Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
Xorazmshohlarning davlat boshqaruvi
Download 464.52 Kb.
|
2 5463100466667718345
- Bu sahifa navigatsiya:
- Madaniy hayot.
- 23-mavzu: IX–XII asrlarda Movarounna h rda fan va madaniyat. So`fiylik ta’limoti . (2 soat) Reja
Xorazmshohlarning davlat boshqaruvi. Anushteginiylar davrida davlat boshqaruvi ham avval boshqargan sulolalar boshqaruvidan farq kilmagan. Ularda ham davlat boshqaruvi iki tizimdan: dargox va devondan iborat bo‘lgan. Dargoxda Xorazmshohlarning vazifalarini bajaruvchi bir necha lavozimlar mavjud bo‘lgan. Devonlar faoliyati ham xuddi saljuqiylar va G‘aznaviylar davlati kabi 5ta devondan iborat bo‘lgan. Fakatgina ularda yana bir devon bo‘lib uning nomi xos deb yuritilgan,bu maxsus devon bo‘lib, hukmdor sulolaga tegishli yer-suv, mol-mulk, sulton mamluklariga maosh berish vazifalari bilan mashgul bo‘lgan. Xorazmshohlar qo‘shini haqida gapirilganda, bu qo‘shin o‘z davrining eng qudratli lashkariga ega bo‘lgan. Sulton Muhammad ixtiyorida 600 ming otlik askar bo‘lgan. Mugullar bosqini arafasida Xorazmshohlar taxminan 600 ming otlikni o‘z kul ostida birlashtirgan. Oliy hukmdorning maxsus shaxsiy qo‘shini ham bo‘lgan. Bu gvardiya 10 ming kishini tashkil qilgan. Bu jangchilarni paxlovonlar deyishgan. Madaniy hayot. Xorazmshohlar davrida fan va madaniyat rivoji a’lo darajada bo‘lgan. Ayniksa, sulton Takash va Alouddin Muhammad davrida madaniy hayot ravnak topgan. Xorazm she’riyat maktabining deyarli barcha vakillari saroy shoirlari edi. Xorazmshohlarning barcha namoyondalari keng bilimli kishilar edi. Ular san’atni kadrlaganlar, nazmda ijod qilib, musika asboblarida kuy chalishni bilganlar. Bu zamonda madrasalar barpo etish, kutubxonalar ochish, ularni kitoblar bilan tuldirish, iste’dod soxiblarini jalb qilish va nodir manbalarni asrash kabi odatlar rivojlangan. Xorazmshohlar davrida olimu-fo‘zalolarga xomiylik ko‘rsatilib, mamlakatda ilmu-fan bilan shugullanishga shart-sharoit yaratib berilgan edi. Bu yurtda ko‘plab matematiklar,yuldo‘zshunoslar, tabiblar, tarixchilar, shoirlar, faylasuflar, adiblar, tilshunoslar, mutassavvuf kabi olimlar o‘z saloxiyatlarini namoyon qilib faoliyat yuritganlar va Xorazm shon-shuxratini olamga tanitganlar. Xorazmda Beruniy ma’lumotiga ko‘ra, yangi Avesta kalendaridan foydalanishgan. Xorazmliklarda quyosh kalendari bo‘lib, u 365 kun, 12 oydan iborat bo‘lgan. Har bir oy 30 kun bo‘lib, o‘ziga xos nomlar bilan atalgan. Qolgan 5 kuni oxirgi oyga qo‘shilgan.Lekin unda qo‘shimcha 6 soat inobatga olinmagan68. In the countries of Central Asia, the Persian, Sogdian and Khwarazmian calendars were known from ancient times. All these were solar calendars in which the year was composed of 12 months of 30 days. Five days were added on at the end of the year or after thetenth month, so that the year had 365 days
IX-X asrlarda Movarounnahrdagi tarixiy ssart-sharoit. IX – XII asrlarda yashagan O’rta Osiyoning buyuk allomalari. Movarounnaxr va Xorazmda me’morchilik. So`fiylik ta’limoti. IX–XII asrlarda Movarounnaxr va Xurosonda sodir bo‘lgan o‘ta murakkab siyosiy vaziyatning tadrijiy rivoji va u bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy va iqtisodiy o‘zgarishlar mamlakat aholisini madaniy hayotiga ham kuchli ta’sir etdi. Ma’lumki, Movarounnaxr istilo etilib, halifalikka olingach, zabt etilgan o‘zga mamlakatlar qatorida, bu o‘lqad a faqat islomgina emas, balki arab tili va uning imlosi ham joriy etildi. Chunki arab tili halifalikning davlat hamda mafkurasi — islom dini tili edi. Shuningdek, xududdari kengayib, jahondagi eng yirik davlatga aylangan Arab halifaligida davlat tili esa fan tili ham edi. Shu boisdan qadimiy madaniy an’analarga boy Ajam va Movarounnaxrda ko‘pjihatdan arab tilining mohiyati oshib uni o‘zlashtirishga bo‘lgan intilish kuchli bo‘ldi. Islomni qabul qilgan aholining ko‘pchilikka yot arab tili bilan muloqoti, garchi faqat ibodat vaqtlarida qur’oni karimning qisqa suralarini tilovat qilishdan iborat bo‘lsa -da, ammo mahalliy zodagonlar arab tilini halifalik ma’murlari bilan yaqinlashish va mamlakatda o‘z siyosiy mavkqelarini tiklab, uni mustahkamlashninggarovi deb hisobladilar. Uni o‘zlashtirishga astoydil kirishdilar. Arab tiliga bo‘lgan bunday ehtiyoj va intilish tufayli ko‘p vaqt o‘tmay Movarounnaxr ham xatto o‘z ona tilidan ko‘ra arab tili va yozuvini yaxshiroq o‘zlashtirib olgan bilimdonlar paydo bo‘ldi. O‘z navbatida, chegaralari borgan sari kengayib, ulkanlashib borayotgan halifalik uchun ham ilm va ilm olish suv va xavodek zarur edi. Davlatni boshqarishda abbosiylar. ma’muriyati ayniqsa ko‘plab bilimdon siymolarga muhtoj edi. Chunki arablar orasida bu paytda davlat ishiga yaroqli bo‘lgan bilimdonlar hali oz, borlari ham zaif edi. Shu boisdan Movarounnaxr, Xorazm va Xurosonda mahalliy tillarda yozilgan asarlar bitirilib, yerli bilimdonlar quvg‘in ostiga olib turilgan bir paytda bu mamlakatlarning ko‘pgina tolibi ilmlari halifalikning markaziy shaharlari Damashq, Qoxira, Bog‘dod, Kufa va Basraga borib bilim olishga va arab tilida ijod qilishga majbur bo‘ladilar. Bu davrda ayniqsa Bog‘dod shahri Sharqning yirik ilm va madaniyat markazi edi. VIII asr oxirida bu shaharda «Bayt ul-xikma» ("Donishmandlar uyi") — islom Sharqining Fanlar aqad yemiyasi tashkil etilgan edi. «Bayt ul-xikma»da katta kutubxona hamda astronomik kuzatishlar olibboriladigan rasadxonalar mavjud edi. Bu ilm dargohiga jalb etilgan tolibi ilmlar tadqiqotlar bilan bir qatorda qadimgi yunon va xind olimlarining ilmiy merosini o‘rganish va asarlarini arab tiliga tarjima qilish bilan ham shug‘ullanadilar. Bu yerda Axmad Farg‘oniy, Muhammad ibn Muso Xorazmiy va Axmad ibn Abdullox Marvaziy kabi Movarouniaxr va xurosonlik olimlar ijod qilib, o‘rta asr ilmu faniga katta hissa qo‘shadilar. IX asrda yashab arab tilida ijod qilgan AxmadFarg‘oniy zamonasining atoqli astronomi, matematigi va geografi edi. U halifa Xorun ar-Rashid (786 — 809) topshirig‘i bilan Bog‘dod yaqinida Raqoqnomli mavzeda rasadxona qurilishiga boshchilik qiladi. Rasadxona qoshida uning raxbarligida astronomiya maktabi tashkil etiladi. Bu yerda Farg‘oniy zamondosh hamkasb olimlar va shogirdlari bilan astronomik kuzatishlar olib boradi. U «Astronomiya asosi», «Samoviy harakatlar» va «Yulduzlar xaqidagi fan» nomli asarlarini yozadi. Uning o‘z zamonasida astronomiya bilimlarining o‘ziga xos qomusi hisoblangan «Astronomiya asosi» nomli asari XV asrda lotin tiliga tarjima qilinib, bir necha asr mobaynida musulmon sharqi va Ovrupo astronomlari uchun dastur bo‘lib xizmat qiladi. Muhammmad ibn Muso Xorazmiy (783 — 850) mashhur matematik, astronom, geograf va tarixchi edi. Xorazmiy «Kitob ul-jabr va muqobala» ("Tenglama va qarshilantirish kitobi") nomli ilmiy asar yozib, matematika tarixida birinchi bo‘lib algebra faniqa asos soldi. Hatto «algebra» atamasi ushbu kitobning qisqacha «al-jabr» deb yuritilgan qisqartirilgan nomining aynan ifodasidir. Xorazmiy nomi esa matematika faniga «algoritm» atamasi shaklida o‘z ifodasini topdi. Xorazmiy ko‘proq Bog‘dodda halifa Ma’mun (810—833) rasadxonasida faoliyat ko‘rsatdi. U zamondosh olimlar bilan birgalikda yer aylanasining o‘zunligi va radiusini aniqlash hamda geografik xaritalar tuzish kabi masalalar bilan mashg‘ul bo‘ldi. Uning «Aljabr» asari asrlar davomida avlodlar qo‘lida yer o‘lchash, ariq chiqarish, bino qurish, merosni taqsimlash va boshqa turli hisob va o‘lchov ishlarida dasturilamal bo‘lib xizmat qildi. «Aljabr» kitobidan tashqari Xorazmiy «Zij» ("Astronomik jadval"), «quyosh soati xaqida risola», «Surat ul-arz» ("Er surati") «Usturlab olati xaqida risola» kabi asarlar yozdi. XII asrdayoq lotin tiliga tarjima qilingan uning qator asarlari Sharq va G‘arb mamlakatlarida ilmiy fikrlarning rivojiga samarali ta’sir ko‘rsatdi. Dunyoviy fan olimlari bilan bir qatorda bu davrda islom ta’limoti va mafkurasining takomili yo‘lida movarounnaxrlik muxaddis ulamolarning ham xizmati katta bo‘ldi. Bu borada ayniqsa Ismoil Buxoriy va uning zamondoshi va shogirdi Iso Termiziylarning hissasi nihoyatda buyukdir. Birgina Ismoil Buxoriy Islom ta’limotiga oid yigirmadan ortiq asar yozdi. Uning «Jomi’ as-saxix» nomli shox asari musulmon Sharqida qariyb o‘n ikki asr davomida Islom ta’limotida qur’oni karimdan keyingi asosiy manba sifatida yuqori baholanib kelinmoqda. Bu bebaho asarga kiritilgan 7275 xadislar va ularga berilgan ko‘pdan-ko‘p sharxlarda faqat shariat arkomlariga oid qoidalargina ifodalanilmay, balki inson ma’naviy kamolotining ramzi hisoblangan mehr-muxabbat, xurmatu izzat, muruvvatu ximmat, halolligu mehnatsevarlik, saxiyligu ochiq kungillik hamda o‘zaro tinch-totuvlik kabi insoniy fazilatlar xaqida bayon etilgan. Bu davrda Movarounnaxr, Xuroson va Xorazmdan halifalikning markaziy shaharlariga borib fanning turli sohalarida ijod qilgan olimlardan tashqari madaniyatning deyarli barcha sohalari bo‘yicha ham yetuk ustodu shogirdlarning soni Bog‘dod shahrida oz emas edi. Bu yerda ular o‘z Vatanlaridagi ilmiy va madaniy an’analarni arab tilida, islom mafkurasiga moslashtirilgan xolda taraqqiy ettirishga va ularni jahon ilmu madaniyatiga qo‘shishga muyassar bo‘ldilar. IX asrning ikkinchi yarmida Movarounnaxrning madaniy hayotida yangi davr boshlanadi. Halifalik hukmronligi tugab, mustaqil Somoniylar davlatining qaror topishi bilan madaniy hayotning jonlanishi uchun keng yo‘l ochiladi. Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv va Nishopur kabi shaharlar ilmiy va madaniy markaz sifatida taraqqiy qila boshlaydi. Bu davrda qishloq aholisining aksariyati sug‘diy yoki xorazmiycha so‘zlashsada, markaziy shaharlarda forsiy-dariy deb yuritilgan xalqning adabiy tili vujudga keladi. Bu til davlat tili sifatida qabul qilinadi. Dariyda nazm, nasr va ilmiy asarlar yozila boshlanadi. Bu davrda dariy tilida yozilgan nasriy asarlarning ayrim nus’halari bizgacha saqlanib qolgan. Masalan, Abu Mansurning nasriy «Shohnoma» siga yozilgan muqaddima, no’malum muallifning «Xudud al-olam» nomli asari hamda Abu Ja’far Tabariyning «Tarixi Tabariy» va «Qur’oni Karim» 14 jildlik «Tafsiri» ning arabchadan dariy tiliga tarjimalari shular jumlasidandir. IX–X asrlarda ayniqsa, Buxoro shahri madaniy, jihatdan yuksaladi. Poytaxtda amir saroyida turli sohalarga oid qo‘lyozma kitoblar saqlanadigan kattagina kutubxona barpo etiladi, Somoniy amirlarining aksariyati adabiyot, she’riyat, ilm-fan, san’at va me’morchilikka homiylik qiladilar. Bu davrda Buxoroda ayniqsa she’riyat ravnaq topadi. Uning rivojiga tojik klassik poeziyasining asoschisi Abu Abdullox Ja’far Rudakiy, Abu Mansur Daqiqiy, Abulxasan Balxiy va ko‘pgina boshqa shoirlar g‘oyat katta hissa qo‘shadilar. Rudakiy IX asr oxirida Panjikent yaqinidagi Panjrudak qishlog‘ida tug‘ilgan. Yoshlik chog‘idayoq u rud (chang) chalishni yaxshi o‘rgangan, she’r yozib kuy bastalagan va xofizlik qilgan. Xalq o‘rtasidagi dong‘i tufayli u Nasr ibn Axmad(914 — 943) tomonidan sozanda va shoir sifatida saroyga chaqirtirib olingan. Rudakiy «Kalila va Dimna», «Sindbadnoma», «Arois un-nafois» va «Davroni oftob» nomli asarlar yozgan. U she’riyatda ayniqsa qasida bitishning mohir ustasi edi. Uning mashhur «Juyi Muliyon», «Mayning onasi» va "Qarilik" kabi qasidalari xalq o‘rtasida g‘oyatshuxrat topgan. Rudakiyning ulkan she’riy merosidan hozirgi vaqtgacha saqlanib qolgan ozgina qismi ham (2 ming misraga yaqin) shoirning zo‘r va yorqin iste’dodidan, poetik tilining ta’sirchanligidan, obrazlarining tiyranligidan dalolat beradi. Rudakiy o‘z she’rlarida ona Vatanni, uning tabiat va aholisini, insoniy xis-tuyg‘ularini tarannum etadi. Shoir xaqsizlik va adolatsizlikka qarshi dadil chiqadi, o‘sha vaqtlarda hukm surgan tartibsizliklarni ayamay fosh etadi. Umr bo‘yi ta’qib etilgan, oxiri Buxorodan quvilgan Rudakiy 941 yilda ona qishlog‘ida vafot qiladi. Bu davrning zakovatli shoirlaridan yana biri Daqiqiy edi. Avval u Chag‘oniyon hukmdorlari, so‘ngra somoniylar saroyiga taqlif etiladi. Daqiqiy an’anaviy saroy poeziyasidan farqli, xalq rivoyatlari va epik dostonlar asosida yangi poetik yo‘nalishda ijod qiladi. Umrining oxirida u «Shohnoma» nomli poetik asarni yozishga kirishadi. Biroq shoirning fojiona o‘limi oqibatida asar boshlanganicha qoladi. Bu buyuk ish keyinchalik Abulqosim Firdavsiy tomonidan davom ettiriladi. Abulqosim Firdavsiy (934-1020) fors-tojik adabiyotining klassik shoiri. U dunyoga mashhur she’riy «Shohnoma»asarini yaratdi. Bu doston Eron va Turon xalqlarining qahramonona o‘tmishiga bag‘ishlangan bo‘lib, vatanparvarlik ruxida yozilgan. «Shohnoma» jahon adabiyoti xazinasining noyob durdonalaridan hisoblanadi. Asar juda ko‘p tillarga, shu jumladan, o‘zbek tiliga ham tarjima qilingan. IX — X asrlarda tojik adabiy tili uzil-kesil shakllanib u ancha rivoj topgan bo‘lsa -da, ammo ilm-fan va adabiyotda hali arab tili muxim o‘ringa ega edi. Saolabiyning «Yatimat ul-baxr" nomli asarida qayd etilishicha, Buxoro, Xorazm va Xurosonda 119 nafar arabiyzabon shoirlar ijod qilgan. Ularning deyarli barchasi saroy ahli, hukmron xonadon a’zolari va boshqa oliy tabaqa vakillaridan iborat bo‘lgan. Tilshunoslik, fiqH musiqa, falsafa, matematika, tabobat, astronomiya, tarix va boshqa fanlar bo‘yicha ilmiy asarlar asosan arab tilida yozilgan. Buxoro va boshqa markaziy shaharlarda islom dini ta’limotining asosiy manbalari va shariat bilimlarini o‘qitishuchun madrasalar ochilgan edi. Bunday ilmgohdan yetishib chiqadigan ilm axlining hammasi ham qozi yoki a’lam bo‘lavermay, ular orasidan dunyoviy ilmlar: tabobat, xandasa, matematika, kimyo, falakiyot, falsafa, mantiq, tarix va boshqa sohalar bo‘yicha puxtagina bilim orttirgan olimlar ham yetishib chiqqan. Bunday bilim egalari xalq o‘rtasida baobro‘ va e’tiborli bo‘lib, ular atrofida, shubhasiz, shogirdlar to‘planar edi. Shogird peshalariga ular ma’lum soha bo‘yicha o‘z bilganlaridan ta’lim berar edilar. Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv, BalH Nishopur kabi markaziy shahar bozorlarida alohida kitobfurushlik rastalari bo‘lgan. Ularda diniy va dunyoviy ilmlarning turli sohalari bo‘yicha turli tillarda yozilgan qo‘lyozma kitoblar sotilgan. Ibn Sinoning yozishicha, u Buxoro bozoridan Abu Nasr Forobiyning «Aristotel Metafizikasiga sharhlar» nomli kitobini uch dirhamga sotib olgan. Bu kitobni o‘qib chiqqan Ibn Sino qadimgi yunon faylasufi Aristotel ta’limoti va falsafasining mohiyatiga tushunib yetgan. Shahar madaniyatining ravnaqi, feodal jamiyati ziyolilari davrasining kengayib borishi shubhasiz, somoniy hukmdorlarni ilm ahli bilan yaqinlashtiradi. Hukmdorlar mamlakatni boshqarishda ularning bilimi va maslahatlaridan foydalanadilar. Ularning aksariyati bu davrda o‘z saroylarida olim, shoir va usta san’atkorlarni va turli sohalar bo‘yicha qimmatbaho kitoblarni to‘plashga odatlanadilar. Saroyga jalb etilgan olim va shoirlar, kutubxonalardagi nodir qo‘lyozma asarlar bilan mag‘rurlanaredilar. Mustaqil Somoniylar davlatining tashkil topishi, siyosiy barqarorlik va iqtisodiy ko‘tarilish madaniy hayotning ravnaqiga imkon berdi. Bu davr Abu Nasr Forobiy, Abu Ali nbn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Abu Abdullox Xorazmiy va Muhammad Narshahriy kabi jahon fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk siymolarni o‘z bag‘rida tarbiyalab kamolotga yetkazdi. Abu Nasr Forobiy 873 yilda Aris suvining Sirdaryoga qo‘yilishida joylashgan Forob (O‘tror) shahrida tug‘ilgan.U avval ona shahrida, so‘ngra Samarqand, Buxoro va Bog‘dodda bilim olgan. Umrining oxirida Halab va Damashq shaharlarida yashagan, 950 yilda vafot etgan. Forobiy riyoziyot, falakiyot, tabobat, musiqa, mantiq, falsafa, tilshunoslik va adabiyot sohalarida ijod etgan. U 160 dan ortiq asar yozib, o‘rta asr fan va madaniyatiga ulkan hissa qo‘shdi. «Aristotel (Arastu) ning "Metofizika" asari maqsadlari xaqida", «Musiqa kitobi», «Baxt-saodatga erishuv xaqida», «Tirik mavjudod a’zolari haqida », «Siyosat al-madoniya» ("Shaharlar ustida siyosat yurgizish") kabi asarlar shular jumlasidandir. Forobiy bilimi, ma’rifati, fikr-mulozxazalarining kengligi va mantig‘ining teranligi tufayli Sharqda Aristotel (Arastu) dan keyingi yirik mutafakkir — «Muallimi soniy» ("Ikkinchi muallim") nomi bilan shuxrat topdi. Forobiy ilk o‘rta asr sharoitida aql va ilm tantanasi, ma’naviy ozodlik, inson takomili va adolatli jamiyat uchun kurashgan buyuk siymo edi. Bu davrning ulug‘ mutafakkirlaridan yana biri Abu Ali ibn Sino edi. U 980 yilda Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog‘ida, mahalliy amaldor oilasida. dunyoga keladi. Besh-o‘n yoshlarida maktabda ta’lim oladi. Maktabni bitirgach, ustozi Abu Abdulloh an-Natiliydan mantiq, falsafa, riyoziyot va fiqx ilmlarini o‘rganadi. O‘n olti yoshidan boshlab, turli fanlar bo‘yicha Sharq va G‘arb olimlarining ilmiy asarlarini mustaqil ravishda o‘rganadi. U ayniqsa tabobat ilmining qadimgi allomalari Gippokrat va Golen hamda o‘rta asr Sharqining buyuk hakimi va mutafakkiri Abu Bakr ar-Roziy (864 — 925) ning asarlarini puxta o‘rganadi. Ibn Sino o‘n yetti yoshidayoq, e’tiborli hakim va olim bo‘lib yetishadi. U amir Nux ibn Mansurni davolagach, somoniylarning saroy kutubxonasidan foydalanishga ruxsat oladi. Kutubxonada u bir yil davomida turli sohalardagi ilmiy asarlarni mutolaa qilib, bilimini chuqurlashtiradi. IX asrning oxiri va X asr boshlarida Movarounnaxr va Xurosondagi murakkab siyosiy vaziyat oqibatida yuzaga kelgan og‘ir sharoitda Ibn Sino o‘z ona shahri Buxoroni tark etib, avval Urganchda xorazmshoh Ma’mun saroyidagi olimlar qatoridan joy oladi. So‘ngra Maxmud G‘aznaviyning tazyiqi tufayli Xorazmdan chiqib ketadi. U umrining oxirigacha Obivard, Gurgon, Ray, Qazvin, Isfixon va Hamadon shaharlarida hukmdorlar qo‘l ostida tabiblik va vazirlik qiladi. Ibn Sino 1037 yilda Hamadonda vafot etadi. Ibn Sino arab va fors tillarida fanning turli sohalari bo‘yicha uch yuzdan ortiq asarlar yozdi. Nazm va nasrda qalam yuritdi. Uning besh jildlik «Al-qonun fit-tib», «Kitob ush-shifo», «Donishnoma», «Salamon Ibsol», «Risolat at-Tayr» va boshqa ko‘pgina asarlari shular jumlasidandir. Uning tibbiyotga doir asarlarida kasalliklarning kelib chiqish sabablari va manbalari, diagnostika, muolaja usullari, dorivor o‘simliklar va dori-darmonlarning xususiyatlari, parhez, inson salomatligi uchun jismoniy tarbiyaning ahamiyati kabi tabobatning ko‘pgina g‘oyat muxim masalalariga alohida e’tibor berilgan. Olimning «Al-qonun fit-tib» asari XII asrdayoq lotinchaga tarjima qilinib, to XVII asrgacha Ovrupo tabobatida asosiy qo‘llanma sifatida foydalanilgan. O‘rta asrning bu buyuk allomasi Sharqda «Shayxur-rais», g‘arbda esa «Avitsenna» nomlari bilan shuxrat topdi. Bu davrda Xorazm poytaxti Urganch ham obod va madaniy shahar edi. Xorazmshoh Abul abbos Ma’mun ancha bilimli hukmdor bo‘lib, olim, shoir, san’atkor, naqqosh va musavvirlarga xomiylik qilar edi. Xorazmshohlar saroyida zamonasining yirik mutafakkirlari ibn Sino va Beruniydan tashqari, tarixchi MiskavayH matematik Abu Nasr Arroq, faylasuf Abu Saxl Masixiy, tabib Ibn Hammorlar to‘plangan edilar. Bu yerda «Bilimdonlar uyi»- «Aqad yemiya» tashkil etilib, u yerda Xorazmshoh Ma’mun xomiyligida falsafa, matematika va tib ilmiga oid masalalar muxokama qilingan. Ammo Urganchdagi bu ilmiy muhit uzoq yashamadi. Mahmud G‘aznaviyning tazyiqi ostida u tezda tarqalib ketdi. O‘sha zamonda Urganchda yashab ijod qilgan ulug‘ mutafakkirlardan biri Abu RayxonBeruniy (973—1048) edi. U Xorazmda tug‘ildi, dastlab Urganchda ta’lim oldi. Uzoq yillar Gurgonda yashadi. So‘ngra xorazmshoh Ma’mun saroyida ijod qiladi. 1017 yilda Maxmud G‘aznaviyning talabi bilan g‘azna shahriga boradi va umrining oxirigacha shu yerda ijod qiladi. Beruniy 1048 yilda g‘aznada vafot etadi. U falakiyot, geografiya, matematika va tarix fanlari bo‘yicha 154 ta ilmiy asar yozadi. Beruniyning «O‘tmish avlodlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston», «Mineralogiya», «Geodeziya» kabi yirik asarlari shular jumlasidandir.U o‘zining falakiyotga oid asarlarida Kopernikdan qariyib besh asr muqaddam yerning quyosh atrofida aylanishi haqidagi fikrni o‘rta asrlarda birinchi bo‘lib ilgari surgan edi. Yerning dumaloq shaklda ekanligini asoslab berdi. U dunyoning geografik xaritasini to‘zdi. Beruniyga fan olamida katta shuxrat keltirgan asarlari «Hindiston» hamda «O‘tmish avlodlaridan qolgan yodgorliklar» nomli kitoblaridir. Olim «Hindiston» asarida Hindistonning geografiyasi, aholisining mifologik tasavvurlari xaqida ma’lumot beradi. «O‘tmish avlodlardan qolgan yodgorliklar» kitobida esa yunonlar. rumliklar, forslar, sug‘dlar, xorazmliklar, nasroniylar, yahudiylar, arablarning islomgacha bo‘lgan urf-odatlari, diniy e’tiqodlari, matematika va geografik tushunchalari to‘g‘risida qimmatli tarixiy ma’lumotlarni bayon qiladi. Beruniyning ilmiy va falsafiy merosi, shubhasiz, jahon fani va madaniyati xazinasiga qo‘щilgankatta hissa bo‘ldi. Beruniy o‘z asarlarida quyosh nurlari inson tanasiga ta’sir kursatishi mumkin. Lekin osmon jismlari yerdagi hayot tarzi bilan bog‘liq emas degan g‘oyani ilgari surgan. Yulduzlarga qarab inson taqdirini yoritib bo‘lmaydi degan69. He discusses in detail the astrological doctrines of the Greeks, India, Iran and Central Asia and the astrological significance of various signs of the Zodiac, heavenly bodies and astrological ‘houses’. Emphasizing the fact that the same astrological question is treated differently, and sometimes even in contradictory fashion, by various astrologers in these countries, al-B¯ırun¯ ¯I exposes the falsity of astrology as a science. X–XII asrlarda Movarounnaxrda tarix va geografiyaga qiziqish va bu ilmlarga e’tibor kuchayadi. Chunki bu davrda mahalliy aholining ma’naviy hayotida o‘z ona tili va unda yozilgan tarixiy va adabiy asarlarga bo‘lgan ehtiyoji ham tobora ortib bormoqda edi. Ayni shu davrda Gardiziyning «Zaynul axbor» ("Xabarlar ko‘rki"), Bayhaqiyning o‘ttiz jildlik tarixiy asari, Majidduddin Adnonning «Tarixi muluki Turkiston» ("Turkiston mamlakati tarixi"), Muhammad Narshahriyning «Tarixi Buxoro» kabi asarlari fors-tojik tiliga tarjima qilinadi. Bu davrda Movarounnahr, Shosh, Farg‘ona, Yettisuv va Sharqiy Turkistonda turkiy xalqlarning qadimdan davom etib kelayotgan og‘zakiadabiyoti bilan bir qatorda, yozma adabiyot yuzaga keladi va qator didaktik poemalar bitiladi. Ammo ularning juda oz nus’halarigina bizgacha saqlangan. Ulardan eng nodiri Yusuf Xos Hojib Bolasog‘uniyning «qutadg‘u bilig» ("Saodatga boshlovchi asar") nomli asaridir. Asarda mavzular qamrovi juda keng. Lekin ularda inson va uning ijtimoiy mohiyati, hayotdagi o‘rni va vazifasi har tomonlama taxlil qilinadi. «Qutadg‘u bilig» da oddiy xalq, mehnatkash inson alohida ehtirom bilan tasvirlanadi. Yusuf Xos Hojib ayniqsa dehqonlar, chorvadorlar, hunarmandlar va savdogarlarni iliq mehr bilan tilga oladi. U dehqonlarni hammadan ham yuqori qo‘yadi. Turli tabaqalar bilan hokimiyatning qanday munosabatda bo‘lishi kerakligini uqtiradi. Dehqonlar zarur kishilardir... Bular bilan sen aloqada bo‘l va aralashgin...Hamma jonlilarga bulardan oziq yetadi, hamma o‘z yeyim-ichimini ulardan oladi" deb ta’kidlanadi kitobda. «Qutadg‘u bilig» da axloq, odob va ilm-ma’rifatga doir ko‘pgina qimmatli pand-nasihatlar keltiriladi. Muallif rostgo‘ylik, halollik, odob, sadoqat va sevgi kabi masalalar haqida hikmatli so‘zlar yuritadi. U ilm va ma’rifatga saodatning kaliti deb qaraydi. Shuning uchun ham o‘z dostonini «qutadg‘u bilig» deb ataydi. Unda ilm va ma’rifatni targ‘ib qiladi, olimlarni ulug‘laydi, davlat boshliqlarini ilm-fan axllaridan ta’lim olishga va ularning maslahatlari bilan ish ko‘rishga da’vat etadi. XII asrda turkiy tilda ijod etgan shoir va mutafakkirlardan yana biri AxmadYugnakiy va ikkinchisi Axmad Yassaviy edi. Axmad Yugnakiydan yagona adabiy meros — «Hibat ul-xaqoyiq» nomli asar saqlanib qolgan. U turkiy adabiy tilning qimmatli va nodir yodgorligi bo‘lib hisoblanadi. Shoir o‘z asarida Yusuf Xos Hojib singari ilm-fan, olim va fozillarni ulug‘laydi, ma’rifatparvarlikni targ‘ib etadi, kishilarni ilmli va ma’rifatli bo‘lishga chaqiradi. Bizga qadar Axmad Yassaviy she’rlari to‘plami — «Hikmat» ning aynan asli emas, balki keyingi nus’halarigina yetib kelgan bo‘lsa-da, ammo bu asar turkiy adabiyot va adabiy tilining yaratilishida muxim ahamiyat kasb etadi. Bu davr turkiy adabiy tillari, xususan eski o‘zbek va uyg‘ur tillarining vujudga kelishida ham muxim bosqichbo‘ldi. Turkiy qabilalarning bir-biriga tobora yaqinlashib borishi bilan ularning tili ham qorishib o‘g‘o‘z, jigil, qipchoq, uyg‘ur tili guruhlari yuzaga keldi. Jigil tili negizida eski o‘zbek adabiy tili vujudga keldi. O‘rta asrlarda «turk» yoki «chig‘atoy» tili deb yuritilgan adabiy tilning tarakqiy etib borishida mahalliy aholi o‘rtasidagi iqtisodiy-madaniy aloqalarning hamda yozma adabiyotning roli katta bo‘ldi. Bu jarayonda Maxmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘atit turk», Yusuf Xos Hojibning «qutadg‘u bilig» va Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul-xaqoyiq" asarlari turkiy adabiy tilining ravnaq topishiga salmoqli hissa bo‘lib qo‘shilgan edi.
Download 464.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling