Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
Download 464.52 Kb.
|
2 5463100466667718345
- Bu sahifa navigatsiya:
- VIII. ADABIYOTLAR RО‘YXATI MUN D ARI JA
- Ma’ruza mashg’ulotlari materiallari 1-mavzu: Kirish . O’zbekiston tarixi fani predmeti, vazifalari va uning o’rganish manbalari
- Tarix fani ixtisoslashuvi jihatdan quyidagi guruhlarga ajratiladi
- Tarix fani vazifalari: Bilish vazifasi
- Tarbiyalash vazifasi
- Ijtimoiy xotira vazifasi
- Tarix fani metodolgiyasi
- 3. Ijtimoiy yondoshuv tamoyili
Bilim sohasi: 100000 - Gumanitar soha 1 Ta’lim sohasi: 110000 - Pedagogika 1 Ilk paleolit davri jahon tarixida 3 mln yillikdan to – 100 ming yilliklargacha davom qilgan. O‘zbekistonda ilk paleolit davri miloddan avvalgi 1 million yildan 100 ming yillikkacha davom etgan deb hisoblanar edi. Lekin keyingi davrlarda olib borilgan tadqiqotlar bu sanani yanada qadimiylashtirdi. Arxeologik davrlashtirishning yangi metodi asosida uni 2 mln yillikdan 200 mingginchi yillargacha davom qilganligi aniqlandi. Shu paytgacha O‘zbekiston xududida olduvay davri manzilgohlari topilmagan deb kelinar edi, lekin keyingi yillarda arxeologiyada qilingan yangiliklar Selungur makonidan topilgan tosh qurollarining Olduvay makondan topilgan tosh qurollar bilan o‘xshash tomonlarini aniqlanib, uni 1,2 mln yillarga mansub deb topdilar. 16 O‘zbekiston xududidan ashel davriga oid ko‘plab makonlar topilib tadqiq qilindi va qilinmoqda. Bunda U.Islomov, K.A.Kraxmal, M.Qosimov, R.Sulaymonov, T.Omonqulovlarning tadqiqotlari diqqatga sazovordir. 17 Ilk paleolit davrida mehnat qurollari tosh, suyak va shoxlardan yasalgan. Ulardan faqat tosh qurollargina bizgacha yetib kelgan. Olduvay bosqichida odamlar eng primitiv usulda yasalgan qo‘l cho‘qmorlari (ruchnoe rubilo)lardan foydalanganlar. Mazkur qurollarni yasash uchun dastlab, odamlar qulay shaklga ega bo‘lgan (ko‘proq yapaloq shakldagi) qayroqtoshni topib, tosh boltalar yordamida uning bir uchiga urib, uchirib ishlov berganlar. U paytning tosh bolg‘alari (otboyniklar) og‘irligi 0,5 kgdan oshmagan oddiy qayroqtosh bo‘lgan. Bu xildagi tosh bolg‘alar yordamida qo‘l cho‘qmorlariningina emas, balki tosh o‘zaklarini ham yasay bilishgan. Qo‘l cho‘qmorlari odatda bir tomoni bodomga yoki yurakka o‘xshab, to‘mtoq bo‘lgan, lekin uni qo‘l bilan ushlash qulay bo‘lgan. Ikkinchi, qarama–qarshi tomoni esa, o‘tkir uchli bo‘lib, bu tomoni kesish, chopish, kovlash kabi vazifalarni bajargan. Ajdodlarimiz shu qurollar yordamida ov qilganlar, ildiz kovlaganlar, go‘shtni maydalaganlar, terilarni shilganlar. Odamning qo‘li esa dasta vazifasini bajargan. Ibtidoiy davrlarda mexnat qurollarning yasalish uslublari A.A.Semenyonovning 1964 yilda nashr qilingan “Ibtidoiy texnika” (Pervobыtnaya texnika) kitobida keng taxlil qilib berilgan. Tadqiqotchilarning fikricha qo‘l cho‘qmorlari 3 mln yil ilgari paydo bo‘lgan. Bular insonning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Ilgari davrlarda insonning paydo bo‘lishi 1 mln yil deb belgilangan edi. Lekin keyingi davrlarda Efiopiyaning Vest–Gona yodgorligining ingliz arxeologlari tomonidan o‘rganilishi natijasida arxantroplarning (arxantroplar deyilganda ilk paleolit davrida yashab o‘tgan odam zoti ajdodlari tuchuniladi.) suyak qoldiqlari va mehnat qurollari tarixi 3 mln yil deb belgilandi. Bu arxeologiya sohasida amalga oshirilgan katta yutuqlardan biri edi. 17 Olduvay davri odamlari terimchilik va ovchilik bilan shug‘ullanganlar. Ular to‘da bo‘lib ov qilib, yirik yirtqich hayvonlarni tutib iste’mol qilishgan. Odamlarning to‘da bo‘lib yurishlari natijasida o‘zlarini turli tabiat hodisalaridan va yirtqich hayvonlardan himoya qilganlar. Bu davr odamlari tabiatga to‘la qaram bo‘lib uy–joy qurilishini ham, olovdan foydalanishni ham bilmaganlar. Yirtqich hayvonlardan esa, oddiy va dag‘al qurollar bilan himoyalanganlar. Tabiat ham insonlar yashashi uchun qulay, issiq bo‘lgan. 17 Ashel davriga kelib odamlar birmuncha taraqqiyot darajasiga erishganlar. Endi kishilar turli tog‘, daryo jinslari, asosan chaqmoqtoshdan qurol yasashni o‘rgana boshlaganlar. Qurollarni ishlash texnikasi birmuncha takomillashgan. Chaqmoqtosh qo‘l cho‘qmorining ikka tomoninga ham qo‘pol kertish yo‘li bilan ishlov berilgan. Kertish davomida vujudga kelgan turli uchrindilardan turli narsalarni kesishda foydalanganlar. Uchrindilar qirra tomonlari mayda kertish usuli bilan o‘tkirlangan va keskich asboblari sifatida foydalanilgan. Uchburchaksimon tosh uchrindilariga ko‘proq ishlov berilgan. Asta–sekin tosh qurollarining turi ko‘paya boshlagan. Dastlab sixcha va qirg‘ichsimon qurollar vujudga kelgan. Tosh sixcha qurollardan yog‘och qurollar yasashda va ovda nayza tig‘i sifatida foydalanilgan bo‘lsa, qirg‘ichlardan kiyim–kechak uchun hayvon terilariga ishlov berishda foydalanganlar. Bu davrda tabiat iqlimi soviy boshlagan. Odamlar tabiiy sharoitga moslashib, boshpana sifatida g‘orlarni o‘zlashtirganlar va tabiiy olovdan foydalana boshlaganlar. Shuni aytish kerakki, ibtidoiy odamlar barcha g‘orlarda ham yashamaganlar. Odatda tagi tuproqli, quyosh nuri tushadigan, chashma suvi yaqin, ovchilik va terimchillikka qulay g‘orlarda yashaganlar. Olduvay davri makonlari ko‘ra, ashel davri makonlari ko‘proq uchraydi. Bu odamlarning u davrga nisbatan ko‘paya boshlaganidan darak beradi. 17 O‘zbekiston hududida ashel davrida yoz issiq, quruq, qish esa sovuq bo‘lib, yog‘ingarchilik kam bo‘lgan. Shu davrda havo issiq, geografik muhit mo‘tadil bo‘lgan. Ashel davri oxiriga kelib havo keskin ravishda sovugan, chunki muzlik davri boshlangan. Bu davrda Yevropa hududini muzlik qoplagan, tropik o‘lkalarda esa yomg‘ir davri boshlangan. O‘rta Osiyoning tog‘li zonalarida muzliklar hosil bo‘lgan. Pasttekisliklarda esa yomg‘irlar uzluksiz yog‘ib, ko‘l va daryolar hosil bo‘ldi. Havo goh sovub, goh iliq bo‘lib turgan. Xuddi shu davrda insonlar olov xususiyatlarini o‘rganib olib, olovdan foydalana boshlaganlar, bu miloddan 600––500 ming yil muqaddam sodir bo‘lgan. 17 O‘rta paleolit davri ilmiy adabiyotlarda muste davri deb nomlanadi. Bu davrga oid moddiy yodgorliklar dastlab Fransiyaning Muste g‘or makonida topilgani uchun shunday nom olgan. O‘rta paleolit davrining xronologiyasi ilgarigi adabiyotlarda mil.avv. 100–40 ming yilliklar deb hisoblanar edi, lekin keyingi yillarda olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, u 200 –100 ming yilliklar bilan belgilandi. O‘rta paleolit davri yodgorliklari jahon fanida muste va levallua–muste (rivojlangan davri) bosqichlariga ajratib beriladi. O‘zbekiston arxeologiyasida ham shu bo‘linishlar qabul qilingan bo‘lsa–da, tadqiqotchilar o‘rta paleolit davrining mahalliy o‘ziga xos jihatlarini e’tiborga olib, uning 4 ta mahalliy guruxini ajratib ko‘rsatadilar: muste, levallua, levallua–muste, soan. Buni dastlab V.A.Ranov taklif qilgan va unga toshni paraqalashdagi o‘ziga xos texnikaviy uslubni asos qilib olgan. 17 Reja: 52
Xorazmda birinchi marta o‘z tangasi og‘irligi 13-16 69 17-mavzu: O’rta Osiyo xalqlari Turk xaqonligi tarkibida (VI - VIII asr boshlari) (2 soat) 91 Reja: 91 17-mavzu: Arablarning O’rta Osiyoga bostirib kirishi. (2 soat) 93 20-mavzu: Somoniylar davlati. (2 soat) 107 Reja: 107 4.So`fiylik ta’limoti. 121 24-mavzu: O’zbek xalqining shakllanish jarayoni. (2 soat) 131 Reja: 131 2. O’zbek etnogenezining boshlanishi va yakuniy nuqtasi 131 Reja: 157 Reja: 158 3.G‘aznaviylar davlatining tashkil topishi 158 Reja: 158 Reja: 158 6.So`fiylik ta’limoti. 158 Reja: 158 Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar 177 Tuzuvchilar: 177 24.Buyuk siymolar, allomalar.T., “Meros” (uchta kitob), 1995, 1996, 1998. 200 Bilim sohasi: 100000 - Gumanitar soha 201 Ta’lim sohasi: 110000 - Pedagogika 201 VIII. ADABIYOTLAR RО‘YXATI MUNDARIJA
Ma’ruza mashg’ulotlari materiallari 1-mavzu: Kirish. O’zbekiston tarixi fani predmeti, vazifalari va uning o’rganish manbalari (4 soat) Reja O’zbekiston tarixi, predmeti va ob’ekti. O’zbekiston tarixi fani vazifalari va uning dolzarb muammolari. O’zbekiston tarixi fanini o’rganish manbalari Tarix - inson hayoti uchun, kelajagi uchun eng zarur dasturamal. Tarix o‘tmish voqealari bayoni bilan insoniyatning buguni va ertasi uchun poydevor yaratadi. Uning ma’naviy dunyosini boyitadi va jamiyatda sog‘lom fikrli kishilarning safini ko‘paytiradi. Insoniyat nimaiki kashf qilmasin, ixtiro qilmasin uning zaminida tarixiy sharoit yotadi. Tarixiy sharoitning qanday rivojlanayotganligini tarixiy taraqqiyot tushuntiradi. Shuningdek, tarixiy taraqqiyotga baho berish zaminida tarixiy taxlil yotadi. Tarix- insoniyat uchun doimo yashashi uchun qurol, kelajagi uchun asosiy yo‘riqnoma bo‘lib kelgan. Tarixiy jarayonlar taxlili inson ongini charxlaydi, fikrlashga undaydi, bugungi kun voqealarini taxlil qilib, yaxshi yashashi uchun imkoniyatlar yaratadi. Ozbekistonning 1-Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, “Inson uchun tarixidan judo bo‘lish – hayotdan judo bo‘lish demakdir”1. Tarixiy xotirasi bor inson irodali inson hisoblanadi. Har bir inson o‘z o‘tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yo‘ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi, o‘zlikni anglashning eng muxim zamini sanaladi. Inson ma’naviy kamolati asosida tarix yotadi. Yangi ixtirolar-bizning dunyodagi insoniyat tarixi haqidagi bilimlarimizni kengaytirishga va chuqurlashtirishga xizmat qiladi. Tarixning kishilik jamiyati hayotida muxim o‘rin egallashini har doim e’tirof qilib kelingan. Kishilik jamiyati rivojlanar ekan, uning xar bir soniyasi odamlar bilan, ularning taqdiri bilan, ularning dunyoqarashi va faoliyati bilan chambarchas bog‘liq holda rivojlanadi. Tarix zaminida dunyoga kelgan har bir odam taqdiri mujassam. Shu sabab biz tarixga bee’tibor bo‘la olmaymiz. I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” asarida tarix va ma’naviyatning hayotdagi muxim o‘rnini quyidagicha izohlagan: “dunyodagi zo‘ravon va tajovuzkor kuchlar qaysi bir xalq yoki mamlakatni o‘ziga tobe qilib, bo‘ysundirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqchi bo‘lsa, avvalambor, uni qurolsizlantirishga, ya’ni eng buyuk boyligi bo‘lmish milliy qadriyatlari, tarixi va ma’naviyatidan judo qilishga urinadi. Buning tasdig‘ini uzoq va yaqin tarixdagi ko‘p-ko‘p misollarda yaqqol ko‘rish mumkin.”1 Tarixni real, ob’ektiv yoritish har doim dolzarb masala bo‘lib kelgan. Jamiyatda tarix so‘zi ikki xil ma’noda ishlatiladi: 1) Tabiat va jamiyatdagi har qanday rivojlanish jarayoni. Shu ma’noda olamning yaratilish tarixi, Yer tarixi, barcha fanlar tarixi va b. tushuniladi; 2) insoniyat va uning mahsuli bo‘lgan tamaddunlar rivoji, jamiyat va davlatlar o‘tmishi taraqqiyoti jarayonini o‘rganuvchi fan2 hisoblanadi. Insoniyat tarixini o‘rganuvchi fan –tarix deb atalib, u insoniyat tarixining barcha jabhalarini o‘zida qamraydi. Tarix so‘zi ilk marotaba mil.avv.V asrda grek mutafakkiri Geradot tomonidan “Istoriya” tariqasida, ya’ni o‘tmish voqealari bayoni ma’nosida ishlatilgan bo‘lsa-da, uning ildizi odamzotning shakllanish davrlar bilan bog‘liq. “Tarix” so‘zi esa, arabchadan olingan bo‘lib “O‘tgan voqealar haqida hikoya” degan ma’noni anglatadi. Turli ijtimoiy va gumanitar fanlar jamiyat hayotining alohida jihatlarini o‘rgansa, tarix fanining tadqiqot ob’ekti — aholi, jamiyat, mamlakat, davlat hayotining o‘tmishi va hoziri haqidagi faktlarni yig‘ish, taxlil qilish, to‘plangan bilimlarni ma’lum bir tizimga solish va nazariy jihatdan umumlashtirishdir. Uning predmeti esa, o‘tmish va hoziri davridagi taraqqiyot jarayonlarini nazariy jihatdan umumlashtirish, ma’lum bir tizimga solib, qonuniyatlarini tadqiq qilish, o‘tmishda sodir bo‘lgan jarayon va hodisalar orasidagi o‘zaro bog‘liklikni va davomiylikni, sabab va oqibatlarini asoslab berish hisoblanadi. Tarix fani o‘tmishda sodir bo‘lgan jarayon va hodisalar orasidagi o‘zaro bog‘liklik, ularning ildizi, tarixni harakatlantiruvchi sabablar, uning mantig‘i va ma’nosini ko‘rish imkonini beradi. Ijtimoiy va gumanitar fanlar tarix tadqiqotlari natijalariga tayanadi. Fanlararo yondoshuv jamiyat haqidagi yaxlit tasavvurni shakllantirib, o‘tmishni va hozirni anglash orqali jamiyat rivoji istiqbolini ko‘ra bilishdek muhim vazifani xal qiladi. 20-yillar arxeologiyasi bizning dune bilimlari xakidagi biimlarimizning chegarasini yuna bir bor ortga siljit Tarix fani ixtisoslashuvi jihatdan quyidagi guruhlarga ajratiladi: 1 –guruh jamiyatning butun tarixini o‘rganuvchi – Jahon tarixi fani hisoblanadi. Uning bir qator sohalari bor; ibtidoiy jamiyat tarixi, qadimgi davr tarixi, o‘rta asrlar davri tarixi, yangi davr va eng yangi davr tarixi. Shuningdek, bu guruh tarixning yana quyidagi sohalarining o‘zida qamragan: a) xududiy-geografik tamoyilga ko‘ra-alohida mamlakatlar, davlatlar, xalqlar tarixi. b) ma’lum bir muammo yoki masalaga aloqador tarixiy voqealar tarixi. Masalan, uyg‘onish davri, salb yurishlari, jahon urushlari va hk. v) mikro tarix - qishloqlar, shaxarlar, shaxslar tarixi. g) jamiyatning alohida sohalari tarixi - harbiy, tibbiyot, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, din, fan, xotin-qizlar, tender tadqiqotlari, san’at, intellektual, madaniyat, diplomatiya, davlatchilik va hk. tarixi. 2-guruhni maxsus tadqiqot ob’ektiga ega bo‘lgan tarix fanlari va fanlar tarixi tashkil qiladi. Maxsus tadqiqot ob’ektiga ega bo‘lgan tarix fanlariga antropologiya, arxeologiya, etnografiya, manbashunoslik, arxeografiya, paleografiya, geraldika, numizmatika, arxivshunoslik va b. kiradi. Mazkur fanlar tadqiqot natijalari yordamida tarixning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy masalalari oydinlashadi va isbotlanadi Fanlar tarixi esa, fanlarning ehtiyojidan kelib chiqadi, bunda fanlarning o‘tmishdagi rivojlanishi, tadqiqoti kabi masalalar o‘z yechimini topadi. Bunga tabiiy fanlar tarixi, texnika tarixi, davlat va huquq tarixi va b. kiritish mumkin. Tarix fani vazifalari: Bilish vazifasi tarixiy rivojlanish qonunlarini aniqlash va taxlil qilishdir. Bunda insoniyat tarixidagi barcha jarayon va taraqqiyotni ob’ektiv jihatdan yoritish orqali barcha mamlakat va xalqlarning tarixiy taraqqiyotining o‘ziga xosligi va rivojlanishini tarixiylik nuqtai nazardan baholash orqali o‘quvchilarning intellektual rivojlanishi ta’minlaydi. Tarbiyalash vazifasi fuqarolik, axloqiy fazilatlar va qadriyatlarni tarixiy misollar orqali shakllanishida muxim ahamiyat kasb etadi. Bashorat qilish vazifasi o‘tgan davr va hozirgi davrdagi tarixiy voqealar tahlili asosida kelajakni oldindan ko‘rsata olish va jamiyat taraqqiyotini izchil rivojlanishini ta’minlash Ijtimoiy xotira vazifasi jamiyat va shaxsning rivojlanishi va o‘ziga xos shakllanishida tarixiy bilim yetakchilik vazifasini bajaradi. Amaliy ko‘rsatmalilik vazifasi tarixiy bilimga asoslangan holda ilmiy asoslangan siyosat yo‘nalishini ishlab chiqish mumkin. Tarix fani metodolgiyasi. Metodologiya – tadqiqot usullarini, tarixiy dalillarni taxlil qiladigan, ilmiy dunyoqarashning shakllanish yo‘llarini o‘rgatadigan fandir. Tarixiy dalillarni o‘rganishning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: 1. Tarixiylik tamoyili - tarixiy hodisalarni rivojlanishda, aniq tarixiy sharoitga mos holda o‘rganish lozimligini ilgari suradi; 2. Ob’ektivlik tamoyili – bu tadqiqotchiga hodisalarning ko‘p qirraligi va qarama qarshiligining barcha jihatlarini hisobga olgan holda ob’ektiv o‘rganish uchun asos bo‘ladi. 3. Ijtimoiy yondoshuv tamoyili- hodisa va jarayonlarni aholining turli qatlamlarining ijtimoiy manfaatlarini hisobga olgan holda, partiya, davlat va shaxslarning amaliy faoliyatidagi su’ektiv jarayonlarni taxlil qilishni ilgari suradi; 4. Alternativlik tamoyili- ob’ektiv taxlil qilish asosida real sharoit, hodisa yoki voqealarning ehtimollilik darajasini belgilab beradi. Tarix fani turli xalqlar qanday yashaganligi, ularning hayotida qanday voqealar sodir bo‘lganligi, odamlar hayoti qanday va nima uchun o‘zgarib, hozirgiday bo‘lib qolganligini o‘rgansa, O‘zbekiston tarixi esa shu ona-zaminimizda o‘tmishda yashagan xalqlarning hayoti va ularning rivojlanishi jarayonida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar, voqealar, ularning turmush tarzi, iqtisodi, madaniyati va shu kabilarni to‘laligicha o‘rganadigan fandir. Yurtboshimizning shu haqidagi fikrlari katta ahamiyatga egadir. “Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o‘z yurti, tili, madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, o‘zligini anglashga qiziqish ortib bormoqda. Bu tabiiy hol. Odamzod borki, avlod-ajdodlari kimligini, nasl-nasabini, o‘zi tug‘ilib voyaga yetgan qishloq, shahar, xullaski, Vatanining tarixini bilishni istaydi”. "O‘zbekiston tarixi" fanining vazifalari quyidagilardan iborat: - O‘zbekiston Respublikasi tarixining barcha jarayon va taraqqiyotini ob’ektivlik, xolislik va tarixiylik nuqtai nazaridan o‘rgatish va insonlarni intellektual jihatdan rivojlantirish; - Insonlar dunyoqarashini tarix asosida kengaytirish. Tarixiy dalillar har doim ilmiy asosga ega bo‘lib, to‘g‘ri dunyoqarashning shakllanishiga zamin yaratgan.
O’zbekiston tarixini yoritishda qaysi manbalar asos bo’lganligi ham g’oyat katta o’rin tutadi. Sovet hokimiyati yillarida yozilgan O’zbekiston tarixiga oid foydalanilgan adabiyotlar uchun marksizm-leninizm, KPSS hujjatlari, Kommunistik partiya va Sovet davlati rahbarlarining ma’ruza, nutq, maqola va asarlari, Rusiya, Rim tarixchilari, adiblari va olimlarining asarlari asosiy manba bo’lib xizmat qilgan. Vatanimiz tuprog’ida tug’ilib, o’sib voyaga yetgan va kamol topgan Beruniy, al Xorazmiy, Ibn Sino, Farobiy, Ahmad Farg’oniy, Yusuf Xos Xojib, Mahmud Qoshg’ariy, Narshaxiy, A.Navoiy, Mirzo Ulug’bek, Nizomiddin Shomiy, Sharafuddin Ali Yazdiy, Xondamir, Zahriddin Muhammad Bobur va boshqa juda ko’plab dunyoga mashhur alloma va mutafakkirlarning qimmatli asarlari va meroslari esa deyarli e’tibordan chetda qolgan. Bulardan tashqari, turli davrlarda yaratilgan tarixiy manbalar ham e’tibordan chetda qoldi. O’zbekiston tarixini yaratish va o’rganishda uning manbalarini bilish g’oyat katta ahamiyatga ega. Bunday manbalar quyidagilardan iborat: O’rta Osiyo xalqlarining eng qadimgi va qadimgi tarixi asosan 2 ta manba asosida o’rganiladi. Birinchisi, moddiy manbalar, ikkinchisi, bizgacha yetib kelgan turli xil yozma manbalardir. Moddiy manbalar tariximizning barcha davr va bosqichlariga oid yodgorliklardir. Ular orqali tariximizning qadimgi va o’rta asrlar davrlari to’g’risida to’liq ma’lumotga egamiz. Tariximiz to’g’risidagi yozma manbalar juda xilma-xildir. O’rta Osiyo xalqlarining qadimgi davri haqidagi dastlabki yozma manbalar bizgacha Eron ahmoniylarining toshga bitilgan mixxatlari orqali bizgacha yetib kelgan.ahmoniylar podshosi Doro I o’z hukmronligini abadiylashtirish maqsadida Kirmonshohdan Hamadonga ketadigan yo’l yuzasidagi Bixistun qoyasiga xat bittiradi. Ana shunday xatlar ahmoniylar poytaxti Persopol saroyining bosh devorlariga, Doro qabri ustiga qo’yilgan toshga bitilgan. Ular asosan uch tilda – qadimgi fors, elam va vavilon tillarida yozilgan bo’lib, ulardan ahmoniylarga tobe bo’lgan xalqlar va ularning mamlakatlari eslatiladi. Masalan: Bixistun qoyalari yozuvlarida Marg’iyona, Baqtriya, Xorazm va Sak qabilalari to’g’risida yozilgan. O’rta Osiyo xalqlari to’g’risida xabar beruvchi ikkinchi manba Zardushtiylarning «Avesto» kitobidir. Unda O’rta Osiyoning qator viloyatlari eslatib o’tiladi, hamda o’sha davr ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayoti yoritiladi. O’rta Osiyo xalqlar tarixi va madaniyati to’g’risida ma’lumot beruvchi uchinchi manba qadimgi Yunon tarixchilari va geograflari asarlaridir. O’rta Osiyo xalqlari haqida Gerodot (mil.avv.V asr), Polibey (mil.avv.II asr), Ptolomey (II asr), Arrion (II asr), Kvint Kursiy Ruf (I asr) va boshqalar ma’lumotlar qoldirganlar. O’rta Osiyo xalqlari tarixi haqida ma’lumot beruvchi to’rtinchi guruh yozma manbalar Xitoy tarixchilaridan Si-Siyaga Szyan (mil.avv. II-I asr) «tarixiy yilnomalar» va Bon Gunning (mil.avv. I asr) «Birinchi xon dinastiyasining tarixi» asarlaridir. O’zbekiston tarixi fani xalq maorifi tizimining barcha tarmoqlarida o’zining jamiyat hayotida tutgan o’rni va mavqyeiga ko’ra asosiy va yetakchi fan hisoblanadi. Shu boisdan ham bu fan Vatan tarixining ibtidosi o’lkashunoslik ekanligini e’tiborga olgan holda umumta’lim maktablarida, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlarining barcha mutaxassisliklarida, qaysi kasb-hunarni egallashdan qat’iy nazar bir hajmdagi soatlarda o’qitiladi. Bu O’zbekiston tarixi fani oldiga qo’yilgan oliyjanob vazifalar bilan bevosita bog’liqligini quyidagilarda ko’rish mumkin: Birinchidan, O’zbekiston tarixi mustaqil O’zbeksiton yoshlari ongida siyosiy, nazariy, ilmiy dunyoqarashni shakllantirishi, voqea va hodisalarga tarixiy nuqtai nazardan yondoshadigan har tomonlama yetuk, barkamol insonni tarbiyalash lozim. Ikkinchidan, O’zbekiston tarixi mustaqil O’zbekiston yoshlari ongida milliy vijdonni uyg’otib, uning shakllanishiga ko’maklashadi. Yoshlar ajdodlarimizning taraqiyot yo’lini, tarixiy tajribalarini o’qib-o’rganganlaridagina ularda istiqlol tafakkuri, hozirgi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy-ma’rifiy turmushni o’tmish bilan qiyoslash va kelajakka nazar solish tuyg’usi shakllanadi. Uchinchidan, O’zbekiston tarixi fani yoshlarimizni baynalminalchilik ruhida tarbiyalash qurolidir. Yoshlarimiz bu fanni o’qish, o’rganish va mutolaa qilish jarayonida O’zbekiston jahon hamjamiyatining ajralmas tarkibiy qismi va bir bo’lagi ekanligini tushunib oladilar. O’zbek xalqi va buyuk allomalarimiz, fan va madaniyat arboblarimizning jahon taraqiyoti va sivilizasiyasiga qo’shayotgan munosib hissasi bilan qonuniy suratda faxrlanadilar. To’rtinchidan, O’zbekiston tarixi fani yosh avlodni ulug’ xalqimizning milliy qadriyatlari va axloqiy fazilatlari: halollik, poklik, odillik, adolatlilik, insonparvarlik, rostgo’ylik, mehnatsevarlik va kamtarlik, iymon va e’tiqodlilik ruhida tarbiyalamog’i, Vatan va xalq oldidagi burchga sadoqat qaror toptirmog’i darkor.6 Prezidentimiz I.Karimov o’zining «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q» degan risolasida bunday deb yozgan edi: «Biz komil inson tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor sohasi deb e’lon qilganmiz. Komil inson deganda biz, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq atvori bilan o’zgalarga ibrat bo’ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz. Ongli, bilimli odamni oldi-qochdi gaplar bilan aldab bo’lmaydi. U har bir narsani aql, mantiq tarozisiga solib ko’radi. O’z fikr o’yi, xulosani mantiq asosida qurgan kishi yetuk odam bo’ladi. Shunday ekan bizga xohlang iqtisod, xohlang siyosat, xohlang tarix ma’naviyat sohalari bo’lsin, bemalol bahslasha oladigan bilimdon, zukko, ma’rifatli odamlar kerak» - dedi, yana fikrini davom ettirib Prezidentimiz. Xo’sh, tarixning ma’naviyatimizda tutgan o’rni qanday deb savol berib, bunday dedi: «Tarixni yaxshi bilmasdan turib, yuksak ma’naviyatga erishish mumkinmi? Albatta mumkin emas. Ma’naviyatni tiklashi, tug’ilib o’sgan yurtida o’zini boshqalardan kam sezmay, boshini baland ko’tarib yurishi uchun insonga, albatta, tarixiy xotira kerak. Tarixiy xotirasi bor inson irodali inson, takror aytaman, irodali inson. Jamiyatning har bir a’zosi o’z o’tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yo’ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o’rgatadi, irodasini mustahkamlaydi», - dedi. Hozirgi davr sharoitida ma’naviyat masalasini tushunishda uning mohiyati, maqsadini anglash, his qilishda yurtboshimiz Islom Karimovning asarlarini o’rganishni katta ahamiyatga ega deb bilamiz. Bu borada «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q», «Istiqlol va ma’naviyat» deb nomlangan to’plami hamda «Barkamol avlod orzusi», «Buyuk kelajak sari» kitoblari alohida o’rin egallaydi. Mustaqillik yillarida bizning sharoitimizda ma’naviyat yo’lidagi eng muhim masala bu boy tarixiy merosimizni chuqur o’rganish, ijtimoiy adolatni mustahkamlash, har bir oilaning moddiy va ma’naviy mustahkam bo’lishini ta’minlashdir. Bu yo’l orqali kishilarda yangicha fikrlashni, his tuyg’ularni shakllantirish, qisqasi insofli, diyonatli insonni yaratishdir. Yangicha his-tuyg’ular, fikr va dunyoqarashlar o’z-o’zidan, bir zum shakllanmaydi. Buning uchun jamiyatning har bir a’zosi, ayniqsa, yoshlar, talabalr jonbozlik ko’rsatishlari lozim. Demokratik jamiyat qurish jarayonida faoliyatimizning har bir qirrasi, yo’nalishi jamiyat, xalq, inson manfaatlari yo’lida xizmat qilish g’oyalari, his-tug’ulari uzviy bog’langan bo’lishi lozim. Yo’qsa, demokratik jamiyatning o’zi ham bo’lmaydi. Inson moddiy jihatdan to’la ta’minlangan bo’lishi mumkin. Lekin, unda xalq bilan birga bo’lish, xalq uchun xizmat qilish kabi ichki ruhiy xislatlar bo’lmasa, avvalo bundaylarni o’zi ozod inson bo’lmaydi. U moddiy boyliklarning quli bo’lib qoladi. Ma’naviyat inson va jamiyat manfaatlariga munosib turmush-sharoitlari barpo qilish yo’lida go’zal, ko’rkam va komil insonlarni yaratish uchun xizmat qiladi. Faqat ma’nafiyatgina insonni yetuk inson bo’lib yashashini to’la ta’minlaydi. Ma’naviyatsiz haqiqiy inson bo’lmaydi, chunki u yashashni ma’nosini bilmaydi. Demak, yuqorida aytilganlardan xulosa chiqarib, «o’z tarixini bilgan, ruhiy quvvat oladigan xalqni yyengib bo’lmas ekan, biz haqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur. Tarix bilan qurollantirish yana bir bor qurollantirish zarur», - deb yozadi I.A.Karimov. Prezident Islom Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi XI sessiyasida «Baprkamol avlod – O’zbekiston taraqiyotinin poydevori» degan mavzudagi nutqni barkamol avlod tarbiyalab yetishtirishda bugungi kunda oldimizga qo’yilgan buyuk maqsadlarimizga erishishimiz, jamiyatning yangilanishi, hayotimiz taraqiyoti va istiqboli amalga oshirayotgan islohotlarimiz, rejalarimiz samarasi taqdiri – bularning barchasi avvalombor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, eng yaxshi, yetuk mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog’liqligini barchamiz anglab yashamoqdamiz», - deb «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni qabul qildi. Download 464.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling