Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


Download 464.52 Kb.
bet12/35
Sana18.04.2020
Hajmi464.52 Kb.
#100118
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35
Bog'liq
2 5463100466667718345


12-mavzu: Buyuk Ipak yo’li (2 soat)
Reja:


  1. Buyuk ipak yo`lining paydo bo`lishi va rivojlanishi

  2. Buyuk ipak yo`lining tarmoqlari

  3. Buyuk ipak yo`lining O`rta Osiyo  xalqlari tarixida tutgan o`rni.

Vatanimiz tarixida Yevropa bilan Osiyoni bog’lovchi xalqaro savdo va muloqot yo’li hisoblangan Buyuk Ipak yo’lining tarixiy ahamiyati kattadir.

Buyuk Ipak yo’lini har tomonlama ham tarixiy , ham geografik va madaniy jihatlarini ilmiy o’rganish amalda ko’plab mamlakat olimlari tomonidan XIX arsning ikkinchi yarmidan boshlandi. Uning tarixini o’rganishda G’arbiy Yevropa, rus va yapon olimlarining xissalari katta bo’ldi. Yaponiya olimlarining ilmiy izlanishlari natijasidada «Buyuk Ipak yo’li ensiklopediyasi» nomli kitob nashr qilingan. Buyuk ipak yo’li tashkil topmasdan avval O’rta Osiyo va Qadimgi Sharq hududida savdo va madaniy ayirboshlash uchun turli-tuman yo’llar bo’lgan.

Eng qadimgi yo’llardan biri “La’l yo’li” deyilgan. U miloddan avvalgi 3-2-mingyilliklarda vujudga kelgan. U Pomir tog’laridan boshlanib, Eron va old Osiyo, Misr orqali o’tgan. Badaxshondan qazib olinadigan la’l toshi (lojuvard) Qadimgi Sharq zargarlari tomonidan yuksak baholangan. Badaxshon la’li ishlatilgan buyumlar Misr fir’avnlari maqbalaridan ham topilgan. Ikkinchisi eron ahamoniylari sulolasining yo’li bo'lib, “Shoh yo’li” deb atalgan. U miloddan avvalgi VI-IV asrlarda Kichik Osiyo shaharlarini, O’rta dengiz bo’yidagi Efes , Sardi shaharlarini Eron poytaxtlaridan biri – Suza bilan bog’lagan. Yana bir yo’l Eron, Baqtriya orqali So’g’diyona, Toshkent vohasi va Qozog’iston hududidan o’tgan va Oltoygacha borgan.



Tog’li Oltoydagi ko’chmanchilarning zodagonlari qo’rg’onlaridan miloddan avvalgi V-IV asrlarga oid Paziriq qo’rg’onini o’rganishda kigiz gilam, jun gazlamalar, oltin, jez va kumush buyumlar, O’rta Osiyo va Eron matolaridan tikilgan kiyim qoldiqlari topildi. Bu narsalar qabrlar qalin muz qatlami bilan qoplangani uchun yaxshi saqlangan. Buyuk Ipak Yo'li 12ming chaqirimcha uzunlikda bo’lgan. U sariq dengiz sohilidan boshlanib, Sharqiy Turkiston, O’rta Osiyo, Eron mesopotamiya orqali o’rta dengiz sohillarigacha borgan. Yo’l Xitoydan O’rta Osiyogacha ikki yo’nalish orqali kelgan. Buning sababi yo’l ustida o’tib bo’lmas Taklamakon cho’li joylashganligi edi. Janubiy yo’l Dun Xuandan Norin daryosining janubiy qirg’og’I bilan Pomir platosidan Vakxon vodiysi orqali Balx (qadimgi Baqtra) shahrigacha borgan. Bu yo’l Toshqo’rg’onning g’arbidan Gandxara orqali o’tgan. Shimoliy yo’l ham Dun Xuandan boshlangan. San Long Shaning shimoli-g’arbi orqali Loyanga, undan Norinning shimoliy qirg’og’igacha va Qorashar, Oqsuv bilan janubi-g’arbiy Qoshg’arga kirib borgan. Qoshg’ardan Farg’ona vodiysiga, u orqali Toshkemtga o’tib, Sirdaryo, Amudaryo bo’ylab Baqtriyagacha borgan va Baqtriyada janubiy yo’lga qo’shilgan.53Geographical factors had to be overcome, especially the obstacles presented by the Taklamakan Desert. As is well known, there were
two routes circumventing this impassable sea of sand. The southern route ran west from
Tun-huang, along the southern bank of the Lop Nor to Tashkurgan. Ascending the Pamir
plateau, it went through the Wakhan valley to Balkh (ancient Bactra). A branch to the
west of Tashkurgan passed through Gandhara. As the Taklamakan Desert has been spread-¯
ing south, this section of ancient road, with the Walled City-States along it, has been
submerged in sand. Only in modern times have archaeologists discovered the ruins of
Niya and Endere and their important remains. The northern route, 28 also starting from
Tun-huang, ran north-west through Sanlongsha to Lou-Ian on the north bank of the Lop
Nor, passing Qarashahr and Aksu before turning south-west to Kashgar. From the Ferghana basin it made a detour around K’ang-chü, a region covering the Tashkent oasis and a part
of the territory between the Amu Darya and the Syr Darya rivers (see Chapter 19) and
turning south to join the southern route in Bactria. 2-yo’nalish O'rta Osiyo orqali Hisdistonga olib borgan. Bu yo’lda qator qadimiy shaharlar joylashgan: Sian, Dunhuan, Yorkent, Samarqand, Termiz, Buxoro, Marv va boshqalar. Savdogarlar moldan tashqari turli fan va madaniyat sohalari yangiliklarini ham keltirganlar. So’g’diyonadan Xitoyga jun gazlama, gilam, bezak buyumlari va qimmatbaho toshlar olib borilgan. Baqtriyadan tuyaar, Farg’onadan nasldor otlar, Badaxshondan la’l, Hindistondan Xitoyga kumush va fil suyagidan ishlangan buyumlar, ziravorlar va boshqa mahsulotlar olib borilgan. Buyuk Ipak Yo'lida joylashgan me’morchilik yodgorliklarini o’rganishda turli hunarmandchilik buyumlari, tangalar topilgan. Masalan, Termizdan Rim tangalari xazinasi, Afrosiyobdan spool, Rim shamdonlari, Misr muhrlari topilgan. Kushon tangalari o’rta dengiz atrofi hududlarida topilgan.

Buyuk Ipak yo’li bo’yicha qilingan ilmiy tadqiqot ishlari hamda ommabop maqolalar bibliografiyasI mingdan ziyoddir: kitoblar, monografiyalar, broshyuralar, maqolalar, dokladlar va tezislar shular jumlasidandir. Bu manbalarda Buyuk Ipak yo’lining tarixi, bu yo’lning yo’nalishlari va tarmoqlari, yo’lda mavjud shaharlar haqida xarakteristika, aholisining etnik tarkibi, savdodagi mahsulot turlari, arxitektura, san’at, musiqa va kishilarning turmush tarzi haqida ma’lumot berilgan.

Ma’lumki, miloddan avvalgi II asrgacha ham SHarq bilan G’arb o’rtasida O’rta Osiyo karvon yo’llari orqali amalga oshirilgan aloqalar mavjud bo’lgan. Bunga Tog’li Oltoydagi Pozariq qo’rg’onidan topilgan Kichik Osiyoda tayyorlangan buyumlar, Afg’oniston va O’rta Osiyodan topilgan yunon buyumlari misol bo’lishi mumkin. Jamiyat taraqqiyotining bronza davridan ham ilgarigi davrlardan boshlab xududlaroro bog’lovchi vosita sifatida unga xos ixtisoslashgan yo’llar paydo bo’lganligini ko’ramiz. Tarixiy ma’lumotlarga ko’ra miloddan avvalgi VI- IV asrlarda Eron Axamoniylari saltanati davrida uning xududi bo’ylab «SHoh Yo’li» o’tgan. Undan ham ilgariroq O’rta va Yaqin SHarkda Badaxshon lazuritiga bo’lgan ehtiyoj «Lazurit yo’li»ning vujudga kelishiga sabab bo’lgan. Badaxshon lazuritlari Mesopatamiya va Misr podsholari saroylarini, ibodatxonalarini bezagan, ayollarning turli bezaklarini bezashda keng ko’llanilgan. SHu bilan birga bu yo’l qadimda «G’arbiy meridional yo’l» deb ham yuritilgan.edi.

Buyuk Ipak yo’lining tarixiy an’analaridan yana biri bu sayyohlik hisoblanadi. Karvon yo’li bo’ylab safarga chiqqan sadogarlar, elchilar va boshqalar bir vaqtning o’zida sayyohlar ham hisoblangan. Ular Buyuk Ipak yo’li bo’ylab ko’rgan va kechirganlarini o’z esdaliklarida yozib koldirishgan. SHu bilan birgalikda bu yo’lga siyosiy jihatdan ham xukmdorlarning qiziqishlari baland bo’lgan. Jumladan, Xan imperiyasi mil. avvalgi I ming yillik oxirida o’z xududini kengaytirish siyosatini yurgazib bu yo’nalishga alohida e’tibor qaratadi va bu yo’l haqida alohida ma’lumot to’plash, ayg’oqchilik va diplomatik masalalarda elchi CHjan Szyanni yuboradi. Ammo Suriyadagi O’rta Yer dengizining sharqida joylashgan Gierapol shahridan Serikagacha bo’lgan masofa bo’ylab cho’zilgan dastlabki batafsil yo’llik makedoniyalik savdogar May Tisian (mil 100 y) tomonidan tuzilgan. Bu ma’lumotlar Klavdiy Ptolomeyning «Geografik qo’llanmasi»da saqlangan. Ptolomey esa o’z navbatida bu ma’lumotlarni tarixchi Marining taxminan 107-114 yillar oralig’ida yozilgan va bizgacha еtib kelmagan asarlaridan olingan.

Xususan, Rim papasi Innokentiy IV ning Plano Karpini boshchiligidagi elchilari Fransiyaning Lion shahridan chiqishib, mo’g’ullar davlatining bosh shahri bo’lgan Qoraqurumga kelishadi. Ular o’z elchilik vazifalarini bajarib 1247 yili Lion shahriga qaytib ketadilar. Plano Karpiniy boshchiligidagi elchilar Buyuk Ipak yo’lining shimoliy tarmog’idan foydalanishgan edi. Ikki yildan ko’proq vaqtga cho’zilgan bu sayyoxat tafsilotlari aks etgan xisobot orqali еvropaliklar Buyuk Ipak yo’li bo’ylab joylashgan Markaziy Osiyo xalqlari va xitoyliklar haqida, ularning savdo-sotiq va xunarmandchilik an’analari, madaniy hayoti haqida ko’pgina ma’lumotlarga ega bo’ladilar.

XIII asrda Yevropadan Osiyoga sayyohat qilgan va o’z safar tassurotlariga Buyuk Ipak yo’lining yo’nalishlari, bu yo’l o’tuvchi xududlardagi aholi turmushi, madaniyati haqida muhim ma’lumotlar qoldirgan kishilar ichida Venesiyalik savdogar va sayyoh Marko Polo alohida e’tiborga molikdir. Marko Poloning «Dunyo ajoyibotlari haqida kitob» asarida Xitoyga qilgan ikkita sayyohat: 1254-1269 yillarda Markoning otasi (Nikallo Polo) va amakisi (Meffeo Polo)ning Xitoyga sayyohati va 1271-1295 yillarda Marko Poloning ular bilan birgalikdagi sayyohati aks etgan. Aka-uka Pololarning birinchi sayyohati Buyuk Ipak yo’lining O’rta Osiyo orqali o’tgan yo’nalishlari bo’ylab amalga oshirilgan.

Evropaliklarning Markaziy Osiyo va Xitoyga sayyohatlari XIV asrda ham davom etdi. Xususan, venesiyalik sayyoh Franchesko Pecholattining Markaziy Osiyoga sayyohati (1348-1355) yo’nalishi muhim savdo yo’llari bo’ylab amalga oshirilganligiga alohida e’tibor qaratish lozimdir. Konstantinopoldan Azov-Doning quyi oqimidagi qipchoqlar qo’rg’oni Astraxan (25 kun)- Kaspiy dengizi bo’ylab (8kun)- Ural daryosi quyi oqimi-kichik Saroy yo’nalishida Urganchga (20kun) еtib keladi. Bu еrdan Sirdaryo kechuvi orkali O’trorga (40kun) o’tadi va Buyuk Ipak yo’lining shimoliy tarmog’i bo’ylab Olmalikdan Xanchjouga, bu еrdan Xuanxe daryosi bo’ylab Pekinga boradi. Bu sayyohat davomida otlardan, tuya qo’shilgan aravalardan va suv yo’lidan foydalanilgan. Bu esa o’sha davrning transport vositalari edi. Demak, qadimiy karvon yo’llari azaliy asrlar davomida o’z ahamiyatnini yo’qotmadi. Balki uni asrlardan asrlarga еtkazib dunyo xalqlarini birlashtirish uchun o’zining munosib ulushini qo’shib keldi.

Savdo yo’lining «Ipak yo’li» deb nomlanishiga sabab qadim davrlarda g’arb mamlakatlari va umuan barcha xalqlar uchun qimmatbaho xom ashyo hisoblangan ipak matosi bilan bog’liqdir. Ma’lumotlarga ko’ra, ipak kurtlaridan ipak matosini tayyorlash sirlari xitoyliklarga 5 ming yil avval ma’lum bo’lgan. Xattoki, ipak tarixi bo’yicha yirik mutaxassis A.A.Tixomirov aniq Vaqtini ham aytib o’tgan, ya’ni miloddan avvalgi 2698 yil deb ta’kidlaydi. Ba’zi bir tadqiqotchilar yanada qadimiylashtirib ipakni 6-7 ming yil avval vujudga kelgan deydilar.

Xitoy rivoyatlariga ko’ra ipak tolasining tarqalishi Xitoy imperatori Xoang-tining xotini malika Si Ling-chi nomi bilan bog’liq qilib ko’rsatiladi. Malika bog’da, tut daraxtlari soyasida choy ichib o’tirgan vaqtda uning piyolasiga yuqoridan pilla tushib, issiq choyda yumshab, uning tolalari yoyilib ketadi. Malika Si pilla tolalarini piyoladan olib tashlashga qancha urinmasin, uning uzundan-uzun tolalari chuvalab bo’lmaguncha choyni pilla tolasidan tozalay olmaydi. Rivoyatda aytilishicha, pilla tolasini olish usuli ana shu voqedan so’ng ma’lum bo’ladi. Xitoy xalqi pilla kalavasini topib olishni Osmon xudosi Si Ling CHiga bog’laydilar. Si Osmon xudosi nazari tushgan malika deb uni ilohiylashtiradilar. Unga atab ibodatxonalar qurilgan. Hozirgacha Xitoyda malika Siga atab har yili ipak bayrami o’tkaziladi.

Fanda ipaknng vatani deb xitoy tan olingan. Ammo bu masalada olimlar orasida baxslar bo’lib turadi. Xitoy manbalarida ham miloddan avval xitoyliklar o’zining shimoliy qo’shnilarini ipak matolar bilan ta’minlaganliklari to’g’risida ma’lumotlar ko’p. Biroq O’zlarini «xanzu»miz deb nomlaydigan, qadimda Xuanxe (Sarik daryo)ning janubida istiqomat qilgan xitoyliklarning ipak ishlab chiqarganligi to’g’risida aniq ma’lumot yo’q Xitoy manbalaridagi ipak ishlab chiqarish bilan bog’liq ma’lumotlar shimolda yashagan rung-dilar xududiga to’g’ri keladi. Xanzular esa, ularning janubida istiqomat qilganlar. Binobarin qadimda xanzular ipak ishlab chiqarganmi yoki yo’qmi degan savolning tug’ilishi tabIIy. SHuning uchun ham Xanzu davlati ipak mamlakati bo’lganmi yoki yo’k masalasi jiddiy munozaraga sabab bo’lmokda.

Xind olimi Mukerji Xindistonda ipakning qachon paydo bo’lganligi haqida aniq va ishonarli ma’lumot bera olmasa-da, u ipakning Xitoyda paydo bo’lib, u еrdan boshqa еrlarga tarqalganligi haqidagi fikrlarga ko’shilmaydi. U Xindistonda ham tog’li tumanlarda yovvoyi ipak qurti tut daraxtlari ustida pilla o’rashlarini ta’kidlaydi.

Ko’p olimlar ipakning vatani Turkiston deb ta’kidlaydilar. Turkiston qadimiy «Ipak mamalakati» bo’lganligini undan topilgan arxeologiya yodgorliklari tasdiqlaydi. Xitoy arxeologlari tomonidan Turkistonning sharqiy SHinjang Uyg’ur Muxtor O’lkasining Olguy degan mavzeida qadimiy qabrlardan topilgan chiroyli kashtali gul tikilgan ipak matolar milod. avv VIII-IV asrlarda to’qilganligi taxmin qilinadi. Albatta 3000 yil avval kashtali gul tikilgan ipak mato ishlab chiqarilganligi aniq. Buni qadimshunos olim akademik A.Asqarovning buyuk kashfiyoti tasdiqlab beradi. Axmadali Asqarov olib borgan ko’p yillik arxeologik izlanishlar oqibatida O’zbekistoning Surxondaryo viloyatidagi Sopollitepa yodgorligi va Jarko’ton mozorlarini qazish paytida 3,5-4 ming yillik tarixga ega ipak mato qoldiqlari topilgan. Topilgan kiyim parchalarini O’zbekiston fanlar akademiyasining akademigi M.Xojinova boshchiligidagi bir gurux olimlarning sinchiklab tekshirishlari natijasida u tabIIy ipakdan to’qilganligi aniqlandi. Mazkur ipak matolarini A.Asqarov eng sodda to’qimachilik dastgohlarida to’qilganligini, urchug’ boshlarining shu joydan topilishi bilan isbotladi.

Markaziy Osiyoda dastgohda mato to’qish juda qadimdan boshlanganligi ma’lum. SHarqiy Turkistonning Lubnur o’lkasidan topilgan jasad egnida dastgohda jundan to’qilgan ko’ylak kiyg’azilgan. Jasadning yoshi 6412 yil deb belgilanganligi sababli dastgohda mato to’qish 6,5 ming yil ilgari ham mavjud bo’lgan. A.Asqarov O’zbekiston xududidan topgan ipak mato esa xanuzgacha dastgohda to’qilgan ipak matolar ichida eng qadimgisi hisoblanadi Uning yoshi 4000 yilni qamrab oladi. Demak, bu еrda 4 ming yil ilgari ipakning dastgohda to’qilishi, mazkur xududning o’zida juda qadimdan ipak еtishtirib kelinganligini ko’rsatadi. CHunki ipak xom ashyosi mazkur mintaqada еtishtirilganligidan dalolat beradi. Bundan 4 ming yil avval xitoy ipagi O’zbekiston xududiga olib kelinganligi to’g’risida xitoy manbalari ma’lumot keltirmaydi. Yoki shu davrda sharq madaniyatining g’arbga bo’lgan ta’sirini ko’rsatadigan arxeologik ma’lumotlar topilmagan. Uning aksicha g’arb madaniyatining sharqqa tarqalganligini ko’rsatadigan yaqqol misollarning biri Xitoyning shimolida topilgan Yangshau madaniyatidir.

Pekin universiteti professori SHan Yue In sulolasiga oid shaharlarni qazish vaqtida Xitoy ierogliflari yozilgan toshbaqa kosasi va suyak parchalarini topib, ularda «ipak», «tut daraxti» so’zlari yozilganligini aniqlaydi. Boshqa bir xitoy yilnomasida Fu Gi ismli xunarmandning miloddan avvalgi 3400 yilda musiqa asbobi yasab, uning torlarini ipakdan qilganligi haqida ma’lumotlar bor. Xitoyda yovvoyi ipak qurti hozirgacha Xitoyning SHandun va Xanan viloyatlarida uchraydi. Xitoy dehqonlari tut daraxtidan har yili yovvoyi qurt pillalarini terib, undan o’zlari uchun kiyim-bosh qiladilar. Bu ipak kiyimning xonakilashtirilgan pilla ipagidan ancha pishiq va mustahkam ekanligi isbotlangan. Xitoyda ipakchilikning dastlab keng tarqalgan joyi Xuanxe daryosining quyi havzasida joylashgan hozirgi SHandun viloyati hisoblanadi. Miloddan avvalgi 2255 yilda xitoy imperatoriga soliqni ipak orqali to’lashgan. Ko’p o’tmay ipakdan mato tayyorlash butun Xitoyga tarqalib ketadi deyiladi. Ayniqsa, ipakchilik miloddan avvalgi I ming yillikning 2-chi yarmida keng tarqaladi. Bu xom ashyodan pul, mato ishlab chiqarganlar hamda soliqlar ipak matosi tarzida undirilgan. Yovvoyi ipak qurtining xonakilashtirilguniga qadar yuz yillar o’tadi. SHuni aytish joizki pilladan ipak tolalarini olish jarayoni qadimdan hozirgi kungacha qanday bo’lsa shundayligicha saqlanib qolgan. Urg’ochi kapalak 600-700 gacha tuxum qo’yadi. Bahorning aprel oyida tuxumlarni issiq xonaga olinadi, 10-12 kundan so’ng ipak qurtlari paydo bo’ladi. Ular misli ko’rilmagan darajada ko’p ovqat еydilar. Asosan ular tut barglarini iste’mol qiladilar. 30 kun ichida ipak qurti 10 000 martagacha kattalashadi. Ipak qurti 5 yoshgacha yashaydi va so’ngi yoshida ipak tolalari paydo bo’ladi. Ipak qurti ikki kavatdan qilib o’ziga o’ray boshlaydi, natijada pilla vujudga keladi. Bitta pillada 600-2000 metrgacha ipak tolasi bo’ladi. Mana shunday tabiat ajoyiboti bizlarga ipak matosini yaratib beradi.


16-mavzu: Eftaliylar davlati (4 soat)

Reja:

  1. Ilk feodal davlatlar

  2. Eftaliylar xukmronligi davrida ijtimoiy va iqtisodiy hayot.

  3. Madaniy hayot.

III asrda tobora zaiflashib borayotgan Kang’ davlati tasarrufidan birinchilardan bo’lib Xorazm ajralib chiqadi. Uni maxalliy afrig’iylar sulolasiga mansub xorazmshoxlar idora qila boshlaydi. O’z mustaqilligini tiklab olgan Xorazm davlatining poytaxti dastlab qoraqalpog’istonning xozirgi Ellikqal’a tumani xududida joylashgan qadimgi Tuproqqal’a shaxxar xarobasining o’rnida bo’lgan.

Mudofaa jihatidan poytaxt nihoyatda mustahkam qurilgan edi. U atrofi chuqur va keng xandaq bilan o’ralgan baland tagkursi ustiga to’rtburchak shaklida (500x350 m) xom g’ishtlardan bino qilingan. Balandligi qariyb 10 m, uning tashqi devori qator nishon tuynuklar va mulalar bilan mustaxkamlangan. SHaxarning janubida devorning qoq belida mustahkam labirintli darvozaxona bo’lgan. Darvoza qarshisida shahar markazidan kesib o’tkazilgan ko’chaning har ikki tomonlari bo’ylab shaharliklarning turar joylari qanot yozgan. SHaharlar markazidan yuqoriroqda ibodatxonalar majmui, uning shimoli-g’arbiy burchak qismida esa balandligi 25 m li uch minorali xorazmshoxlar qasri qad ko’targan. qacp imoratlari ikki qavatli shoxsaroyi va koshona turar joylarning devoru tokchalari, turli mazmundagi rangdor tasvirlar, qabartma ganchkor naqshlar xamda xaykallar bilan bezatilgan. SHaxarning umumiy maydoni 26 ga. Bu davrda Xorazmda atrofi mustaxkam devorlar bilan o’ralgan mana shunday shaxarlar, istexkomli qishloqlar juda ko’p bo’lgan.

Beruniyning yozishicha, 305 yilda xorazmshox Afrig’ o’z qarorgohini Xorazmning qadimgi poytaxti Kat shaxriga ko’chiradi. Kat qayta tiklanib, uning yonida joylashgan Alfir qasri ichida shox o’ziga yangi saroy qurdiradi. Xuddi shu vaqtlardan boshlab Xorazmning Afrig’iy podshoxlari betiga shox va orqasiga suvoriy tasvirlari tushirilgan kumush tangalar zarb etib, mamlakatning ichki va tashqi savdo munosabatlarida mustaqil bo’lib oladilar.

V asr o’rtalarida O’rta Osiyoga shimoli-sharqdan Yettisuv va SHarqiy Turkiston xududlaridan kelgan ko’chmanchi chorvador xion qabilalarining xujumi boshlanadi. Tarixda ular xioniylar nomi bilan shuhrat topadi. Xioniylar qadimgi turkiy xunnu qabilalariga qon-qarindosh bo’lib, shu boisdan g’arbiy muarrixlar ularni «oq xunlar» deb ataydilar,

Arman manbalarida ta’riflanishicha, o’sha paytlarda xioniylarning ruxsoriga endigina ajin oralagan o’rta yoshdagi Grumbat ismli podshoxi bo’lgan. Uni g’oyatda dono, bexisob g’alabalari bilan dong’i taralgan zabardast xukmdor bo’lgan. 353 yilda xioniylar So’g’dga bostirib kiradilar. So’ngra ular Eronda tashkil topgan va tobora zo’rayib, o’z tazyiqini O’rta Osiyoda muttassil kuchaytirib borayotgan Sosoniylar davlati bilan to’qnashadi. Ikki o’rtada bo’lib o’tgan dastlabki janglardayoq sosoniylar shoxi SHopur II (309—379 yillar) xioniylardan yengiladi. So’ng­ra o’zaro sulhga kelishilib, ular o’rtasida ittifoqchilik ipi bog’lanadi. SHunga muvofiq 359 yilda Grumbat va uning o’gli boshliq xioniylar Suriyaning Umda shaxrini qamalga olishda sosoniylar bilan bir safda turib qatnashadilar. Jangda xatto xioniylar shahzodasi xalok bo’ladi. Ammo ko’p vaqt o’tmay Grumbat bilan SHopur II o’rtasidagi munosabatlar yana keskinlashadi.

IV asrning 60- yillari oxiri va 70- yillari o’rtasida SHopur II boshliq sosoniylar Amudaryo xavzasiga ikki marta askar tortadilar. Har ikki safar ham ular katta talafot ko’rib xioniylardan yengiladilar. SHunday qilib, IV asrning 70- yillarida xioniylar O’rta Osiyoda uzil-kesil xukmronlikni o’rnatishga muvaffaq bo’ladilar. Sirdaryo bo’ylaridan to Amudaryo xavzasigacha cho’zilgan keng maydonda xioniylarning kuchli davlati qaror topadi. Bu davlat 120 yildan oshiqroqumr kechiradi.

V asrning 20-yillarida Xorazm hamda Amudaryo hav­zasiga SHarqdan Sirdaryo va Orol bo’ylari orqali yana bir ko’chmanchi chorvador aholi—toxarlar kirib keladi. Toxarlar kushonlarning avlodlaridan bo’lib, Kidar ismlli xukmdor ularga yo’lboshchi edi. SHu boisdan manbalarda ular kidariylar nomi bilan tilga olinadi. Tez orada kidariylar Amudaryo havzasi hamda g’arbiy va Janubiy So’g’d yerlarini ishg’ol qilib, Xioniylar davlatining janubiy qismida o’z xukmronligini o’rnatadi. Amudaryoning so’l tomonida joylashgan Balx shah;ri esa bu yangi davlatning poytaxtiga aylanadi.

Aftidan, kidariylar xioniylar bilan ittifoqchi sifatida h.arakat qilgan va o’z tajovuzkorliklarini Xuroson tomon kengaytirishga intilgan. V asrning 60-yillariga qadar ular sosoniylarning SHarqdagi asosiy dushmani bo’lib qolgan. Marv vohasida kidariylar bilan sosoniylar shohi Varaxran V (420—438 yillar) o’rtasida sodir bo’lgan jangda shoxning qo’li baland kelib, o’z dush­mani ustidan g’alaba qozonadi. Bu voqeadan so’ng kidariylar mamlakati bilan sosoniylar davlati o’rtasida chegara belgilanib Talikon yaqinida toshdan chegara minorasi o’rnatiladi. CHegarani nazorat ostiga olib, uni muttasil kuzatib turish maqsadida Varaxran V xatto Xuroson valiysi qarorgohini Balx shaxriga ko’chiradi. Biroq bu bilan chegara xavfi barxam topmaydi. SHimoli-sharqiy chegaralarni kidariylar xujumidan mudofaa qilish zaruriyati sosoniylarning yana bir shoxi Yazdijirdni (438 457 yillar) ham uzoq yillar davomida dushman bilan muttasil shiddatli jang qilishga majbur etadi. Kidariylar ustidan shox goh g’alaba qozonadi, goh mag’lubiyatga uchraydi. 456 yilda bo’lib o’tgan navbatdagi harbiy to’.qnashuvlardan birida katta talafot berib, sosoniylardan qaqshatqich zarbaga uchragan kidariylar o’zlarini qayta o’nglab ololmaydi. Ayni shu vaqtda ular shimoldan O’rta Osiyo tomon siljigan yana bir ko’chmanchi chorvador aholi eftaliylar bilan to’qnashadi. Natijada O’rta Osiyoda xukmronlik barqarorligini mustaxkamlab olishga ulgurmagan kidariylar mamlakatni tark etib, janubga SHimoliy Xindistonga tomon chekinishga majbur bo’ladi. Ular Xindistondagi Gupta davlatini o’ziga bo’ysundirib, u yerda 75 yil xukmronlik kilishadi. SHimoliy xind yerlarini egallagach kidariylar 477 yilda hatto Ganxara viloyatidan Xitoyga o’z elchilarini ham yuborishadi.

V asrning o’rtalarida O’rta Osiyoga shiddat bilan kiribkelgan ko’chmanchi aholi yozma manbalarda eftal, xeftal, xaytal, xetal, abtal, idal, tetal, i-da, ye-dien kabi qator jarangdor nomlar bilan tilga olinadi. Eftal degan nom ilk bor xetal shaklida V asrga oid arman manbalarida uchraydi. Bu nom aslida Eftalon deb yuritilgan qabila nomidan olingan. Vaxshunvor boshliq Eftaliylar davlati tashkil topgach, bu etnonim qabila nomidan davlat nomiga ko’chgan. CHunki shoxlik taxtiga mingan Vaxshunvar eftalon qabilasi zodagonlaridan biri edi.Stanford universiteti professori Paul Garrison 2007-yilda Afg’onistondan topilgan mis o’ramalrni o’qidi. Ushbu mis o’ramalar milodiy 492-493-yillarga oid deb topildi va ularning eftaliylar davriga oidligi tasdiqlandi. Undan ular buddaviylikka e’tiqod qilganligi va Eroniy nomlarni olganligini ko’ramiz. 54Professor Paul Harrison of Stanford University, who deciphered a copper scroll form Afghanistan in 2007 CE. The scroll is dated from 492-93 CE and is from the period of the Hephthalites. It apparently mentions that they were Buddhists and had Iranian names and includes about a dozen names including that of their overlord or King.


Eftaliylarning O’rta Osiyoga yurishi V asr o’rtalarida boshlanadi. Qisqa vaqt ichida CHag’oniyon, Toxariston va Badaxshon bo’ysundiriladi. Bir zarba bilan So’g’dda xioniylar xukmronligi barxam topadi. V asrning 50-yillarida Eftaliylar davlati nixoyatda kuchayadi. Ularning dastlabki elchisi 456 yilda Xitoyga yetib boradi.

Eftaliylarninr tobora kuchayib borayotgan tajovuzidan xavfsiragan sosoniylar ularga qarshi yurish qiladi. Ikki o’rtadagi jangu jadallar Peruz xukmronlik qilgan davrda (459—484 yillar) ayniqsa avjiga chiqadi. Sosoniylar shoxi eftaliylarga qarshi uch marta yurish qiladi. Dast­labki maxorabadayoq u mag’lubiyatga uchrab asir tushadi. Vizantiya imperatori Zenon tomonidan yuborilgan o’lpon evaziga u asirlikdan ozod etiladi. Peruz chegaradagi Talikon shaxrini eftaliylarga berish va bundan bo’yon Varaxron V tomonidan belgilangan chegara Toshminoradan o’tmaslik shartini o’z zimmasiga oladi. Ammo u bu shartlarni bajarmaydi. Bir oz vaqt o’tgach, ikkinchi marta eftaliylarga qarshi qo’shin tortadi. Peruzning ikkinchi yurishida ittifoqdosh Vizantiyaning elchisi Yevseviy ishtirok qiladi. Ikkinchi yurish xam muvaffakqiyatsiz tugaydi. Ikkinchi marta asirlikka olingan Peruz 30 xachir dirxam o’lpon to’lash majburiyatini oladi. Biroq uning deyarli bo’shab qolgan xazinasidan faqat 20 xachirga yuk bo’ladigan mablag’ topiladi, xolos. SHoxning Kubod ismli yosh o’g’li eftaliylar yurtiga garovga yuborilib, Peruz tutqinlikdan ozod etiladi. Ikki yil davomida ef­taliylarga katta o’lpon to’lab turiladi. O’lponni shox, aholiga og’ir soliq solish yo’li bilan to’playdi. Yozma manbalar bu voqealar Peruz tomonidan Eronning ef­taliylarga sotilib oyoq osti qilingani va bunday mazlumlikdan abadul-abad oriyoniylar yurti xalos bo’la olmasligi alam bilan qayd etiladi.

Belgilangan o’lponni to’lab bo’lgach, Peruz eftaliylar bilan aloqani yaxshilashga xarakat qiladi. Ular bilan quda-andachilik ipini bog’lash maqsadida raqibiga singlisini xotinlikka taklif etadi. Eftaliylarning iltimosiga binoan 300 ta harbiy mutaxassislar yuboriladi. Ammo eftaliylar xokimi Kunxa Eron xarbiylarining bir kismini o’ldirishni, qolganlarini esa urib, mayib kilishni buyuradi. CHunki shox singlisi o’rniga cho’rilaridan birini yuborib, eftaliylar xukmdorining izzat-nafsiga tekkan va bunday xiyla-nayrangi bilan uni nixoyatda ranjitgan edi. SHu boisdan Peruz 484 yilda eftaliylarga qarshi uchinchi marta yurishga otlanadi. Bu galgi urush sosoniylar shoxining xalokati bilan tugaydi. Marv ishg’ol qilinib, Eron ustiga juda og’ir o’lpon yuklanadi. Garchi Peruzning vorislari Kubod (488—531 yillar), Anushervon (531—579 yillar) xukmronlik qilgan davrlarda eftaliylar bilan munosabatlar ancha yumshab tinchlik tusini oladi. Xatto ayrim vaqtlarda Vazantiyaga qarshi Eftaliylarning ittifoqdoshi sifatida xarakat qilingan bulsa-da, sosoniylar yil sayin kumush xisobida muayyan belgilangan bojni muttasil to’lab turadi. SHunday qilib, kibr-xavoli zabardast Vizantiya imperatorlarini bir necha bor tiz cho’ktirgan sosoniylar endilikda yarim ko’chmanchi Eftaliylarning daxshatidan vaximaga tushib, ularning bokiy o’lpondori bo’lib koladi. .

Kisqa muddat mobaynida eftaliylar Kobul va Panjob vodiylarini egallaydilar. So’ngra Urumchi, Korashar, Ku­cha, Xuton va Kashgar shaxarlari zabt etiladi. Natijada V asrning ikkinchi yarmi va VI asr boshlarida O’rta Osiyo, SHarqiy Eron, SHimoliy Xindiston va SHarqiy Turkiston yerlarini yagona xududga birlashtirgan Eftaliylar davlati tashkil topadi. Garchi bu davlat siyosiy jixatdan Kushon podsholigiga nisbatan unchalik mustaxkam bo’lmasa-da, ammo maydoni jixatidan undan ulkanroq edi. Bu buyuk davlat SHark mamlakatlari, xususan O’rta Osiyo xalklari tarixida Ayniqsa muxim rol o’ynadi.


Manbalarda quyidagi eftaliy hukmdorlar nomi saqlanib qolgan:

  1. Download 464.52 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling