Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
Download 464.52 Kb.
|
2 5463100466667718345
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10 -mavzu: Aleksandr Makedonskiyning O‘rta Osiyoga istilochilik yurishlari. ( 2 soat) Reja
98-mavzu:Аҳамонийларнинг Ўрта Осиёга бостириб кириши ва ҳукмронлиги (2 soat) Reja: O’rta Osiyo Eron Axamoniylari imperiyasi tarkibida. Marg’iyonada ko’tarilgan xalq kurashlari. Axamoniylarga qarshi sak va massagetlarning kurashlari. Axamoniylar xukmronligi darida ijtimoiy-siyosiy hayot O‘zbekistonning qadimgi davr tarixini o‘rganishda keyingi yillarda katta yutuqlar qo‘lga kiritilayapti. Bunda asosan O‘zbekiston hududida olib borilayotgan arxeologik tadqiqot ishlarining ahamiyati katta hisoblanadi. O‘zbekiston tarixida Axamoniylar hukmronligi davri yoritilgan bo‘lsa-da, ularning O‘rta Osiyoga bostirib kirish jarayonlari ko‘pincha, To‘maris va Shiroq afsonalari asosida yoritilib o‘tiladi. Bunda ham asosan, Geradot ma’lumotlariga asoslanib fikrlar beriladi. Axamoniylarning O‘rta Osiyoga hujumi mil.avv.540 yillarda Kir II (558-530) tomonidan boshlangan bo‘lib, 519 yilda Doro I (522-486)davrida tugatilgan. Bu jarayonlarning izlari arxeologik manbalarda ham o‘z aksini topgan. O‘rta Osiyoning janubiy viloyatlari Kir II tomonidan bosib olinganligini arxeologik tadqiqotlar jarayonida tasdiqlangan. Shimoliy Baqtriyadagi Bandixon 2 qal’asi mil.avv. 6 asrda buzilganligi va yong‘in izlari aniqlangan. Yongan don va yog‘ochlar ham topilgan. Bandixon 2 ning minorasi 10-20 kgli palaxmon toshlar bilan to‘lgan. Bu esa, devor teshar qurollardan foydalanganliklaridan guvoh beradi. Bandixondan 40km shimoli sharqda joylashgan Qiziltepaning arki va qo‘rg‘oni ham katta yong‘in natijasida v ayron qilingan. Qizilcha 6 yodgorlikda yong‘in qatlami 25-30 smni tashkil qiladi. Shundan keyin Bandixon 2 yodgorligi tashlab ketilgan bo‘lsa, Qiziltepaning minorasi va ximoya devori loy bilan to‘ldirilib, mustaxkam bir butun 10 m qalinlikdagi devor hosil qilingan. Surxon vodiysidagi Tallashkan tepa yodgorligida ham shunday holat kuzatiladi. Qashqadaryo xududidigi Uzunqir va Daratepadagi ham yong‘in izlari bor. Marg‘iyona xududdidagi Yaztepa ham qattiq jangdan keyin vayron holga kelgan va undan keyin u еrda aholi qayta yashamagan. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, Baktriya, Marg‘iyona, Sug‘diyona va Xorazm Axamoniylar bilan uzoq olib borilgan janglardan keyin bosib olingan. Ktesiy bu haqda ma’lumot yozib qoldirgan. Geradot ham bu haqda quyidagicha ma’lumot qoldirgan:”Quyi Osiyoni Garpag odamsiz qoldirdi, yuqorini Kirning o‘zi. U halqlarni birma-bir bo‘ysundirib bordi, lekin biriga ham shavqat qilmadi.” Kir II eng chekka xudud bo‘lgan sharqiy va shimoliy viloyatlarni 545 va 539 yillar oralig‘ida bosib olgan: Darangiana, Marg‘iyona, Xorasmiya, Sug‘diyona, Baqtriya, Ariya, Sak qabilalari, Sattagidiya, Araxosiya, Ganxara44. He writes: ‘Cyrus attackedBabylonia after he had reduced all the rest of Asia’, 5 that is to say, only after capturinghis most distant provinces in the north and east between 545 and 539 b.c., Drangiana,Margiana, Chorasmia, Sogdiana, Bactria, Aria, Gedrosia, the Saka tribes, Sattagydia, Arachosiaand Gandh¯ara, did Cyrus turn his attention to Babylonia. Kir II Baqtriyaliklar bilan uzoq vaqt kurash olib borgan. Bu xududlarni egallagach, Kir II massagetlar qarshi kurashib haloq bo‘ladi. Bu haqda Geradot asarida to‘liq ma’lumot saqlanib qolgan. To‘marisga Kir II yuborgan shartnomasi va Kir II To‘marisning daryoni kesib o‘tishga imkon berishi, Kir Lidiya shohi Krezning daryoni kechib o‘tish, dushman chekingan joyga qadar olg‘a harakat qilish, lagerda qo‘shinning eng no‘noq kismini, turli noz-ne’matlar va toza vino qoldirish, qolgan qo‘shinlarga daryoga tomon kaytish to‘g‘risidagi taklifini kabul kilgan. natijada o‘g‘li Sargapisning asr tushgani, To‘marisning g‘azabda Kirni tuzoqga tushurib 200 ming fors jangchisini mag‘lib etganligi haqida ma’lumotlar bor. Kir II haqida axamoniy yozma ma’lumotlarida esa, uning kasal bo‘lib vafot etganligi va o‘limidan oldin o‘g‘illariga davlatini bo‘lib berganligi haqidagi ma’lumotni uchratamiz. Kir II ning vafoti haqidagi ma’lumotni tarixda eng aniq ma’lumot hisoblanadi. Bu Bobil hujjatlarini o‘rganish natijasida aniqlangan. Bobilga Kir II nomidan yuborilgan hujjat 530 yilning 12 avgusti bilan imzolangan. Kambiz nomidan birinchi noma esa, 530 yilning 31 avgusti bilan imzolangan. Uning vorisi Kambiz Misrga qarshi kurash olib borib, uni bo‘ysudiradi. Doro I yana massagetlar ustiga yurish boshlaydi. Kambiz davrida axamoniylar saroydagi qarama-qarshiliklar natijasida O‘rta Osiyo halqlar ham axamoniylar hukmronligiga qarshi kurash boshlaganlar. Bu haqda Doro I Bexistunda yozib qoldirgan. Parfiya, Marg‘iyona, saklar g‘alayon ko‘targanlar. Marg‘iyonada Frada ismli odam qo‘zg‘olonga boshchilik qilingan. Unga qarshi Doro Dadarshish ismli lashkarboshini qarshi yuborgan. Ularni 522 yilning 10 dekabrida tor mor keltirgan. (assiyadiya oyining 23 kuni deb Bexistunda yozilgan. ) Bunda 55 ming odam o‘ldirilgan, 7 mingga yaqin odam asirga olingan. Parfiya va saklarning qo‘zg‘olonlari ham shu tariqa bostirilgan. Doro I o‘zining hukmronligining 3 yilida, 519/518 yillarga to‘g‘ri keladi. Doro ularni bo‘ysundirib, Skuxna ismli ularning yo‘lboshchisini asir oladi. Bu saklarga esa, boshqa yo‘lboshchini tayinlaganligi haqida yozib qoldirilgan. Antik avtor Polien asarida Shiroq haqida afsona saqlangan. Persopol yozuvlarida Axamoniylar davlati chegarasi haqida ma’lumot bor. Sug‘d orqasidagi saklardan, Kushagacha, ya’ni Efiopiyagacha borganligi yozilgan. Bu Sirdaryoning narigi tomonidagi saklar deb izohlanadi. Bu O‘ra tepaning shimoli-g‘arbi xududlari hisoblanadi. Bu еrda mil.avv. 6-4 asrlarga oid Nurtepa yodgorligi topilgan. Tadqiqotchilar buni Kirushkat deb taxmin qiladilar. Baqtriya Axamoniylar davlati tarkibida bo‘lib, U Sharqiy davlatlar orasida еtakchi o‘rinni egallashi bilan birga taxt uchun bo‘lgan kurashda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan. Axamoniylar davlati harbiy-ma’muriy xudud- satrapliklarga bo‘lingan. Geradot ma’lumoticha, Doro I davrida 20 ta satraplikga bo‘lingan. Shundan 4 satraplik O‘rta Osiyo xududida bo‘lgan. Satrap faqat podshoga bo‘ysunib, ular faqat forslardan tayinlangan va meros bo‘lib o‘tgan. Satrap asosan, soliq yig‘ish va jangchilarni saqlash bilan shug‘ullangan. Shuningdek, podsho bilan kelishgan holda boshqa joylarga hujum uyushtirishi mumkin bo‘lgan Axamoniylar davlatining asosiy funksiyasi soliqlarni yig‘ish bo‘lgan. Maxalliy halqlarning turmush tarzi va ichki qonuniyatlar o‘zgartirilmagan. Sotsial-iqtisodiy munosabatlar ular mustaqil faoliyat yuritganlar. Ko‘chmanchi axolining fors satrapi tomonidan emas, o‘z yo‘lboshchilari tomonidan boshqarilgan. Miloddan oldingi 518 yilga yakin podsho Doro I (522-486 yy.) davlatning ma’muriy tizimi va soliq xizmatlarini qayta tashkil etish islohotlarini boshlaydi. Baktriya, Sak, Xorazm, Parfiya, So‘g‘d va Xarayva O‘rta Osiyo hududida joylashgan edi. Ularning har biri podsho g‘aznasiga muayyan mikdorda soliq to‘lashi kerak bo‘lgan. Ushbu soliq og‘irlik o‘lchovi - talantda ifodalangan va u 25,92 talan 34 grammga kilogrammga teng bo‘lgan. Jumladan, Baktriyadan kumush bilan 360 talant undirilgan (8972 kg); saklardan - 250 talant (6230 kg); Xorazm, Parfiya, So‘g‘d va Xarayvadan jami bo‘lib 360 talant (7476 kg) undirilgan (Her. Sh). Shunday kilib, Ahamoniylar hukmronligi ostida bo‘lgan O‘rta Osiyoning butun hududidan har yili 970 talant yoki kariyb 23000 kg kumush undirilgan. Aftidan, yig‘ilgan soliqning umumiy miqdori bo‘yicha O‘rta Osiyo viloyatlari Ahamoniylar podsholigida еtakchi o‘rinlardan birida turgan. Mesopotamiya satraplari 1000 talant va Kichik Osiyo satraplari - 1000 talantdan ko‘proq to‘lashgan. Gerodotning Tejen daryosiga Akes daryosi to‘g‘risidagi mashhur hikoyasi suvdan foydalanganlik uchun Ahamoniylar g‘aznasiga to‘lanadigan soliqlar ham pul shaklida undirilganligini ko‘rsatadi. «Men,-deb yozadi Gerodot,- podsho to‘g‘onlarning suv darvozasi ochilganligi uchun odatdagi o‘lpondan tashqari katta miqdorda pul undirishini bilaman» (Yer., Sh, 117) Ahamoniylar poshologi satraplari, shu jumladan O‘rta Osiyo satraplari pul soliklaridan tashkari natura shaklidaham o‘lpon to‘lashlari kerak bo‘lgan. Jumladan, Doro I ning Suzdagi saroyi kurilishi uchun Baktriyadan oltin, So‘g‘diyonadan lojuvard kumush nitrat, Xorazmdan yarqirama rangdor toshlar keltirilgan. Persepol saroyidagi mashhur bo‘rtma rasmlarda Ahamoniylar podshosiga o‘lpon olib kelayotgan turli satrapliklarning vakillari tasvirlangan. Jumladan, baktriyaliklar idishlar va ikki o‘rkachli tuyalar bilan tasvirlangan,saklar otlar va qandaydir buyumlar olib kelishmokda, so‘g‘diyonaliklar ikkita ikki o‘rkachli tuya еtaklab ko‘llarida jom ko‘tarib olishgan, xorazmliklar esa qilichlar, bilaguzuklar va otlar bilan kelishmokda.Persepol saroyi devorida tasvirlangan ushbu buyumlar va hayvonlar Ahamoniylar imperiyasiga o‘lpon to‘lovchi har bir viloyatning o‘ziga xosligini aks ettaradi. Soliq yig‘ilishi uchun javobgarlik satraplar, nomarxaxlar, shahar boshliqlari, kishloq oqsoqrllari va kabila boshliklari zimmasiga tushgan. Podsholarning maxsus solikyig‘uvchilari va soliq yo‘rikchilari ham bo‘lgan. Bir kanchaolimlarning fikriga ko‘ra, Ahamoniylar imperiyasiningayrim satrapliklarida aholidan soliq bevosiga uning o‘zidan emas, balki ijaradorlar yordamida olingan. Kimdirpodsho g‘aznasiga o‘lponni oldindan to‘lagan va bu bilanotkupni monopoliya qilish hukukini davlatdan olgan, so‘ngraesa o‘lponni aholidan yig‘ib olgan. Bunda, albatta, yig‘iladigan soliq miklori oshirilgan. O‘rta Osiyo hududida soliqto‘lovchilardan soliq yitish texnikasi to‘g‘risidagi bevositama’lumotlar mavjud emas, biroq, bu еrda Ahamoniylarimperiyasining boshka kismlarida ko‘llanilgan fiksal tizimlardan biridan foydalanilganga o‘xshaydi.66 Geradotning yozishicha, Kurush massagetlar ustiga yurish boshlaganida massagetlar malikasi To‘maris uni bu niyatdan qaytishga, bexuda qon to‘kmaslikka chaqirgan. Ammo o‘ziga bino qo‘ygan Kurush o‘z niyatidan qaytmasligini bildiradi. Shunda To‘maris Kurushga noma yuborib, jang ochiq maydonda bo‘lsin, buning uchun yo sen, yo men o‘z askarlarimizni daryodan uch kunlik yo‘l narida to‘plab olish uchun bir-birlarimizga imkon beraylik, deb maslahat bergan. Ayyor Kurush o‘z qarorgohida katta mikdorda vino va kishini badmast qiluvchi giyovanlar qoldirib chekingan. Bundan xabarsiz massagetlar Kurushning qarorgohida rosa maishat qilganlar. Massaget navkarlariga malikaning o‘g‘li, tajribasiz, lekin jasur Sparganis bosh edi. Maishat qilish avjiga chiqqan paytda Kurush o‘z qo‘shini bilan u еrga bostirib kirib, massagetlarning bir qismini qirib tashlaydi, boshqa bir qismini Spargapis bilan birgalikda asir oladi. Kayfidan tushgan shahzoda qilmishiga chiday olmay o‘zini o‘zi o‘ldiradi. Bundan xabar topgan To‘maris tezda yangi kuchlar to‘plab dushman qarorgohida bostirib kiradi va qonxur Kurush II ning kallasini tanasidan judo qilib, qon to‘ldirilgan meshga tashlaydi. Ammo Kurushning o‘limi O‘rta Osiyo xalqlarini Eron ahamoniylariga tobelikdan ozod eta olmadi. Kurushning o‘g‘li Kambis mamlakatda ko‘tarilgan qo‘zg‘olonlarni bostirishga ulgurdi, hatto u o‘z otasining jasadini qo‘lga kiritib maxsus daxmaga dafn etadi. Kambisning Bardiya ismli inisi bor edi. Saroy fitnasi tufayli Kambis o‘z ukasini o‘ldiradi, lekin u bu voqeani xalqdan yashirgan. Miloddan avvalgi 526 yilda Kambis Misrni istilo etish uchun ketgan vaqtda Bardiya o‘limidan xalq xabar topadi va uning o‘limi bilan bogliq har xil rivoyatlar to‘qiladi. Miloddan avvvalgi 522 yilda Gaumata ismli zardushtiylar kohini bosh ko‘tarib, "men Kurushning o‘g‘li Bardiya bo‘laman", - deb xalqqa murojaat bilan chiqadi. Avom xalq Kambisdan aynib Gaumataga qo‘shiladi va u Persidada hokimiyatni qo‘lga oladi. Bundan xabar topgan Kambis tezda Misrdan Eronga qaytadi. Ammo yo‘lda noma’lum sababalarga ko‘ra u xalok bo‘ladi. Shundan keyin Gaumata Bardiya ismi bilan o‘zini shoh deb e’lon qiladi. Bardiya hokimiyatni qo‘lga kiritish jarayonida keng xalq ommasiga suyanib, aristokratiyaga qarshi chiqqan edi. U aholini uch yilgacha davlat soliqlaridan va harbiy xizmatdan ozod etadi. Bu xabar O‘rta Osiyoga ham etib keladi. Bundan norozi saroy aristokratiyasi miloddan avvalgi 522 yil 29 sentyabrda Gaumatani o‘ldirib, ahamoniy Dorush I ni taxtga qo‘yadi. Bu xabar butun mamlakatda keng xalq ommasini qo‘zg‘olonlar qilishga otlantirdi. 30 sentyabrda Marg‘iyonada Frada boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tariladi. Biroq, u 10 dekabr kuni Dorush I tomonidan shafqatsiz ravishda bostiriladi. Dorush I ning Behustun qoyalariga bittirgan kitobasida Marg‘iyona qo‘zg‘oloni haqida quyidagilar yozilgan: "Shoh Dorush aytdi: Margush (Marg‘iyona) ismli mamlakat mendan ajralib ketdi. qo‘zg‘olonchilar Frada ismli Marg‘iyonalik kishini o‘zlariga bosh qilib oldilar. Keyin men Baqtriya satrapi xizmatkorim Dadarshishga odam yubordim. Unga shunday dedim: Bor, meni tan olmayotgan uning lashkarlarini yanchib tashla. Keyin Dadarshish qo‘shin bilan uning ustiga yurish qilib, Marg‘iyonaliklar bilan jang qildi. Axuramazda menga yordam qildi. Axuramazdaning irodasi bilan mening qo‘shinlarim dushman kuchlarini yanchib tashladi. Keyin mamlakat yana meniki bo‘ldi". Dadarshish jangda uz qo‘shinlariga asir olmaslikni buyurgan. Dorush I ga qarshi ko‘tarilgan Marg‘iyona qo‘zg‘oloni O‘rta Osiyo viloyatlarida yagona emas edi. Marg‘iyonaliklar bilan bir vaqtda Parfiyada ham keng xalq ommasining qo‘zg‘oloni bo‘lib o‘tdi. Bu qo‘zg‘olon miloddan avvalgi 521 yilning yozigacha davom etdi. Dorush I davrida unga qarshi saklar ham bosh ko‘targanlar. Bixustun yozuvlarida Dorush I ning saklar yurtiga uyushtirgan yurishi haqida yozuvlar saklangan. Ularda aytilishicha, Dorush I saklarni quvib Orol dengizi sohillarigacha borgan. Saklar hukmdorini asir olgan, boshqa bir Skunxa ismli lashkarboshini saklarning o‘zi Dorush I ga topshirgan. Shundan so‘ng saklar yurti Dorush I davlatining tarkibiga kirgan viloyatlardan biriga aylandi. Bu voqealar miloddan avvalgi 520-528 yillarda sodir bo‘lgan edi. Miloddan avvalgi 522-521 yillarda bo‘lib o‘tgan xalq qo‘zg‘olonlari Dorush I ni qattiq ichki siyosat olib borishga majbur etdi. U hatto saroy aristokratiyasi huquqlarini ham cheklab, mamlakatda mutloq hokimiyat tartiblarini o‘rnatdi. Gerodotning xabar berishiga qaraganda, Dorush I o‘z imperiyasini alohida viloyatlarga - satrapliklarga bo‘lib idora qilgan. har bir satraplik har yili davlat xazinasiga ma’lum miqdorda soliq to‘lashga majbur edi. Soliq miqdori odatda, kumush talanda belgilangan. Bir talan 34 grammga teng edi. Satrapliklardan soliq olishning yagona tizimi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra Dorush I oltin darik tanga birligini ishlab chikdi. Bir darik 8,4 gr. oltinga, 20 kumush tangaga, bir tanga 5,6 gr. kumushga teng edi. Oltin darikni faqat shahonshoh, kumush tangasi esa viloyat hokimlari ham zarb etishi mumkin edi. Satraplik tepasida hokim-satrap turgan. U chegarasiz hokimlik huquqiga ega bo‘lib, uning qo‘lida harbiy va fuqarolik hokimiyati jamlangan. Satrap o‘z viloyati doirasida sud’yalik va xalqdan har xil soliqlarni undirib olish, o‘z nomidan kumush va mis tangalar zarb etish huquqiga ega edi. Odatda, satraplik tepasida faqat ahamoniylar oilasiga mansub forslar turgan. Satraplar faoliyatini doimo nazorat etib turish uchun maxsus amaldor-ayg‘oqchilar tayinlangan. Ular shahonshohning joylardagi "ko‘z-quloqlari" bo‘lgan. O‘rta Osiyo hududi ahamoniylar tomonidan 3 ta satraplikka bo‘linib idora etilgan. Baqtriya Marg‘iyona bilan birgalikda 12-satraplikni tashkil etgan. U podsho xazinasiga yiliga 360 talant o‘lpon to‘lagan. Parfiya, Xorazm, So‘g‘d va Areya birgalikda 16-satraplikni tashkil etgan va yiliga 300 talant o‘lpon to‘lagan. Saklar va kaspiylar esa 15-satraplik bo‘lib, ular Dorush I xazinasiga yiliga 250 talant jarima to‘lagan. Urta Osiyo aholisi shahonshoh xazinasiga har yili to‘lab turgan aniq mikdordagi soliqlardan tashqari yirik davlat qurilishlarida ishlab berishga majbur edi. Masalan, Persepoldagi shoh saroyining qurilishida, Suza va Ekbatanadagi yirik inshootlarda o‘rta osiyoliklar ishlashga majbur bo‘lishgan. Dorush I ning Suzadagi shoh saroyi qurilishida Baqtriya, So‘g‘diyona va Xorazmdan keltirilgan ustalardan va ishchi kuchidan qul sifatida foydalanilgan. Bu qurilishlarda O‘rta Osiyodan keltirilgan materiallar ham ishlatilgan. Suzadagi shoh saroyi, Bihustun kitobasiga ko‘ra, Lidiya va Baqtriya oltinlari bilan bezalgan. Ko‘k tosh (lazurit va serdalik) So‘g‘diyonadan keltirilgan, feruza esa Xorazmdan olib kelingan. Shunday qilib, O‘rta Osiyoning katta qismi (Farg‘ona vodiysi va Toshkent vohasidan tashqari) miloddan avvalgi VI-IV asrlarda Eron ahamoniylarining qo‘l ostida bo‘ldi. Faqat milodsan avvalgi VI asrga kelib, markaziy hokimiyat o‘zining avvalgi mavqeini yo‘qota boshlagach, uning chekka o‘lkalaridan ayrim viloyatlar ahamoniylar ta’siridan chiqib, mustaqil holda ichki va tashqi siyosat olib bora boshlaganlar. Ana shunday viloyatlardan biri sifatida Xorazm miloddan avvalgi VI asrda tarix maydoniga chiqdi. Axamoniylar hukumronligi davrida O‘rta Osiyo xududida katta ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Yagona davlat tarkibida yagona pul, soliq sistemasi shakllangan. Oromiy tili davlat tili bo‘lgan. Yagona davlat aloqa tuzimi shakllangan. Karvon yo‘llariga e’tibor kuchaygan. Umumiy davlat qonunchiligi joriy etilgan. Lekin har bir halqning o‘z qonunlari amalda bo‘lgan. Axamoniylar boshqa oldingi davlatlarga nisbatan bo‘ysungan еrlarda qurilish ishlarini olib borganlar. Ibodatxonalar qurganlar. Bobil va Iudeyada. Kirni barcha halq ulug‘lagan: Forslar o‘z otamiz deb, bobilliklar Bobil xudosi Mardukning elchisi deb, greklar buyuk davlat arbobi deb, еvreylar yaxva xudosining messisi deb ulug‘laganlar. Bu davrda halqaro savdo uchun yaxshi shariot yaratilgan. Sayoxatchi va olimlar uchun imkoniyatlar yaratilgan. Ayni shu davrda Gekatey, Geradot va Demokrit sayoxat qilishgan. Axamoniylar davlati tarkibiga kirgan turli halqlar madaniy va iqtisodiy jihatdan birlashib ketgan. Turli xalqlar birgalikda ish olib borganlar. Yozma manabalarda Marafon jangida Saklarning otliqlari alohida o‘rin egallaganliklari, ular Platey va Fermopil janglarida ham tilga olinadi. Baqtriyaliklar ham ishtirok etganlar. O‘rta Osiyoliklar Axamoniylarning saroyida ishlaganlar. Elefantinada xorazmlik Dargman yashaganligi yozib qoldirilgan. Doro I davrida baktriyalik ayollarning qul sifatida sotilganliklari ham yozib qoldirilgan. Shuningdek, O‘rta Osiyo xududiga Miletdan greklarning ko‘chirib keltirilganligi va Barka shaxri axolisi (Shimoliy Afrika) Baktriyaga ko‘chirib keltirilganligi yozilgan. Mil.avv. 4 asrda parfiyalik Ammnasp Misrga hukmron etib tayinlangan. Xorazmliklar axamoniylar hukmronligidan mil.avv. 5 asrning oxirlarida ozod bo‘lganlar. Bobildagi oxirgi hujjat mil.avv.505 yil bilan berilgan. Qal’alikir yodgorligining qurilishi. 10-mavzu:Aleksandr Makedonskiyning O‘rta Osiyoga istilochilik yurishlari. (2 soat) Reja: Aleksandr Makedonskiyning O‘rta Osiyoga istilochilik yurishlari. Mahalliy aholining bosqinchilarga qarshi kurashi. Aleksandr MakedonskiyO‘rta Osiyoga istilochilik yurishlarining oqibatlari Iskandar (miloddan avvalgi 356-323 yillar) qadimgi dunyoning yirik lashkarboshi va davlat arboblaridan biri. U siyosatda o‘ta ehtiyotkor, o‘ta ayyor va hushyor davlat arbobi edi. U yirik lashkarboshi sifatida antik davr harbiy san’atining rivojlanish tarixida katta iz qoldirdi. Jahongir yangi tipdagi otliq qo‘shin tuzdi, unda jangovor intizom tartib-qoidalarini ishlab chiqdi. Jang qilish usullarini ishlab chiqdi. U tezlik, qat’iylikni jangdagi g‘alabani ta’minlaydigan omillardan deb tushundi. Mavjud imkoniyatlarni to‘g‘ri tahlil qilish, unga to‘g‘ri baho bera bilish, dushmanni yaxshi o‘rganish zarurligini jang qilishning asosi deb bildi. Zarur paytda u ehtiyotkorlik chidam va matonat bilan ish tutdi. U hech qachon hushyorlikni o‘zidan tark etmadi. Uning qo‘lga kiritgan g‘alabalarining boisi shundaki, u dushmanlarining bo‘sh va zaif tomonlarini yaxshi o‘rganardi. U intizomli muntazam qo‘shin va jangovor qurollar bilan har qanday zaif dushmanni ham, o‘ta hushyorlik ayyorlik qattiqqo‘llik va qat’iyatlik bilan kuchli raqibni ham yengib keldi. Aleksandr Makedonskiyning otasi Filipp 2 mil.avv. 359-336 yillarda Makedoniya yuksaldi. U armiyani qayta tuzdi. Falanga- qo‘shini ma’lum takibiy qismlarga bo‘lib boshqarish. Mil.avv.337 yilda Korinf kongressida o‘zini butun GResiyaning hukmroni deb e’lon qilgan. 336 yilda o‘z tan soqchisi tomonidan o‘ldirilgan. Filipp Osiyoga yurishga tayyorgar ko‘rayotgan edi. Shu sabab uning o‘limiga forslar sababchi bo‘lgan degan fikr bor. Uning o‘g‘li Aleksandr ham otasiga nisbatan ham o‘ta shafqatsiz bo‘lganligini keyingi darvlardagi voqealar tasdiqlaydi. Aleksandar Osiyoga , ya’ni axamoniylarga qarshi yurish uchun yana 2 yil tayyorgarlik ko‘rgan. Makedonlar armiyasining asosiy qismini og‘ir qurollangan otliq qo‘shin tashkil etgan. Lekin ular sekin harakat qilgani uchun, Osiyoni bosib olishda yengil qurollanagn piyoda qushini muxim o‘rin egallagan. Axamoniylar davlatini egallashda Axamoniylar davlati saroiydagi qarama-qarshiliklar, sodir bo‘lgan voqealar va uning zaiflashuvi ham muxim o‘rin egallagan. Mil.avv. 359 yilda Axamoniy podshosi Artakserks II Mnemon vafot etadi. Uning 150 ta farzandi bo‘lgan. Undan keiyn taxtni egallagan Artakserks III Ox barcha qarindoshlarini ularning yoshi va jinsiga qaramasdan o‘ltirib yuboradi. Axamoniy podsholar orasida eng qonhur deb tarixda nomi qolgan. 338 yili Artakserks Ox Begoy toshirig‘iga binoan o‘z tabibi tomonidan zaxarlanib o‘ldiriladi. Undan keyin taxtga Arses o‘tiradi va ikki yil davlatni boshqaradi. Dastlab Begoya qo‘lida o‘yinchoq bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik mustaqil boshqarishga intilgada u yana Begoya tomonidan zaraxarlanadi. Uning bolalari ham o‘ldirilib yuboriladi. Shu tariqa Axamoniylar oilasiga tegishli hech qim qolmagan. Shunda Begoya Arsesning troyurodnoy brat (amakivachasi) bo‘lgan Doro III Kodomanni podsho deb e’lon qiladilar. Biroz vaqtdan keyin buni ham zaxarlashga uringanda, Doro uning o‘ziga shu zahar solingan qadahni ichiradi. Bu kurashlar va sapraliklardagi mutaqillik uchun bo‘lgan harakatlar Axamonyilar imperiyasi zaiflashuviga va Makedonlar hukmronligiga tushib qolishiga olib keladi. Aleksandr Osiyoga 30 ming piyoda, 5 ming otliq askar bilan olib borgan. Kichik Osiyo qirg‘oqlari bo‘ylab, 150 ta kema kuzatib borgan. Mil. avv.334- 330 yillar davomida Iskandar Eronning asosiy viloyatlarini bosib olgach, o‘zining bosqinchilik yurishlarini davom ettirish maqsadida miloddan avvalgi 329 yilning bahorida Hindiqush tog‘idan o‘tib, qadimga Baqtriya tuprog‘iga kirib keldi. Grek manbalarida O‘rta Osiyodagi ikki daryo oralig‘ini Transaksoniya deb atashadi. Bu paytda Baqtriya hukmdori (satrapi) ahamoniylar urug‘idan bo‘lgan Bess edi. U Doro III ni zaxarlab o‘ldirishda qatnashgan va o‘zini Artakserks nomi bilan podsho deb e’lon qilgan. Doro III ning Baktriya satrapi Bess tomonidan o‘ldirilganligini eshitgach, Aleksandr Makedonskiy uning orqasidan yanada tez ta’qib qilib ketdi. Bess Doro III ning jasadini tashlab, Baqtriya tomon ketdi45. Their design was to conciliate Alexander,should he overtake them, by giving up Darius alive; while in the event of their escaping,they proposed to murder the prisoner, usurp his crown, and begin a new war. U Baktriyaning yirik shaharlarini egallay boshlaydi. Drapsaka (Afg‘onistondagi Anderab shaxri), Aorn (shimoliy Afg‘onistondagi Oltindilertepa), Davlat poytaxti Bakrani (Shim.Afg‘onistondagi Balx)ni egallaydi. Bess va uning tarfdorlari Amudaryoning Termizga yaqin joyidan o‘tib, ko‘prik vazifasini o‘tab kelgan yakkayu yagona kemani yoqib yuborishdi va Sug‘d saprapligining Nautaka xududiga chekinishdi. (Qashqadaryoning sharqiy tomoni) tomon chekinishdi. Ularning orqasidan Aleksandr Ptolemey boshchiligida armiyaning bir qismini yuboradi. Nautaka qal’asida Bessning ittifoqchilari baqtriyalik Oksiart, sug‘dlik Spitamen va fors Datafarnlar o‘rtasida nizo chiqdi. Chunki Bess o‘z ittifoqchilariga ahamoniylar zulmiga va Iskandar hujumiga qarshi birgalashib kurashishga ahd qilgan edi. Dastlab ular Bessning niyatini anglab etmay, u bilan birga bo‘lishdi. Ammo uni, ittifoqchilari bilan shohlar kabi munosabatda bo‘lishga intilayotganini sezgan Spitamen, Oksiart va fors Datafarnlar u bilan aloqani uzishdi va uni kishanlab Iskandarga topshirish niyatida ekanliklarini bildirish uchun uning qarorgohiga chopar yubordi. Kishanlangan Bessni qal’ada qoldirib, o‘zlari esa mamlakat ichki hududlariga chekinishdi. Spitamen va uning ittifoqchilari Bessni Iskandarga topshirish bilan dushman istilolarini to‘xtatmoqchi bo‘lishdi. Chunki Iskandar Eronga yurish boshlaganda, u o‘z dushmani Doro III ni nomardlarcha zaharlab o‘ldirgan Bessdan o‘ch olish niyatida ekanligi e’lon qilgan edi. Ptolemey orqasidan katta qo‘shin bilan Aleksandrning o‘zi yurdi. Uning yo‘lida branxidlar shahri chiqdi. Branxidlar avlodlari Milet (Kichik Osiyo) shaxriga yaqin Appalon Didimkiy ibodatxonasining ruhoniylari bo‘lgan. Ular Kserks davrida ( mil. avv.481-465 yy.) O‘rta Osiyoga ko‘chirilgan edi. Branxidlar Eron bosqini davrida ibodatxonaning xazinasini axamoniylarga topshirib, jonlaini saqlab qolgan edilar. Yunonlarning qasosidan qo‘rqib O‘rta Osiyoga kelgan edilar. Ular mil.avv. V asrda O‘rta Osiyoga kelgan birinchi yunonlar bo‘lishgan. Ularning shaxri Yerqo‘rg‘on yodgorligi o‘rnida bo‘lgan. Bu hozirgi kunda Qarshi shahridan 10 km shimolda joylashgan. Branxidlar Makedonskiy va uning qo‘shinlarini non va tuz va xursandlik bilan kutib olgshan bo‘lsalar-da, Makedonskiy ularning barchasini xoinlikda ayblab, qirib tashlaydi va shaxrini ham vayron qiladi. Tarixchilardan Arrian va Kvint Kursiy Ruflarning xabar berishiga qaraganda, Iskandar va uning qo‘shinlari o‘z vatandoshi sifatida xursandchilik bilan kutib olishga chiqqan begunoh branxidlarni qirib tashlaydi va ularning shahar va qishloqlarining kulini ko‘kka sovuradi. Shundan keyin Aleksandr Ptolemey qo‘shinlari bilan birlashadi. U asirga tushgan Bessning quloq va burnini kesib, Ekbatana shahriga, ya’ni Doro III ning qarindoshlari qo‘liga topshirish uchun yuboradi. U yerda Bess vaxshiyyona o‘ldiriladi. Nautakadan keyin Aleksandr Marakanda (Samarqand)ga yo‘l oladi. Bu Transaksoniyaning yirik shaxarlaridan biri bo‘lgan. Iskandar jangda o‘ta berahm bo‘lgan. Maraqandani egallagach, maxalliy tilni yaxshi biladigan Farnux boshchiligida 1000 ta jangchidan iborat gornizonni qo‘yib, o‘zi Sirdaryo bo‘yida joylashgan Kiropol shaxrini egallashga ketadi. (Kiropol-shim.Tojikistondagi Nurtepa yodgorligi). U Katvan cho‘li, Malguzar tog‘liklari va Zamin cho‘li (Tojikistonning Xo‘jand viloyati) orqali borgan. Bu yerda Kiropolga yetmasdan yozma manbalarda ma’lumot berishlaricha, 7 ta shahar qattiq qarshilik ko‘rsatgan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida, mil.avv. V-IV asrlarga oid bir necha manzilgohlar topilgan. Ularning eng yiriklari Xan tepa va Nurtepa bo‘lgan. Bu yerda bo‘lgan jangda hatto Aleksandrning o‘zi ham yaralangan. Kiropolni egallab, U yerda Aleksandriya Esxatani bunyod etgan. U birinchi bor Ustrushonada Samarqand bilan Xo‘jand oralig‘ida tog‘liklar qarshiligiga uchraydi. Biroq Iskandar tog‘liklar bilan bo‘lgan jangda o‘ta shafqatsizlik qildi. Arrianning yozishicha, u 30 ming mahalliy aholidan 22 mingini qirib tashlaydi. Asirga tushishni istamagan tog‘liklarning qolganlari o‘zlarini qoyalardan tashlab halok bo‘ladilar. Bu dahshatli voqea Spitamenning "ko‘zini ochdi". U Iskandar niyatlarining mohiyatini to‘liq tushunib yetdi va unga qarshi qat’iy kurashga otlandi. Iskandar tog‘liklarni qirib, tezda Sirdaryo yoqasiga chiqib oldi. Sirdaryo bo‘yiga Iskandarga do‘stlarcha sovg‘a-salomlar bilan Tanais (Sirdaryo)ning narigi tomonidan tiay-taradarayya saklari vakillari keladi. Shunda Iskandar sak elchilarini garovda qoldirib, o‘z yaqinlaridan bir kishini Tanais ortidagi saklar yurtiga ularning urf-odatlari, kuchi bilan tanishib kelish uchun yubordi. Xuddi shu paytda Iskandarga Samarqanddan chopar kelib, So‘g‘dda unga qarshi Spitamen boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tarilganini xabar qiladi. Spitamen Samarqand qamal qilingan. Farnux boshchiligidagi gornizon esa, Samarqandga yaqin Miyonqol xududida mag‘lubiyatga uchragan edi. Dastlab Iskandar qo‘zg‘olonchilarga qarshi 2500 jangchidan iborat bo‘lgan qo‘shin yuboradi. Ularning kelayotganidan xabar topgan Spitamen yolg‘ondan chekinib,qulay fursat topib ularni qirib tashlaydi. Maraqandani ikkinchi marta qamal qiladi. Bundan xabar topgan Iskandar tezda Samarqandga qaytadi. Bundan xabar topgan Spitamen yana cho‘lga qochadi. Lekin Makedonskiy ularni ta’qib qilmasdan, qishloq va shaxar aholisini qilichdan o‘tkazadi. Qo‘lga olingan 30 so‘g‘d zadagonlari o‘limga qo‘shiq aytib borgan. Bu Aleksandrni hayron qoldirgan. Tarixiy manbalarga ko‘ra, Diodor ma’lumoticha, 120 mingdan ortiq qo‘zg‘olonchi va mahalliy katta qismini qirib tashladi.Shu paytda Xo‘jand qal’asida qoldirilgan, garovda yotgan saklar bosh ko‘taradilar va yunon qo‘shinlari qirib tashlanadi. Samarqand qo‘zg‘olonchilariga Baqtriyadan yordam keladi. Voqealar tahlili shuni ko‘rsatadiki, saklar, so‘g‘dlar va baqtriyaliklar oldindan bir vaqtda bosh ko‘tarishga kelishib olishgan ko‘rinadi. Xuddi shu voqealardan boshlab Spitamenning nomi Iskandar va uning qo‘shinlari uchun dahshatli bo‘lib qoldi. O‘rta Osiyodagi harbiy vaziyat Iskandar uchun juda murakkab edi. Sirdaryoda saklar to‘planib, jangga shay turishdi. Samarqand Spitamen tomonidan qamal qilindi va yunon qo‘shini yanchib tashlandi. Iskandar Sirdaryoda ikkinchi marotaba yarador bo‘ldi. Saklarning qarshiligini qaytarib turish maqsadida Sirdaryo sohilida 17 kun ichida mustahkam mudofaa devori bilan o‘ralgan qal’a qurdirdi. qal’aga "Aleksandriya Esxata", ya’ni "Olisdagi Aleksandriya" deb nom qo‘ydi va unga yunon qo‘shinlarini, kasallarni, yaradorlarni, bolalar va keksalarni joylashtirdi. Bu shaxarning qurilishi saklar uchun muammo bo‘lishini anglab, Iskandar istehkomiga qarshi katta qo‘shin bilan yubordi. Uni buzush uchun Kursiy Ruf ma’lumoticha, o‘z ukasi boshchilik qilgan. Hujumni birinchi bo‘lib Iskandar boshladi. Uning jangchilari o‘t ochar mashinalar bilan daryoni kechib o‘tadi. Tadqiqotlar natijasida uning Bekobod qishlog‘i yonidan, ya’ni Sirdaryoning eng tor yeridan kechib o‘tilgan degan fikrlar bor. Jang qattiq bo‘ldi. Saklar Iskandar siquviga bardosh bera olmadilar. 150 tasi asir olinadi. Minglab saklar halok bo‘ladi. Iskandar sahroning ichiga kirib boradi. Lekin uning qo‘shinlari orasida me’da kasalligining tarqalishi, jazirama va suvsizlik ham askarlar noroziligiga sabab bo‘lgan. Vaziyat Iskandarni o‘z qo‘shinlari bilan Aleksandriya Esxata qal’asiga qaytishga majbur etdi. Ko‘p o‘tmay, saklarning elchilari kelib, undan kechirim so‘raydi. Iskandar esa ularni xayrixohlik bilan qabul qildi. Uning maqsadi saklar bilan munosabatni yaxshilash edi. Spitamen rahbarligida makedoniyalik bosqinchilarga qarshi xalq harakati boshlanib ketdi. Iskandarning rejalari chippakka chiqdi. Spitamenning ko‘ngilli jangchilari ayyor va kuchli dushmanga qarshi ochiq kurashga otlandi. Agar Spitamen avvallari Iskandarga Turon xalqlarini fors zulmidan ozod etuvchi xaloskor sifatida qaragan bo‘lsa, endi uni Turon xalqining ayyor va kuchli dushmani ekanligini his etdi. Iskandar miloddan avvalgi 329 yili Baqtriya va So‘g‘d yerlariga kirib kelganda mahalliy aholiga itoatkor qul sifatida qaragan edi. Uning niyatini Turon zaminning barcha xalqi tushundi. Vaziyatning jiddiyligini tushungan Iskandar darhol Baqtriyaning bosh shahri Baqtrada (yunoncha Zariasp, forscha Balx) barcha eparxlarni yig‘ib qurultoy chaqirdi. Mahalliy aslzodalar Iskandarning niyatini darhol tushundilar va barchani qo‘zg‘olonga tayyorladi. qurultoyning asosiy maqsadi O‘rta Osiyoda yunonlar hukmronligini mustahkamlashga qaratilgan edi. Biroq, uning ochilishi oldidan, "Iskandar qabila boshliqlarini Zariaspda yig‘ib, so‘ngra yo‘q qilib yuborish niyatida emish" degan gap tarqaldi. Bunga javoban qurultoyning ochilish kuni qo‘zg‘olonning boshlanishiga signal bo‘ldi. Mil.avv. 329-328 yilning qishini Aleksandr Samarqandda 3 ming lashkardan iborat qo‘shinni qoldirib, o‘zi Zariaspga qishlash uchun jo‘nab ketdi. Shunday qilib, milliy ozodlik kurashining birinchi bosqichi yakunlandi. Bularning barchasi miloddan avvalgi 329 yilning bahoridan to kuzigacha davom etdi. Qo‘zg‘olonning ikkinchi bosqichi miloddan avvalgi 328 yilning qish faslida boshlandi. huddi shu vaqtda Iskandar Zariaspda Baqtriya eparxlarining (hokimlarining) qurultoyini o‘tkazayotgan edi. qurultoyda Bessni sud qilishdi. Bosib olingan viloyatlarni qanday qilib boshqarish masalasi ham ko‘rildi. Iskandar g‘arbdan qo‘shin chaqirdi va Neparx boshchiligida yordamchi kuchlar etib keldi. qurultoyga Ovrupo skiflaridan Iskandar bilan harbiy ittifoq tuzish maqsadida katta sovg‘a-salomlar bilan elchilar kelishdi. Ular Iskandarga skif malikasini xotinlikka taklif qilishdi. Katta sovg‘a-salomlar bilan do‘stlik aloqalarini o‘rnatish uchun qadimgi Xorazmdan 1500 otliq askarlar bilan elchilar ham kelishdi. Xorazm podshosi Farasman elchilar orqali Iskandar rozi bo‘lsa, unga qora dengiz bo‘yi skiflariga qarshi harbiy yurishlarida amaliy harbiy yordamga tayyor ekanligani izhor etadi. Jahongir ularga minnatdorchilik bildirib, u Hindiston tomon yurish qilish niyatida ekanligini bayon etadi. Shoh Farasmon haqidagi ma’lumotni Arrian yozib qoldirilgan. Kvint Kursiy Ruf asarida Xorzam shoxi Fratofern deb berilgan. Iskandar qurultoyda mamlakatni boshqarishda satrapliklar tizimini qoldirishni ma’qul topdi. Ammo satraplarning pul zarb etish va o‘z ixtiyorlarida yollanma qo‘shin saqlashga xaqqi yo‘q edi. Iskandar satrapliklarda makedoniyaliklardan o‘z nazoratchilarini kuchaytirdi. Satrapliklarda moliyaviy ishlar bilan shug‘ullanuvchi maxsus javobgar kishilar saqlandi. Download 464.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling