Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


-Мавзу. O’rta Osiyoda mustaqil davlatlarning tashkil topishi


Download 464.52 Kb.
bet15/35
Sana18.04.2020
Hajmi464.52 Kb.
#100118
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35
Bog'liq
2 5463100466667718345


19-Мавзу. O’rta Osiyoda mustaqil davlatlarning tashkil topishi.

Tohiriylar va Safforiylar davlati (2 soat)
Reja:

  1. VIII asr oxiri IX asr boshlarda arab xalifaligidagi siyosiy ahvol.

  2. Toxiriylar davlatining tashkil topishi.

  3. Safforiylar davlati.

VIII asr oxiri — IX asr boshida xalifalikni larzaga keltirgan og‘ir siyosiy vaziyat abbosiylarni Movarounnaxr va Xurosonda olib borilayotgan siyosatni o‘zgartirishga maj­bur etdi. Endilikda ular sharqiy viloyatlarni boshqarishda davlat ishlariga maxalliy zodagonlarni jalb etish va ularning qo‘li bilan bu viloyatlarni xalifalik tasarrufida tutib turishga xarakat qiladilar. Natija abbosiylar ko‘zlagandek bo‘lib chiqmadi. Maxalliy zodagonlar Movarounnaxr va Xurosonni asta-sekin o‘z tasarruflariga olibgina qolmadilar, balki xalifalik markazida xam xokimiyatni boshqarishda tobora kuproq rol o‘ynaydigan bo‘lib qoldilar. Bunga ayniqsa xalifa Xorun ar-Rashid (786—809) vafotidan sung taxt uchun uning ug‘illari Ma’mun bilan Amin o‘rtasida 809—813 yillarda bo‘lib o‘tgan kurash katta yo‘l ochib berdi.

Ma’mun uzoq yillar mobaynida Xuroson va Movarounnaxrning noibi bo‘lib, maxalliy zodagonlar bilan juda yaqinlashib ketgan edi. Garchi uni maxalliy zodagonlar qullab-quvvatlasalarda, ammo xalifalikning markaziy qismidagi arablar Aminni xalifalik taxtiga kutaradilar. Bundan norozi bulgan Ma’mun ukasi Aminga qarshi kurashish uchun besh yil tayyorgarlik kuradi. Xirot viloyatining zodagonlaridan Toxir ibn Xusayn boshliq Xuroson va Movarounnaxr mulkdorlari unga yordam beradilar. 813 yilda ular Bog‘dodga yurish qiladilar. Poytaxt qo‘lga kiritilib, Ma’mun xalifalik taxtiga o‘tkaziladi.Buning evaziga Toxir ibn Xusaynni shimoliy Mesopotamiyada joylashgan al- Jazir shahrining noibi , Bog‘dodda xalifalikning askarboshisi -saxib ash-shurta va Iroq xududidagi Savada viloyatida bosh mirob lavozimlariga tayinlanadi.

Toxiriylar sulolasi o‘zlarini pahlovon Rustamning avlodlari deb hisoblashardi. Ular VII asrning boshlarida islom dinini qabul qilgan. Toxiriylar sulolasining dastlabki avlodlari Roziq Musab va uning o‘g‘li Musab Xusayin Xirot viloyatidagi Bushang shahrining hokimlari bo‘lib, u 814 yilda vafot etgan. Husayinning o‘g‘li Toxir xalifa Ma’munga taxtni egallashga yordam bergan. Ma’mun tohiriylar sulolasining barchasini yuqori lavozimlarga tayinlash bilan rag‘batlantirgan. Mansur ibn Talxani Marv, Abdullax ibn Toxirni Tabariston hokimi qilib tayinlagan. Bog‘dodning harbiy boshlig‘i lavozimi ham ularning qo‘lida bo‘lgan.

Shuningdek, Ma’mun Movarounnaxr zodagonlariningyordamini xam unutmadi. Somonxudotning nabiralariniayrim shaxar va viloyatlarga noib qilib tayinlaydi. Nuxga Samarqand, Axmadga Farg‘ona, Yaxyoga Shosh va Ustrushona, Ilyosga esa Xirot tegadi. Buning evaziga aka-uka somoniylar Movarounnaxrning xar yilgi xirojidan juda katta mablag‘ni toxiriylar orqali xalifa xazinasiga yuborib turadilar. IX asr arab geografi Xurdodbexnint yozishicha, xar yili xalifa xazinasiga Shoshdan 607 ming, Sug‘ddan 326 ming, Farg‘onadan 280 ming, Ustrushonadan esa 50 ming kumush dirxam tushgan.

821 yilda Toxir ibn Xusayn Xuroson va Movaroun­naxrning noibi etib tayinlanadi. Oradan bir yil xam o‘tmay xutbadan xalifa nomini chiqartirib tashlaydi. Bu, shubxasiz, Bog‘dod bilan aloqani uzish va uzini mustaqil deb e’lon qilish edi. Biroq ko‘p vaqt o‘tmay u to‘satdan vafot etadi. Xalifaning ko‘rsatmasi bilan vazir uni zaxarlab o‘ldiradi. Shunga qaramasdan, Toxir ibn Xusaynning o‘g‘illari Talxa ibn Toxir 822—828, Dastlabki tohiriylar sulolasi hukmronligi davrida ular Xuroson, Movarounnhar va Seyiston ustidan nazorat o‘rnatganlar. Toxir 822 yilda vafot etgach, o‘rniga o‘g‘li Talxa o‘tiradi. U otasiday serg‘ayrat bo‘lmasada, sharqiy viloyatlarni boshqargan. Xalifa ismini xutbaga qo‘shib o‘qittirgan. U Nishopurdan turib, Xuroson, Tabariston, Transaksoniyani boshqargan65. After a successful rule of two years Tāhir suddenly omitted the Caliph’s name in the weekly prayers, and on the following day he was found dead in his bed, A.H. 207 (822).But so great were the esteem and influence which the viceroy had gained in Khorāsān,that the Caliph did not dare to take the governorship of that province out of the hands ofTāhir’s family.

Ali davrida Aleksandriya shahri qo‘shib olinadi. Abul Abbos Abdallax (830—844), davrida Xuroson xududida katta bunyodkorlik ishlari amalga oshiriladi. poytaxt Marvdan Nishopur shaxriga ko‘chiriladi. Uning davrida Xuroson iqtisodiy va siyosiy jihatdan eng yuksalgan davri bo‘ladi. Uning o‘g‘li  Taxir II 844—862 hukmronligining oxirgi yillarida Seyistonda qo‘zg‘olon bo‘lib o‘tadi. Natijada hali yosh bo‘lgan uning o‘g‘li Muxammad (862—873).taxtga o‘tiradi. U ham safforiylarning qarshiligini to‘htata olmaydi. Yaqub ibn Lays tomonidan asirga olinib, 876 yilda ozod qilinadi. Bir necha marta Xuroson noibi qilib tayinlanadi, lekin hech qanaqa siyosiy hayotga aralashmaydi.

Uning ukasi Xusayin Xorazm ketib qoladi. 874 yilda Buxoroni egallashga harakat qiladi. Lekin mag‘lub bo‘lib, Merverudga keladi. 876 yilda Yakub ustidan g‘alaba qozonib, Nishopurni egallaydi. 877 yilda Marvga chekinishga majbur bo‘ladi. Bu yerda bir qancha vaqt hukmronlik qiladi. Taxira II ning ukalari Bog‘doddagi harbiy boshliq lavozimlari bir qancha vaqt faoliyat yuritishadi. Ulardan biri Ubaydullo 913 yilgacha, ya’ni vafot etgunga qadar Xuzaa qabilasining boshlig‘i bo‘lib keladi.

Toxiriylar kelib chiqishi eroniy bo‘lgan birinchi musulmon sulolasi vakillari bo‘lishgan.

Toxiriylarning keyingi vakillari xalifa qaramog‘idan chiqishga intilmadi. Ular unga har yili boj to‘lab turishdi. Lekin Xuroson hududida mustaqil faoliyat yuritishgan. Ular dastavval xokimiyatni mustaxkamlashga va qishloq xujaligini tartibga solishga xarakat qiladilar. Dexqonchilik voxalarning suv ta’minotini yaxshilash uchun yangi kanallar qazdiradilar. Abul Abbos Abdulloxning topshirig‘i bilan Xurosonning bilimdon fikxshunoslari dexqonchilikda suv manbalaridan foydalanish tartiblari, suv taqsimoti va uning qonun-qoidalari xaqida risola yozib ma’muriyatga taqdim etadilar. Bu risola ikki asr mobaynida suvdan foydalanishda dexqonlar o‘rtasida ko‘tarilgan munozarali masalalarni xal etishda dasturulamal bo‘lib xizmat qiladi. Toxiriylar ayniqsa davlat boshqaruvi, fuqarolarga munosabat va soliq solish tartiblariga aloxida axamiyat beradilar. Toxir ibn Xusayn Abdulloxga yo‘llagan maktubida, na davlatmand va na o‘z yaqinlarini soliqlardan ozod etmasdan, fuqarolarning barchasiga adolat yuzasidan soliq solish xaqida o‘g‘liga ko‘rsatmalar beradi. Abdullox xam otasi maslaxatlariga amal qilib, mulkdorlar va davlat ma’murlarining mehnatkash ziroatchilarga nisbatan ko‘rsatgan o‘zboshimchaliklarini iloji boricha chegaralashga intiladi. U aholini va ularning mehnatini qadrlab, «Ollox mexnat axlining qo‘li bilan rizq-ro‘zimizni yetkazib be­radi, tili bilan bizni olqishlaydi. Ularni ranj etishni taqiqlaydi», deb fuqarolarni himoya qiladi. Shubxasiz, bu bilan Abdullox mehnat axlinigina emas, balki umumdavlat manfaatini kuzda tutgan edi. Abdulloh davrida ilm va ma’rifatga ham e’tibor qaratilgan. Unga oddiy xalq ilm bilan shug‘ullanishi mumkin emas deb aytsalar, u fanga loyiq va loyiq emaslarni yuborish kerak, loyiq bo‘lmaganlar qo‘lida qolmaslik uchun fan o‘zi haqida qayg‘urishni yaxshi biladi” deb javob bergan. Abdullohning o‘zi olim bo‘lgan va shoir sifatida shuhrat qozongan. Uning siyosatidan norozi bo‘lgan xalifa al Mutasim, ochiq qarshi chiqa olmasdan, kanizakni uni zaharli chilim berib o‘ldirish uchun yuboradi. Lekin kanizak Nishopurga kelib, barcha sirdan Abdullohni xabardor qiladi.

845 yilda Xuroson noibligiga uning o‘g‘li Taxiru II tayinlanadi. U ham Xurosonda otasining siyosatini davom qildirib, shon-shuhratga ega bo‘ladi. Lekin uning hukmronligi davrida Seyiston ajradib chiqadi. Movarounnaxrda esa, Somoniylar sulolasi hukmronligi mustahkamlana boradi.

862 yilda noiblikni Toxirning yosh o‘g‘li egallaydi. Manbalarda u zaif hukmdor sifatida tilga olingan. Lekin u saxiy, bag‘rikeng, ulug‘vor bo‘lib, hashamatni yoqtirgan. Hokimiyat boshqaruvini do‘stlari va jiyanlariga topshirib qo‘yib, o‘zi ko‘ngilxushlik bilan shug‘ullangan.

861 yilda Seyistonda Yaqub as-Saffor, 864 yilda Tabaristonda shiit imomi Xasan ibn Zayd egallab, bir necha bor Xurosonga yurish qiladilar. 873 yilga kelib Yaqub as-Saffor Xurosonni egallaydi. Muhammadni asir olib, o‘zining qarorg‘ohida saqlaydi. 876 yilda xalifa uni ozod qiladi. Shundan so‘ng u Bog‘dodga ketib, saroyda o‘zining oldingi dabdabali hayotini davom qildiradi. Ularda ayniqsa «g‘oziylar» faollik kursatardilar. g‘oziylar kuchmanchilarxujumini daf etib turish maqsadida kungillilardan 60-yillarida Xurosonda g‘oziylarfaollitda xalq quzg‘oloni avj olib ketadi. kambag‘al hunarmand va yersiz zi-roatchilardan tuzilgan ko‘ngilli Unga aka-uka Yoqub va Amir ibn Lays miskarlar boshchilik qiladilar. Ular avval Seystonda xokimiyatni qo‘lga kiritadilar. 873 yilda toxiriylarning xarbiy qushiniga qaqshatqich zarba berib, Xuroson poytaxti Nishopurni egallaydilar. Natijada Xurosonda toxiriylar xukmronligi tugatilib, safforiylar davlati tashkil topadi. Mamlakatda sodir bulgan bunday siyosiy o‘zgarishlardan so‘ng Movarounnaxr Xurosondan ajralib o‘z mustaqilligini to‘la tiklab olish imkoniga ega bo‘ladi.

Safforiylar sulolasi Seyistonda (Afg‘oniston va Eron xududlari) 861-900 yillarda hukmronlik qilgan. Ularning poytaxti Zaranj va Nishopur shaharlari bo‘lgan. Sulola asoschisi Yaqub ibn Lays as-Saffor (Saffor-misgar) bo‘lib, uning kelib chiqishi no’malum. Ba’zi manbalarda ularni misgarlar deb berilgan. Yaqub ibn Lays

Yaqub Seistonning Karnin qishlog‘idan bo‘lib,otasi dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Misgarga shogird tushib, misgarlik kasbini egallagan. Uning ukasi Amr eshaklarni boqish bilan shug‘ullangan. Gardizi ma’lumotiga ko‘ra, ular bu ishlarini tashlab, firibgarlik va o‘g‘rilik qilib yurishgan, keyinchalik qaroqchilar safiga qo‘shilishgan. IX asrda Seyistonning chekka xududlarida ko‘plab davlatdan norozi bo‘lgan odamlar, turli diniy sekta vakillari, ayniqsa, xorijiylar to‘plangan. Ular ba’zida tolonchilik bilan shug‘ullanishgan va aholining noroziligiga sabab bo‘lgan.

Ularning tolonchilik hujumlariga qarshi Seyistonda mutaviylar (ko‘ngillilir) deb atalgan guruhlar paydo bo‘ladi. Ular g‘ayridinlarga qarshi kurash olib borganlar. IX asrning 40 –yillarida Yaqub shunday guruhni tashkil qiladi. U o‘zining kuchliligi va mardligi bilan shuhrat qozonib, Busta shahrida axolini qaroqchilarni himoya qiluvchi organning boshlig‘i qilib tayinlanadi.

Bu davrda Seyiston Toxiriylar hukmronligi ostida edi. 846 yilda Busta shaxrida Solix ibn Nasr xorijiylarga qarshi kurash olib boradi. Uni Zaranj va Busta shaxri aholisi qo‘llab quvvatlaydi. Solix xarbiy kuchlari orasida Yaqub ibn Lays qo‘shini alohida o‘ringa ega edi. Solix Seyistonda hokimiyatni qo‘lga olib, uni 13 yil boshqaradi. Bu davrda Yaqub uning lashkarboshisi bo‘lgan. 859 yilga kelib, Solix mag‘lubiyatga uchraydi va qochib ketadi. Noiblikni Dirxam ibn Nasr egallaydi. Lekin uni ko‘pchilik qo‘llab quvvatlamaydi. Yaqubning obro‘-e’tibori oshib borayotgaligini kuzatgan Dirxam uni o‘ldirishga harakat qiladi. Bundan xabardor bo‘lib yurgan Yaqub 861 yilda amirning tarafdorlarini yengib, hokimiyatni o‘z qo‘liga oladi.

U o‘z hukmronligining olti yilini Seyistonni bo‘ysundirish bilan shug‘ulllandi. Yozma manbalarga ko‘ra, u kamgap, surovыy, vsegda ugryumыy, bo‘lib, mard jangchi bo‘lgan. Harbiy yurishlar paytida u boshiga qilich yoki bayroqni qo‘yib, yerda uxlagan. Ovqatlanishda ham piyoz va non bilan kifoyalanib qo‘ygan.Ularni etigining qo‘njida saqlagan. Yaqub ko‘ngilxushlilikni tan olmagan. Jangchilar orasida temir intizomni joriy etgan. Uning jangchilari undan qo‘rqishgan va hurmat qilishgan, chunki u saxiy va adolatli bo‘lgan. Har kuni ertalib, saroy oldida o‘tirgan. Kimning nimaga muhtojligi bo‘lsa, shariat qoidalariga asoslanib, hal qilgan.

Yaqub Seyiston ustidan hukmronligini o‘rnatgach, 867 yilda Hirot va Bushangni bosib oladi. 868 yilda Kirman xududiga bostirib borib, arab noibi Ali ibn Xusayinni yengadi. 869 yilda ularni Shiroz yonida batamom qirib tashlaydi. 870 yilda sharq tomonga yurib, Qobul va Bamiyyonni egallaydi. 872 yilda Balx va Toxoristonni egallaydi. 873 yilda Toxiriylarni yengib, o‘z hukmronligini o‘rnatadi. Keyin kaspiy bo‘yida joylashgan Gurgan va Tabaristonni egallaydi. 875 yilda xalifa al-Mutamid uni tan olib, Xuroson, Seyiston, Tabariston, Kirman va Fors hududlariga amir qilib tayinlaydi. U Bog‘dodni egallashga harakat qiladi. U 876 yilda Iroqni va Vasitni bosib oladi. Lekin xalifa al-Muvaffakning akasi tomonidan yengiladi. Ikkinchi yurishi davomida vafot etadi.

Uning o‘rnini ukasi Amr egallaydi. Uning hukmronligi qo‘zg‘olonlarni bostirish bilan boshlanadi. 887 yilda al-Muvaffak sofforiylarni Forsdan chiqaradi. Amr xalifa bilan tinchlik shartnomasini imzolaydi. Bu davrda sofforiylarga qarshi harakat Movarounnhrda boshlangan edi. 898 yilda Ismoil Somoniy seyitonliklarni mag‘lub etadi. Ikki yildan so‘ng Amrning o‘zi boshchiligida qo‘shinlar O‘rta osiyoga hujum boshlaydilar. Balx yonida qattiq jang bo‘lib o‘tadi. 900 yilda Amr qurshovga tushib, asr olinadi.

Ismoil Amrni 10 mln.dirhamga evaziga ozod qilmoqchi edi, lekin bunday pulni u uchun hech kim to‘lamadi.Amir Bag‘dodga yuborilib, u yerda o‘limga hukm qilinadi. Uning o‘limidan keyin Sofforiylar davlati zaiflasha boshlaydi.
20-mavzu: Somoniylar davlati. (2 soat)
Reja:


  1. Somoniylar sulolasi tarixi

  2. Somoniylar davlatining tashkil topishi.

  3. Somoniylar davlat boshqaruvi va iqtisodiyoti


1-masala

Somoniylar - 910-asrlarda Movarounnahr va Xurosondagi sulolasr Somoniyning oilaviy nisbasi, yaʼni nomi ularning ajdodi bo‘lmish Somonxudot ismi bilan bog‘liq. Somonxudotning kelib chiqishi hakida turli xil maʼlumot va fikrlar mavjud. Abu Bakr Narshaxiy (10-asr) va Hamza Isfahoniy (X-asr) keltirgan maʼlumotlarga qaraganda, Somonxudot Balx viloyatidagi Somon qishlog‘idan, alMukaddasiy (X-asr) ning maʼlumotiga ko‘ra esa, u Samarqand viloyatidagi Somon nomli qishloqdan bo‘lgan. "Saʼdiya" nomli asar (XVII-asr) da keltirilgan maʼlumotlarga ko‘ra, uning asl ismi Arquq bo‘lib, u Farg‘onadan Termizga ko‘chib kelgan va u yerda Somon nomli qishlog‘iga asos solgan.O‘rta asrlarda Buxoro, Farg‘ona, Tohariston, Xuttalon va boshqa viloyatlarda ham Somon nomli qishloqlar bo‘lganligi kayd etilgan. Bu maʼlumotlar "Somon" toponimi o‘rta asrlarda O‘rta Osiyo hududlarida va undan tashqari yerlarda ham keng tarkalgan joy nomi bo‘lganligidan dalolat beradi.

Ko‘pchilik manbalar (Hudud alolam, Ibn Havqal, Beruniy, Gardizi va h.k.) ga ko‘ra, Somonxudot sosoniylar davridagi mashhur sarkarda Bahrom Cho‘bin (VI-asr) ning 4 yoki 5pogonadagi avlodi bo‘lgan. Baxrom Cho‘binning kelib chiqishi eftaliylar bilan bog‘lik U sosoniylarga qarshi ko‘zg‘olon ko‘tarib (590 y.) mag‘lubiyatga uchragandan keyin Farg‘onaga qochib kelgan va turkiy malikaga uylanib, umrining oxirigacha o‘sha yerda kolib ketgan. Uning avlodlari ham o‘zlarini podshoxdar oilasiga mansub deb hisoblaganlar va Sosoniylar davlatidagi shahanshoxlar oliy taxtiga daʼvo kilganlar. Somonxudotning shajarasida keltirilgan ajdodlaridan ayrimlarining (Juba, Jamchan, Tamg‘as kabi) turkiy ismlari bo‘lgan. Shunisi diqkatga sazovorki, turkiylarning rivoyatlarida Somonyabg‘u (yaʼni Somonxudot) turkiylarning O‘g‘uzxondan keyingi davrlarda yashagan ajdodlari katorida tilga olingan.

O‘rta Osiyoga arablar bostirib kelganda, Somonxudot, ayrim maʼlumotlarga ko‘ra, Balx viloyatidan Marvga Xuroson amiri Asad ibn Abdulloh alQushayriy (725/727 va 735/738 yillar)ning oldiga kelib, undan dushmanlariga qarshi kurolli yordam berishini suraydi. Arablar yordamida dushmanlarini yenggach, Somonxudot islom dinini kabul kiladi va o‘g‘lining ismini amirning sharafiga Asad ko‘yadi. Asadning Nuh, Ahmad, Yahyo va Ilyos ismli ug‘illari alMaʼmunning Marvdagi saroyida xizmatda bulgan va Rofi ibn Lays ko‘zyulonini bostirishda faol qatnashgan. Buning evaziga alMaʼmun ularni bir nechta viloyatlarga amir etib tayinlaydi (819—820 y.). Xususan, Nuh — Samarqand amiri, Ahmad — Farg‘ona amiri, Yahyo — Shosh va Ustrushona amiri, Ilyos esa Hirot amiri etib xayinlanadi. Ular dastlab Xuroson amirlari bo‘lgan tohiriylarga tobe bo‘lgan va harbiy kuch to‘plab, Arab xalifaligining sharqiy chegaralarini qo‘riqlab turishgan, shuningdek, shim.dagi turklarga qarshi bir necha bor yurishlar qilishgan. Nuh ibn Asad Isfijobni bosib olib (840 y.), uni o‘ziga tobe qiladi. Shunday qilib, akaukaning to‘ng‘ichi bo‘lgan Nuh ibn Asad Samarqand va Sug‘dning katta qismini, shuningdek, Farg‘ona va boshqa bir qancha shaharlarni o‘z hokimiyati ostida birlashtiradi.
2-masala

Bu davrda Movarounnaxrning Samarqand, Farg’ona, SHosh va Ustrushona viloyatlarida noiblik qilayotgan somoniylar xonadonining siyosiy xayotida xam asta-sekin uzgarishlar yuz beradi. Yurtga avval Nux, sungra Axmadboshchilik qiladi. Ular xatto uz nomlaridan misdan chaqalar zarb etadilar. Axmad vafotidan (865) keyin uning ug’li Nasr Samarqandni markazga aylantiradi. U Buxoro voxasi, Naxshob (qashqadaryo), CHag’onrud (Surxondaryo) vodiylaridan tashqari Movarounnaxrning barcha viloyatlarini birlashtirish va uni Xurosondan ajratib olish choralarini kuradi. Toxiriylar davlatining barxam topishi bilan vaziyat tubdan uzgarib, istiqlol uchun qulay sharoit paydo buladi. CHunki safforiylar Movarounnaxrga xukmronlik qilishning uddasidan chiqa olmaydilar. Uz xoliga tashlab quyilgan Buxoro axli xatto safforiylarga tobe bulishni xoxlamaydi. SHaxar zodagonlari somoniylarga murojaat qilib, Samarqandga Nasr ibn Axmadxuzuriga elchilar yuboradilar. Undan Buxoroni uz qul ostiga olishni va somoniylar xonadonidan bir kishini Buxoroga xokim qilib yuborishni suraydilar. Nasr bu taklifni mamnuniyat bilan qabul qilib, ukasi Ismoilni (874) Buxoroga noib qilib yuboradi. SHunday qilib, IX asrning oxirgi choragida Mo­varounnaxrning deyarli barcha viloyatlari somonIIlar tasarrufiga utib, u uz mustaqilligini tiklab oladi. Xuddi shu vaqtdan boshlab Nasr ibn Axmaduzini butun Mova­rounnaxrning boshlig’i deb xisoblay boshlaydi. Garchi ukalari SHosh viloyatining noibi Yoqub va Farg’ona xokimi Asadlar uz nomlari bilan chaqa. pul zarb etib, uzboshimchalik qilsalar xam, ammo u somoniylar xukmronligi tarixida birinchi bulib kumush dirxam zarb etadi. Kumush tangalar chiqarish davlat mustaqilligining ramzi xisoblanib, to shu vaqtgacha xalifalik viloyatlarida faqat toxiriylargina bunday dirxamni zarb etish xukukiga ega edilar. SHunday bulsa-da, Buxoro noibi Ismoil akasi Nasrga itoat qilishni istamaydi. Uziga berilgan viloyatni mumkin qadar iqtisodiy jixatdan mustaqil idora qilishga intiladi. Nasrning xazinasiga yuboriladigan xar yilgi soliqlarni turli baxonalar bilan tuxtatib quyadi. Aka-uka urtasida adovat paydo bulib, u 888 yilda jangga olib keladi. Jangda Nasr qushinlari tor-mor keltiriladi. SHuyildan boshlab Ismoil butun Movarounnaxrni birlashtirib, uning yagona xukmdori bulib oladi.

Ismoil Somoniy urta asrlarning qobiliyatli, serg’ayrat va nixoyatda zukko yirik davlat arbobi edi. U Movarounnaxrni birlashtirgach, mustaxkam feodal davlat tuzishga intiladi. U uz Vatanida barqaror tinchlikni ta’minlab, uni mustaxkamlashda xukmronlik qobiliyatining nozik xususiyatlarini ishga soladi.

892 yilda Ismoil Transaksoniya va Xorazm ustidan hukmronligini o‘rnatdi. Buxoro shahri markaz qilib belgiladi66.On the death of Nasr ibn Ahmed, A.H. 279 (892), became the acknowledgedlord of Transoxiana and Khwārazm, with Bokhārā as his capital. Avvalo katta kushin tuplab, kuchmanchilar dashtiga askar tortadi. 893 yilda Taroz shaxrini fatx etib, dashtliklarga qaqshatqich zarba beradi. Bu SomonIIlar davrida kuchmanchilarga qarshi qilingan oxirgi katta yurish edi. Natijada kuchmanchi qabilalarning Movarounnaxr viloyatlariga bulgan uzluksiz bosqinlari barxam topib, utroq axoli endilikda voxalar atrofi buylab yuzlab kilometrga chuzilgan mudofaa devorlariyu, son-sanoqsiz qal’alarni bino qilish va ularni muttasil ta’mirlab turishdek og’ir va mashaqqatli mexnatdan va tashvishdan forig’ buladi. Xuddi shu davrdan boshlab, 300 km dan oshiqroq masofada Buxoro voxasining atrofini urab turgan qadimiy mudofaa inshooti Kampirak devorining xar yilgi odatiy xashari xam tuxtatilib, u qarovsiz qoldirilgan. Narshaxiyning yozishicha, Amir Is­moil uzining kuchli qushinlarini nazarda tutib, «Toki men tirik ekanman, Buxoro viloyatining devori men bulaman», deb aytgan emish.

Movarounnaxr axolisining mustaqillikka erishib, bu diyorda Somoniylar davlatining tabora kuchayib borishi shubxasiz sharqiy viloyatlardan muttasil undirilib olinadigan katta boyliklardan maxrum bulgan Arab xalifaligini, bir tomondan, nixoyatda ranjitsa, ikkinchi toomndan, chuchitarxam edi. SHu boisdan xalifalik safforiylar bilansomoniylarni tuqnashtirishga va bu yosh xamda boy ikki davlatning xar ikkisini xam zaiflashtirib, ma’lum darajada uzta’sirini qayta tiklashga xarakat qiladi. Natijada 900 yilda ular ur­tasida boshlanib ketgan urush Ismoilning g’alabasi bilan tugaydi. Butun Xuroson somoniylar qul ostiga utadi. Noilojlikdan xalifa Ismoilning bunday ulkan davlatini tan olishga va unga xukmdorlik yorlig’ini yuborishga majbur buladi. SHunday qilib, IX asr oxirlarida Movarounnaxr Arab xalifaligi istibdodidan abadiy xalos buladi. Is­moil Somoniy butun Movarounnaxrni uz kuli ostidakuchli bir davlat qilib birlashtiradi, Xurosonda tashkil topgan Safforiylar davlatiga barxam beradi va uni uz davlatiga qushib oladi. Natijada poytaxti Buxoro shaxri bulgan zamonasining eng yirik mustaqil feodal davlati tashkil topadi. Bu davlatni somoniylar xonadonidan bul­gan xukmdorlar amirlar X asr oxirlarigacha idora qiladilar.

3-masala

Somoniylar sulolasining hokimiyatdagi vakillari amir deb atalgan bo‘lib, ularga dargoh (saroy axli) va devonlar (harbiy boshqarmalar) bo‘ysungan. Vazir mansabiga, asosan, Jayhoniylar, Balʼamiylar va Utbiylar aslzoda oilalarining vakillari tayinlanar edi. Jayhoniy va Balʼamiy ulardan eng mashhur vazirlardir. Somoniylar da vazir devonidan tashqari 10 devon bo‘lib, ular uchun Buxorodagi Registon maydonida maxsus katta bino qurilgan edi. Nasr II (914—943) davrida Buxoroning Registon maydonida podsho qasri qarshisida devonlar uchun saroy qurilib, davlat mahkamasi inana shu maxsus binoga joylashgan edi. Mahkama xizmatchilari faqat saroy ahli, ruhoniy va zodagon dehqonlardan bo‘libgina qolmasdan, shu bilan birga muayyan bilimlarga ega bo‘lishi shart edi. Odatda, ular arab, fors tillarini puxta egallab olgan. Qur’onni va shariatning asosiy qoidalarini yaxshi biladigan turli fanlardan birmuncha xabardor bo‘lgan savodli asilzodalardan tanlab olingan. Somoniylar ning boshqaruv tizimi, asosan, mahalliy dehqonlar, aslzodalar va din arboblaridan tashkil topgan bo‘lib, har bir amaldor arab va fors tillarini mukammal bilishi, shuningdek, diniy va dunyoviy fanlardan xabardor bo‘lishi shart edi. Bunday odamlarni ahl alqalam (qalam axli) deb atashgan. Saroy harbiy qo‘mondonlari hojib, Xuroson lashkarboshisi esa sipoxsolor deb atalgan bo‘lib, boshqaruv ishlariga katta taʼsir o‘tkazib kelishgan. Somoniylar ning soliklardan kelib tushadigan yillik daromadi 45 mln. dirhamni tashkil qilgan bo‘lsa, bu mablag‘dan 20 mln.ga yaqini boshqaruv tizimida xizmat qilayotgan amaldorlar va qo‘shin ehtiyojlariga sarflangan. Xizmat uchun ish xaqi hammaga har 90 kunda, yaʼni bir yilda 4 marta muntazam ravishda berib turilgan.

Shu bilan birga X asrlarda yirik mansabdorlarning davlat oldidagi xizmati uchun yer va suvdan iborat katta-katta mulklar inʼom qilina boshlaydi. Ayniqsa u XI asrda keng yoyiladi. Bunday mulkka „iqto“, unga ega bo‘lgan mulkdorlar „muqto‘“ yoki „iqto 'dor“ deb yuritilardi. Iqto tarzida esa ayrim viloyat, voha yoki shaharlar va tumanlar hadya etilgan. Iqto dastawal asosan oliy tabaqa zodagonlar: sulolaʼ aʼzolari—amirzodalar va yirik mansabdorlarga inʼom etilgan. Iqto mulklari awalda bir umrga emas, balki maʼlum muddatga berilib, nasldan-naslga o‘tkazilmagan. Iqtodorlar hadyaga berilgan mulklarga hali to‘la egalik qila olmaganlar. Ular iqto yerlaridan tushadigan daromad yoki uning maʼlum qisminigina yig‘ib olish huquqiga ega bo‘lganlar, xolos. Butun bir viloyat iqto qilib berilgan noib — vazirga baʼzan o‘z nomi bilan chaqa pul zarb etish huquqi ham berilar edi. Bu shubhasiz, o‘z navbatida markaziy hokimiyatni kuchsizlantirib, mahalliy hokimlarning boshboshdoqlik harakatlarining kuchayishiga olib edi.

X-asr boshida Somoniylar hukmronligi ostidagi mulklar quyidagi viloyatlardan tashkil topgan: Buxoro, Samarqand, Ustrushona, Farg‘ona, Shosh, Isfijob, Xorazm, Kesh, Nasaf, Chag‘oniyon, Xuttalon, Badaxshon, Balx, Tohariston, Guzganon, G‘archiston, Marv, Hirot, G‘ur, Nishopur va Go‘rgon. Viloyatlarda boshqaruv g‘okimlar qo‘lida bo‘lib, ular amir tomonidan tayinlangan. Bu mansabga ko‘pincha mahalliy yer egalari va viloyat hokimlari xonadoni vakillari tayinlanar edi. Shaharlarning boshqaruvi raislar qo‘lida bo‘lib, ular hokimlar tomonidan tayinlangan. Mas, Somoniylar hukmronligi davrida Tohariston shaharlarida banichuriylar sulolasi, Xurosonda simjuriylar sulolasi, Guzganonda farig‘uniylar sulolasi, Xorazm va Isfijobda mahalliy turkiy sulolalar, shuningdek, Chag‘oniyon, G‘azna, Sijiston, G‘ur va G‘archistonda mahalliy sulolalar hukm surgan.

Somoniylar ning saroy maʼmuriyati ichidagi amaldorlarning bir qismini forelar, qolgan qismini mahalliy turkiylar tashkil etgan. Viloyatlarda ham xuddi shunday ahvol kuzatilgan. Harbiy va mudofaa ishlari to‘la turkiylarning qo‘lida bo‘lgan. 10-asr ga kelib Isfijob, Taroz va boshqa shaharlarning turkiy aholisi ko‘plab islom dinini qabul qilganliklari tufayli Somoniylar ning boshqaruv tizimida ularning salmog‘i oshib ketgan. Xususan, Alptegin, Sabuktegin, Alp Arslon, Alitegin, Simjuriy, Bektuzun, Qorategin, Ayach, Altuntosh, Banichur, Tosh singari mashqur tarixiy shaxslar va ularning avlodlari shular jumlasidandir. Shuningdek, turli viloyatlar va shaharlarni Inaj, Il-Mangu, Sabukra, Boyqaro, Alxunmish, Boytuz, Tuztosh, Kunbosh, Suboshitegin, Kamtegin, Fayozbek, Xumorbek, Xumortosh, Oytug‘dibek, Bilgategin, Fategin, Shukrtegin, Aytug‘mish va boshqa g‘ukmdorlar boshqargan.

Hokimiyat Somoniylar qo‘lidan ketib, qoraxoniylar qo‘liga o‘tgandan keyin ularning deyarli barchasi ikkilanmay yangi hukmdorlar xizmatiga o‘tishgan. Shuning uchun Bug‘roxon 992 yilda Isfijobdan yurish qilib, Samarqand va Buxoroni egallaganda, unga hech kim qarshilik ko‘rsatmagan. Chunki mahalliy aholi, shu jumladan, amaldorlar ham, ularga Movarounnahrning arablargacha bo‘lgan asl egalari sifatida va endi islom dinini qabul qilib, o‘z yerlariga qaytib kelgan hukmdorlar deb qaraganlar. Shunday qilib, Somoniylar boshqaruv tizimi aniq va mukammal ravishda tuzilgan bo‘lib, o‘zida davlatchilikning o‘sha davrda eng ilg‘or anʼanalarini mujassamlashtirgan.

IX–X asrlarda Movarounnaxr, Xuroson va Xorazmning shaxar va qishloqlarida xunarmandchilikning kupgina soxalari birmuncha rivojlangan bulsa-da, ammo bu hududlar qishloq xujaligi mamlakati edi. Axolisiningasosiy qismi sug’orma dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanardi. Asrlar osha takomillashib kelgan sershoxa sug’orish tarmoqlari va turli-tuman suv inshootlari (tug’on, band, novakoriz, chigirik, charxpalak, suvayirg’ich) vositasida sug’orilib obod etilgan serunum vohalarda sug’orma dehqonchilik madaniyati g’allakorlik, sholikorlik, paxtachilik, sabzavotchilik, polizchilik va bog’dorchilik yuqori darajada rivoj topgan. Zarafshon, qashqadaryo va Farg’ona vodiysi, SHosh, Eloq hamda Xorazm vohalarida aholi ziroatlarning deyarli barcha navlarini: arpa, bug’doy, tariq, mosh, adas (yasmiq), kunjut, nuxat, zig’ir, jut va shu kabilarni yetishtirar edi. Samarqand vohasida asosiy ekin bulgan g’alladan tashqari zig’ir, kanop va kanakunjut, Xorazmda esa kunjut kup ekilardi. Zig’ir, kunjut va kanakunjutdan moy olingan. Movarounnahrning togoldixududlari ax,olisining asosiy mashg’uloti chorvachilik bulsa-da, ular lalmikorlik bilan ham shug’ullanardi. Lalmi yerlarda asosan g’alla yetishtirilgan. Murg’ob, Buxoro, Samarqand va SHosh vohalarida paxtachilik kattagina urinni egallagan. Paxtaning ingichka tolali g’uza navlari ekilgan. g’uzadan tashqari za’faron va ruyan kabi nodir dorivor usimliklar ekilib, ulardan turli xil dori-darmonlar va buyoqlar tayyorlangan.

Movarounnahr va Xorazmda, ayniqsa bog’dorchilik ma­daniyati keng ravnaq topgan. Bog va chorbog’larda uzum, anor, anjir, olma, nok, behi, urik, shaftoli, olxuri, olcha, tut, jiyda va kupgina boshqa mevalar yetishtirilar edi. Xususan, uzumning unlab navlaridan nixoyatda kup hosil olingan. Uzumdan mayiz, shinni, sirka va musallas tayyorlangan. Movarounnahr va Xorazmda sabzavot va poliz ekinlari serob bulib, qovunlar nixoyatda shirali bulgan. Buxoro va Xorazmning qirqma qovunlari va qovun qoqilari SHarqning uzoq-uzoq shaharlariga olib borilgan. X asr muarrixi Narshaxiy Buxoro Registoni atrofida barpo etilgan muhtasham mexmonxonali va sarhovuzli chorbog’lardagi sulim-daraxtzorlar va shirin-shakar anvoyi mevazorlarni ta’riflab, ularda «nashvati, bodom, yong’oq, gilos, jilonjiyda va anbar buyli... har bir meva g’oyatda yaxshi va guzal tarzda utkazilgan edi», deb yozadi.

Dexqonchilik solig’i xirojdan xazinaga tushadigan daromad-davlat kirim-chiqimining kattagina qismini qoplar edi. SHuning uchun x,am somoniylar mamlakatda dexqonchilik xujaligini rivojlantirishga katta e’tibor beradilar. Avvalambor ular ayrim viloyat va vohalarda suv taqsimotini tartibga solib, ularning suv ta’minotini yaxshilash hamda iloji boricha ekin maydonlarini kengaytirishga harakat qiladilar. IX–X asrlarda Movarounnaxrning viloyat va vohalarida daryo va uning tarmoqlaridan kuplab yangi-yangi sug’orish kanallari qazib chiqarilib, ularning dahanalariga suv bog’lab oluvchi tug’onlar, miftohlar (shlyuz) va suv tashlagich novlar urnatiladi. Oqar suvga tanqis togoldihududlari va daralar ichida bandlar bino qilinib, suv omborlari barpo etiladi. Yer osti suvlaridan dehqonchilikda foydalanish uchun uta murakkab va nixoyatda mashaqqatli sug’orish inshoati-korizlar qazilib ishga tushiriladi. Suv manbalari sathidan balandroq joylashgan yer maydonlariga suv chiqarish uchun charxpalak, chig’ir va duloblardan keng foydalaniladi.

SHunday qilib, X asr oxiriga kelib somoniylar urtasida avj olib ketgan uzaro kurashlar, Movarounnahrda ayrim viloyatlarni, Xurosonda esa kupgina joylarni egal­lab olgan ba’zi bir mahalliy xokimlar va yirik mulkdor feodallarning markaziy hokimiyatga qarshi chiqishlari mamlakatning iqtisodiy va siyosiy qudratiga katta putur yetkazadi. Natijada Somoniylar davlati nixoyatda zaiflashib qoladi. Bu davrda u Yettisuv viloyatida tashkil topgan qoraxoniylar davlatining Movarounnaxrga tomon yurishlariga qarshi tura olmaydi va uning shiddatli hamlalariga bardosh bera olmay qulaydi.



Download 464.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling