoqarashini, uning ongini falsafa qoidalariga muvofiqlashtirib shakllantirish, jamiyat taraqqiyoti va rivojlanish qonuniyatlarini anglab olish, jamiyatda ro‘y berayotgan iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va ma’naviy hodisalar, ularning kelib chiqishi, rivojlanish yo‘nalishlarini falsafiy anglash mazkur jarayonlarni atroflicha va chuqur mushohada etish bilan bir qatorda, insonning ularga qanday munosabatda bo‘lishini aniqlab olish imkoniyatini tug‘diradi
Ushbu fanning maqsadi – talabalarda olam va odam masalalari, insonning bu dunyodagi o‘rni, hayotning mazmuni,umrining mohiyati inson ongi, tafakkuri, bilimi qanday vujudga keladi, inson qanday maqsadlarni o‘z oldiga qo‘yadi va bu maqsadga erishishning yo‘llarini o‘zining qonun va kategoriyalari orqali o‘rgatadi. Falsafa o‘zining tamoyillari orqali yangi g‘oya va nazariyalar, ijtimoiy ideallar, ma’naviy qadriyatlar shakllanishiga yordam beradi. Shuningdek olamni borliqni ilmiy izohlash, anglashga qaratilgan xilma-xil falsafiy yo‘nalishlar va fikrlarni atroflicha va batafsil o‘rganib chiqish insonning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda katta ahamiyatga ega.
Falsafani o‘rganish orqali jamiyat hayotidagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar mohiyatini tushunish, ularga falsafiy, tizimli tafakkur nuqtai-nazaridan baho berish, hamda jamiyat hayotidagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar mohiyatini tushunish, ularga falsafiy, tizimli tafakkur nuqtai-nazaridan baho berishda ko‘nikma va malakalarini hosil qilishdan iborat.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |