Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


Download 464.52 Kb.
bet11/35
Sana18.04.2020
Hajmi464.52 Kb.
#100118
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35
Bog'liq
2 5463100466667718345


14-mavzu: Kushon davlati (4 soat)

Reja

  1. Kushon davlatining tashkil topishi

  2. Kushon davlatining siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy ahvoli

  3. Kushon davlatining madaniy rivojlanishining o‘ziga xos jihatlari


- Kudzula Kadfiz (15-51)

Vima Kadfiz (51-78)

Kanishka (78 -123)

Vasishka (123-127)

Xuvishka (127-159)

Vasudeva I (159-193)

Kanishka III (193-222)

Vasudeva II (222-244)

Mil.av. II asrning ikkinchi yarmida Sharqiy Turkiston hududlarida yashovchi turkiy qavmlar qo`shnisi xunlar tazyiqiga uchrab, ularning siquviga bardosh berolmay G`arbga tomon siljiy­dilar. Xitoy manbalarida ular yuyechjilar deb atalgan. Yuyechjilar Issiqko`l atrofida sak qabilalari bilan to`qnashib, ularni janubiy-g`arb tomonga suradilar. Biroq. Yuyechjilar usun qabila­lari zarbasiga uchrab janubga siljib, mil.av. 130 yillarda So`g`di­yona hududiga kirib keladilar. Yuyechjilar, Xitoy tarixchisi Chjan Syan ta`kidlashicha, Sug`diyonadan Baqtriyaga yuradilar va Baqtriyadagi yunonlar hukmronligini ag`daradilar. Yuyechjilar Farg`ona vodiysini ham egallaydilar.
Xitoy manbalarida ta`kidlanganidek, yuyechjilar beshta siyosiy xonadonga mansub edilar. Go`yshuan, (Kushon). Xyumi, Shuanmi, Xise, Xuanmi. Ularning har biri qariyb yuz yilgacha alohida-alohida siyosiy kuch hokimlik bo`lib, yagona hukmdorga bo`ysunmagan holda faoliyat yuritadilar.

Milodiy I-III asrlarda hukmronlik qilgan Kushon podsholigi nafaqat Surxondaryo tarixida, balki butun Osiyo xalqlarining iqtisodiy va madaniy taraqqiyotida muhim rol o‘ynagan davlatlardan biri sanaladi. Uning eng rivojlangan davri Kanishka davri bo‘lib, milodiy 78—123 davrlar hisoblanadi. Xududi- Janubiy O‘zbekiston, Janubiy Tojikiston, Pokiston, Afg‘oniston, Hindiston.



Xorazm xududlari kirmagan. Kushon davlatining shimoli-g‘arbiy chegarasi Darband devori bilan himoyalangan. Bu Sug‘d bilan chegara hisoblangan. Bu devor XX asrning 90 yillari aniqlangan. U Surhondaryo va Qashqadaryo o‘rtasidagi Darband qishlog‘idan o‘tgan. 1,5 km uzunlikda, eni 6-6,5 m bo‘lgan. Devorlar orasida minoralar bo‘lgan. Janubiy qismida qa’asi joylashgan. Vima Kadfiz tomonidan qurilganligi aniqlangan.

Kushon davlatining tarixi asosan, arxeologik tadqiqotlar va xitoy manbalari asosida yoritilgan. Kushon davlatining keng xududni egallagan:

Kushon davlati tarixi bilan arxeolog olimlardan Ye.Masson, G.A.Pugachenkova, E.Rtveladze, Sh.Pidaevlar tadqiqotlari asosida yoritilgan. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida Kushon davlatining iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishida 2 xil yo‘nalish kuzatiladi. 1 davr Kanishkagacha bo‘lgan davr va 2 davr Kanishkadan keyingi davr hisoblanadi. Kanishkagacha bo‘lgan davrda uning siyosiy va madaniy hayotida grek yozuvi va madaniyati yetakchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Kanishkaning olib borgan islohatlari natijasida baktriya yozuvi va maxalliy madaniyat asoslari jamiyatga tatbiq etiladi.

Miloddan avvalgi IV asr oxirlarida, Xitoy yilnomalarida yuedjilar deb atalgan massaget qabilalari Sharqiy Tur­kistondan to Mug‘uliston chegaralarigacha bulgan xudud­larga ketib qolgan edilar. O‘sha vaqtlarda xunlar Bal­xashdan to Xitoygacha bulgan hududda yashab kelardi. Yue-chjilar Sharqiy Turkistonni olishga intilganlar. Bu, ayniqsa mi­loddan avvalgi III asrning ikkinchi yarmidan namoyon bula boshlaydi. Yunon-Baqriya davlati podshosi Evtidem miloddan avvalgi 206 yilda sa­lavkiylar hukmdori Antiox III bilan ularga qarshi xarbiy ittifoq tuzadi. Xunlar yuedjilar ustiga dastlab 206 yilda hujum qilgan. Shu yili Xun shaxzodasi Mode Yue-chjilar qulidan garovdan qochib, uz otasini xokimiyatdan agdarib, katta qo‘shin bilan yuedjilar ustiga xarbiy yurish boshlaydi. Miloddan avvalgi 176 yilda, xunlar Yue-chjilar ustiga ikkinchi marta yurish qiladi. Nixoyat, miloddan avvalgi 165 yilda xunlarning qo‘li baland kelib, yuedjilarni g‘arbga uloqtirib tashlaydilar. Ular maglub bulgan Yue-chjilar podshosining bosh suyagidan kosa yasab, g‘alaba uchun sharob ichadilar.

Bu to‘qnashuv oqibatida yuechji (toxarlar) ikki guruhga bo‘linib ketadi, qabilalardan bir guruhi Sharqiy Turkiston tomon ketsa, ikkinchi ko‘pchilik bir guruhi janub tomon yo‘l oladi. Bu guruh manbalarda Buyuk yuechji deb nomlangan.

Yuedji qabilalari dastlab qadimgi Farg‘ona xududiga kelib istiqo­mat qila boshlaydilar. Bu davrda Qadimgi Farg‘onada, ayniqsa uning shimoliy xududlarida yue-shjilarning qishloqlari va shaxarlari qad ko‘taradi. Ular endi yagona bir podsho qo‘l ostida bulmay, balki qabila va urug‘ yabgula­ri (qabila oqsoqollari) qo‘l ostida yashaydilar. Masalan, Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on yonidagi Kushon qishlog‘i va Kosonsoydagi Koson shahar xarobasi yuedjilar asos solgan qishloq va shaxar edi. Yuedjilar miloddan avvalgi 140 yili Sug‘d yerlari orqali Baqtriyaga kirib keladi. Yunon-Baqtriya podsholigi esa 100 yillik xukmdorlikdan so‘ng xalokatga uchradi. Shi­moliy Baqtriya yerlarini esa bu yerga yopirilib kelgan 5 ta yue-shji qabilalari egallab, uz yabg‘ulari qo‘l ostida yashay boshlaydilar. Xitoy yilnomalarida yozilishicha, Yue-chjilar Baqtriya­ga kelgandan sung 100 yil mobaynida 5 ta qabilaga bu­linib yashagan. Guyshuan (Kushon) qabilasi (yabg‘usi Kudzula Kadfiz) qolgan turt qabila yabg‘ularini tobe etib, uzini xukmdor deb elon qiladi. U avval Kushon davlati sifatida hozirgi Surxondaryo viloyatining Sho‘r­chi tumanida joylashgan Dalvarzintepani poytaxti qiladi. Sungra u uz davlat chegaralarini kengaytirish va qudratini mustaxkamlash maqsadida Amudaryoning chap sohili xududlarini egallashga otlanadi. Xitoy manbalariga kura, Kushon davlati Par­fiyani, Afg‘onistonni va Kashmirni bosib oladi. Nixoyat, Kudzula Kadfiz 80 yoshida olamdan utadi. Uning davrida kushonlar uz pullarini zarb etmaganlar. Kudzula Kadfiz tangalari Rim imperatorlari va Parfiya podsholari zarb etgan tangalarga taqlid qilinib chiqarilgan. Shuning uchun podsholik tangalarida Kudzula Kadfiz yabg‘u degan yozuvlar uchraydi. Keyinroq uning, «xukmdor Kadfiz» yozuvi bilan tangalari paydo buladi. Kudzula Kadfizning ulimidan sung uning o‘g‘li Vima Kadfiz (51-78) taxtga utiradi. Uning davrida Kushonlar davlati Pokiston va Hindistonning markaziy viloyatlari hisobiga kengayadi. Vima Kadfiz nomidan tangalar zarb etiladi. Uning tosh xaykali esa Hindistonning Matxura shahrida qad kutaradi. U 30 yil podsholik qiladi. Uning davrida pul islohati o‘tkaziladi. pul islohoti natijasida 8 gramlik oltin tangalar, kumush, bronza tangalar savdo muomalasiga chiqarildi. Madaniy taraqqiyot natijasida yozuvlar ancha takomillashib so‘g‘dcha, xorazmcha, parfiyacha, baqtriyacha yozuvlar mukammallashib, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotda ijobiy natijalarga erishdi.

Vima Kadfizdan s`ong kushonlar saltanati Kanishka 78-123 qo‘liga o‘tadi. Uning davrida Hindistonning janubiy xududlari, O‘rta Osiyoning Sug‘diyona, Shosh vi­loyatlari kushonlar qo‘liga o‘tadi. Kanishka nomidan «shohlarning shohi-ulug‘ haloskor» yozuvi bilan tanga pullar zarb etila boshlaydi. Bu tangalar Ashgabatdan Xorazmgacha, Toshkent vohasigacha bo‘lgan hududlarda kuplab topilgan. Kanishka davrida Kushon davlati juda gullagan hamda hududi kengaygan edi. U budda dinini rasmiy ravishda davlat dini deb elon qiladi.

Budda dini mil. avv. I ming yillik o‘rtalarqda Hindistonda shakllangan. Buddaviylar 1956 yilda o‘z dinlari shakllanganligining 2500 yilligini nishonladilar. Hindlar bu dinning asoschisi Shak’ya Muni, ya’ni hind shahzodasi Siddxartma Gautama Budda deb hisoblaydilar. Buddaviyliqda beshta axloqiy talab (panchashina)ga rioya qilish ilgari surilgan. Ular: bironta ham tirik mavjudotni o‘ldirmaslik, birovning mulkini olmaslik, birovning xotiniga ko‘z olaytirmaslik, yolg‘on gapirmaslik, spirtli ichimlik ichmaslikdan iborat. Uning xinayama, maxayama, keyinchalik lamaizm yo‘nalishlari vujudga keldi. Kushonlar davrida Termiz shahrining buddaviylik tayanchiga aylangan. Kanishka Kadfiz 78 yilda Panjob viloyatida buddaviylarning umumjahon yig‘ilishini chaqirtiradi va buddaviylikning Maxayama yo‘nalishini targ‘ib qiladi, unga binoan Maxayama «hamma uchun birdek ulug‘ yo‘l» deb biladi. Kushonlar e’tiqod erkinligini joriy etgan bo‘lsalar~da, buddaviylikni kengroq yoyish va uni rivojlantirish uchun turli shaharlarda takyagoh, xonaqoh, ibodatxonalar qurib, buddaviylikning muqaddas kitoblari («Tripitaka»)ni ko‘paytirish, ularni o‘rganish, tarjima qilish va izoxlash, yangi tafsirlar yezish kabi diniy-falsafiy tafakkur rivoji uchun sharoit yaratib berishdi. Bunday siyosat natijasida Tarmita o‘z davrining yirik iqtisodiy, madaniy va buddaviylik dini markaziga aylandi. Kushonlar davrida budda dinining ravnaqiga baqtriyalik rohiblar ham juda katta hissa qo‘shadilar.

Xitoy, Tibet manbalarida buddaviylik dini targ‘ibotchilari qatorida tarmitalik Dxarmamitara va toxaristonlik Gxoshakalarning nomlari ham qayd qilingan. Buddaviylik dinining yirik mazhablari sanalgan Xinoyama va Maxayama yo‘nalishlari ham aynan shu zaminda ravnaq topadi.

Kanishka davrida poytaxt Baqtriyadan Peshavor(Pataliputra-Pokiston)ga ko‘chiradi. Kanishka saklar bilan ittifoq tuzgan. Uning davrida mamlakat to’liq birlashtirirladi51. 1 asrning 70-80-yillarida Sharqiy Turkiston yer­lari masalasida Xitoy-Kushon mojarolari kelib chiqadi. Kushonlar dastlab xitoyliklarning Sharqiy Turkiston yerlarini egallash uchun qilgan harbiy harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydilar. Hatto ular 84 yilda Qashg‘ar hukmdoriga harbiy tomonidan xitoylarga qarshi kurashish uchun yuborgan qo‘shinini tezda chaqirib olishni Qang‘uy podshosiga tavsiya etadi. Shundan sung Qang‘uy podshosi uz qo‘shinini chaqirib oladi, Qashg‘ar hokimligi esa xitoyliklarga taslim buladi, keyin Kushonlar Xi­toyning Turfonni bosib olishiga yordam qiladi. Biroq Xitoy-Kushon aloqalari 2-3 yil o‘tgach buziladi. Bunga Xitoy tomonidan Kushon davlati elchisining qamab qo‘yilishi sabab buladi. Elchi katta sovg‘alar bilan Xitoy imperatorining qizini Kushonlar podshosiga unashti­rish uchun borgan edi. Haqoratlangan Kushon hukmdori 70 ming kishilik qo‘shin bilan Xitoyga yurish qiladi, ammo mag‘lubiyatga uchrab, zo‘rg‘a sharqiy Turkistondan qochib qoladi. 102 yilda Xitoyning yengilmas lashkarboshisi Ban Shao o‘lgach, Sharqiy Turkiston viloyatlari birin-ketin Xitoyga qarshi qo‘zg‘alon kutaradilar. Bundan foyda­langan Kushonlar 102 yilda Sharqiy Turkistonga bos­tirib boradi. Kushonlarning Sharqiy Turkistonda pay­do bulishi bu mamlakatga buddizmning faol kirib bo­rishiga imkoniyat yaratadi. Keyingi yillardagi Xitoy­ Kushon mojarolari kushonlarning Sharqiy Turkistonda o‘z hukmronligini urnatishga imkon bermaydi. Ammo Hindiston yilnomalarida Kanishkaning Tarim havzasini bosib olganligi haqida suz yuritilgan. Soson podshosi Shopur 1 (241-242 yillar) yozdirgan “zoroastr Kaabasi”da kushonlar imperiyasining hududi haqida: «Kushonlar mamlakati Peshavor, Qashg‘ar, So'g‘d va Shoshgacha chuzilgan»,-deyiladi.

KanishkadavridaKushon imperiyasi chegarasi Baqtriyadan Benaresgacha , Kashmirdan Sindgacha borgan. Kanishka davridagi Kushon tangalari Xorazm, Xo’tan va sharqiy Erondan topilgan52.

The date of Kanishka does not stand in isolation. In his time the Kushan Empire covereda vast amount of territory from Bactria to Benares and from Kashmir to Sind, and Kushancoins have also been found in recent excavations in Chorasmia, Khotan and eastern Iran.

O‘rta Osiyoda kushonlar asos solgan 3 ta shahar bulgan: Kushon shahri (Ko­son) –Farg‘ona vodiysida; Kushon shahri (Kattaqo‘rg‘on yaqinida)-Zarafshon vohasida; Kushon shahri (Kesh)­Qashqadaryo viloyatida.

Kanishka 23 yil poddsholik qiladi. Kanishkadan so‘ng kushonlar taxti uning o‘g‘li Vasishka qo‘liga utadi. Biroq u 4 yilgina podsholik qiladi, xolos. Sung hokimiyat Xuvishka quliga utadi. U 32 hukmronliq qiladi. Undan sung podsholik Vasudeva quliga o‘tadi. Vasudeva esa 34 yil podsholik qiladi. Uning davrida Kushon pod­sholigi ikkiga bulinadi. Mamlakatning bir qismida Vasudeva, ikkinchi qismida esa Kanishka III podsholik qilgan. Bu haqida ularning nomidan zarb etalgan tanga pullar guvohlik beradi.

Milodiy III asrning birinchi yarmida, ya’ni Vasudeva va Kanishka III hukmronligi davrida Kushon podsholigida markazdan chetlashgan kuchlarning mavqei ortib, ular o‘zlarini tobora mustaqil hisoblay boshlaydilar. Ikkinchi tomondan esa ular o‘rtasida o‘zaro kurashlar avj oladi. Bundan tashqari, janubi-g‘arbiy hududlarda qudratli Sosoniylar davlati paydo bo‘ladi. III asrning ikkinchi yarmidan boshlab Kushon davlatining ko‘pgina yerlari Sosoniylar qo‘liga o‘tadi.

Kushon podsholigi iqtisodiyotining asosini sug‘orma dehqonchilik, savdo va hunarmandchilik tashkil qilgan. Ushbu sohalar yuqori darajada rivojlangan. Hindiston, Xitoy va Rim saltanati bilan savdo hamda elchilik munosabatlari o‘rnatilgan. Savdo munosabatlarining rivojlanishida Buyuk ipak yo‘lining ahamiyati katta bo‘lgan. Termizdan Rim tangalari xazinasi, O‘rta yer dengizi atrofi hududlaridan esa Kushon davlati tangalari topilgani buning isbotidir. Aynan ana shu davrda hunarmandchilik xo‘jaligi yuksak darajada rivoj topib, ushbu sohaning‘ kulolchilik, metallsozlik, qurolsozlik, to‘qimachilik, shishasozlik kabi turlari ancha yuksalgan. Hatto Baqtriya shishasozlari 420 yilda Xitoy poytaxtida turfa rangdagi shishalar tayyorlab xitoyliklarni lol qoldirganlar.

Kushon davlati ijtimoiy tuzumida qullar ikkiga: xususiy egalikdagi, ya’ni patriarxal oila qullari va davlat qullariga bo‘lingan. Xususiy qullardan asosan dehqonchilik, xonadon ishlarida, ov, chorvani boqishda foydalanilgan. Qullarning jamiyat hayotidagi mavqei juda past bo‘lib, ular hech qanday huquqiy imtiyozga ega bo‘lmagan. Shuning uchun ularni urish, o‘ldirish, sotish va birovga hadya qilish mumkin bo‘lgan.

Davlat qullari esa jamoada askarlik xizmati bilan bog‘liq ishlarni bajargan. Ularning mehnati bilan yangi shaharlar bunyod etilgan.

Kanishka davrida Hindistondan tarqalgan budda dini davlat diniga aylanadi. Bu paytda oromiy va yunon yozuvlari bilan birga kushon yozuvi ham mavjud bo‘lgan, me’morchilik va tasviriy san’at yuksak darajada rivojlangan. Ayritom, Ko‘hna Termiz, Qoratepa budda ibodatxonalari, Fayoztepa, Xolchayon, Dalvarzintepa va boshqa joylardan qazib olingan arxeologik topilmalar buning dalilidir. Afg‘oniston xududidagi (Baglan provinsiyasi) yirik ibodatxonalari-Surxko‘tal, Rabatak, Janubiy Tojikistonda(Kofirgixonning quyi oqimi) Taxti-Sangin ibodatxonalari topilgan.

Kushon davlat boshqaruvi shakli yakkahokimlikka asoslangan monarxiya edi. Davlat boshqaruvida markazlashtirish siyosatini ko‘proq podshoh Kanishka olib borgan. davlat satraplarga bo‘lingan.Davlat boshlig‘i – podshoh juda katta mavqe va vakolatga ega bo‘lgan. U oliy kohin hisoblanib, podshoh huzuridagi oqsoqollar kengashi maslahat beruvchi organ sifatida faoliyat yuritgan. Oqsoqollar kengashida podshohning yaqin qarindoshlari, ishonchli kishilari va urug‘ boshliqlari ishtirok etsa-da, shaxsan uning o‘zi qonun va farmonlarni mustaqil qabul qilgan.

Kushon davlati hududining kengayib, siyosiy-harbiy salohiyatining o‘sib borishi bilan birga tangalarda «shoh», «shohlar shohi» atamasi ko‘p uchraydi. Bunday o‘zgarishlar davlatning harbiy qudrati ko‘pchilik mamlakatlar tomonidan tan olinganini bildiradi.

Davlatni boshqarish san’ati ko‘proq podshoh Kanishka tomonidan takomillashtirilgan. U o‘zidan oldingi boshqaruv an’analarini davom ettirdi. Viloyat va shaharlar davlat boshlig‘ining noiblari tomonidan boshqarilgan. Ular oliy hukmdorga so‘zsiz itoat etib, doimiy ravishda davlat xazinasiga o‘lpon to‘lab turgan.Kushonlar davlatining siyosiy, iqtisodiy, madaniy va harbiy hayotida alohida o‘ringa ega bo‘ladi. Bundan tashqari Kampirtepa, Zartepa, Hayitobodtepa kabi shaharlar ham mavjud bo‘lib, ushbu shaharlar mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan.

Viloyat hududida kushonlar davriga oid 130 ta yodgorlik mavjud bo‘lib, shundan 80 tasi qishloklar ko‘rinishidagi manzilgohlar hisoblanadi. Kushonlar davrida markazlashgan davlatning qaror topishi xo‘jalikning ravnaqiga sabab bo‘lgan. 1936 yilga kelib M.E.Masson boshchiligida tashkil etilgan TAKE kushon davri tarixi va madaniyati masalalarini izchil tadqiq etishni o‘z oldiga maqsad qilib quydi. Xususan, Termiz shahrining rivojlanish pallasi kushoshtar davriga to‘g‘ri kelishi va uning tarixiy topografiyasi aniklandi. TAKE ishlari Ayritom, Chingiztepa va qoratepada olib borildi hamda tadqiqotlarda M. I. Vyazmitina, G.A.Pugachenkova, B.B.Piotrovskiy singari olimlar ishtirok qildilar. Ayritom peshtokdarining topilishi Shimoliy Baqtriyaning antik davr musiqa san’ati haqida ham so‘z yuritish hamda ularni Afg‘oniston, Hindiston va Sharqiy Turkiston haykaltaroshligida uchraydigan shularga aynan o‘xshash musiqa asboblari bilan qiyoslash imkonini berdi. Tadqiqotlar natijasida Termiz yaqinida daryo kechuvlari mavjud bo‘lib, daryoning o‘zi Yuqori Panj va Xorazm vohalarini bog‘lovchi qulay suv yo‘li bo‘lganligi aniklandi. Ko‘xna shahar hududlaridan kushon podsholari Kadfiz II, Kanishka, Xuvishka va Vasudevalarning ko‘plab tangalari topildi. TAKEning tashkil etilishi Ayritom va Eski Termiz yodgorliklarining dastavval va qa^ tomonlama o‘rganilishida muhim ahamiyat kasb etdi. Usha yillari bu yodgorliklarning joylashgan o‘rni, ularga asos solingan vaqg, ularning boshqa hududlar bilan munosabatlari hamda moddiy madaniyati masalalariga aniqdiklar kiritildi.

Shimoliy Baqtriyaning tarixi va madaniyatini o‘rganishda Hamza nomidagi O‘zbekiston san’atshunoslik ekspeditsiyasi (O‘zSE) tadqiqotlarining o‘rni va ahamiyati masalalari ham ko‘rib chiqildi. 1959 yidda GL.Pugachenkova tashabbusi bilan tashkil qilingan ushbu ekspeditsiya izlanishlarida turli davrlarda E.V.Rtveladze, B.A.Turg‘unov, A.S.Sagdullaev, Z.A.Hakimov, Ye.Nekrasova, V.A.Luneva, S.V.Levushkina, T.V.Belyaeva, S.A.Savchuk, D.Ilyosov singari olimlar ishtirok etdilar. Shimoliy Baqtriya hududidagi Dalvarzin, Xolchayon, Ko‘hna Termiz, Kampirtepa, Zartepa, Ayritom kabi yodgo^liklarda arxeologik tadqiqot ishlari olib borildi. UzSE xodimlari tomonidan baqtriya yozuvi yodgorliklarining topilishi, ayniqsa muhimdir. Bu borada 1977 yilda Ayritomdan topilgan haykal qoldiqlari va uning ostidagi olti qatorli baqtriya yozuvi fan olamida muhim voqea bo‘ldi. Bu Surxkutal (qiziltog‘) yozuvlaridan keyingi ikkinchi o‘rinda turuvchi, aniq tarixiy mazmundagi Kushon-Baqtriya yozuvi bo‘lib, unga ko‘ra, inshoot majmuini o‘rab turuvchi to‘siq Shodiya (shaxsi noma’lum) tomonidan qayta tiklangan va bu voqea Kushon podshosi Xuvishka hukmronligining to‘rtinchi yilida sodir bo‘lgan. Yozuv va haykal Mirzod ismli usta tomonidan amalga oshirilgan.

II asrda Kushon davlati budda dinini Hindistondan Markaziy Osiyo va Sharqiy Turkistonga tarqatib, uni davlat dini darajasiga ko‘targan. Sh asrda Eronda moniylik dini vujudga keladi, lekin u Eronda uzoq tura olmaydi, uning tarafdorlari Markaziy Osiyo va Sharqiy Turkistonga qochib o‘tadi, ko‘proq savdo yo‘li ustidagi shaharlarda bu dinni tarqatadilar. Ba’zi arxeolog olimlar Markaziy Osiyoda topilgan ko‘plab suratkashlik, rassomlik xamda haykaltaroshlik yodgorliklaridagi syujetlarning murakkabligiga qarab, ularni moniy dini bilan bog‘lashga harakat qiladilar. Aslida bu xrl Kushon imperiyasi davri (IIII asrlar) quldorlik tuzumining Markaziy Osiyo sharoitida eng rivojlangan davri bo‘lganligi bilan bog‘liqsir. Bu davrda, birinchidan, ko‘chmanchi qabilalarning‘ sug‘oriladigan yerlarda joylashishi kuchaygan bo‘lsa, ikkinchkdan, quldor zodagonlar jamoalar yerini tortib olib, o‘zlashtira boshlaydilar. Shu tariqa jamoalar o‘zichidan buzilib, butunbutun qishlokdar quldor zodagon dehqonlarga tobe bo‘lib qoladi.

Dalvarzintepaning chekkaroq joyidan 1 asrda tiklangan Budda ibodatxonasi, shahristonidan Buddaning boshi, Bodxisatvaning mahorat bilan ishlangan mahobatli haykali, fil suyagidan tayyorlangan shaxmatning‘ ikki donasi topildi. Buddaning boshi loy va gipsdan yasalgan bo‘lib, balandligi 39 sm, eni 25 sm keladi. Bodxisatvaning (o‘sha davrga oid) haykali ham loy va gipsdan yasalib, rang bilan bo‘yalgan. Uning balandligi 2 metr 18 sm, eni 89 sm. U bir paytlar Budda butxonasida turgan haykallar guruhidan biridir. Bu ko‘hna topilmalar boshqa yodgorliklar bilan birgalikda 1988 yili Yaponiyaning Nara shaqridagi «Ipak yo‘li Naraga boradi» deb nomlangan xalqaro ko‘rgazmada namoyish etilgan edi. 1995 yili esa ular Parijdagi muhtasham «GrandPales» («Katta saroy»)ning nodir galereyasida muvaffaqiyat bilan namoyish etildi. Kampirtepaning o‘rganilishi natijasida yozma manbalarda qayd qilingan Oks bo‘yidagi Paradagvi Kampirtepa o‘rnida bo‘lganligi taxmin qilindi. Bu borada Kampirtepadan Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan iskandar tangasining topilishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Xullas, uzoq yillar fanga noma’lum bo‘lgan antik davr, xususan, kushon davri tarixi va madaniyati O‘zSEning tadqiqotlari tufayli dunyoga mashhur bo‘ldi hamda tarix faniga ulkan hissa bo‘lib qo‘shildi.

O‘sha davrga oid yana bir yodgorlik Xolchayon bo‘lib, bu yodgorlik Surxondaryo viloyatining Denov tumanida topildi. 1959 yilning bahorida Xolchayon jamoa xo‘jaligining texnik ta’mirlash joyi kengaytirilayotganda buldozer kichik bir tepalikning chetini qirqqanida uchta tosh ustun bo‘laklarini sudrab chiqargan, topilgan narsalar to‘g‘risida arxeologlarga xabar berilgan. 1960 yilda San’atshunoslik institutining professori G.A. Pugachenkova rahbarligidagi ekspeditsiya Xolchayon tepaligini tekshira boshlaydi. Bu yerdan topilgan yodgorliklar olimlarning har qanday tasavvuridan oshib tushdi, fanga yana bir tarixiy boylik Baqtriya badiiy madaniyatining ajoyib yodgorligi qo‘shildi. Xolchayon topilmalarini ilmiy tekshirish jarayonida Xonaqohtepa, qorabog‘tepa, Maslahattepa kabi tepaliklar ochib o‘rganildi. Xonaqohtepadash saroy poydevori toshdan, devori esa qalin (1,04 2,30 m) xom g‘ishtdan ishlanganligi aniklandi. Xolchaendagi tekshirishlar BaqtriyaKushon zamonining binokorlik texnikasi to‘g‘risidagi ma’lum tasavvurni yanada kengaytirdi. Xolchayon saroyi arxitektura jihatidan g‘oyat muhimdir. Asosiy zalining uch devori 3 m balandlikda oq ganch bilan suvalgan, undan yuqori qismlarda mahobatli haykallar joylashtirilgan. To‘rtinchi devorning to‘q qizil fonida oq ganchdan barg, gul, bir bosh uzum tasvirlanib, naqsh solingan.Termiz yaqinidagi Ayritomda topilgan toshga o‘yilg‘an bo‘rtma suratlar, haykallar va devoriy rasmlar hamda Denovdagi Xolchayon va Dalvarzintegtadan topilgan loy va ganchdan yasalgan ko‘pdanko‘p turli haykallar Surxon voxasida qadimda o‘ziga xos yuksak tasviriy san’at madaniyati yaratilganligini isbotlaydi. Surxondaryoda topilgan qadimg‘i san’at obidalari Markaziy Osiyo xalklari madaniyati bilan Eron, Hindiston, Yaqin Sharq va Kavkaz xalqlari madaniyatining birbiriga ta’sir ko‘rsatganidan hamda dune xalqpari madaniyatining yaratilishida Markaziy Osiyo xalqyaari ham faol qatnashganligidan darak beradi. qoratepadagi budda ibodatxonalaridan chiqqan qimmatbaho haykallar va boshqa tasviriy san’at obidalari, ayniqsa nodir va noyobdir. Bunday tasviriy san’at va haykaltaroshlik yodgorliklari o‘z davrining hayotiy, mafkuraviy va diniy e’tiqodlari, madaniy va maishiy hayoti to‘g‘risida ma’lumot beruvchi qimmatbaho manba hisoblanadi.

1998 yilda qoratepadagi budda ibodatxonalari guruhini o‘rganish bo‘yicha Sh.R.Pidaev rahbarligida o‘zbek-yapon qo‘shma ekspeditsiyasi tashkil etilib, hozirga qadar faoliyat ko‘rsatmoqda. Mustaqillik yillarida olib borilayotgan hamkorlikdagi tadqiqotlar natijasida antik davrda Surxon vohasida ro‘y bergan tarixiymadaniy jarayonlar aniqlanib, fanga tatbiq etilmoqda.

Kushon davri arxeologik yodgorliklaridan biri Fayoztepa, Eski Termiz devorlarining shimolig‘arbida, qoratepa tekisligining shimolig‘arbidan janubisharqqa yo‘naltirilgan holda qurilgan Budda ibodatxonasidir. Bu to‘rtburchakli ziyoratgohning ichkari hovlisi ikki tomondan tirgak vazifasini o‘tavchi yo‘g‘on ustunlar bilan ko‘tarilgan bo‘lib, maxsus ayvon bilan o‘ralgan imoratdir. Ushbu Budda obidasining qurilgan payti uysozlik, binokorlik, haykaltaroshlik, tasviriy san’at, umuman, shaharsozlik va me’morchilik rivojlangan Kushon-Baqtriya davlati davriga, ya’ni milodning 111 asrlariga to‘g‘ri keladi.

Iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotda yuksak rivoj­langan kushonlar saltanati Kanishkaning vorisi Xuvishkadan keyin asta-sekin inqirozga yuz tuta boshlaydi. 226 yilda kushonlar saltanatidan g‘arbda- Parfiya davlatining urnida Sosoniylar davlati paydo buldi. Bu davlatning asoschisi Artashir 1 Parfiyaga qaragan, lekin har xil sabablar bilan undan ajralib ketgan viloyatlarni qaytarishga kirishdi. Bunday vaziyat kushonlarni befarq qoldirmadi. Kushon podshosi Vasudeva sosoniylar tomonidan buladigan xavfga qarshi ittifoq qidirib, 230 yilda Xitoyga elchi yubordi. Lekin kushonlar sosoniylar bilan qattiq jang bulishini kutardi. 242-243 yillarda ikki urtada bulgan jangda sosoniy Shopur 1 ning qo‘shini Kushonlar ustidan g‘olib chiqadi. Shu jangdan sung sosoniylar Sharqiy Xuroson hududla­rida «kushonshoh» unvoniga ega buldilar. 252 yilga kelib esa ular «Kushion shohlarining ulug‘ shohi» degan unvonni ham oladilar. Xuddi shu yillarda kushonlar Hindistondagi katta yerlaridan ayriladilar. Masalan, bir budda matnida (III asr o‘rtalariga oid) «dunyo uch qismga (Xitoy, Rim va Kushon) bo‘lingan, ammo «os­mon ug‘lonlari» (imperaratorlari) turtta: Xitoy, Rim, Kushan va hind» deb xabar beriladi.Hind manbalariga ko‘ra III asr o‘rtalarida Hindistonda Kushonlardan mus­taqil davlat tarkib topgan. Lekin Kushonlar boshiga tushgan bu qiyinshiliklar Kushon davlatini batamom yo‘q qilib yubormadi. Kushon davlati O‘rta Sharqning yirik davlatlaridan biri sifatida yana 100 yildan ortiq vaqt yashadi. Soson podsholarining kushayishi Kushon­larning RIM imperiyasi bilan aloqasini yanada mustahkamlashga olib keldi. Kushon elchilari 274 yilda Rim Imperatori Avrelinning Palmir ustidan g‘alabasiga bagishlangan tantanalarda qatnashdi. Sosoniylar Rim ­Kushon dustligidan xavfsirab, endi Kushonlar bilan aloqani yaxshilash yo‘lida siyosat olib bora boshlaydilar. Sosoniylar shohi Xormuzd II (301-309) Kushonlar ma­likasiga uylandi. IV asrning urtalarida kushonlar va sosoniylar urtasidagi munosabatlar yana yomonlashdi. Shopur II (309-379) kushonlarga qattiq zarba berib, Shimoliy Baqtriya yerlarini tortib oldi. Ammo kushonlar bu zarbaga ham bardosh berdilar. IV asrning oxirida Balxda sunggi kushonlar sulolasi sifatida kidariylarni taxtga o‘tirishi tantanalari buldi. Shundan boshlab tarix sanasiga yangi kushonlar chiqdi. Bu kushonlar o‘z vaqtida Kumonlar imperiyyasi tarkibiga kirgan ko‘chmanchilar bulib, ular bu buyuk imperiyaning tarix sahnasida chiqishiga olib keldi.

Kushon podsholigi va kushonlar davri-O‘zbekiston, Tojikiston, Afg‘oniston, Pokiston, Hindiston tarixida muhim o‘rin tutadi. Bu davrda O‘rta Osiyo shaharlari hayotida yuksak ri­vojlanish ruy berdi. Dehqonchilik vohalarida qator yangi shaharlar qad kutardi. Eski shaharlar taraqqiyoti yangi bosqishlarga kutarildi. Kushon podsholigining dastlabki yillaridanoq O‘rta Osiyoga Baqtriya orqali budda dini kirib keldi. Surxondaryo viloyati va Tojikiston hududlarida olib borilgan arxeologig izlanishlarning guvohlik berishicha, bu zaminda buddizmga xos memoriy va haykaltaroshlik sanati uzining klassik darajasiga kutarilgan. Arxeologlar bu yerlardan bud­dizmga doir kuplab yodgorliklarni oshib urganganlar. Ulardan biri, Ayritom yodgorligidir. Bu yodgorlik Termiz yaqinida, Amudaryo bo‘yida qad kutargan. Ayritomdan topilgan memoriy sanat asarlarida qadimgi musiqa sbobi - arfa shalib utirgan musiqashilar tasviri berilgan. Eski Termiz shahri hududida Qoratepa yodgor­ligi oshilgan. Arxeologlar bu yodgorlikni budda dinining ibodatxonasi ekanligini aniqlaganlar. Qoratepa tabIIy tepa bulib, uning shor atrofida qazib qurilgan unlab galereyalar - budda va badisatvalar haykallari turgan. Qoratepa yaqinida Fayoztepa nomi bilan yana bir bud­da yodgorligi urganilgan. U yerda olib borilgan arxeolo­gig izlanishlar shuni kursatdiki, Fayoztepa budda dini ibodatxonasi va o‘quv maktabi ekan. Talabalar bu yerda yashab budda ta’limoti buyisha talim olganlar. Buddizm davriga oid yodgorliklar Surxondaryo viloyatida yana Dalvarzintepa, Zartepa, Kuyovqo‘rg‘onda ham oshib urganildi. Bu yodgorliklarning ko‘pshiligi II-IV asrlarga oid bulib, ular kushon davriga oid o‘tmish madaniyatimizning durdonalari hisoblanadi.



Download 464.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling