Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


-mavzu: Mo’g’ullarning O’rta Osiyoga bostirib kirishi va ularga qarshi ozodlik harakatlari


Download 464.52 Kb.
bet19/35
Sana18.04.2020
Hajmi464.52 Kb.
#100118
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35
Bog'liq
2 5463100466667718345


25-mavzu: Mo’g’ullarning O’rta Osiyoga bostirib kirishi va ularga qarshi ozodlik harakatlari.

(2 soat)

Reja:

1.Mo’g’ullar istilosi

2.Mo’g’ullarga qarshi ozodlik harakatlari.



1-masala

«Utror voqeasi» va CHingizxon elchisi ibn Kafroj Bug’roning uldirilishi Movarounnaxrning obod dexkonchilik viloyatlariga CHingizxonning bostirib kirishi uchun baxona buldi. SHu bilan birga birmuncha vaqtdan keyin boshlanishII muqarrar bulgan salbni ma’lum darajada tezlashtirdi ham. g’arbga tomon yurishi CHingizxon SHarqiy Turkiston va Yettisuv ulkalarini zabt etishdan boshladi. SHuni ta’kidlash joizki, bu yurishMovarounnahrga CHingizxonning xarbiy kuchmanchi jangari mug’ullarning shunchaki tartibsiz bosqini bulmay, balki avvaldan rejalashtirilgan va chuqur uylab chiqilgan vaxshiyona xujumi edi. CHunki CHingizxon Movarounnahr yurishiga katta ahamiyat berib, uz rejalarini amalga oshirish uchun puxta tayyorgarlik kurgan edi. Hali harbiy yurish boshlanmasdanoq u uz dushmanining kuch-qudrati va urushga tayyorgarligi tug’risida savdogarlar orqali tuplagan ma’lumotlarini sinchiklab urganib, Xorazmshoxlar davlatining ichki ahvolidan tula voqif edi.

SHarqiy Turkiston va Yettisuvda paydo bulgan urush taxlikasi Xorazm davlatida xarbiy jonlanishga sabab bulmay qolmadi. Bunga qarshi chora va tadbirlar kurish uchun darxol tayyorlanish zarur edi. Xorazm davlati kup sonli turkiy gvardiya va yaxshi qurollangan kungillilar lashkariga ega edi. Mamlakatda qamal qurollari va ularni ishlatishni yaxshi biladigan moxir sarbozlar kup edi. Urush uzoq muddatga chuzilgudek bulsa xam mudofaachilar uchun yetarli darajada oziq-ovqat va yem-xashak jamg’arilgan edi.

Agarda Sulton Muxammad xamda CHingizxon tasarufidagi xarbiy kuchlar mutanosibligi nazarga olinsa, lashkarlarning umumiy soni jixatdan shubxasiz Xorazmshoxbirmuncha ustunroq xam edi. Afsuski, podshox bilan sarkardalar urtasida mavjud ixtiloflar avval boshdanoq bunday ustunlikdan foydalanishga imkon bermadi. X,ali oxirgi mug’ul elchisi mamlakat xududiga qadam quymasdanoq chaqirilgan xarbiy kengashda ular urtasidagi ixtilof ayniqSA yakkol namoyon buldi. Kengashda dushmanga zarba berishning yagona rejasini yakdillik bilan belgilab olish urniga fikrlar bulinib ketdi. Xiva vakili SHaxobuddin Xiv,aqiy bor qushinni Sirdaryo buyiga tuplab, mug’ullarni qarshi olish uzoq yul safarida toliqib kelayotgan dushmanga xali uzini unglab olmasdan turib, bor bardam kuch bilan tusatdan zarba berish tug’risida birdan-bir tug’ri fikr bayon qiladi. Biroq Xorazmshox bunday maslaxatni qabul qilmaydi.CHunki u uzini oliy lashkarboshlari bulgan qipchoq sarkardalariga tamoman ishonchsizlik bilan qarar edi. SHuning uchun xam u katta qushinni bir joyga tuplashdan va ular fursatdan foydalanib uni taxtdan ag’darib tashlashlaridan qurqar edi. Xarbiy kengashda bulajak urushda mudofaa taktikasiniqullashga qaror qilindi. Bunga asosan Sulton Muxammad mug’ullarning asosiy kuchiga, bir katta jangda zarba berish urniga, askariy kuchini qal’a va istexkomlarga bulib yuborib, ayrim shaxarlarni mug’ullarga qarshi quyish bilan, dushmanga zarba bermoqchi buldi. Xorazmshox mug’ullarni asosiy zarbasi Movarounnaxrning markaziy Zarafshon vodiysiga qaratilsa kerak deb uylagan edi. SHuning uchun xam Samarqand va Buxoro shaharlarini mustaxkamlashga buyruq berdi. Samarqandni tashqi devorini qayta qurishmaqsadida shaxar axolisidan xatto bir yil ichida uch marta xiroj xam yig’ib olinadi. SHunga qaramasdan Xorazmshox mudofaaga tayyor emas edi.

1219 yilning kuzida CHingizxon ug’illari –Chig’atoy, Uqtoy va Juji bilan birga Xorazmshoxga qarshi yurish boshladi. CHingizxonning jami askari 200 mingga yaqin edi. CHunki unga uyg’ur xoni Ediqut va Olmaliq hukmdori Sig’noqtakinlar uzlarining qushinlari bilan qushilgan edi. CHingizxon qushini qadimgi yul bilan Ili daryosi buylab, SHimoliy Farg’onadan utib, Janubiy QozogistondaSirdaryo buyida joylashgan Utror shaxriustiga yurish qiladi. Bu shahar yaqinida butun xarbiy kuchlarini tuplab Movarounnaxrni qisqa muddat ichida zabt etish uchun uni turt qismga buladi. Uning bir qismini ug’illari CHig’atoy va Uqtoy boshchiligida Utrorni qamal qilib turish uchun qoldirdi. Ikkinchi qismga Juji boshliq etilib, Sirdaryo etagi tomon yuborilib, unga Sig’noq, Uzgan, Borchilig’kent, Jand, Yangikent va boshqa shaxarlarni bosib olishni buyuradi. Besh ming kishilik uchinchi qushin Oloqnuyon hamda Suketu-cherbi ismli sarxanglari qumondonligida Sirdaryoning urta soxili buylab, uning yuqori oqimiga joylashgan Binokat va Xujand shaxarlari tomon yuboradi. CHingizxonning uzi asosiy kuchlari bilan dashtliklar orqali Buxoroga tomon lashkar tortadi.

Utror mustaxkam qal’ali chegara shahar edi. qal’a noibi qodirxon (Inalxon) boshchiligida shaharda 20 ming cyvopiy bor edi. qamal arafasida unga yordam uchun qoracha Xojib qumondonligida yana 10 ming kishilik qushin kelib qushilgan edi. Juvayniyning ma’lumotiga qaraganda bu kuchdan tashqari Sulton Muhammad «Lashkari birun» deb atalgan 50 ming askar yuborgan edi. Natijada Utror shaxrida dushmanga qarshi kuchli bir x,imoya quvvati tashkil bulgan edi. SHunday bulsada, usha davr solnomachilarining naqliga qaraganda, mug’ullar shaharni qamalga olish bilan utrorliklar sarosimaga tushganlar. qamalning dastlabki kunlaridayoq shahar xokimiyatining vakili Badruddin Amid, Safiy Akra’ hojib boshliq Sulton Muhammad tomonidan qatl etilgan Utror qozisining avlodlari mug’ullar tomoniga utib ketadilar. qamal vaqtida qoracha xojib xam uz askarlari bilan shaxardan chiqib, mug’ullarga taslim buladi. Ammo CHingizzodalar qoracha Xojibning uz podshoxi va valine’matiga sotqinlik qilgani uchun uni barcha tarafdorlari bilan birgalikda qatl etadilar. SHu asnoda utrorliklar shaxarni mudofaa qilib, uni besh oy davomida uz qullarida ushlab turadilar. Ayniqsa qodirxon uzini CHingizxon savdogarlari va sarbonlarini uldirishda aybdor xis etib, sungi nafasigacha dushmanga qarshi kurashadi. Uning askarlari ellik-elliktadan bulib, qal’adan tashqariga chiqar va bosqinchi mug’ullar bilan jang qilib, xalok bulardi. Mug’ullar shaharni egallab, aholisini shaxristondan tashqariga quvib chiqaradilar va uni talaydilar. qodirxon boshliq mudofaachilarning bir qismi Utror arkiga joylashib olib, mudofaani yana bir oygacha davom ettiradilar. Mudofaachilar boshlII qodirxonni mug’ullar qanday bulmasin tirik qulga tushirishga axd qiladilar. Oqibat u qurshovga olinib, asirga tushiriladi. U Samarqandga olib borilib, Kuksaroyda qiynab uldiriladi.



2-masala

Xorazmshoxlar davlati poytaxti Urganchning ayanchli qismatidan so’ng, boyliklarga o’ch, ko’zi och mug’ul jangarilari bosqinchilik safarlarini Amudaryodan janubda joylashgan yirik savdo va madaniyat markazlaridan xisoblangan Balx, Xirot, Marv va g’azna kabi shaxarlarga yo’naltiradi. Ammo bu viloyatda ular shu go’shada qaror topgan Jaloluddin Menkburnining qattiq qarshiligiga uchraydi. Jaloluddin bu o’lkada kuchli lashkar to’playdi. Dushmanga gox o’ng, gox so’l qanotdan, ba’zan markazdan hujum qilib, uning tinkasini quritadi. X,atto ikki jangda mug’ullarni mag’lub etib, ularga katta talafot keltiradi. Mugul qushinining eng atokli lashkarboshilari Jaloluddinga qarshi tura olmaydilar. U 1221 yilning yozida Parvona dashtidagi jangda mashxur mug’ul lashkarboshisini SHiki qutuxu nuyon boshlik 45 ming dushmanini mag’lub etadi. Jangda xarbiy taktika tarixida birinchi bulib Jaloliddin dushman suvoriylariga qarshi ot yonida turib piyoda jang qilish uslubini qullaydi. Mug’ullarning Parvona dashtidagi mag’lubiyati to shu vaqtgacha jiddiy zarbaga uchramagan CHingizxonning asosiy kuchini urushga solishga va xarbiy harakat raxbarligini uz quliga olishga majbur etadi, X,ind daryosi buyidagi janglarda Jaloluddin mug’ul askarlariga bir necha bor zarba beradi. Hatto CHingizxonning uzi tuqnashuvlardan birida jang maydonidan zurg’a qochib qutuladi. Endilikda CHingizxon o’ziga teng raqibga duch kelganini yaxshigina tushunib, Jaloluddinning katta kuch to’plashiga xalaqit berish uchun barcha choralarni ko’radi. Mug’ullar ustidan g’alaba qozonilganidan keyin qo’lga kiritilgan o’ljalarning taqsimoti tufayli Jalo­luddinning lashkarboshilari o’rtasida o’zaro kelishmovchilik boshlanadi. Oqibatda lashkarboshilardan Sayfuddin Ag’roq, A’zam Malik va Muzaffar Maliklar qushindan ajralib, o’z viloyatlari tomon azm etadilar. Bu voqeadan so’ng Jaloluddinning harbiy kuchi ancha-muncha kuchsizlanib qoladi.Fursatdan foydalangan CHingizxon g’aznaga lashkar tortadi. Jaloluddin esa urushsiz chekinib, Xind daryosi qirg’oqlariga yaqinlashib boradi. Daryo bo’yida 1221 yilning noyabrida ikki o’rtada qattiq jang bo’ladi. Mug’ullarning pistirmalarga qo’yilgan 10 ming nafar saralangan lashkari jangning oqibatini xal qiladi.

Jaloluddin Menkburn taslim bo’lishni va o’z oilasining mug’ullar qo’liga tushishini xohlamay rafIIqasi, onasi va bolalarini tik qirg’oqdan daryoga uloqtirib, o’zi esa otda Hind daryosining narigi qirg’og’iga suzib o’tib, ko’zdan g’oyib bo’ladi. U bilan birga uning to’rt ming askari xam qutulib qoladi. Dushmanning jasoratiga qoyil qolgan CHingizxon hatto uni ta’qib qilish fikridan ham qaytadi. Jaloluddin yana o’n yil davomida mug’ullarga qarshi kurashni davom ettiradi. Kavkaz ortida kuchli davlat barpo etmoqchi bo’ladi. Ammo bu o’lkada xam maxalliy xokimlar va feodallar o’rtasidagi nizolar uning bunday orzusini ro’yobga chikarishga tusqinlik qiladi. SHunday qilib, buyuk sarkarda Jaloluddin Menkburni va uning jangovor kuchini tashkil qilgan fidoiy safdoshlari, garchi Vatan taqdiri yo’lida o’z xayotlarini tikib, kuch jixatdan bir necha o’n barobar ortiq bo’lgan dushmanga qarshi yillar davomida qahramonona kurashsalar-da, ammo ona yurt ozodligini saqlab qolishning iloji bulmadi, chunki fursat boy berilgan edi. Eng so’nggi xorazmshohning xukmdorligi shu tariqa 1231 yilda tugaydi. SHu Bilanbirga, qariyb 1,5 asr xukmronlik qilgan buyuk xorazmshoxlar davlati va uni boshqargan xonadon batamom xalok bo’ladi. SHubxasiz, mamlakat sultoni Muxammad xorazmshohning o’z yurti va fuqarosi oldidagi burchi va mas’uliyatiga nisbatan befarq qarashi, qo’rqoqligi, dushmanga qarshi barcha kuchlarni birlashtirib unga boshchilik qila olmagani, hukmronlar doirasida xukm surgan fitna va ig’volar, lashkarboshilarning beboshligi, tarqoqligi va sotqinligi oqibatida CHingizxondek yovuz dushman bosqiniga bardosh bera olmay SHarqdagi bu ulkan davlat batamom barxam topadi.

Transaksoniya va Xurosonning mo‘g‘ullar tomonidan bosib olinishi natijasida shaharlar vayron bo‘ldi. Madaniy hayotga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Musiqachilar, xonandalar va aktyorlar boshqa mamlakatlarga ketishga majbur bo‘lishgan. Bu yerda iqtisodiy va madaniy taraqqiyot XIY asrdan o‘z iziga tusha boshladi71.These mosques were quite small, but life in large towns required the construction of spacious mosques, which were capable of accommodating large numbers of worshippers for Friday prayers. The Friday mosque (masjid-i jumca, or jami¯ c) was therefore developedwith a spacious courtyard surrounded by a covered area.


26-mavzu: Amir Temur davlatining tashkil topishi. Ichki va tashqi siyosati. (2 soat0
Reja:

  1. XIV asrning ikkinchi yarmida Movarounnaxrdagi ijtimoiy siyosiy ahvol.

  2. Amir Temurning siyosiy maydonga kirib kelishi.

  3. Loy Jangi.

  4. Amir Temur - Movarounnahrning yagona hukmdori.

  5. Amir Temurning harbiy yurishlari.

XIV asrning 50-60-yillarida Movarounnaxrda feodal tarqokqligi g‘oyatda kuchayib, sinfiy kurash yanada keskinlashadi. Mamlakatdagi har bir viloyat alohida hukmdorlikka ajralib, ular o‘rtasida nizo kuchayib ketadi va qonli urushlarga aylanadi. Bu davrda mamlakatda yagona uyushgan davlatning yuqligi, uning siyosiy jihatdan maydalanib ketganini o‘rta asr muarrixlaridan Riyosuddin Xondamir o‘zining «Xabnb us-siyar» nomli asarida quyidagicha tasvirlaydi: «Amirzoda Abdullo binni amir qozag‘on (1346—1358) vafotidan so‘ng Turkiston axvolidan haraju maraj (boshboshdoqlik) yo‘l topib, har shaharda mustaqil shoxlikka intilishlar maydonga keladi. Har qasabada bir uyatsiz davlat iqbol xavosi bilan qo‘zg‘olishga oyoq bosdi. Amir Bayon Sulduz Samarqandda ichkilik, ayshu-Ishratga berildi. Amir Xoji Barlos... Kesh shahrida Hukumat bayrog‘ini ko‘tardi. Amir Boyazid Jaloir Xo‘jandda davlat masnadi (taxti) ga ultirdi. Uljoytu Sulduz Balxda mamlakat hukmronligining visoliga kungul bog‘ladi. Muhammad Xoja Yazdiy Shiburg‘onda o‘zini hoqimi mutlaq xayol qildi. Badaxshon shoxi, u Kuxistonda istiqlol kamarini beliga bog‘lab, boshqalarga itoat qilishdan bosh tortdi. Amir Xusayn binni Amir Milal binni Amir qozag‘on va Amir Hizr Yasovuriy Hisori Shodmon chegarasida askar to‘plab har lahzada viloyatlarga Chopqun yasab harob qilar edi".

Nizomiddin Shomiyning so‘ziga qaraganda, mamlakatda hoqimlar o‘rtasida doimo nizolar va g‘alayonlar bo‘lib turar, davlat ishlari esa butunlay izdan chiqqan edi. Siyosiy parokandalik, o‘zaro urush va janjallar iqtisodiy tanglikka sabab bo‘lib, mamlakat aholisini, ayniqsa dehqonlar xo‘jaligini xonavayron qilgan edi. Buning ustiga Sharqiy Turkiston va Yettisuvda tashkil topgan Sulduz amirlari Movarounnahrni bosib olishga harakat qilardilar. Bir necha bor Movarounnaxr ustiga yurish qilib, uni talab qaytadilar. Mo‘g‘uliston amirlarining vayronagarchilik yurishlariga qarshi kurashboshlanib ketadi. Mug‘ullar istibdodi va zulmga qarshi xalq harakati boshlanadi.

Mana shunday ichki o‘zaro urushlar qizigan, mo‘g‘ullar zulmiga qarshi mehnatkash xalq harakatlari boshlangan bir davrda qisqa vaqt ichida jahon imperiyasini vujudga keltirgan soxibqiron Temur siyosat maydoniga dastlabki qadamlarni quymoqda edi.

Temur 1336 yilda Kesh (Shahrisabz) shahri yaqinida joylashgan Xo‘jailg‘or qishlog‘ida dunyoga keladi. Uning otasi Amir Tarag‘ay (Turgay) va amakisi Amir Xo‘ja barlos qabila biylari va yirik mulkdor amirlaridan edi. Temur yoshlik chog‘laridanoq harbiy ishga nihoyatda qiziqardi. U tezda moxir suvoriy va qahramon jangchi sifatida butun Qashqadaryo vodiysida shuxrat qozonadi. Uning atrofida barlos qabilasidan chiqqan jangchi yoshlar to‘plana boshlaydi. Temur qul ostidagi navkarlari bilan ayrim amirlarga xizmat qiladi, janglarda chiniqadi.

1360 va 1361- yillarda Mo‘g‘uliston xoni Tug‘luq Temur Movarounnaxrdagi og‘ir siyosiy vaziyatdan foydalanib, uni buysundirishga harakat qiladi. U hech qanday qarshiliksiz Qashdaryovodiysiga bostirib kiradi. O‘sha vaqtlarda Qashqadaryo viloyatining hoqimi Amir Xo‘ji barlos dushmanga qarshi kurashish o‘rniga, Xurosonga qochadi.

Temur amakisining viloyatini qo‘ldan bermaslik maqsadida Tug‘luq Temur xizmatiga o‘tib, Kesh viloyatiga amir bo‘lib tayinlanishga muvaffaq bo‘ladi. Mo‘g‘uliston xoni ug‘li Ilyosxo‘jani Movarounnaxrning hoqimi qilib yuboradi. Ammo Temur unga xizmat qilishni istamaydi. U Movarounnaxr amirlaridan Xusayn bilan ittifoq to‘zadi. Temur Husaynning singlisi O‘ljaoy Turkon Og‘aga uylangach, ularning ittifoqi qarindoshlik aloqalari tufayli yanada mustahkamlanadi. Temur avval boshboshdoq amirlarga qarshi ichki, so‘ngra esa mo‘g‘ullarga qarshi kurash olib boradi. Seistondagi urushlarda qo‘li va oyog‘idan yarador bo‘lib, bir umrga oqsoq bo‘lib qoladi.

1363- yilda Amudaryoning chap soxilida Qundo‘z shahri yonida mo‘g‘ullar bilan birinchi jang bo‘lib, unda Temur g‘alaba qozonadi. Ana shundan so‘ng mo‘g‘ullarni to‘xtovsiz ta’qib etish boshlanadi. To‘g‘ri, ular Movarounnaxrni osongina berib quyishni istamas edilar. Tug‘luq Temur vafotidan keyin Movarounnaxrdan haydalgan Ilyosxo‘ja 1365- yilda katta qo‘shin bilan Sirdaryoga tomon yo‘lga chiqadi. Husayn bilan Temur jangga tayyorlanadilar. Ular o‘rtasidagi jang Chinoz bilan Toshkent oralig‘ida bo‘ladi. Tarixda u «Janggi loy» nomi bilan shuxrat topadi. Jangda Temur bilan Husayn kelishib harakat qilmaganliklari oqibatida ularning birlashgan qo‘shini mag‘lubiyatga uchraydi. Chunki jangda Temur qo‘shini g‘olibona harakat qilib, zafar topayotgan bir paytda Husayn o‘z askarlari bilan jang maydonini tark etadi. Temur esa chekinishga majbur bo‘ladi. Loy jangidagi mag‘lubiyat dushmanga Movarounnaxrga, xususan uning markaziy shahari Samarqandga tomon yo‘l ochib beradi. Mo‘g‘ullar Movarounnaxrning markaziy viloyatlarida odatiy talon-tarojni yana davom ettiradilar. Bunday og‘ir bir siyosiy vaziyatda hokimiyatsiz qolgan mamlakat aholisi , garchi o‘z holiga tashlab qo‘yilgan bo‘lsa ham, lekin u ona yurt mudofaasini o‘z qo‘llariga olishga va mo‘g‘ullar hujumini qaytarishga kirishadi. O‘z g‘alabalari bilan sarimast Ilyosxo‘ja boshliq mo‘g‘ullar jabrdiyda xalqning qaqshatqich zarbasiga uchraydi. Uzoq davom etgan mo‘g‘ullar hukmronligiga qarshi ko‘tardilgan bu xalq harakati tarixda «sarbadorlar» harakati nomi bilan shuhrat topgan edi.

Sarbadorlar harakati dastavval, 1337 -yilda Xurosonda, Eronning shimolida boshlanadi. Sarbadorlar maqsadga erishish uchun ozodlik yo‘lida dorga osilishga ham tayyormiz degan shior ostida mo‘g‘ul bosqinchilari va mahalliy mulkdorlar zulmiga qarshi kurash olib boradilar. Xurosonning g‘arbiy qismida ular mo‘g‘ullar hukmronligini tor-mor qilib, mustaqil Sarbadorlar davlati barpo etadilar. Bu davlatning markazi Sabzavor shahrida bo‘lib, u 1337- yildan to 1381- yilgacha qariyb 45 yil hukm suradi. Sar­badorlar asosan dehqonlar, hunarmandlar, shayxlar vaqullardan iborat edi. Ularning hukumati asosan demokratik tartibga qo‘rilgan bo‘lib, unda tabaqalar deyarli bir-biridan farq qilmagan. Masalan, qullar to‘la ozod etilmagan bo‘lsa ham, ular boshqalar bilan bir qatorda sanalganlar.

Sarbadorlar harakati XIV asrning 60- yillarida Movarounnaxrda mo‘g‘ul xonlarning hujumi munosabati bilan kuchayib ketadi. Samarqand bunday harakatning markaziga aylanadn. Qo‘zg‘olonga Mavlonozoda, Abu Bakr Kuluyi Naddof va mergan XO‘rda ki Buxoriylar boshchilik qiladilar. Sarbadorlar mo‘g‘ullarga Samarqand shahrida qaqshatqich zarba beradilar. Ilyosxo‘ja dastlab Samarqandni, so‘ngra esa butun Movarounnahrni tashlab chiqib ketishga majbur bo‘ladi. Shundan so‘ng Sarbadorlar ichki dushman katta yer va mulk egalariga qarshi kurash olib boradilar. Ularning uy-joylari vayron etilib, mol-mulklari talon-taroj qilinadi. Shu tariqa Samarqandda Sarbadorlar hokimiyati o‘rnatiladi. Ular butun qish davomida Samarqandni o‘zlari idora qilib turadilar. Sar­badorlar boshliq samarqandliklarning mo‘g‘ullar xoni Ilyosxo‘ja ustidan g‘alabasi to‘g‘risidagi xabar Husayn bilan Temurga ham borib yetadi. Temur qishni qarshida, Husayn esa Amudaryo bo‘yida o‘tkazadi. Bahor kelishi bilan ular Samarqandga yo‘l oladilar. Ular Samarqand yaqinida joylashgan Konigil mavzeida tuxtaydilar. Har ikkala amirlar sarbadorlarning dushman ustidan qozongan g‘alabalaridan mamnun bo‘lganliklarini va ular bilan uchrashmoqchi ekanliklarini bildiradilar. Sarbadorlar amirlarni «yaxshi» niyatda ekanliklariga ishonadilar. Ularga izzat-hurmat ko‘rsatadilar. Biroq ertasi kuni sar­badorlarning boshliqlari Husayn bilan Temur qarorgoxiga borganlarida, ular xiyonatkorona qatl etiladi. Temurning oraga tushishi bilan faqat Mavlonozoda o‘limdan qutilib qoladi. Shu tariqa xoinlik yo‘li bilan Sarbadorlar boshliqsiz qoldirilib, harakat bostiriladi. Movarounnaxrda Amir Xusaynning hukmronligi tiklanadi. Ammo ko‘p o‘tmay Husayn bilan Temur o‘rtasidagi munosabat yomonlashib, ochiqdan-ochiq nizoga aylanadi. Husayn Balx shahriga qaytib uni mustahkamlashgakirishadi. Temur esa Kesh va qarshi viloyatlarining hukmdori bo‘lib qoladi va o‘zining sobiq ittifoqdoshi, hamda qayinog‘asi Amir Husaynga qarshi pinhona harakat qila boshlaydi.



Temur davlatining tashkil topishi. XIV asrning 60- yillarida Movarounnaxrda siyosiy va iqtisodiy vaziyat nihoyatda og‘irlashib ketadi. Feodal tarqoqlikning kuchayishi, ichki o‘zaro urushlarning o‘zluksiz davom etishi va tashqi dushman hujumlarining avj olishidan dehqonchilik, hunarmandchnlik va savdo-sotiq ishlari zarbaga uchrab, aholi og‘ir tanglikni boshidan kechirmoqda edi. Bundan savdogarlar, hunarmandlar va dehqonlar g‘oyatda norozi edilar. Aholiningbunday tabaqalari orasida mavjud og‘ir axvoldan qutulish, mamlakatni birlashtirish va kuchli bir davlat tashkil etish harakati kuchayadi.

Husayndan ko‘ra Temur o‘z zamonining bunday talabini yaxshiroq tushunardi. Shuning uchun ham u o‘z faoliyatining dastlabki bosqichida barcha harakatni Movarounnaxrda markazlashgan mustaqil davlat tuzish ga qaratadi. Bunday maqsadni amalga oshirishda u ruxoniylar bilan bir qatorda shaharning savdogar va hunarmand tabaqalariga suyanadi. Bu boradagi amaliy ishni Balx shahriga joylashib olgan raqibi Husaynga qarshi yurishdan boshlaydi. 1370 yilda Temur yaxshi qurolangan qo‘shini bilan Balxni qamal qiladi va katta talafotlar berib shaharni egallaydi. Movarounnahrning hukmdori Amir Husayn uldiriladi. Bu voqealardan so‘ng mamlakatda Temurning siyosiy mavqei kuchayib ketadi. Chunki endi Movarounnaxrda uning uchun kuchli raqib qolmagan edi. Shu yili Balxdaqo‘shin boshliqlarining yig‘ilgan qurultoyida Temurning hukmronligi rasman qaror topadi. Manbalarda ta’riflanishicha, qurultoyda avvalgi Chig‘atoy xonligining e’tiborli amirlari, Temurning yoshlikdagi quroldoshlari va uning sobiq dushmanlari hozir bo‘lgan edilar. Ular orasida Amir Shayx Muhammad Bayon Sulduz, Amir Uljoytu, Amir Kayxisrov huttaloniy, Amir Dovud dug‘lot, amir Sorbug‘a jaloyir, Amir Joku barlos, Amir Zinda Chashm va boshqa mu’tabar ma’murlar bor edi. Xerman Vamberining tariflashicha,Temur qadimgi turk odatiga binoan oq kigizustiga o‘tqazilib, yuqori ko‘tardiladi. Temurning piri Sayid Baraka duoyi fotixa qilgach, u Movarounnaxrning egasi — amiri deb e’lon qilinadi.

Movarounnahrning yagona hukmdori bo‘lib olgach, Temur o‘z davlatini siyosiy va iqtisodiy jihatdan mustahkamlashga kirishadi. Avvalambor bu davrda Temurga mustahkam poytaxt-bebosh mahalliy hukmdorlarning hujumlariga qarshi tura oladigan birorta qarorgox zarur edi. Shu maqsadda u 1370 yilda Samarqandga keladi. Bu yerda u shahar devorlari, qal’alar va saroylar bino qilishga kirishadi. Bu imoratlar Samarqand mo‘g‘ullar tomonidan vayron etilgandan keyin 150 yil utgach birinchi marta bunyod qilingan umumjumxuriy inshootlar edi. So‘ngra u xoldan toygan mamlakatda qonun va tartib ishlarini joriy etadi. To‘g‘ri, deyarli bir asrlik boshboshdoqlik hukm surgan mam­lakatda qonunlar joriy etib, tartib o‘rnatish oson ish zmasdi. Uni oz-ozdan amalga oshirish mumkin edi. Shuning uchun ham Temur o‘ziga mustahkam tayanch barpo etish maqsadida barlos qabilasidan maxsus harbiy qism tashkil qiladi. Chunki bunday ishonchli harbiy kuch ayniqsa, uning siyosiy kurashlari uchun zarur edi. Shuning uchun ham u bu harbiy qismga va barlos qabilasiga katta imtiyozlar beradi. Tashqaridan qaraganda Temur qonunlarni joriy etish bilan band ko‘rinsa-da, lekin o‘z davlati chsgaralarini mumkin qadar kengaytirishga kirishadi. Avval u Amudaryo va Sirdaryo oralig‘idagi yerlarni, shuningdek Farg‘ona va Shoshni birlashtirib, ularni o‘ziga buysundiradi.

Ammo Mo‘g‘uliston tomonidan bo‘ladigan xavf hali tamoman sindirilmagan edi. Temur davlati uchun ayniqsa, Juji ulusida qad ko‘targan Oltin O‘rda nihoyatda xavfli edi. Temur saltanati bilan Oltin O‘rda xonligi oralig‘ida bu davrga kelib mustaqil bo‘lib olgan Xorazm yerlaridan qo‘ng‘irot sufilarining davlati qaror topgan edi. qadimdan iqtisodiy. siyosiy va madaniy jihatdan Movarounnaxr bilan yaqindan aloqada bo‘lgan Xorazm mo‘g‘ullar davrida ikki qismga bo‘linib, markazi Urganch shahri bo‘lgan Shimoliy Xorazm Oltin O‘rda ga, markazi Kat qal’asi bo‘lgan Janubiy Xorazm Chig‘atoy ulusiga qaragan. XIV asrning 60- yillari oxirida Oltin O‘rda da yuz bergan g‘alayonlar vaqtida qo‘ng‘irot sufilari Shimoliy Xorazmda yangi sulolaning mustaqil hukmronligini tiklab oladilar. So‘ngra Kat va Xeva shaharlarini bosib olib, ShimoliyXorazm bilan Janubiy Xorazm yerlarini birlashtiradilar. Temur butun Xorazmni Chig‘atoy ulusining ajralmas qismi deb hisoblar edi. Shuning uchun u Xorazmni bosib olish siyosatini tutdi. 1372 yilda Temur Xorazmga hujum qildi. Biroq xorazmliklar mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa lar-da, Te­murga qarshi bir necha bor bosh ko‘tardilar. Shuning uchun ham Temur Xorazmga besh marta yurish qilishga majbur bo‘ldi. Nihoyat, !388 yilda u Xorazmni butunlay qulga kiritishga muvaffaq bo‘ladi. Uning oxirgi yurishi oqibatida Urganch shahri vayron etilib, shahar aholisi zsa Samarqandga kuchiriladi.

Shunday qilib, Temur Movarounnahr va Xorazmda feodal tarqoqlikka va o‘zaro nizolarga zarba berib, Sirdaryo voxasidan to Orol dengizigacha bo‘lgan yerlarda yashovchi xalqlarni yagona davlat tasarrufida birlashtirdi, Bu shubhasiz, Movarounnaxr xalqlari taqdirida ijobiy ahamiyat kasb etdi. Ammo Temurning harakati bu bilan cheklanmadi. U tez orada qushni davlatlar va xalqlar ustiga yurish qilib, ularni o‘z davlati xududiga birlashtirish va markazlashgan ulkan saltanat barpo etishni oldiga maqsad qilib qo‘yadi.

Temur davrida shahar madaniyati rivojlandi. Samarqandga dunyoning turli tomonlaridan hunarmandlar, quruvchilar olib kelindi. Shaharda turli bayramlarni, to‘ylarni o‘tkazish uchun ham sozanda, xonanda, masxaraboz, aktyor, palvonlar, chavondozlar, kamonchilarlar turli joydan olib kelingan72. As urban culture revived, Timur established a basis for the new development. The craftsmen and scholars he had brought from many countries to his capital Samarkand included


practitioners of the fine arts and others with an expert knowledge of the staging and performance of entertainment.

Download 464.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling