Fan / modul mazmuni
Mashg‘ulotlar shakli:
ma’ruza (F) I-semestr
|
Dars soat
|
|
I – Ma’ruza. Nazariya. Falsafa.
Фalsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati. Bо‘lg‘usi pedagoglarda fanni о‘qitilishining nazariy-amaliy ahamiyati.
Falsafaning predmeti, va uning boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqadorligi. Falsafaning bahs mavzui. Falsafaning asosiy muammolari. Falsafaning jamiyat hayotidagi o‘rni va uning funksiyalari. Dunyoqarash tushunchasi. Dunyoqarash darajasi va ularning aloqadorligi. Dunyoqarashning asosiy tiplari va ularning bir-biri bilan aloqadorligi. Ilmiy-falsafiy dunyoqarashning inson tafakkuri madaniyatini shakllantirishdagi o‘rni.
|
2
|
|
Ontologiya-borliq haqidagi falsafiy ta’limot
Borliq tushunchasi va uning asosiy turlari. Dunyoning moddiy birligi. Substansiya tushunchasi. Materiyaning asosiy shakllari. Harakat va rivojlanish ular o‘rtasidagi umumiylik va farq. Harakatning asosiy shakllari. Harakatning abadiyligi.
Fazo va vaqt-materiya mavjudligining ob’ektiv shakllari.Fazo tushunchasi va uning xususiyatlari. Vaqt tavsifi. Fazo va vaqt tushunchalarining ilmiy asoslari.
|
2
|
|
Gnoseologiya-bilish haqidagi falsafiy ta’limot.
Bilish-voqelikning in’ikosi.Bilish to‘g‘risidagi ta’limotlar. Bilishning ob’ekti va sub’ekti. Bilishning asosiy bosqichlari hissiy va aqliy. Inson ijodiy bilishining ko‘rinishlari. Intuitiv bilish, oldindan bilish, g‘oyibona bilish. Bilish va bilim. Amaliyot. Bilish jarayonida amaliyotning roli. Falsafada haqiqat muammosi. Nisbiy va mutloq haqiqatlar.
Ilmiy bilish va uning o‘ziga xos xususiyatlari.
|
2
|
|
Mantiq.
Tafakkur mantiqiy fikrlash asosi. Tushuncha, hukm va xulosaning fikr
teranligini ta’minlashdagi roli. Dialektik mantiq. Formal mantiq.
Matematik mantiq. Tafakkur va til mutanosibligi. Tanqidiy tafakkurning
mantiqiy xulosa chiqarishdagi roli. Sillogizm nazariyasi. Isbotlash va rad
qilishda dalillarning o‘rni. Argumentlash (dalillash)ning mantiqiy xulosa
chiqarishdagi ahamiyati. Modal mantiq qoidalari. Mantiq va ritorika.
Mantiqiy semantika. Fikr va harakat mantig‘i.
|
2
|
|
|