ANCESTOR
|
ПРЕДОК
|
AJDOD
|
(arabcha “bobo” so’zining ko’pligi) – bobo degan ma’noni bildirib, shaxsning ilgarigi o’tgan ota-bobolarini anglatadi.
|
GENERATION
|
ПОТОМОК
|
AVLOD
|
(arabcha “valad” – bola so’zining ko’pligi) – umumiy ajdodlaridan qarindoshlik munosabatlari bilan bir xilda uzoqlashgan kishilar guruhi.
|
INDIGENE
|
АВТОХТОН
|
AVTOXTON
|
(yunoncha “autochtones” – mahalliy, shu joyga xos, tub joy aholisi) – geologiya, biologiya, etnografiya fan sohalarida ishlatiladigan tushuncha. Etnografiyada o’zga hududlardan ko’chib kelmay, ma’lum bir hududda azaldan yashab kelayotgan mahalliy yer egasi bo’lgan tub joy aholisi.
|
RELATIVE
|
АЙМАК, РОДНЯ
|
AYMOQ
|
– 1) mo’g’ul va turkiy xalqlarda qadimgi urug’larning parchalanishidan kelib chiqqan turli tarmoqdagi o’zaro qon-qardosh oilalar birlashmasi yoxud ittifoqi. 2) O’rta asrlarda mo’g’ullarda yirik yer-mulk, ba’zan xonlik. 3) Aymoqlar – bugungi Afg’oniston va O’zbekistonda yashovchi bir qancha turkiy qabila va urug’larning umumiy nomi.
|
DEMOGRAPHY
|
ДЕМОГРАФИЯ
|
Demografiya
|
(yunoncha “demos” – xalq, “grapho” – yozaman) – aholining joylashuvi va taraqqiyoti qonuniyatlarini o’rganuvchi ijtimoiy fanlardan biri. Aholi sonining o’zgarishi, uning bandligi, tabiiy ko’payishi va ko’chib yurishlari (migratsiya) ni o’rganish demografiyaning markaziy masalasi hisoblanadi.
|
PEOPLE
|
ЭЛ, НАРОД
|
El
|
– buatama eng qadimgi turkiy so’zlardan hisoblanadi. El avvalo bir joyning odamlari ma’nosini bildiradi; Xorazm eli, Qoshqar eli. Bir qabilaga mansub kishilarga qo’llaniladi; qipchoq eli, mang’it eli. El so’zi ba’zan xalq, millat ma’nolarida ham ishlatiladi.
|
COUNTRY, NATION
|
ЭЛАТ, РОДИНА
|
Elat
|
– kishilarning til, hudud, iqtisodiy va madaniy jihatdan tarixan tarkib topgan birligi. Elatning kelib chiqishiga bir-biriga yaqin bir necha qabilalarning uyushuvi asos bo’lgan. Uni xalqning millat bo’lib shakllanishidan oldingi bosqichi deb ham ataydilar. Etnografiya fanida qoidaga ko’ra o’rtoq, dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi aholiga nisbatan “xalq”, ko’chmanchi chorvador aholiga nisbatan “elat” tushunchalari ham qo’llaniladi.
|
NATION
|
НАЦИЯ
|
Millat
|
– kishilar uyushuvining eng oliy formasi bo’lib, u kishilarning madaniy va psixologik ongi (mentaliteti) bilan ajralib turadigan shaklidir. Ishlabchiqarish munosabatlarining rivojlanib borishi, iqtisodiy va madaniy aloqalarning kuchayishi bilan elatlar va xalqlar millatga aylanadi.
|
SARTS
|
САРТ
|
Sart
|
O’rta asrlardan to o’tgan asrning o’rtalariga qadar jonli tilda va adabiyiotlarda keng ishlatilgan tarixiy tushuncha. Rossiya imperiyasi Turkistonni bosib olgach, rus olimlari va tadqiqotchilari o’z asarlarida Turkistonning o’troq aholisini shu nom bilan yuritishgan.
|
TURK, TURKISH
|
ТЮРК, ТЮРКИ
|
Turk, turkiylar
|
– jahondagieng qadimiy yirik etnoslardan birining nomi. Ushbu atama ilk bor qadimgi xitoy manbalarida bundan 3,5-4-ming yil muqaddam rasmsimon ierogliflarlarda “tiek” va “tiauk” shaklida uchraydi. Turk so’zi baquvvat, barkamol, odillik kabi ma’nolarni anglatadi degan fikrlar mavjud.
|
TURKESTAN
|
ТУРКЕСТАН
|
Turkiston
|
– tomma’noda turkiy xalqlarning tarixan tarkib topgan va keng yoyilgan tarixiy-geografik hududi. Ba’zi olimlar Turkistonni Turonning islomiy vorisi deb hisoblaydilar. 639-yilda Turfonda tuzilgan sug’d hujjatida O’rta Osiyo mintaqasining nomi sifatida ilk bor ishlatilgan. “Turkiston” atamasi “O’rta Osiyo” va “Movarounnahr” nomlaridan farqli ravishda nafaqat geografik, balki etno-geografik tushunchani anglatib, shuningdek, siyosiy-huquqiy mazmunga ham ega.
|
TRIBE
|
ПЛЕМЯ
|
Qabila
|
– etnik birlik. Urug’ va qabila atamalari ko’pincha bir ma’noda ishlatilib ketilsada, tarixiy nuqtai nazardan bu unchalik to’g’ri emas. Qabila qon-qarindosh, tildosh va dindosh bir necha urug’ning uyushmasidir, shuningdek, bir urug’ tabiiy ravishda ko’payib, atrofidagi urug’larni bo’ysundirib, o’z tarkibiga singdirib yuborishi oqibatida qabila tarzida shakllangan bo’lishi mumkin.
|
ANAHITS
|
АНАХИТА
|
Anaxita (Nohid)
|
– zardushtiylikda yer-suv, hosildorlik, farovonlik ilohasi.
|
AVESTA
|
АВЕСТО
|
Avesto
|
– o’rtafors tilidan “apastak” ya’ni “asos” deb tarjima qilinadi. O’rta Osiyoning ajralmas qismi hisoblangan Turonzamin hududlarida shakllangan qadimiy din – zardushtiylikning muqaddas kitobi. Unda o’zbek, tojik, turkman, ozarbayjon, fors, afg’on va boshqa xalqlarning ibtidoiy va qadimiy axloqiy tasavvurlari, koinot va yerdagi dunyoning yaratilishi bilan bog’liq tushunchalar, afsona va rivoyatlar, falsafiy-axloqiy qarashlar o’z ifodasini topgan.
|
AHRIMAN
|
АХРИМАН
|
Axriman
|
– zardushtiylik dinida zulmat, ochlik, o’lim, gunoh va qabihliklar ilohi.
|
AHURAMAZDA
|
АХУРАМАЗДА
|
Axuramazda
|
– zardushtiylikdining bosh xudosi. Ezgulik xudosi, insonga doimo yaxshilikni ravo ko’ruvchi ilohiy kuch.
|
MITRA
|
МИТРА
|
Mitra
|
– zardushtiylik dinida quyosh va yorug’lik xudosi. Dehqonlar va chorvadorlar himoyachisi, hosil va ma’murchilik, to’kin-sochinlikni ta’minovchi, Axuramazda bilan odamlar o’rtasidagi asosiy vositachi bo’lgan. Mitra jangchi yigit qiyofasida tasvirlangan.
|
OSSUARIY
|
ОССУАРИЙ
|
Ostadon
|
– zardushtiylarningdafn marosimiga tegishli odam suyaklari saqlanadigan sopol idish, sandiqcha.
|
HUMA
|
ХУМО
|
Xumo
|
– baxtva boylik ilohasi. Ko’zga ko’rinmas jannat qushi. Zardushtiylar e’tiqodiga ko’ra Xumo qushi kimning boshiga soya solsa, o’sha kishi baxtli va boy bo’ladi deb hisoblashgan.
|
ZOROASTRIAN
|
ЗАРОАСТР
|
Zardusht
|
– zardushtiylikdinining bosh islohotchisi. Tarixiy shaxs. Zardushtning tug’ilgan joyi aniq emas. Olimlarning taxminiy faraz qilishlaricha u Turonzamin viloyatlaridan birida, ya’ni Xorazm yoki Sug’diyonada kohinlar oilasida tug’ilib o’sgan. U Spitama urug’idan bo’lib, otasining simi Porushasp, onasining ismi Dug’dova bo’lgan. Taxminan miloddan avvalgi 630-553-yillarda yashab o’tgan. Dariy tilida “ushtra” tuya, “zarat” keksa sariq tuya ma’nosida. Zardusht – tuyachi, tuyachilar avlodidan degan ma’noni bildiradi.
|
AFRASIYAB
|
АФРАСИАБ
|
Afrosiyob
|
– Samarqandning eng qadimgi qismi.Miloddanavvalgi VIII-VII asrlarda bunyod etilgan. Afrosiyob tepaligi hozirgi Samarqandning Sharqiy chekkasida joylashgan bo’lib, uning maydoni 219 gektarni tashkil etadi.
|
BAKTRIA
|
БАКТРИЯ
|
Baqtriya
|
– geografik hudud. Qadimgi Baqtriyaga hozirgi Janubiy O’zbekiston (Surxondaryo), Janubiy-G’arbiy Tojikiston va Shimoliy Afg’oniston yerlari kirgan. Ilk o’rta asrlar davriga kelib qadimgi Baqtriya yerlarida ko’chmanchi turkiy qabila – toxarlar kelib joylashishi munosabati bilan Tohariston deb yuritilgan.
|
BARGUSTIVON
|
БАРГУСТИВОН
|
Bargustivon
|
– qadimdajangovar otlar ustiga yopiladigan yopinchiq, himoya vositasi. Otlar sovuti.
|
ANSI
|
АНСИ
|
Ansi
|
– Parfiya davlatinig (mil. avv. 250 – milodiy 224 y.) qadimgiXitoy manbalaridagi nomi.
|
ANTIQUE PERIOD
|
АНТИЧНЫЙ ПЕРИОД
|
Antik davr
|
(lotincha “antiquus” – qadimgi) – O’rta Osiyo tarixining miloddan avvalgi IV asrdan (yunon-makedon istilosidan) boshlab milodiy V asrga qadar bo’lgan davri. Jahon tarixida esa, qadimgi Yononiston (Gretsiya) va qadimgi Rim tarixining milodiy 476-yilgaca bo’lgan davri tushuniladi.
|
ARSHAKIDS
|
АРШАКИДЫ
|
Arshakiylar
|
– hozirgi Turkmanistonning janubi va Eron hududlarida miloddan avvalgi 250-yildan milodiy 224-yilga qadar hukmronlik qilgan Parfiya davlatidagi sulola. Sulolaga dax qabilasining boshlig’i Arshak asos solganligi uchun shunday nomlangan.
|
MARGIANA
|
МАРГИАНА
|
Marg’iyona
|
– hozirgiMari shahri atrofidagi tarixiy hudud. Murg’ob daryosi bo’ylari. Parfiya bilan Sug’diyona orlig’ida joylashgan.
|
NAUTAKA
|
НАУТАКА
|
Nautaka
|
– Qashqadaryovohasining sharqida joylashgan qadimgi viloyat.
|
OKS
|
ОКС
|
OKS
|
–Amudaryoning qadimgi nomi.
|
POLITIMET
|
ПОЛИТИМЕТ
|
Politimet
|
– Zarafshondaryosining qadimgi nomi. Tilshunos olimlar fikricha Zarafshon nomi Avesto tilida yorug’, oydin, ravshan ma’nosuni beruvchi “raoshana” so’zidan kelib chiqqan. Zarafshon so’zini qadimgi yunon tarixchilari o’z tillariga o’girib Politimet deb ataganlar.
|
KANG’DEZ
|
КАНГДЕЗ
|
Qang’dez
|
– miloddan avvalgi III – milodiy IIIasrlarda mavjud bo’lgan Qang’ davlatining poytaxti.
|
KANGUY
|
КАНГЮЙ
|
Qang’uy
|
– Xitoyliklar tushunchasida Davan (Farg’ona)dan g’arbda joylashgan yurt. Hozirgi Toshkent vohasi, Chimkent viloyati va Sirdaryoning quyi havzasidagi yerlar. Miloddan avvalgi III asr o’rtalarida bu hududlarda Qang’uy (Qang’) davlati tashkil topadi. Bu davlat birlashmasi milodiy III asrlarga kelib parchalanib ketadi.
|
SOGDIANA
|
СОГДИАНА
|
Sug’diyona
|
– geografik hudud. Qashqadaryo va Zarafshon daryolari havzasi. Hozirgi Tojikistonning Panjikent tumani, O’zbekistonning Samarqand, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari o’rniga to’g’ri keladi.
|
YAKSART
|
ЯКСАРТ
|
Yaksart (Tanais)
|
– Sirdaryoningyunon-rim tarixchilari asarlaridagi qadimgi nomi.
|
YUECHJIS
|
ЮЭЧЖИ
|
Yuechjilar
|
– qadimgi xitoy manbalariga ko’ra yuechji qabilalari miloddan avvalgi IV-III asrlar chegarasida Mongoliya hududida yashovchi xunnlarning qo’shnilari bo’lishgan. Miloddan avvalgi III asrning ikkinchi yarmiga kelib yuechjilar juda katta kuchga aylanganlar va xunnlarning boshlig’i ularga o’lpon to’lashga majbur bo’lgan. Ammo bir oz vaqt o’tgach xunnlar sardori Maodun xunnlarni kuchli hokimiyat ostida birlashtirib, bu ko’chmanchi qabilalarni qudratli kuchga aylantirdi.
|
THE KINGDOM OF GREEK-BAKTRIA
|
ГРЕКО-БАКТРИЙСКИЙ ЦАРСТВО
|
Yunon-Baqtriya podoshligi
|
– miloddan avvalgi 250-yildan 140-130-yillar orasida mavjud bo’lgan davlat. Salavkiylar davlatida aka-uka Salavk II va Antiox Giyerakslar o’rtasida hokimiyat uchun o’zaro kurash avjiga chiqqan bir paytda Salavkiylarning Baqtriyadagi noibi Diodot o’zini mustaqil deb e’lon qiladi. Yangi tashkil topgan davlatning hududi Baqtriya yerlariga to’g’ri kelsada, uni boshqargan podsholar asli kelib chiqishi yunonardan edi. Yunon-Baqtriya davlatiga miloddan avvalgi 140-130-yillarda shimoliy-sharqdan O’rta Osiyo hududlariga kirib kelgan ko’chmanchi yuechji qabilalari barham beradi.
|
ALEXANDER
|
ЗУЛКАРНАИН
|
Zulqarnayn
|
– Aleksandr(Iskandar) Makedonskiyning (mil. avv. 356-323-y.) Sharq tarixiy qo’lyozmalarida laqabi.
|
CHOCH
|
ЧАЧ
|
Choch
|
– tarixiy-geografik hudud. Sirdaryoning o’rta havzasi, hozirgi Toshkent viloyati va Janubiy Qozog’iston yerlariga to’g’ri keladi. Choch atamasi qadimgi yozma manbalarda miloddan avvalgi I ming yillikning 2-yarmidan boshlab uchraydi. Bu o’lkada qadimdan Avestoda nomi keltirilgan turlar va qadimgi forsiy bitiklarda eslatiladigan ko’chmanchi saklar yashaganlar. Arablar mazkur hududni Shosh deb atashgan.
|